Научная статья на тему 'TA’LIMDA INNOVATSION USULLAR'

TA’LIMDA INNOVATSION USULLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kalit so’zlar. Jamiyat / ta’lim / mutahassislik / innovatsiya / pedogogik texnologiya / model. / Key words. Society / education / expertise / innovation / pedagogical technology / model.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qurbonova M.T.

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’lim jarayoninig samarali tashkil qilish maqsadida ta’lim muassasalari turli pedagogik usullardan foydalanish bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INNOVATIVE METHODS IN EDUCATION

Abstract. This article describes the use of various pedagogical methods in order to effectively organize the educational process at the educational institutions.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA INNOVATSION USULLAR»

Qurbonova M. T.

Andijon davlatpedagogika instituti katta o'qituvchisi TA'LIMDA INNOVATSION USULLAR

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim jarayoninig samarali tashkil qilish maqsadida ta'lim muassasalari turli pedagogik usullardan foydalanish bayon qilingan.

Kalit so'zlar. Jamiyat, ta'lim, mutahassislik, innovatsiya, pedogogik texnologiya, model.

Qurbanova M.T. senior lecturer Andijan State Pedagogical Institute

INNOVATIVE METHODS IN EDUCATION

Abstract. This article describes the use of various pedagogical methods in order to effectively organize the educational process at the educational institutions.

Key words. Society, education, expertise, innovation, pedagogical technology, model.

Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar xalokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch - ma'rifatdir. "Ta'lim tug'risida" qonundagi Davlat ta'lim standartlari va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sxemasi bo'yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta'lim tizimi joriy etildi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan modelning prinsipial xususiyati shundaki, umumta'lim maktabidagi 9 yillik o'qishdan so'ng o'quvchilar keyingi 3 yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb-xunar kollejlari va akademik litseylarda taxsil olib, ularning xar biri umumta'lim fanlari bilan birga mexnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta mutaxassislik bo'yicha kasb-xunarlarni xam egallaydi. Keng ko'lamli isloxotlarning muxim bug'ini — innovatsiyalar xam bugun xar bir soxada bo'lgani kabi ta'lim tizimida xam o'zining afzalliklarini namoyish qilmoqda. Mazkur mutaxassisliklarni puxta o'rgatishda innovatsion pedagogik texnologiyalar moxiyatini anglay olish va ularni samarali qo'llash muxim rol uynaydi. Dars jarayonida yuqori samaradorlikka erishish uchun quyidagi metod va usullardan xam foydalanish mumkin:

Baxs- munozara usuli. O'quv guruxini ikki guruxga bo'lgan xolda, biror mavzu bo'yicha o'zaro baxs, fikr almashinuv tarzida o'tkaziladi.

Ta'kidlash usuli. Uzlashtirish darajasining eng yuqori "cho'qqisi; o'quvchilarningolgan bilimlari asosida xali o'rganilmagan kichik bir muammo ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borish; keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida tug'ri yoki notug'riligini tekshirish;

Bosqichlari: darcda xammaga qiziqish uyg'otadigan muammoni yoki masalani qo'yish, uni o'rganish, tadbiq qilish uchun ma'lumotlar to'plash, muammoning yechimiga oid taxminlar, bashoratlar qilish va ularning qanchalik muhumligini to'plangan ma'lumotlar asosida taxlil qilish va xulosa chiqar ish.

Ta'lim oluvchilar ayrim tadqiqot ishlarini ilmiy asoslangan xolda mustaqil bajarishadi, ularni yozadilar va qo'yilgan maqsad va natijalarii taxlil qiladilar.

Rolli o'yinlar. Ishbilarmonlik yoki rolli(vaziyatli) o'yinlar - muammoli vazifaning bir turidir. Faqat bu o'rinda, matnli material o'rniga o'quvchilar tomonidan rollar uynaladigan xayotiy vaziyat saxnalashtiriladi.

Bosqichlari-. vaziyatni tushuntirish, mos rollarni bo'lib berish, maqsad va vazifalari tushuntirish;

- o'yin davomida o'quvchilarning xatti-xarakatlarini kuzatib borish; o'quvchilarning xatti-xarakatlari orqali ulargabilim olishlariga,

ma'lum malaka va ko'nikmalarni egallashlariga imkoniyat yaratish;

14. o'yin natijalarining taxlili;

15. o'yin natijalarini real xayotiy xodisalar bilan taqqoslas h;

Loyixa usuli. Bu usul bilim va malakalarni, taxlil qilish va baxolashni nazarda tutuvchi ta'limning majmuaviy usulini amalga oshiradi. Loyixa usulida o'quvchilar rejalashtirishda, tashkil qilishda, tekshirishda, taxlil qilishda va bajarilgan ishning natijalarini baxolashda ko'prok ishtirok etadilar. Ta'lim oluvchilar ayrim kichik loyixa ishlarini, diplom va kurs loyixalari, bitiruv ishlarini ilmiy asoslangan xolda loyixalashtiradilar, mustaqil bajaradilar, ularni yozadilar, taqdimot qiladilar, qo'yilgan maqsad va natija larni taxlil qiladilar.

Mustaqil o'rganish usuli. Ushbu usul ta'lim oluvchilarning o'quv materialini mustaqil o'zlashtirishini, o'z - o'zini tekshiruv malakalarini, berilgan matnning mazmunini to'liq va ongli ravishda bayon eta bilishiga qaratilgan usuldir. Bu usul vaqti- vaqti bilan o'tkazib turiladi, o'quvchilarning mustaqil o'rganish, darslik bilan ishlash va mustaqil amalaliy faoliyat bilan shug'ullanish ko'nikmalarini shakllantiradi. Xar bir o'quvchi aloxida yoki umumiy tarzda tashkil qilinadiga n topshiriqni bajaradi. O'qituvchi o'quvchilarning amaliy faoliyatiga aralashmay, tashqaridan teskari aloqa- muloqot yordamida yunaltirib boshqaradi va nazorat qiladi.

Aqliy xujum. Dars mavzusiga oid qo'yilgan muammoni yechish yoki savolga javob topish maqsadida g'oyalarni jamlash va saralash usulidir. Katnashchilar birlashgan xolda yechimi noma'lum muammoni yechishga yoki savolga javob topishga xarakat kiladilar. Eng maqbul yechimni topish bo'yicha shaxsiy g'oyalarini ilgari suradilar.

Bosqichlari:

16. muammoli vaziyatni keltirib chiqarish;

17. uning yechimini topish uchun o'quvchilarni jalb qilish;

18. turli yechimlar taqdimotini eshitish;

19. yechimlarni solishtirish va tanlash;

20. xulosalash;

Pinbord usuli. Bu usul aqliy xujum metodining bir ko'rinishi bo'lib, unda qo'yilgan muammoni xal qilish bo'yicha goyalar aloxida qog'ozchalarda yozilib, doskaga yopishtirib boriladi. Ikkiichi bosqichda esa, ular turli mezonlar bo'yicha sinflarga bo'linadi, saralanadi va muayyan tartibda doskada joylashtiriladi.

Boshqalarni o'qitish orqali o'rganish usuli. Bu usulda ta'lim oluvchilar belgilangan mavzu yoki qo'yilgan muammo bo'yicha bir - birlariga axborotlarni almashadilar va o'z bilganlarini boshqalarga o'rgatadilar.

Lug'at bilan ishlash (diktant). Bilimlarni baxolashning joriy nazorat shakli; odatda qisqa vaqt davomida o'tkaziladi; o'quvchilarning o'tilgan atama va tushunchalarni bilish darajasini tekshirish uchun o'tkaziladi.

Konferensiya. Oralik nazoratning bir turi bo'lib, asosan chorak yoki yil davomida ma'lum mavzular bo'yicha mustaqil yozilgan ishlarning og'zaki ma'ruza ko'rinishidagi taqdimoti.

Juft-juft muloqot. Biror mavzu bo'yicha yonma-yon o'tirgan o'quvchilarni o'zaro muloqotga chorlash; o'zaro fikr almashish va ularni ba'zila rini tinglash.

Ovozga qo'yish metodi. Dars davomida baxsli vaziyatni keltirib chikarish. yuzaga kelgan baxs munozarani boshqarish maqsadida, baxs yuritayotgan tomonlarning fikrlarini sinf bo'yicha ovozga qo'yish; xar bir fikr bo'yicha qarshi, rozi va betaraflarni aniqlash; tomonlarning dalillarini va fikrlarini tinglash; so'ng yana ovozga qo'yish; xulosalash.

Yuqorida keltirilgan metodlar ta'limning turli bosqichlarida ta'limning turi va shakliga ko'ra tanlanishi mumkin. Xar qanday innovatsion ta'lim metodi o'qituvchining ishini osonlashtirish uchun xizmat qiladi. Ular oz mexnat sarflash xisobiga ko'proq samara va ijobiy natijaga erishish imkonini yaratadi, maqsadga erisha olish esa bu metodlardan oqilona foydalana olishga bog'liqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Jumaniyozova M. T. Innovatsion ta'lim texnologiyalarining moxiyati, ta'limda innovatsion jarayonlar. Ma'ruza matni. 2016, Toshkent.

2. Ishmuxamedov R., Abdukodirov A., Pardaev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar (ta'lim muassasalari pedagog-o'qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). - T.: Iste'dod, 2008.-180 b.

3. "Forming negation with the prefixes" L.T. Toshhonov, H.T. G'ofurova. Вопросы науки и образования-2020, 32-36

4. "Development of multy-language competence of university students" L.T. Toshxonov - Академическая публицистика, 2019, 260-262

5. "Никогда в качестве сенциального отрица" Международной научно -практической конференции «Новые информационные технологии и системы в решении задачинновационного развития», состоявшейся.27 мая 2021 г. в г. Казань.Ст. 52-54

6. "The category of negation in modern English" Электронное научно-практическое периодическое издание «Экономика и социум» Выпуск №5(84) (май, 2021). Сайт: http://www.iupr.ru

7. "Using "not, not only and but also" in the sentence" Электронное научно-практическое периодическое издание «Экономика и социум» Выпуск Выпуск №2(81) часть 1 (февраль, 2021). ст. 337-342.Сайт: http://www.iupr.ru

8. "In Uzbek and English prose statistical analysis of used negative prefixes" Электронное научно-практическоепериодическое издание «Экономика и социум» Выпуск №11(78) (ноябрь, 2020). ст. 369-384 Сайт: http://www.iupr.ru

9. "Expression of the syntax of "Not" Электронное научно-практическое периодическое издание «Экономика и социум» Выпуск №11(78) (ноябрь, 2020). ст. 363-369 Сайт: http://www.iupr.ru

10. "Characteristic features of synonymy of non-idiomatic phraseologies on the material of English and Russian languages" Электронное научно-практическое периодическое издание «Экономика и социум» Выпуск №6(73) 2020. Сайт: http://www.iupr.ru

11. "Формированиеотрицанияс префиксами" Jurnal "Question ofscience and education" № 15 (99), 202058-64 betlar. Rossiya 2020.05

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.