Научная статья на тему 'BOSHLANG`ICH TA`LIM JARAYONIDA HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARI ORQALI DARSLARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO`LLARI'

BOSHLANG`ICH TA`LIM JARAYONIDA HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARI ORQALI DARSLARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO`LLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
32
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
: innovasiya va axborot – kommunikatsiya texnologiyalar / tajriba / hamkorlik

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Gulzar Jumamuratova, Tumaris Azizova

Ushbu maqolada boshlang’ich ta`lim sifat va samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogic, innovatsion va axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga tatbiq etish haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG`ICH TA`LIM JARAYONIDA HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARI ORQALI DARSLARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO`LLARI»

PEDAGOGY OF COOPERATION IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION: INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES International scientific-practical conference, November 13, 2023

BOSHLANG ICH TA LIM JARAYONIDA HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARI ORQALI DARSLARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YOLLARI *Gulzar Jumamuratova 2Tumaris Azizova

1O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institute 2Qoraqalpogiston filiali katta ilmiy

xodimlari

https://doi.org/10.5281/zenodo.10113280

Annotasiy. Ushbu maqolada boshlang'ich talim sifat va samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogic, innovatsion va axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga tatbiq etish haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: innovasiya va axborot - kommunikatsiya texnologiyalar, tajriba, hamkorlik

Yangi asr o'qituvchisi pedagogik-psixologik va intellektual salohiyat bo'yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta'lim texnologiyalari, ta'limning interfaol usullari va ilg'or samarali metodlariga oid ijodiy faollikni oshirishning samarali usullaridan xabardor bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy ta'lim tizimi yangilanib, yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalar jadal rivojlanib bormoqda. Shaxsni hozirgi davr talabi darajasida tarbiyalash, g'oyaviy, ma'naviy-axloqiy bilimni oshirish, o'z navbatida mustqailligimizni mustahkamlash, yod g'oya va unsurlardan himoya qilish uchun har bir boshlang' ich sinf o' qituvchisi va fan o' qituvchilari, mohir va ijodkor bo'lishi, o'z kasbiga vijdonan yondashishi lozim. Buning uchun o'qituvchi har bir darsga puxta tayyorlanishi, dars o'tish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan to'g'ri va o'rinli foydalana olishi kerak. Boshlang'ich sinf o'qituvchisining faoliyati bir vaqtning o'zida bir necha fanlarni o'tishdan iborat. Bu faoliyat boshlang'ich sinf o'qituvchisidan izlanish, harakat va mahoratni talab etadi. Boshlang'ich sinfda o'qitilayotgan har bir o'quv fani hayot bilan bog'liq, hayotiy muammolarni yechishga o'rgatadi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy salohiyati va ma'lumot darajasi, bolalar psixologieasi, hozirgi zamon boshlang'ich ta'lim metodikasini bilishi hamda o'qituvchi tinmay o'z ustida mustaqil ishlashi fandagi barcha yangiliklardan xabardor bo'lishi, samarali o'qitish metodikalarini namoyish eta olishi lozim. Ma'lumki, bola tabiatan faol va faollikka intilgan bo'ladi.Anashufaollikniso'ndirmaslik, eng tizimli ravsihda muayyan maqsad sari yo'naltirishda interfaol o'yinlardan tizimli foydalanish boshlang'ich ta'lim pedagogikasining eng dolzarb vazifasi hisoblanadi. Bu jarayonni amalga oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va o'quv jarayonida qo'llash bilan mustahkamlashni taqozo etadi.

Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo'lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi.O'rganish jarayonida o'quvchilar o'zlashtirishning turli ko'rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o'zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o'ziga xos tafovutlarga tayanadi.

Ta'limda o'quvchi shaxsini fikrlashga, o'zgalar fikrini anglash va shu fikrni og'zaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga o'rgatish masalasida e'tibor qaratilgan bo'lib, mustaqil fikrlaydigan? Nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o'rin egallaydi. Darsda interfaol usullarni qo'llashda boshlang'ich sinf o'qituvchisi darsning texnologik xaritasini togri tuza olishi kerak. O'yin texnologiyalaridan tashqari interfaol metodlardan "Bahs-munozara", "Savol bering", "Kichik guruhlarda ishlash", "Burchaklar metodi", "Kubiklar",

PEDAGOGY OF COOPERATION IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION: INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES International scientific-practical conference, November 13, 2023

"Pinbord", "Bumerang", "Blits-o'yin", "Klaster", "Loyihalash", "Zanjir", "Sinkveyn", "Muzyorar", "Charxpalak" kabilarni sanab o'tish mumkin. Bu metodlar sinfda o'rganiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni yaratishga, mavzuni muhokama qilish asosida bahs -munozara orqali muammo yechimini topishda yaqindan yordam beradi. Baxs munozara usuli O'quv guruhini ikki guruhga bo'lgan holda, biror mavzu bo'yicha o'zaro baxs, fikr almashinuv tarzida o'tkaziladi. Rolli o'yinlar Ishbilarmonlik yoki rolli(vaziyatli) o'yinlar - muammoli vazifaning bir turidir. Faqat bu o'rinda, matnli material o'rniga o'quvchilar tomonidan rollar o'ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi. Bosqichlari: vaziyatni tushuntirish, mos rollarni bo'lib berish, maqsad va vazifalarni tushuntirish; o'yin davomida o'quvchilarning hatti-harakatlarini kuzatib borish; o'quvchilarning hattiharakatlari orqali ularga bilim olishlariga, ma'lum malaka va ko'nikmalarni egallashlariga imkoniyat yaratish; o'yin natijalarining tahlili; o'yin natijalarini real hayotiy hodisalar bilan taqqoslash; Pinbord usuli Bu usul aqliy hujum metodining bir ko'rinishi bo'lib, unda qo'yilgan muammoni hal qilish bo'yicha g'oyalar alohida qog'ozchalarda yozilib, doskaga mixlanib boriladi. Ikkinchi bosqichda esa, ular turli mezonlar bo'yicha sinflarga bo'linadi, saralanadi va muayyan tartibda doskada joylashtiriladi

Bilimlarni baholashning joriy nazorat shakli; odatda qisqa vaqt davomida o'tkaziladi; o'quvchilarning o'tilgan atama va tushunchalarni bilish darajasini tekshirish uchun o'tkaziladi; Munozara metodi. Bu metod o'z nomidan ham ko'rinib turibdiki, bunda ishtirokchilar muammoli masala ustida ishlaydi. Bunday guruh qatnashchilarining har bir a'zosini o'z fikrini erkin ayta olish imkoni va sharoitini yaratib berish kerak bo'ladi. So'ng qatnashchilar bildirgan fikr va g'oyalar guruhlashtirilib, ularni tahlil qilishga o'tiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining yoshi, saviyasi va bilimni qabul qila olish qobiliyatlarini hisobga olgan holda dars mashg'ulotlarini tashkil qilish, o'qitish prinsiplari va metodlariga qat'iy amal qilish maqsadga muvofiq.

REFERENCES

1. Azizxo'jayev N.M. Pedagogik texnologiyalar va pedagogic mahorat. Toshkent: O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi. Adolat, 2006.

2. G'afforova T. Boshlang'ich ta'limda zamonaviy texnologiyalar. Qarshi: Nasaf, 2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.