Научная статья на тему 'Ta’limda innovatsion metodlarning sifatli ta’limdagi tutgan o’rni'

Ta’limda innovatsion metodlarning sifatli ta’limdagi tutgan o’rni Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
333
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
innovatsiya / pedagogik texnologiya / pedagogik loyiha / didaktika / interfaol ta’lim / muammoli vaziyat / yo’naltiruvchi matn / loyiha / rolli o’yinlar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulnora Djurayevna Tosheva

Ushbu maqolada asosan bugungi zamonning mehnat bozori va malaka talablarining muhandis kadrlarga qo’ygan talabini bajarishda innovatsion metodlarning o’rni juda yuqori sanaladi. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keluvchi metodlar haqida tahlil va tadqiqotlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Ta’limda innovatsion metodlarning sifatli ta’limdagi tutgan o’rni»

Ta'limda innovatsion metodlarning sifatli ta'limdagi tutgan

o'rni

Gulnora Djurayevna Tosheva Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada asosan bugungi zamonning mehnat bozori va malaka talablarining muhandis kadrlarga qo'ygan talabini bajarishda innovatsion metodlarning o'rni juda yuqori sanaladi. O'qitishning zamonaviy metodlarini qo'llash o'qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta'lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasi o'sishiga olib keluvchi metodlar haqida tahlil va tadqiqotlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, pedagogik texnologiya, pedagogik loyiha, didaktika, interfaol ta'lim, muammoli vaziyat, yo'naltiruvchi matn, loyiha, rolli o'yinlar.

The role of innovative methods in education in quality

education

Gulnara Djurayevna Tosheva Bukhara Institute of Engineering and Technology

Abstract: In this article, the role of innovative methods in meeting the requirements of today's labor market and qualifications for engineers is considered very high. The use of modern teaching methods leads to high efficiency in the teaching process. It is appropriate to choose these methods based on the didactic task of each lesson. While preserving the traditional form of the lesson, enriching it with various methods that activate the activity of learners, the methods that lead to an increase in the level of mastery of learners are analyzed and researched.

Keywords: innovation, pedagogical technology, pedagogical project, didactics, interactive education, problem situation, guiding text, project, role-playing games.

Kirish

Globallashgan dunyo har qanday vaqtda ochiq va shaffof raqobat maydoniga taklif qiladi. Shunday ekan bilim, ko'nikmaga ega yoshlarni raqobatga faqatgina ta'limdagi innovatsion qarashlargina raqobatbardoshlikni shakllantira olishi mumkin. Innovatsion pedagogik texnologiyani mazmun-mohiyati, muammo vayechimlarini

DTS asosida o'qitiladigan fanlarni o'rganish jarayonigaqo'llashga doir usul va uslublarini ishlab chiqish va joriy etish davrtalabi.

Innovatsion pedagogik texnologiya pedagogik loyihasi sifatida fanasoslari bo'yicha o'quvchi (talaba)larning bilish faoliyatini maqsadgamuvofiq holda tashkil etish va amalga oshirishni ko'zda tutadi. Uning metodikadan farqli jihatlari:

1. oldindan loyihalanadi.

2. yakuniy ijobiy natija kafolatlanadi.

Bu natijani aniqlash mezoni esa o'quv materialini o'zlashtirish darajasi hisoblanib, u har bir mashg'ulot didaktik masalalarni aniq o'rnatish va ularni hal etish texnologiyasi asosi didaktik jarayon samarasi bilan ta'minlanadi. "Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy sog'lomo'sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo'lgan,uyg'un rivojlangan insonlar bo'lib, XXI asr talablariga to'liq javob beradigan barkamol avlod bo'lib voyaga etishi uchun zarur barchaimkoniyat va sharoitlarni yaratishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yamiz" [1, 2]. Bu maqsadni amalgam oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalarva ularni joriy qilishning o'rni beqiyosdir.

Innovatsion pedagogika-hukmron nazariya, nazariy va amaliy muammolarni hal etishning asosi qilib olingan. Innovatorlar fikriga asosan odatiy mumtoz pedagogik nazariyalar eskirib qolgan, yangisharoitda hozirgi avlodni bu yo'l bilan tarbiyalash mumkin emas. Hozirgi pedagogik fandagi vaziyat umumiy holda shundan iborat. Bu vaziyatda innovatsiya juda muhim. Pedagogika-bilimlar tizimidir. Obyektivlik, maqsadga muvofiqlik, mustahkamlik, bir-biriga zidbo'lmaslik - uning asosiy xarakteristikalaridir [3, 4]. Pedagogika tizimini harqanday ilmiy nazariya kabi tizimini tashkil etuvchi tamoyillariloyihalashtiradi, birlashtiradi va ushlab turadi ya'ni ushbu tizim asosiybilimlarga asoslanishi asosiy holdir.

Interfaol ta'lim metodlari

Shiddat bilan barcha sohalar kabi ta'limda ham katta bururulish yuz berdi. Ya'niy o'qitishning zamonaviy metodlari keng qo'llanilmoqda. O'qitishning zamonaviy metodlarini qo'llash o'qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq [5, 6, 7]. An'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta'lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasi o'sishiga olib keladi.

Hozirgi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta'lim metodlari hozirda eng ko'p tarqalgan va barcha turdagi ta'lim muassasalarida keng qo'llanayotgan metodlardan hisoblanadi [8, 9, 10]. Shu bilan birga, interfaol ta'lim metodlarining turlari ko'p bo'lib, ta'lim-tarbiya

jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo'llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta'lim metodlarini ma'lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to'g'ri tanlash muammosini keltirib chiqargan.

Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag'batlantirib turilishi, o'quv materialini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo'naltiruvchi matn, loyiha, rolli o'yinlar kabi metodlarni qo'llash va ta'lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi [11, 12, 13].

Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o'zaro muloqotda, o'zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o'quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o'rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.

O'qitishning interfaol usullarini tanlashda ta'lim maqsadi, ta'lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o'quv muassasasining o'quv-moddiy sharoiti, ta'limning davomiyligi, o'qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e'tiborga olinadi.

Interfaol metodlar deganda - ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida ta'lim oluvchi bo'lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo'llanilganda ta'lim beruvchi ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi [14]. Ta'lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta'lim oluvchi markazda bo'lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi:

> ta'lim samarasi yuqoriroqbo'lgan o'qish-o'rganish;

> ta'lim oluvchining yuqori darajada rag'batlantirilishi;

> ilgari orttirilgan bilimlarning ham e'tiborga olinishi;

> ta'lim jarayoni ta'lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi;

> ta'lim oluvchining tashabbuskorligi va mas'uliyatining qo'llab-quvvatlanishi;

> amalda bajarish orqali o'rganilishi;

> ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

Shunday qilib, fanlarni o'qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o'ziga xos xususiyatga ega. Ta'lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab o'rganish va amalda qo'llash o'quvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to'g'ri echimini topishlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. O'quvchi-talabalarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o'quvchi-talabalarning bilim, ko'nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi.

Yuqorida aytilganlardan interfaol ta'lim metodlarini tegishlicha tahlil qilish va shu asosda ularni tasniflash zarurati ma'lum bo'ladi. Quyida ushbu masala yuzasidan umumiy mulohazalarni keltiramiz. Bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta'lim strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin.

Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta'lim metodlari quyidagilar sanaladi:

Interfaol metodlar: "Keys-stadi" (yoki "O'quv keyslari"), "Blist-so'rov", "Modellashtirish", "Ijodiy ish", "Muammoli ta'lim" va b.

Interfaol ta'lim strategiyalari."Aqliy hujum", "Bumerang", "Galereya", "Zigzag", "Zinama-zina", "Muzyorar", "Rotastiya", "Yumaloqlangan qor" va k. Interfaol ta'lim metodlari tarkibidan interfaol ta'lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma'lum ma'noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi [15]. Aslida bu strategiyalar ham ko'proq jihatdan interfaol ta'lim metodlariga tegishli bo'lib, ularning orasida boshqa farqlar yo'q.

Interfaol grafik organayzerlar: "Baliq skeleti", "BBB", "Konsteptual jadval", "Venn diagrammasi", "T-jadval", "Insert", "Klaster", "Nima uchun?", "Qanday?" va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg'ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko'rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko'proq jihatdan interfaol ta'lim metodlariga tegishli bo'lib, ularning orasida boshqa farqlar yo'q.

Interfaol ta'lim metodlarini ko'pincha turli shakllardagi o'quv mashg'ulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qo'llanmokda. Bu metodlarni qo'llash mashg'ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta'lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan yuqoridagi tasnif bo'yicha hozirgi ayrim interfaol ta'lim metodlarining turli shakllardagi o'quv mashg'ulotlari texnologiyalari bilan qo'llash uchun qulayligi shartli ravishda quyidagi 8-jadvalda keltirildi.

Bu jadvaldagi ayrim interfaol ta'lim metodlarining turli shakllardagi o'quv mashg'ulotlari texnologiyalari bilan qo'llash uchun qulayligi bir muncha shartli va aslida muayyan o'quv mashg'ulotlari texnologiyalari bilan boshqa yana ko'p interfaol metodlarni aniq maqsadlar yo'lida qo'llash mumkin ekanligini alohida ta'kidlash zarur [16].

Eng jiddiy didaktik muammolardan biri ta'lim metodlarini tanlash nimalarga bog'liq, degan masaladir.

Didaktikaga oid adabiyotlarda ta'lim metodlarini to'g'ri tanlash va ularni qo'llash samaradorligining turli omillar bilan bog'liqliklari quyidagicha qayd qilinadi:

✓ birinchidan,o'quv mashg'ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bog'liq;

✓ ikkinchidan,bayon qilinadshan materialning harakteriga bog'liq;

✓ uchinchidan,ta'lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog'liq;

✓ to'rtinchidan,o'quv jarayonida o'rganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog'liq;

✓ beshinchidan,oliy o'quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bog'liq;

✓ oltinchidan,o'quv jarayonining moddiy-texnik ta'minoti bilan bog'liq;

✓ yettinchidan,o'qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o'quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda o'qituvchining hozirgi zamon metodlari bo'yicha bilimlariga bog'liq.

Xulosa

Shunday qilib, oliy ta'lim muassasalaridagi kasbiy ta'lim jarayoni o'qitishning zamonaviy shakl va metodlariga muvofiq tashkil etiladigan ko'pqirrali yaxlit tizim doirasida amalga oshiriladi. Bunda har bir shakl o'z oldiga qo'ygan vazifalarni bajaradi, lekin shakl va metodlar to'plami yagona didaktik majmuani hosil qiladi. Bu didaktik majmuaning amalga oshirilishi esa, o'quv jarayonining psixologik-pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Anvarovich, A. A., Djurayevna, T. G., & Gulomovna, M. M. THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF USING THE VISUAL-COGNITIVE APPROACH IN HIGHER EDUCATION.

2. Khamidov Jalil Abdurasulovich, Khujjiev Mamurjon Yangiboevich, Alimov Azam Anvarovich, Gafforov Alisher Xolmurodovich, Khamidov Odil Abdurasulovich. "OPPORTUNITIES AND RESULTS TO INCREASE THE EFFECTIVENESS OF MULTIMEDIA TEACHING IN HIGHER EDUCATION." Journal of Critical Reviews 7 (2020), 89-93. doi:10.31838/jcr.07.14.13

3. Alimov, A. A. (2016). Improving the Training the Future Teachers of Special Disciplines in Uzbekistan. Eastern European Scientific Journal, (1), 113-117.

4. Хужжиев, М. Я. (2020). ВОЗМОЖНОСТИ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ МУЛЬТИМЕДИА В ПРОЦЕССЕ УРОКА.Universum: психология и образование, (1), 10-13.

5. Barakaev, N., Mirzaev, O., Toirov, B., & Alimov, A. (2021, April). Justification of the parameters of parts of a walnut cracking machine. In Journal of Physics: Conference Series (Vol. 1889, No. 2, p. 022061). IOP Publishing.

6. Abdurasulovich, K. J., Anvarovich, A. A., Mamatkulovich, Y. U., Yangiboevich, K., & Sobirovna, M. M. (2020). THE ADVANTAGES OF THE METHODOLOGY OF PREPARING STUDENTS FOR INNOVATIVE ACTIVITY ON THE BASIS OF VISUAL TEACHING OF SPECIAL DISCIPLINES. Journal of Critical Reviews, 7(14), 1244-1251.

7. Maxmudovich, X. M., Kuchkorovich, J. A., & Xo'Jjiyev, M. (2021). Technology of using E-learning modeling programs in teaching special subjects in professional education. Psychology and Education Journal, 58(1), 5403-5411.

8. Anvarovich, A. A., & Faxritdinova, T. S. (2021, October). FOREIGN EXPERIENCES IN MODERN TEACHING OF SPECIALTIES IN ENGINEERING. In Archive of Conferences (pp. 192-198).

9. TAMOYILLARI, B. A. O. D. MASOFAVIY TA'LIM ORQALI UMUMKASBIY VA IXTISOSLIK FANLARINI KOGNITIV-VIZUAL YONDASHISH ORQALI, TALABALAR.

10. Toirov, B. B., Khamidov, Y. Y., & Asadova, Z. A. (2019). INNOVATIVE TRAINING TECHNOLOGIES. BULLETIN OF MASTER'S,(5-3), 117.

11. Алимов, А. А., Тоиров, Б. Б., & Савриева, И. Б. (2020). УМУМКАСБИЙ ФАНЛАРНИ У^ИТИШ ЖАРАЁНИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ВА БАХДЛАШ. Science and Education, 1(8), 199-206.

12. Toirov, B. B. (2021). AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAHSULOT SIFATINI BOSHQARISH VOSITASI SIFATIDA. Science and Education, 2(2), 338-343.

13. Tosheva, G. D., & Toirov, B. B. (2020). INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR TA'LIM TARAQQIYOTINING ASOSIY KUCHI VA TUTGAN O'RNI. Science and Education, 1(8), 222-228.

14. Муминжонова, М. Г., & Тоиров, Б. Б. (2020). ОЛИЙ TАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА УКУВ МА^САДИ ВАТУРЛАРИНИ ЗАМОНАВИЙ ЁНДАШУВЛАР АСОСИДА ТАНЛАШ ОМИЛЛАРИ. Science and Education, 1(8), 177-183.

15. Ёдгорова, М. О. (2012). Современные требования к преподавателю профессионального колледжа. Молодой ученый, (1-2), 86-87.

16. Ёдгорова, М. О. (2018). Современное инженерное образование и инновации в подготовке инженеров. Молодой ученый, (9), 147-149.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.