Научная статья на тему '“MUHANDISLIK GRAFIKASI” FANINI O‘QITISHNING INTERFAOL TA’LIM METODLARIDAN FOYDALANISH'

“MUHANDISLIK GRAFIKASI” FANINI O‘QITISHNING INTERFAOL TA’LIM METODLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
516
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
interfaol / interaktiv / didaktik o‘yinlar / prezentatsiya / fazoviy tasavvur.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Axmadjon Nurmuradovich Eshmurodov

Muhandislik grafikasi darslarida fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish; biror buyumning chizmasini yasashga doir va uning bеrilgan chizmasini o‘qishga doir topshiriqni bajarishda talabalarga tanish bo‘lgan buyumning gеomеtrik shaklini fikran aniq tasavvur qila olish qobiliyatini rivojlantirish;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“MUHANDISLIK GRAFIKASI” FANINI O‘QITISHNING INTERFAOL TA’LIM METODLARIDAN FOYDALANISH»

"MUHANDISLIK GRAFIKASI" FANINI O'QITISHNING INTERFAOL TA'LIM METODLARIDAN FOYDALANISH

Axmadjon Nurmuradovich Eshmurodov

Navoiy davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Muhandislik grafikasi darslarida fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish; biror buyumning chizmasini yasashga doir va uning berilgan chizmasini o'qishga doir topshiriqni bajarishda talabalarga tanish bo'lgan buyumning geometrik shaklini fikran aniq tasavvur qila olish qobiliyatini rivojlantirish;

Kalit so'zlar: interfaol, interaktiv, didaktik o'yinlar, prezentatsiya, fazoviy tasavvur.

"Bugungi kunda O'zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin ko'makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor

ziyolilardir".

Sh.M.Mirziyoyev

Muhtaram prezedentimiz Sh.M.Mirziyoyev butun mamlakatimiz diqqat e'tiborini barkamol avlod tarbiyasiga, kadrlar sifatiga, o'qituvchilarning qadr-qimmati, obro'sini mustahkamlashga qaratmoqda. O'zbekistonda kadrlar tayyorlashning sifat darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, har bir oliy ta'lim muassasasini jahonning yetakchi oliy ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o'rnatishi, o'quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilg'or pedagogik texnologiyalar, o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o'quvchilar, pedagog kadrlarni zamonaviy kasbiy bilimlari va kreativlik qobilyatlarini rivojlantirish, yoshlar auditoriyasi bilan ish olib borishda interfaol usullardan samarali foydalanish masalalari harakatlar strategiyasining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

Hozirgi davrda ta'lim sohasida tayyorlanayotgan yosh kadrlardan nafaqat pedagogikaga doir chuqur bilimlar, balki bir qator ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan muammoli vaziyatlarni yecha olish uchun yetarli darajadagi bilim va ko'nikmalar ham talab etiladi. Deyarli barcha ta'lim muassasalaridagi yechimni kutayotgan muammoli vaziyatlar ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalari bilan bog'liqdir. Ta'lim tizimida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llash ta'lim berish jarayonida yuqori natijalarga erishish uchun ishonchli zamin yaratadi.

Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta'lim metodlari hozirda eng ko'p tarqalgan va barcha turdagi ta'lim muassasalarida keng qo'llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta'lim metodlarining turlari ko'p bo'lib, ta'lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo'llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta'lim metodlarini ma'lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to'g'ri tanlash muammosini keltirib chiqargan.

Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta'lim beruvchi tomo nidan ta'lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag'batlantirib turilishi, o'quv materialini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, rolli o'yinlar kabi metodlarni qo'llash va ta'lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.

Interaktiv ta'lim-dastlab alohida uslubga aylangan faol ta'limning bir turi. O'zaro aloqalar nafaqat o'qituvchi va talabalar o'rtasida, balki guruhlar yoki individual o'quvchilar o'rtasida ham sodir bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, u "muloqot o'rganish" deb ataladi. Interaktiv shakllar o'qituvchiga o'quvchilarni dars bilan jalb qilish, ularni faol ishtirok etish, natijalarga erishish va jamoaviy ishlarga undashga yordam beradi.

Boshqacha qilib aytganda, faol usullardan farqli o'laroq, interaktiv o'quvchilar nafaqat o'qituvchi bilan, balki bir-birlari bilan ham, o'quv jarayonida talabalarning faolligining ustunligiga qaratilgan. Interaktiv darslarda o'qituvchining o'rni talabalarning dars maqsadlariga erishish yo'nalishi bo'yicha qisqartiriladi. O'qituvchi shuningdek, dars rejasini ishlab chiqadi, odatda, bu interaktiv mashqlar va vazifalar bo'lib, unda talaba materialni o'rganadi.

O'quvchilarning grafik ta'lim sifatini oshirish o'quv mashg'ulotlari vaqtida bilimlarni taqdim etishning aniq, maqsadli va metodik jihatdan o'ylangan tizimi tomonidan katta hissa qo'shadi. O'quv jarayoniga yangi, eng ilg'or o'qitish va o'qitish usullarini joriy etish, ta'limning texnik vositalarini oqilona jalb qilish kerak. Chizmachilikni o'rganish samaradorligini oshirish asosan didaktik materiallar, didaktik o'yinlar va kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga bog'liq. Zamonaviy jamiyatni axborotlashtirish jarayoni har bir insondan shaxsiy kompyuterdan foydalanish qobiliyatini talab qiladi.

Chizmachilik fanini o'qitishda kompyuter texnologiyalarini qo'llashdagi muvaffaqiyat, birinchi navbatda, yangi axborot texnologiyalari an'anaviy, yaxshi ta'minlangan metodik, o'quv fanlarini o'qitishni yaxshilashga qanday yordam berishiga

bog'liq. Ko'rgazmali qo'llanmalar sifatida taqdimotlar o'qituvchiga o'quv materiallarini taqdim etishga yordam beradi, ob'ektlar shaklini kuzatish va tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi, o'quvchilarning bilimlarini mustahkam egallashini ta'minlaydi, mavzuga qiziqishni oshiradi. Prezentatsiyalar grafik va amaliy ishlarni bajarishda darsning barcha bosqichlarida o'ziga xos maqsadga ega. Prezentatsiyalar yaratish jarayonida o'qituvchi turli chizmachilikka xos programmalardan foydalanih orqali o'zini namoyon qilishi mumkin.

Inson ijodiy faolivatining barcha sohalarida yetarli yuqori darajada fazoviy tasavvur qilish va fazoviy tasavvur etish imkoniyatiga ega bo'lishi zarur. Bajarilayotgan chizma yoki texnik rasm va eskiz fazoviy tasavvur etish o'zaro didaktik munosabatda bo'lgani uchun ular bir-birini qiziqarli g'oyalar bilan to'ldirib boradi. Natijada fazoviy tasavvur qilish chizmani qog'ozga chizish bilan bir qatordai o'ylangan obrazni aniqlashga va ba'zi bir elementlarning o'zaro munosabatlarini tekshirishga, keyinchahk konstruksiyalashni davom ettirishga, fazoviy tasavvur etishga oziqa beradi. Hozirgi zamon kompyuterlaridan foydalanishda tezkor faraz qilish va unga ongdagi chizmalarni zudlik bilan tasvirlashni talab qiladi. Shu sababli har bir odam fazoviy tasavvur etish bilan bir qatorda ongida faraz qilayotgan narsani qog'ozga tushirish mahoratini ham egallashi zarur. Yuqoridagi salohiyatni belgilovchi parametrlardan biri talaba va o'qituvuvchining pedagogik savodxonligi hisoblanadi.

REFERENCES

1. Eshmurodov Ahmad Nurmuradovich. "The most useful techniques used by advanced teachers academician", An International Multidisciplinary Research Journal ISSN: 2249-7137 Vol. 11, Issue 11, November 2021 SJIF 2021 = 7.492

2. Чориевич, Джалолов Шавкат. «Роль композиции в увеличении пространственного воображения студентов и студентов» Центрально-Азиатский журнал искусства и дизайна. - (2021). 15-17.

3. E.I.R o'ziyev, A.O.Ashirboyev. Muhandislik grafikasini o'qitish mctodikasi. —T.: Fan va texnologiya», 2010, 248 bet.

4. Botvinikov A.D, Lomov B F. «Iauchno,еosnovo, formiroianiya Moskva 1979.

5. Botvinnikov A.D. va boshqalar. «Chizmachilik Toshkеnt -O'qituvchi, 1989.

6. Bogolyubov, S. K. Injenernaya grafika / S. K. Bogolyubov. -Moskva : Mashinostroenie, 2006.

7.Rustamov Axtam Muxtarovich Международный научно-образовательный электронный журнал «ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ». Выпуск №20 (том 1) (ноябрь, 2021). Дата выхода в свет: 30.П.2021.RossiyaВыпуск №20(том-1) ноябрб, 2021 год108-112 стр Talabalarga "ikkinchi tartibli egri chiziqlar va transtendent egri chiziqlari" mavzularini o'tish metodikasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.