Научная статья на тему 'TA’LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDA MASOFAVIY TA’LIMNING AFZALLIKLARI VA QULAYLIKLARI'

TA’LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDA MASOFAVIY TA’LIMNING AFZALLIKLARI VA QULAYLIKLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
multimedia / axborot texnologiyalari / samarali ta'lim / elektron darslik / multimediali ilovalar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abduraxmanov Muxtor Xujayarovich, Rashidov Bahodir Mutallib O‘G‘Li

Axborot texnologiyalarni multimediali vositalar orqali o‘qitishda talabalarni qiziqtirish, ma’lumotlarni o‘rganishga qiziqishlarini oshirish, ularning o‘zlashtirish va tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish, talabalarning e’tiborini jalb qilish, bilim va ko‘nikmalarini nazorat qilishga kumaklashadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDA MASOFAVIY TA’LIMNING AFZALLIKLARI VA QULAYLIKLARI»

"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

2024-yil 20-fevral

TA'LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDA MASOFAVIY TA'LIMNING AFZALLIKLARI VA QULAYLIKLARI 1Abduraxmanov Muxtor Xujayarovich, 2Rashidov Bahodir Mutallib o'g'li

1O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti (PhD), dotsenti 2O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10676699

Annotatsiya. Axborot texnologiyalarni multimediali vositalar orqali o'qitishda talabalarni qiziqtirish, ma'lumotlarni o'rganishga qiziqishlarini oshirish, ularning o'zlashtirish va tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish, talabalarning e 'tiborini jalb qilish, bilim va ko'nikmalarini nazorat qilishga kumaklashadi.

Kalit so'z: multimedia, axborot texnologiyalari, samarali ta'lim, elektron darslik, multimediali ilovalar.

Mamlakatimizda mavjud barcha oliy ta'lim muassasalari uchun turli hildagi ko'rgazmali materiallar, kompyuter texnologiyalari asosida o'qitishga mo'ljallangan multimediali didaktik vositalar yaratish va ulardan foydalanish jarayoni tez sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda.

Ta'lim jarayonida multimedia vositalaridan foydalangan holda axborot texnologiyalarini o'qitishni uslubiy ta'minlash samarali ta'lim olish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Ayni paytda, zamonaviy elektron darslik, ayniqsa, multimediali ilovalarni yaratish dolzarb muhim muammoga aylanib, undan nafaqat axborot texnologiyalarni ta'lim jarayonida qo'llash, balki undan boshqa fanlarni harakatli, ko'rgazmali, tovushli, sermazmun tarzda qo'llash o'qitish jarayonida samarali natijalarga olib kelinmoqda.[1]

Multimedia (multi - ko'p, media - muhit) - bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko'rinishga ega bo'lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya, video va h.k) turli xil tashuvchilarda (optik disk,disketa, flesh xotira va h.k.) mavjud bo'lgan axborotdan foydalanish bilan bog'liq sohasidir.

Multimediali ilovalar - harakatli, tovushli, ko'rgazmali va multimedia imkoniyatlariga ega bo'lgan elektron manbalardir. Boshqacharoq aytganda, multimediali ilovalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o'quv faniga oid materiallarni davlat ta'lim standarti va o'quv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, o'quv fanini samarali o'zlashtirishga, talabaning mustaqil ta'lim olishiga ko'maklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lug'atlarni o'z ichiga oluvchi o'quv resurslarini tushunamiz.

Multimedia ilovalarini yaratish uchun bugungi kunda bir nechta dasturiy vositalar mavjud. Eng ko'p qo'llanib kelinayotgan dasturlar PowerPoint, Prezi, ISpring, Yenka, Blender, Adobe Flash, Autoplay, Camtasia Studio dasturlaridir.

Multimedia vositalari -bu foydalanuvchi ovoz, video, tasvir, matn, animatsiya yordamida muloqotda bo'ladigan apparat va dasturiy vositalarning yig'indisi.

Multimedia vositalari - amaliy dasturiy vositalar bo'lib, ular o'qitish jarayonining barcha sohalarida dasturiy tizimlarni yaratish, tayyorlash, tashkiliy materiallarni va ma'lumotlarni jamlash, grafik yoki animatsiyalarni qo'shish hamda namoyish uchun mo'ljallangan.

Multimediali didaktik vositalar - harakatli, tovushli, ko'rgazmali va multimedia imkoniyatlariga ega bo'lgan vositalar to'plamidir. Boshqacharoq aytganda, multimediali didaktik vositalar multimedia texnologiyasi yordamida axborot-ta'lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi elektron qo'llanmadir.

"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

2024-yil 20-fevral

Multimediali didaktik vositalar zamonaviy informatsion va telekommunikatsion texnologiyalar asosida ma'lumotlarni jamlash, tasvirlash, saqlash va taqdim etish imkoniyatlariga asoslangan zamonaviy o'quv qo'llanmalardir.[2]

Ta'lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning asosiy masalasi - insonning intellektual imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Hozirgi vaqtda o'qitish uslubiyatining o'zi o'zgarib bormoqda: bilimlarni o'zlashtirish - axborotlardan foydalana olishga, uni kompyuter yordamida egallashga o'rnini bermoqda.

Oliy ta'lim muassasalarini kompyuterlashtirish o'zining yuqori darajasiga ko'tarilib, kompyuterlar asosida yangi axborot texnologiyalarini hayotga tatbiq qilish keng amalga oshirilmoqda. Axborotlar jamiyatiga o'tishda har qanday yetuk darajali zamonaviy mutaxassis kompyuterlar, telekommunikasiya va boshqa aloqa vositalaridan unumli foydalana olishni bilishi zarur. Shunday ekan, bo'lajak mutaxassislarimizni bilimli va zamon talablari darajasida tayyorlash uchun oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini boshqarishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish yaxshi natija beradi. Auditoriyalarni zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlash va ulardan dars jarayonida foydalanish, Axborot texnologiyalari fanidan amaliy mashg'ulotlarni olib borishda zamonaviy texnika vositalari, ya'ni kompyuterlar, proektorlar, video, audio vositalarni qo'llay bilish ta'lim sifatini yanada oshiradi.[3]

Xulasa qilib aytganda talabalarga axborot texnologiyalari ko'nikmalarini samarali rivojlantirishga yordam beradigan qiziqarli va interaktiv o'quv muhitini yaratishdir.

REFERENCES

1. Ахмедов А., Тайлаков Н.И. Информатика. Академик лицей ва касб- хунар коллежлари учун дарслик. - Т.: Узбекистан, 2008. - 272 б.

2. Рахимов С., Абдураxмонов М. Олий таълим муассасаларида Информатика фанини укитишда мультимедиали укув ресурсларининг урни // "Фаол инвестицион мух,итни шакллантиришда таълим, фан, ишлаб чикариш интеграциясининг долзарб муаммолари" мавзусида ёш олимлар, докторантлар, мустакил тадкикотчилар, магистрант ва иктидорли талабаларнинг XVI республика илмий-конференцияси материаллари, 7 июнь, 2019 й. - Т., 2019.

3. Рахимов С. ОТМларда "Ахборот технологиялари" фанини мультимедиали дидактик воситалар асосида укитишнинг айрим усуллари // "XXI асрда илм-фан тараккиётининг ривожланиш истикболлари ва уларда инновацияларнинг тутган урни" мавзусидаги Республика 9-илмий онлайн конференцияси. - Т., 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.