Научная статья на тему 'MULTIMEDIA VOSITALARINI YARATISH VA UNING TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI DOLZARB AHAMIYATI'

MULTIMEDIA VOSITALARINI YARATISH VA UNING TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI DOLZARB AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1411
133
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TA'LIM / MULTIMEDIA TURLARI / MULTIMEDIA DASTURLARI

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Rasulov E.M.

Maqolada multimedia dasturiy vositalarini yaratish texnologiyasi bo’yicha ma’lumotlar tahlil qilingan hamda ta’lim sifatini oshirishdagi dolzarb ahamiyati ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANT VALUE OF MULTIMEDIA IN CREATING AND IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION

The article analyzes data on the technology of creating multimedia software and reveals its actual importance for improving the quality of education.

Текст научной работы на тему «MULTIMEDIA VOSITALARINI YARATISH VA UNING TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI DOLZARB AHAMIYATI»

Rasulov E.M.

2-bosqich magistrant Qo'qon davlatpedagogika institute O'zbekiston respublikasi

MULTIMEDIA VOSITALARINI YARATISH VA UNING TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI DOLZARB AHAMIYATI

Annotatsiya: Maqolada multimedia dasturiy vositalarini yaratish texnologiyasi bo 'yicha ma 'lumotlar tahlil qilingan hamda ta 'lim sifatini oshirishdagi dolzarb ahamiyati ochib berilgan.

Kalit so'zlar: multimedia, ta'lim, multimedia turlari, multimedia dasturlari

Rasulov E.M.

Second year's master Kokand State Pedagogical Institute Republic of Uzbekistan

THE IMPORTANT VALUE OF MULTIMEDIA IN CREATING AND IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION

Annotation: The article analyzes data on the technology of creating multimedia software and reveals its actual importance for improving the quality of education.

Key words: multimedia, obrazovanie, vidy multimedia, multimediynye programmy.

Ta'lim sohasidagi barcha islohatlarning asosiy maqsadi ma'naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonlarni tarbiyalash, ta'lim tizimini takomillashtirish, dars jarayonlarini yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida har tomonlama zamon talabiga mos ravishda amalga oshirishdan iboratdir. Shuning uchun ham bugungi kunda ta'lim - tarbiya tizimida kompyuter va axborot texnologiyalarining zamonaviy texnologiyalaridan samarali foydalanishga alohida e'tibor berilmoqda.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida, ko'plab seminarlar, treninglar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni o'tkazish uchun turli kompyuter texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Ma'lumot mazmunga boy, esda qoladigan va ko'rgazmali bo'lishi uchun ko'proq multimedia texnologiyalari ishlatiladi. Bularga matn, grafika va ovoz kabi ma'lumotning turli shakllarini qayta ishlashga imkon beruvchi multimedia apparat vositalari bilan birga amaliy dasturlar paketlarini ham olishimiz mumkin.

Multimedia bir necha ta'rifga ega:

- Multimedia - turli ma'lumotlarni ishlab chiqish, ishga tushirish, qayta ishlash vositalarini qo'llash tartiblarini ta'riflovchi texnologiya;

- Multimedia - kompyuter apparat ta'minoti (kompyuterda kompaktdisklar o'qish qurilmasi - CD-Rom Drive, uning yordamida ovozli va videoma'lumotni eshittirishga yordam beradigan ovoz va videoplata, joystik va boshqa maxsus qurilmalaming mavjudligi);

- Multimedia - bu bir necha ma'lumot taqdim etish vositalarining bir tizimga birlashishi. Odatda multimedia deganda matn, ovoz, grafika, multiplikatsiya, videotasvir va fazoviy modellashtirish kabi ma'lumot taqdim etish vositalarining kompyuter tizimidagi birlashishi tushuniladi. Bunday vositalarning birlashishi ma'lumot qabul qilishning yangi sifatli darajasini ta'minlaydi: inson passiv ravishda mahliyo bo'libgina o'tirmasdan, balki faol ishtirok etadi ham. Multimedia vositalari bilan ishlovchi dasturlar ko'pmodallidir, ya'ni ular bir necha sezgi organlariga bir vaqtda ta'sir qilgani uchun auditoriyaning qiziqishi va e'tiborini tortadi. Multimedia ilova mazmuni muallif tomonidan ssenariy tayyorlash paytida atroflicha o'ylanadi va texnologik ssenariyni ishlab chiqishda aniqlashtiriladi. Ta'limiy ma'lumot taqdim etishning an'anaviy shakli - matn va statik grafika ko'p asrlik tarixga ega bo'lsa, multimediadan foydalanish tajribasi yillar bilan o'lchanadi. Illustrasiya, jadval va chizmalar mavjud bo'lgan animatsiya elementlari va ovoz jo'rligida taqdim etilayotgan chiroyli bezalgan multimediali ilova o'rganilayotgan materialni qabul qilishni osonlashtiradi, tushunish va eslab qolishga yordam beradi, ta'lim oluvchining bilim olishga bo'lgan faolligini oshirib, predmetlar haqida aniqroq va to'laroq tushunchaga ega bo'lishini ta'minlaydi.

Sifatli multimedia ilovalari ishlab chiqishga yo'naltirilgan turli-tuman, bir-biridan farqli texnologik usullar mavjud. Multimedia ilovalari yaratish texnologiyasini o'rganishda ularning qanday yaratilishini ifodalovchi ssenariy ishlab chiqiladi. Bundan kelib chiqib, har bir multimedia ilovasi turli tarkibiy qismlar (turli mavzular)dan tashkil topadi, degan mantiqiy xulosaga kelishimiz mumkin. Multimedia ilovalari tarkibini quyidagi qismlarga bo'lish mumkin: yaratilayotgan multimedia ilovasi uchun mavzu tanlash, ish maydonini belgilash (masshtab va fon), kadrlar, qatlamlardan foydalanish, turli shakllar simvollarini yaratish, dasturlash tilida o'zgaruvchilar kiritish va skriptlar yozish, tovushli fayllar bilan ishlash, matn qo'shish, effektlar yaratish, rasmlardan foydalanish va import qilish, kutubxonadagi tayyor komponentlardan foydalanish, navigatsiyani yaratish, matn razmetkasi tillari va skriptlash tillaridan foydalanish. [2,5]

O'z navbatida multimedia ilovalarini quyidagi turosti turlarga bo'lish mumkin.

Taqdimot:

- Chiziqli taqdimot - murakkab grafika, video qo'yilma, ovoz jo'rligidagi va navigatsiya tizimiga ega bo'lmagan dinamik rolik.

- Interfaol taqdimot - ierarxik tamoyillaT bo'yicha tuzilmaga keltiгilgan va maxsus foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan multimediali komponentlaг to'plami.

Animatsiya:

- Kadrlar animatsiyasi - tasvirlar harakati taassurotini beradigan suratlaming kadгlaг bo'yicha almashishi. Dasturiy animatsiya - dasturlangan amallar ketma-ketligi yoráamida tasviгlaг almashadigan animatsiya (ya'ni algoritm va o'zgaгuvchilaг yoráamida). Asosiy ob'yektlami chizish qo'lda amalga oshiriladi yoki biror bir kolleksiya yoxud galereyadan import qilib olinadi, shundan keyingina unda qaysidir dasturlash tili imkoniyatlari ishga solinadi.

O'yinlar

Ko'ngil ochuvchi o^into - foydalanuvchiga bo'sh vaqtini o'tkazishga imkon beradigan dasturiar O^gatuvchi o'yinlaг - taqdim etilgan yengil o'yin shaklida foydalanuvchiga u yoki bu soha bo'yicha o'z malaka va ko'nikmalarini oshirishga yordam beradigan dasturlar.

Video o'qish qurilmalari:

Film kadrlari harakatini shakllantirish - harakat taassurotini uyg'otuvchi rasmlar, kadrlar ketma-ketligini, tasvirlarni tayyorlash va joylashtirish. Videotasvuto oqimini o'qish qurilmasi - videooqim formatlari avi, mpeg va boshqalami o'z ichiga olgan o'qish qurilmasini shakllantiгish, shundan keyingina ushbu oqimni boshqaгish imkoniyati tug'iladi (masalan, videofaylni ishga tushiгish, pauza, video boshiga tez o'tish kabi buymqlami ishlatish).

Multimedia-galereyalar:

Tasvirlarning kadrlarda almashishi - tasvirlarning belgilangan vaqt oralig'ida almashish taгtibi. Panoгama - katta ochiq maydonni erkin tomosha qilishga imkon beruvchi keng va katta plandagi manzara. " Interfaol galereya -foydalanuvchiga boshqarish imkonini beгadigan galeгeya (tasviгlaг bo'yicha harakat).

Tovush o'qish qurilmalari:

Bitta ovozli fayl o'qish qurilmasi - wav, mp3 va boshqa formatdagi ovozli faylni multimedia ilovaga qo'shish va uni qaytadan eshitish.

Turii ovozli fayllami o'qish qurilmasi - bitta ovozli fayl o'qish qurilmasiga o'xshash, lekin bajarish ketma ketligini o'zgartirish imkoniyati qo'shilgan holda. "Virtual musiqa instmmentlari - haqiqiy musiqa instrumentlari imitatsiyasi.

web uchun ilovalar:

Bannerlar - internetdagi reklama xarakteridagi tasvir yoki matn bloki. U reklama beruvchining Veb-saytiga yoki mahsulot yoxud xizmat turi atroflicha bayon qilingan sahifalarga giper murojaatdan iborat.

Bannerlar tashrifchilarni jalb etish uchun, imidjni shakllantirish yoki shu resureni siljitish uchun turii Internet resuMa^a joylashtiriladi. Ma'lumot uzatish ilovalari (masalan, mehmonlar kitobi).

Yaratuvchi gipermatn sahifalarini yaratishda ishlatiladigan dastumi tanlab olishi kerak. To'liq funksional multimedia dasturlarini yaratishga imkon beruvchi bir qator kuchli multimedia yaratish vositalari mavjud. Macromedia Director, Macromedia Flash yoki Authoware Professional kabi paketlar yuqori darajadagi professonal va qimmat vositalar hisoblanadi, shu bilan birga FrontPage, mPower 4.0, HyperStudio 4.0 va Web Workshop Pro ularning oddiyroq va arzonroq analoglari hisoblanadi. PowerPoint va matn muharrirlari (masalan, Word) kabilardan ham chiziqli va chiziqsiz multimediali resurslar yaratishda foydalanish mumkin. [4,6]

Kompyuterning ta'lim sohasiga kirib kelishi axborotlarni qayta ishlashning universal vositasi sanaladi. Uning universalligi bir tomondan har xil tipdagi axborotlarni qayta ishlash imkoniga egaligi bilan belgilansa (multimedia axborotla-rini), boshqa tomondan bir xil tipdagi axborotlar bilan bir qator operatsiyalarni bajaradi. Shu tufayli kompyuter o'zining atrofidagi qator vositalar bilan ta'limdagi multimedia-vositalarining barcha funksiyalarini ta'minlash imkoniyatiga ega.

O'z navbatida zamonaviy kompyuter multimedia vositalari jadal rivojlanayotgan kompyuter telekommunikatsiyalari bilan bog'liq. Barcha kompyuter tarmoqlarida e'lon qilingan axborot resurslari amaliy jihatdan multimedia resurslari sanaladi. Aksariyat multimedia resurslari va texnologiyalar telekommunikatsion tartibda ishlashga mo'ljallanmoqda. Ta'lim jarayonida multimedia resurslari va texnologiyalaridan foydalanishda telekommunikatsiya tarmoqlarini qo'llash bir qator imkoniyatlarni yuzaga chiqarishga olib kelmoqda:

- o'quv-uslubiy multimedia axborotlariga kirish imkonini kengaytiradi;

- o'quvchilarda kommunikativ malakalarni, muomala madaniyatini, multimedia axborotlarini izlash uquvini shakllantiradi;

- tezkor maslahat yordamini tashkil etadi;

- mustaqil ta'lim olish uchun individual ta'lim bazasini rivojlantiradi;

- aniq vaqt birligida virtual o'quv mashg'ulotlari (seminarlar, ma'ruzalar) o'tkazilishini ta'minlaydi;

- masofaviy ta'limni tashkillashtiradi;

- hamkorlikdagi tadqiqot loyihalarini tashkil etishni uyushtirish;

- ilmiy tadqiqot faoliyatini modellashtirish;

- o'qituvchilarning tarmoqdagi o'zaro hamjamiyatini shakllantirish;

- o'quvchilarning tarmoqdagi uyushmasini shakllantirish. [1,3]

Multimedia o'quv kurslarini yaratishda va ulardan foydalanish lokal

kompyuter va Internet tarmog'i keng imkoniyatlarni ochib beradi. Multimediali o'quv kurslarini butun dunyo kompyuter tarmog'iga joylashtirilishi, ulardan o'quv jarayoni foydalanishda to'g'ridan-to'g'ri murojoat qilish, ta'lim oluvchilarga axborotlarni topish, izlash va o'rganish faoliyatini shakllantirish va kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi.

Foydalanilgan adabyotlar ro'yxati:

1. Adilova S. Multimedia va ulami talim jarayonida qo'llash // Pedagogik talim-T.: TDPU, 2001.

2. Aripov M. Informatika va axborot texnologiyasi asoslari. - T.:Universitet, 2001

3. Begmatova N.X. , Aripov M. Multimediya texnalogiyasidan foydalanish 2012.

4. http : //www.multimediya.uz/multimediya/index.php?mavzu= 1

5. https://hozir.org/talim-sifat-samaradorligini-oshirishda-axborot-texnologiyalari .html

6. https://flypods.ru/uz/chto-takoe-multimedia-opredelenie-kakimi-byvayut-multimedia-prilozheniya-i/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.