Научная статья на тему 'MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI'

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
395
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
multimedia / ko`rinish / tasvir / ovozli matn / musiqiy yozuv / video / ovozli matn illuratsiya / grafik chizma animatsiya harakat va boshqalar. / multimedia / view / image / audio text / music recording / video / audio text illustration / graphic animation action / etc.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ochilov Zayniddin Saypiddinovich

Ushbu maqola umumta`lim maktablari musiqa madaniyati darslarini multimedia vositalaridan foydalangan holda tashkil etish, o`quvchilarda musiqiy madaniyatni shakllantirish, o`quvchilarda musiqada ifodalangan voqelik, obraz, narsa va hodisalarni jonli harakatda ko`rish, ular mohiyatini jonli tasavvur etish va mushohada qilishlariga yordam beradi. Maqolada mazkur ishlarning nazariy asoslari va tashkil etishiga doir tavsiyalar berilgan. Maqola asosan San`atshunoslik fakultetlarining Musiqa ta`limi yo`nalishi talabalariga mo`ljallangan bo`lib, maktab o`qituvchi va o`quvchilari ham foydalanishlari mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNOLOGY OF USING MULTIMEDIA TOOLS IN THE LESSONS OF MUSICAL CULTURE

This article is about the organization of music culture lessons in secondary schools using multimedia tools, the formation of musical culture in students, the ability of students to see the reality, images, things and events expressed in music in action, to visualize and observe their essence helps them to do. The article provides recommendations on the theoretical basis and organization of this work. The article is mainly intended for students of music education of art faculties and can be used by teachers and students.

Текст научной работы на тему «MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI»

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI Ochilov Zayniddin Saypiddinovich

Navoiy davlat pedagogika instituti San 'atshunoslik fakulteti katta o 'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6659927 Anatatsiya. Ushbu maqola umumta lim maktablari musiqa madaniyati darslarini multimedia vositalaridan foydalangan holda tashkil etish, o'quvchilarda musiqiy madaniyatni shakllantirish, o'quvchilarda musiqada ifodalangan voqelik, obraz, narsa va hodisalarni jonli harakatda ko'rish, ular mohiyatini jonli tasavvur etish va mushohada qilishlariga yordam beradi. Maqolada mazkur ishlarning nazariy asoslari va tashkil etishiga doir tavsiyalar berilgan. Maqola asosan San'atshunoslik fakultetlarining Musiqa ta'limi yo nalishi talabalariga mo'ljallangan bo'lib, maktab o'qituvchi va o'quvchilari ham foydalanishlari mumkin.

Kalit so^zlar: multimedia, ko'rinish, tasvir, ovozli matn, musiqiy yozuv, video, ovozli matn illuratsiya, grafik chizma animatsiya harakat va boshqalar.

ТЕХНОЛОГИЯ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ СРЕДСТВ НА УРОКАХ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ Анатация. В статье речь идет об организации уроков музыкальной культуры в общеобразовательных школах с использованием мультимедийных средств, формировании у учащихся музыкальной культуры, умении учащихся видеть реальность, образы, вещи и события, выраженные в музыке в действии, визуализировать и наблюдать за их сущностью помогает им делать. В статье даны рекомендации по теоретической основе и организации этой работы. Статья в основном предназначена для студентов музыкального образования художественных факультетов и может быть использована преподавателями и студентами.

Ключевые слова: мультимедиа, вид, изображение, аудиотекст, музыкальная запись, видео, иллюстрация аудиотекста, графическое анимационное действие и др.

TECHNOLOGY OF USING MULTIMEDIA TOOLS IN THE LESSONS OF

MUSICAL CULTURE Anatation: This article is about the organization of music culture lessons in secondary schools using multimedia tools, the formation of musical culture in students, the ability of students to see the reality, images, things and events expressed in music in action, to visualize and observe their essence helps them to do. The article provides recommendations on the theoretical basis and organization of this work. The article is mainly intended for students of music education of art faculties and can be used by teachers and students.

Keywords: multimedia, view, image, audio text, music recording, video, audio text illustration, graphic animation action, etc.

KIRISH

Bugungi kunda multimedia texnologiyalari o'quv jarayonini axborotlashtirishning istiqbolli yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Dasturiy-metodik ta'minlash, moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, shuningdek, professor-o'qituvchilarning malakasini majburiy oshirish ta'limga zamonaviy axborot texnologiyalarini muvaffaqiyatli tatbiq etish istiqbolini ko'rmoqda.

Yangi axborot texnologiyalari ta'lim jarayonini va umuman ta'lim tizimini takomillashtirish uchun keng imkoniyatlarga ega. Shu nuqtai nazardan, mavjud ta'lim tizimini shakllanayotgan axborot makonining talablariga muvofiq o'zgartirishni nazarda tutuvchi va buning uchun yangi axborot texnologiyalari, jumladan, multimedia vositalarini qo'llash orqali yechimlarni taklif etuvchi makro kontekst e'tiborga loyiqdir.

Umumta lim maktablarida musiqa madaniyati darslari o quv matireallarini multimedia ilovalarini namoyish etish orqali tashkil etish an'anaviy tarzdagi korgazmali vositalar va malumot manbaalaridan kora keng ko'lamdagi malumotlarni taqdim etish, tasvir, video, yozuv, harakatlar umumlashgan holda berilishi o'quvchilarni diqqatini taqdim etilayotgan mediatasvirga jamlashiga, xotira sezgi va emotsional tasirchanlik, malumotlarni eslab qolishga kuchli tasir otkazadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Bunda nafaqat, grafik chizma, sxemalar balki ovoz, animatsiya, video va boshqa multimedia imkoniyatlardan foydalanish, axborot turlarini o'quvchilarning qabul qilish (musiqiy idroki, musiqali hissiy qabul qilish) darajasi, ularning musiqiy qobiliyati, idrok etish imkoniyatlari va mantiqiy o'rganishga mos ravishda qulay ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyati yaratadi. Shu bois dars mavzusiga mos multimedia vositalari va ular yordamida videoga olingan ilovalardan dars davomida foydalangan holda darslarini uyushtirish darsni qiziqarliligini taminlaydi, bolalar diqqatini dars davomida faol tushuntirishiga zamin yaratadi. Bundan tashqari multimedialashtirilgan dars vaqtini tinglash imkonini beradi va o quv matireallarining taqdimotini jadallashtiriladi va qiziqarliligini ta'minlaydi.

Multimedia shiddat bilan rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar va ularni videotasvirlarda badiiylashgan texnologiyasidir. Uning oziga xos va muhim ifodaviy xislatlari, ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:

-axborot (malumot, bilim) ning xilma-xil turlari: an'anaviy matn, jadvallar, bezaklar, chizmalar, musiqali animatsion, obrazli harakatlar va boshqalar;

-original nutq, musiqa, videofelimlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar; Multimedia ilovalarining bunday kop qirrali va murakkab tuzilmali uni yaratishning alohida uslubiy va didaktik asoslarini ishlab chiqqan vazifalarini keltirib chiqaradi. Multimedia ilovalarini yaratish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: -o'quv matireallarini tanlash va tarkibiy bo'laklarga bo'lish;

-multimedia ilovasi senarisini tuzish, (ilovada tasvirlanayotgan o'quv matireali-notalar, musiqa yozuvi ovozlashtirilgan holati, matn grafik chizmalar) qay holatda, ketma-ketlikda berilishi kozda tutiladi;

-taqdimotni dezayini (ko rinishini) o ziga o quvchilar diqqatini tortadigan holatda ishlab chiqish;

-media (fragmentlar matnlar, elluratsiyalar, videomatireallarni tasvirga olish, audio matireallalini yozish, taqdimotga umumiy-musiqiy sayqal berish)ni uzviyligini ta'minlash; -tayyor holga kelgan ilovani tekshirish;

Mana shunday tayyorgarlik natijasida yaratilgan multimediali ilovalar darsning qaysi o'quv faoliyatida qollanilishini belgilaydi. Aslida multimediali ilovalarni darsni har qanday faoliyat bo'yicha o'quv matireali mazmuniga qarab tayyorlash mumkin.

O'quv matireallarining didaktik funksiyalarini barqarorlashtirish maqsadida multimediali taqdimotda quyidagi talablar qo'yiladi.

-mavzular bo'yicha o'quv matireallarini o'quvchilar tomonidan o'rganilish muayyan bosqichlarda qismlarga bo'lingan holda, tugal mazmuniga ega bo'lgan modullarga ajratish ma'qul bo'ladi;

-multimediali ilovani har bir bosqichda o'quvchilarning qiziqishi oshishi uchun quyidagi bosqichdagi o'quv matireallarining alohida diqqatga sazovor qismlarda foydalanish va o'rganilayotgan, tinglanayotgan asar matnini unga muvofiq tarzda kestirish va namoyishi lozim;

-multimediali ilovalarda o'quv matireallarini shunday taqsimlash va taqdimot-slaydiga joylashtirish kerakki, yangi matireallarni namoyish etish oldingi bosqichdagi o'quv matireallarini takrorlash orqali amalga oshirilsin;

-o'quv matireallarining bo'laklari mazmuniga uning bosh mavzu bilan uyg'unligiga e'tibor berish uchun ular audio yoki video tasvirlar (ma'lumotlar) bilan birga berilishi mumkin. Turli ko'rinishlardagi yoki gipermatnli tasvirlar ma'lumotlarni taqdim (namoyish) qilish uchun ko'p oynali interfyesdan foydalanish yaxshi natija beradi;

-multimedialashgan ilovalarda (tasvirlarda) qo'shimcha matireallar, shuningdek mavzuni chuqur o'rganish, zarur bilim kunikma va malakalar hosil qilish uchun qo'shimcha matireallar ham bo'lishi mumkin;

-multimedia ilovalarining eng muhim elementlari ko'rsatma berish yoki tushuntirishlar bilimlar berishi mumkin. Bu eng muhim dedaktik ta'limot bo'lib, mavzu yoki o'quv matireallarini o'quvchilar tomonidan to'g'ri idrok etilishi ta'minlaydi. Bu yerda oquvchilarning "izohli"li sozlari tushuntirish talim mazmunini ochib berishga xizmat. Bu yerda o'quvchilarning pedagogik mahorativa bilimdonligi muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Multimediali ilovaning taqdimot ma'lumotnoma tarzida matireallarda dars mavzusiga oid asosiy tushunchalar, dalillar, mavzuga oid tarixiy, nazariy matireallar, fan elementlarining xususiyatlani taqqoslash uchun jadvallar, va boshqa ma'lumot tariqasida qo'shimcha ravishda beriladigan manbaalar bo'lishi mumkin.

O'quv matireallarini har bir bo'lagi (qo'shiq) o'rganilib chiqilgandan so'ng (slayd namoyish etiladi, o'qituvchining tushuntirishidan so'ng) ilovada o'rganilgan o'quv matireallarining qisqacha mazmuni o'z ifodasini topgan, ya'ni berilgan bo'lishi lozim.

Multimediali ilovani matnidan nusxa ko'chirish va uni bosmadan chiqarish imkoniyatlari mavjud bo'lishi lozim. Undan boshqa o'quvchilar, ham foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak.

Multimedia loyihalarini tayyorlashda internet resuslaridan, zamonaviy multimedia ensklopediyalaridan, elektron darsliklardan foydalanish mumkin. Vaqt o'tishi bilan tarmoqda eng yaxshi multimedia ilovalar paydo bo'lishi mumkin. Shu sababli ham ularda berilgan video ko'rinishlar, tasvirlar, grafikchizmalar anamatsiyalar harakatlar, ovozli musiqalar, mashqlar va nihoyat o'qituvchining izohli tushuntirishlari kelgusida darslarni yanada samarali bo'lishi uchun xizmat qiladi.

Multimediali ilovani (ko'rinish, tasvir, ovozli matn, musiqiy yozuv, animatsiya, harakat va boshqalar) yaratishda musiqa fani darslaridagi mavzular va tashqi axborot resuslari orasidagi

2G22 № 3

bogliqlik dars maqsadiga muvofiq bo lishligi, aloqadorlikni imkon boricha topish va ilovada aks etttirish, ulardan unumli foydalanish darslarni o quvchilar uchun qiziqarli bo lishini ta'minlaydi. Taqdimot ishlari qiziqarli, badiiy-emotsional ta'sirchanlikka ega, hayajonli qilish imkoni beradi. Ilovalarda ishlatiladigan multimedia vositalari o quvchilar bilan samarali hamkorlik qilish, ularni musiqa darslariga faol qatnashishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi. Ta'lim jarayonidagi bu jihatlarini ham oldindan rejalashtirish o qituvchilar zimmasiga yuklanadi.

MUHOKAMA

To'g'ri rejalashtirilgan, yaxshi mazmunli multimedia ilovalari asosida tashkil etilgan taqdimot o'quvchilarning etiborini o'quv matireallariga tortish ularning o'rganish, o'zlashtirishiga intilishlarini kuchaytirish shubhasiz. Biroq, taqdimotning (ilovalarning) tashqi ko'rinishini (dizayinini) bezash maqsadida ortiqcha detallardan foydalanishga e'tibor qaratish ham dars sifatiga putur yetkazishi mumkinligini yoddan chiqarmaslik kerak. Agar tayyorlangan ilovada tashqi effekitlar haddan ziyod ko'payib ketsa, unda taqdimotning samarasi shuncha kamayib ketadi. Buni musiqa o'qituvchisi bilishi va taqdimot ilovalarini tayyorlashda yodda tutishi shart. Oquvchilarga ko'rsatiladigan multimediali ilovalarda ifoda etilgan o'quv matireali va unga muvofiq shakllangan detallar ortasida shunday muvozanatni topish kerakki, o'quvchilarning diqqati o'quv matireallaridan chetlashmasin, chalgimasin, qoshimcha detallar esa bu orinda oquv matireallarini oquvchilar tomonidan qiziqish bilan ozlashtirishga yordam bersin. Bunday yondashuvlarnafaqat musiqa darslari uchun tayyorlangan taqdimotlar uchun, balki barcha sohalardagi multimedia taqdimotlari uchun ham foydalidir.

Musiqiy multimediali ilovalarning bu jihatlari ularni yaratish, ishlab chiqishda muayyan talablarga ruoya qilinishi talab etadi. Avvalo, multimedia ilovalarining ssenariysini yozishda quyidagi tamoyillarga ruoya qilish bizningcha to'gri boladi.

-har bir dars mavzusi bo'yicha beriladigan nazariy qoidalar, o'rganilishi lozim bo'lgan kunikmalari ovozli yozuvlar, o'rganiladigan kuylar yozuvlari qaysi cholg'u sozida ijro etilishi yoki ijro videotasvirlar, musiqa darslarini, boshqa faoliyatlariga tegishli matireallarning grafik animatsiyalari harakatdagi tasvirlari chuqurlashgan, bir maqsadga qaratilgan yaxlit tarzda, qulay hamda ilovaga joylashtirilishi kerak; Shunday holda har bir ilova kopi bilan 2G-25 epizodli slaydlardan iborat holda, ularning davomiyligi ( taqdimot uchun sarflangan vaqt ) 3-5 daqiqadan 15-2G daqiqagacha bo lishi mumkin.

-musiqiy nazariy matireallarni taqdimot qilishda uning bir necha qism, bir qator asosiy dalil, qoidalari va tushunchalarini ajratib olish va o'yinli qism davomiyligida vaqti-vaqti bilan takrorlash va mustahkamlash maqsadida qaytarib turish lozim;

Shuningdek multimediali taqdimotni tayyorlashda quyidagi ko'rsatmalarga ruoya qilish maqsadga muvofiq boladi.

-musiqa darslarida multimedia vositalaridan foydalanish, ya'ni multimedia taqdimotini tayyorlash jarayonida eng muhim u nima haqida bo lishi nimalarni qamrab olishi, dars mavzusining eng diqqatga sazovor orinlari qoidalarini aks ettirish, o'qituvchining mavzu bo'yicha qisqa va aniq izohli tushuntirishlari hisobga olinishi kerak;

-har bir ilovadagi bilim, tushuncha voqea, hodisa, obraz tasvirlari aniq bo lishi lozim; Har bir slayd mavzu bayonining kerakli va muhim elementi bo'lishi va taqdimotning umumiy,

dars mavzusiga to'g'ri kelishi va uni o'quvchilar uchun qulay, oson, yengil va qiziqarli bo'lishiga, o'zlashtirish darajasi yuqori bo'lishiga imkoniyat yaratishi lozim.

-musiqiy nazariy belgilar, musiqiy tovushlar, ularning xususiyatlari va ularni tasvirlashda, fon rangini tanlashda tayyor andozalardan foydalansh mumkin; Musiqa o'qituvchisining har bir ilovani taqdimot qilishda uning o'quv matireallariga ijodiy yondashuvi alohida ahamiyatga molikdir. Ilovalarda o'quvchilarning grafika, tasvir, tovush, animatsiya, ovozli matn, nazariy qoidalarni o'rinli maqsadga mos joylashtirilganligi, birinchi slayd, ikkinchi slaydni tushuntiruvchi, mavzuning davomi sifatida berilishini, ilovada maxsus effektlar bo'lishi uchun o'qituvchining ijodiy fantaziyasi, inteliktual imkoniyatlari yuqori bo'lishi lozim.

Pishiq o'ylangan va o'ziga xos mahorat bilan tayyorlangan, darsda qo'llaniladigan multimediali taqdimot o'quvchilarning e'tiborini o'quv matirealiga tortish va ularning o'rganishga bo'lgan qiziqish sifat jihatdan ancha yuqoriga kutarilishi lozim. Biroq, shuni ham unutmaslik lozimki, taqdimot qilinayotgan ilovaning tashqi ko'rinishi musiqiy bazasi maqsadidan kelib chiqib maxsus effektlardan (to'ldiruvchi elementlardan) foydalanish

kerak. Agar ilovalar bunday elementlar me'yoridan ortiq darajada ko'p bo'lsa, unda taqdimotning samarasi shunchalik saviyasi pasayib, dars sifati va mazmuniga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Qo'llaniladigan taqdimot va multimediali o'quv matireali, unga muvofiq ishlangan maxsus elementlar o'rtasida shunday muvozanatni topish kerakki, o'quvchilarning diqqati o'quv matireallardan chalg'imasligi kerak, multimedia vositalaridan foydalanish, turli xil texnologiyalardan foydalanish, o'quvchilarni fan bo'yicha o'quv matireallarini chuqur o'zlashtirish, shu faoliyatda ularni faol, qiqizish bilan ishtirok etishiga qaratiladi. Shuning uchun ham multimediali taqdimot va uni musiqiy bezagidagi barcha ishlar nafaqat ta'limning maqsad va vazifalari uchun balki, multimedia taqdimotlari uchun ham foydali bo'lishi lozim.

Ovozli va vizual effektlar hech qachon asosiy va yetakchi o'ringa chiqib qolmasligi va berilishi lozim bo'lgan to'ldiruvchi va asosiy ma'lumotlarni to'sib qo'ymasligi lozim.

Multimedia ilovalarini yaratishga, tayyorlanishida quyidagi jihatlar ham e'tibordan chetda qolmasligi lozim.

-har bir modul uchun o'rganuvchilarga (o'quvchilarga) mos bayon (tasvir, videotasvir va o'quv matireallari mazmuni) shaklini va modulga oid nom, mant, rasmlar, fon, tasvir, grafiklar, musiqali ovoz, video kabilarni va boshqa multimedia imkoniyatlarini taqdim etish;

-modullardan tegishli o'quv matirealarini o'rganish jarayonida o'quvchilarning kognitiv faoliyatini modellashtirish va natijalaridan uni yaratishda (masalan, slayddan-slaydga o'tishlarning asosiy ketma-ketligini aniqlashda) foydalanish;

-multimedia vositalari yordamida o'zlashtirilgan bilim va kunikmalarni mustahkamlash va o'quvchilar bilan qayta a'loqani o'rnatishni (masalalar, nazorat savollari, modellashtirishga oid topshiriqlarni jamlashni javoblarni tahlil qilish usulini ishlab chiqishni, noto'g'ri javoblarga tuzatishlar, ko'rsatmalar, maslahatlar, hamda yordam berishni loyihalashtirish;

-taqdimot ilovalari mazmuniga mos mantlar tuzish, rasm, chizma, jadval, diagramma, videotasvirmatnlarni ketma-ketligini tanlash va ishlab chiqish;

-darslarning har bir bo'limini modullashtirish (ilovalarni) uning samaraligi nuqtai-nazaridan tuzish; Shu nuqtai-nazaridan, har bir modulni quyidagi tartibda tuzish tavsiya etiladi: 1. Psixologogik tayyorgarlik matni, modul annotatsiyasi va unga kirish.

2. Modulning o'quv maqsadlari va vazifalari.

3. Multimedialashtirilgan o'quv matireallari (mavzu bo'yicha ilovalar.

4. Modul bilan bogliq asosiy masalar, muammolar, asosiy (bosh) mavzular ro'yxati.

5. Oldingi yaratilgan taqdimot, slayd, ilovalardan namular.

6. Yangi ilovalar va dars ishlanamalar.

7. Oz-ozini tekshirish va o'quvchilar taassurotlarini aniqlovchi savollar, (javoblar, sharxlar, tavsiyalar bilan birgalikda)

8. Modulga doir o'quv adabiyotlari ro'yxati, modul (dars) mavzusiga oid axborot, internet saytlaridagi resurslarga xavolalar.

Musiqa darslari uchun multimedia taqdimotlarini yaratishda kommpyuter imkoniyatlaridan, asosiysi kompyuter ekranidan axborotlarni, malumotlarni qabul qilishni oziga xos xususisyatlarini hisobga olish kerak boladi. Bitta mavzudagi har dars uchun malumot to'plash va uni taqdimot qilishni yagona uslubini (stili) saqlash kerak. Oquv matireallarini taqdim etishning tuzilmasi va shaklini ( foydalanuvchining

interfeysi, grafik elementlardan foydalanish, dars andozalarini yaratishni ) yagona maqsadi asosida uygunlashtirishga intilish lozim.

Times, Arreal kabi standartlardagi shriflardan foydalanish hozirgi vaqtda taqdimotlar uchun ancha qulay hisoblanadi. Butun taqdimot uchun kopi bilan ikki yoki uch xil shriflardan hamda matn belgilaridan

(markerlardan) foydalanish mumkin va qulay hisoblanadi.

XULOSA

Multimedia taqdimot ilovalarini tayyorlashda ranglardan unumli va to'gri foydalanish katta ahamiyatga ega. Bular ham oz ornida tasvirlanayotgan, ovozlashtirilgan obraz, voqeylik, chizma, grafika va animatsiyalarni jozibadorligini taminlaydi. Matnning alohida qismlarini ajratish uchun qalin va kursiv harflardan, matn va uning fonini almashtirishda odatda bitta shablonga asoslangan stilda (uslubda) amalga oshirish lozim.

Xulosa ornida shuni aytish mumkinki, musiqa darslarida multimedia vositalaridan foydalanish, ya'ni multimedialashtirilgan ilova taqdimotlarni dars jarayonida qollanishi musiqiy-nazariy va amaliy ijrochilik bilan bog'liq bo'lgan o'quv matireallarini yoki mavzularni o quvchilar tomonidan vezual tarzda qabul qilish, mavzu va uning mazmunidagi bilim, malakalarni egallashga qaratilgan o'quv topshiriqlarini turli uyg'un ko'rinishlar yordamida bajarish orqali oson ozlashtirishni kuzda tutadi.

Adabiyotlar ro'yxati

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: "O'zbekiston", 2017-yil.

2. Mirziyoyev Sh.M. Madaniyat va san'at sohasi rahbarlari bilan o'tkazgan majlisda so'zlagan nutqi. 25.12.2017. https:// sputniknews-uz.com/society/20171225/7151301/Shavkat-Mirziyoyev-madaniyat-va-sa, nat-sohasi-rahbarlari bilan majlisi.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori. 2017 yil, 31 may. №PQ-3022. "Xalq so'zi" gazetasi, 1 iyun, 2017 y.

4. Umumta'lim maktablarida musiqa ta'limi tarbiyasi konsepsiyasi.-Toshkent, XTB,1995

yil.

5. Baxtiyor Donyorov. Innavatsion texnologiyalar asosida umumiy o'rta ta'lim kaktablarida ta'lim jarayonlari sifat va samaradorligini oshirish muammolari.Toshkent, Xalq ta'limi jo'rnali. 2013 yil, 6-son.

6. H Nurmatov, N Norxo'jayev. Musiqa. 1-sinf uchun darslik. -Toshkent, G'ufur

G'ulom nomidagi-nashriyot matbaa ijodiy uyi. 2018-yil.

7. H Nurmatov, N Norxo'jayev. Musiqa. 2-sinf uchun darslik. -Toshkent, G'ufur G'ulom

nomidagi-nashriyotmatbaa ijodiy uyi. 2018-yil.

8. H Nurmatov, N Norxo'jayev. Musiqa. 3-sinf uchun darslik. -Toshkent, G'ufur G'ulom

nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2016-yil.

9. Oqilqon Ibrohimov. Musiqa. 4-sinf uchun darslik. -Toshkent, G'ufur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2020-yil.

10.A.Mansurov. D.Karimova. Musiqa. 5-sinf uchun darslik. -Toshkent, G'ufur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2020-yil.

11. Mamirov Q. S Begmatov. Musiqa. 6-sinf uchun darslik. -T.: G' G'ulom nomidagi nashriyot -matbaa ijodiy uyi, 2017y.

12.Ibrohimov O. Sadirov J. Musiqa 7-sinf uchun darslik. -T.: G'G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017yil.

13. Shoira Shodmonova. Multimedia texnologiyalari ta'lim istiqboli kafolatidir.

14. SH Djurayeva. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarga ta'lim berishda multimedia vositalaridan foydalanish. 2013-yil,kitobxon.com

15. Usmonov A.I. Zamonaviy axborot texnologiyalari,-T.: "Akadimiya",2007 yil

16. Abdiyev SH. Ta'lim sifat va samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarining o'rni. Samaraqand 2015-yil

17. N Karimova. D Zuparova. Maxsus fanlarni o'qitish jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish. 2015-yil, new.tdup.uz

18. Soipova D. Musiqiy va musiqiy-nazariy bilimlarni o'zlashtirish jarayonini takomillashtirish.-T.: 2006y.

19. Ochilov Z.S.- Academicia: an international multidisciplinary research journal. ISSN: 2249-7137 Vol. 11, Issue 12, December 2021 SJIF 2021 = 7.492. 795-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.