Научная статья на тему 'THE SIGNIFICANCE OF MULTIMEDIA TECHNOLOGIES IN TEACHING THE SUBJECT OF HISTORY'

THE SIGNIFICANCE OF MULTIMEDIA TECHNOLOGIES IN TEACHING THE SUBJECT OF HISTORY Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
36
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук
Ключевые слова
history / pedagogical technologies / interactive methods / multimedia / slides / presentation / education / upbringing / communication / mutual communication.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rakhimova Khanifa Saparovna

The article analyzes the processes of modernizing the teaching of history in secondary schools, including the wider use of multimedia technologies in lessons and the problems of their joint use with modern pedagogical technologies and innovative methods in history classes. Methodological recommendations are presented to promote independent thinking of students using multimedia technologies in teaching history.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «THE SIGNIFICANCE OF MULTIMEDIA TECHNOLOGIES IN TEACHING THE SUBJECT OF HISTORY»

"Interpretation and researches"

International scientific journal volume 1 issue 1

THE SIGNIFICANCE OF MULTIMEDIA TECHNOLOGIES IN TEACHING

THE SUBJECT OF HISTORY

Rakhimova Khanifa Saparovna

is a teacher of history at secondary public educational school No. 1 in the city of Urgencha, Khorezm region https://doi.org/10.5281/zenodo.7497838

Resume: The article analyzes the processes of modernizing the teaching of history in secondary schools, including the wider use of multimedia technologies in lessons and the problems of their joint use with modern pedagogical technologies and innovative methods in history classes. Methodological recommendations are presented to promote independent thinking of students using multimedia technologies in teaching history.

Keywords: history, pedagogical technologies, interactive methods, multimedia, slides, presentation, education, upbringing, communication, mutual communication.

TARIX FANINI O'QITISHDA MULTIMEDIYALI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Raximova Hanifa Saparovna

Xorazm viloyati, Urganch shahar 1 - sonli umumta'lim maktabi

tarix fani o'qituvchisi

Maqolaning qisqacha mazmuni: Maqolada umumta'lim maktablarida tarix fanini o'qitishning zamonaviylashtirish jarayonlariga, jumladan dars mashg'ulotlarida ko'proq multimediyali texnologiyalarni qo'llash hamda ularga mos keladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, innovatsion usullarini darslarda qo'llash muammolari haqida so'z yuritilgan. Tarix fanini o'qitishda multimediyali texnologiyalarni qo'llash orqali o'quvchilarning mustaqil fikrlashlariga yordam berish bo'yicha uslubiy tavsiyalar taqdim etilgan.

Kalit so'zlar: tarix fani, pedogogik texnologiya, interfaol metodlar, multimedialar, slaydlar, prezantatsiya, ta'lim, tarbiya, aloqa, muomala.

ЗНАЧЕНИЕ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ

ПРЕДМЕТА ИСТОРИИ

Рахимова Ханифа Сапаровна

учитель истории средней общеобразовательной школы №1 города Ургенча Хорезмской области

Резюме: В статье анализируется процессы модернизации преподавании истории в общеобразовательных школах, в том числе ширее использовании на уроках мультимедийных технологий и проблемах совместного использовании их с современными педагогическими технологиями и инновационными методами на занятиях истории. Представлены методические рекомендации по содействию самостоятельному мышлению учащихся с использованием мультимедийных технологий в обучении истории.

Ключевые слова: история, педагогические технологии, интерактивные методы, мультимедиа, слайды, презентация, образование, воспитание, общение.

Fan, texnika va texnologiyalar taraqqiyotining bugungi darajasi bilan bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni orasidagi mavjud nomuvofiqlikni bartaraf etish zarurati o'rta ta'lim tizimida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining yetarli joriy etilmaganligi sababli yanada yuqori dolzarblik kasb etmoqda.

So'nggi o'n yillik dunyoda kompyuter revolyutsiyasi davri bo'ldi. Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Ta'lim tizimi ham ushbu jarayondan chetda qolmadi, albatta. Bu holatda o'qituvchilar oldida o'quvchilarning kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, ayniqsa, yoshlarning axborot texnologiyalarga qaramligi kuchayib borayotgan bir paytda, uning e'tiborini ta'limga yo'naltirish, qiziqtirish uchun ma'lumotingizning qiziqarliligini yanada kuchaytirish va shu asosda o'quvchilarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda yetkazish mumkinligi to'g'risida savol tug'iladi.

Fan va texnikaning mavjud yangiliklari ularni o'quv dasturlari va darsliklari mazmuniga jadal kiritishni talab etadi va bu orqali o'quvchilarning zamonaviy bilimlarini shakllantirishga zamin yaratadi. Zamonaviy o'qitish texnologiyalarining joriy etilishi va turli metodik yondashuvlar esa, o'z navbatida, o'quvchilarda ko'plab tarixiy tushunchalarni nisbatan yengil va mustahkam shakllanishiga qulay sharoit yaratadi.

Ma'ruza so'zlab berishga qaraganda uzoq davom etadi va o'quvchilarning yozib borishini ko'zda tutiladi. Ma'ruzani eshitish so'zlab berishni eshitishga qaraganda qiyinroq, chunki ko'proq diqqat e'tiborni talab etadi. Metodik usul nuqtai nazaridan olganda so'zlab berish, tushuntirish xamda ma'ruza juda ko'p umumiylikka ega, shu sababli umuman og'zaki bayon metodikasini ko'rib chiqamiz va xar qaysi metodning o'ziga xos xususiyatlarini qayd etamiz.

Nazariy mashg'ulotlarni tashkil etishning matnli ma'ruza qismi eng salmoqli o'rinni egallaydi. Odatda, o'quv dasturiga kiruvchi barcha materiallar matnli shaklda yaratilib, shundan so'ng ularga qo'shimcha ravishda audio hamda video materiallar

ishlab chiqiladi. O'quv materialining bu taxlitda taqdim etilishi an'anaviy lektsiyalarning bir qator kamchiliklar (zarur o'rinlarni ko'chirib olish, qayd qilish, ma'ruzachi tomonidan uni qayta-qayta takrorlashga ortiqcha vaqt sarflanishi)ni bartaraf etilishini ta'minlaydi. Lektsiya matnida zarur ta'kidlashlarning rang, harflar shakli hamda illyustratsiyalar orqali berilishi esa u orqali hissiyotlarni uzatilishini ta'minlaydi.

Audio materiallar ikki rejim orqali tarqatiladi. On-line rejimidagi audiomateriallar kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib tarqatiladi. Audiomateriallar telekommunikatsiya qurilmalariga yuqori talab qo'ymasligi, pedagog va o'quvchilarda turli jismoniy holatlarni sezdirmasligi bilan ajralib turadi. Off -line rejimidagi audiomateriallar audiokassetalar, audiodisklar, faylga yozilgan holda tarmoq texnologiyalari orqali tarqatiladi. O'quvchilar tomonidan ma'ruzalarni eshitish ham shu kabi qulay va ixcham bo'lgan audio qurilmalar orqali amalga oshiriladi.

Off-line rejimida video materiallar videokassetlar va disklarga yozib olinib tarqatiladi. Bunday video materiallar tarkibiga ma'ruza, mavzuga ta'luqli ilmiy-ommabop videomateriallar, shu sohaning yetuk mutaxassislari bilan uchrashuv videolavxalari kiritiladi. Bunday video materiallardan foydalanish ixtiyoriy joyda va vaqtda, takror va takror bajarilishi mumkin.

Animatsion ma'ruzalar o'quvchilarga interaktiv tuzilishga ega bo'lgan o'rgatuvchi komp'yuter dasturlari orqali yetkaziladi. Animatsion ma'ruzalar multimedia texnologiyasidan foydalanib, shunday shakllantirildiki, bunda har bir o'quvchi o'zining psixofiziologik xususiyatidan kelib chiqib, bu turdagi ma'ruzadan o'z traektoriyasi, o'zlashtirish sur'ati, o'rganish usulini tanlaydi.

Multimedia vositalari asosida o'qitish jarayonida aniq fanlarni kompyuter asosida to'liq o'qitish, ma'ruza matnlarini tahrir qilish, o'quvchilar topshirgan nazorat natijalarining tahlili asosida ma'ruza matnlarini bayon qilish uslubini yaxshilash, o'quvchi-o'quvchilar axborot texnologiyalarini multimedia vositalari asosida animatsiya elementlarini dars jarayonida ko'rishi, eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga ega bo'ladi.

Multimediali texnologiya bir vaqtning o'zida malumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz. Axborot texnologiyalarining multimedia vositalari o'quv jarayonida quyidagi eng muhim jihatlari bilan alohida ahamiyatga egadir:

- differentsial va individual o'qitish jarayonini tashkil etilishi;

- o'quv jarayonini baholash, teskari aloqa bog'lashi;

- o'zini-o'zi nazorat qilish va tuzatib borishi;

- o'rganilayotgan fanlarni namoyish etishi va ularning dinamik jarayonini ko'rsatishi;

- fan mavzularida animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishi;

- o'quvchilarga fanni o'zlashtirish uchun muhim ko'nikmalar hosil qilishi va hokazo.

Multimediali texnologiyaning eng muxim xususiyati interfaollik- axborot muxiti ishlashida foydalanuvchiga tasir o'tkaza olishga qodirligi hisoblanadi.

Ma'ruza, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda ko'rgazmali namoyish etish vositasi sifatida plakatlar, qo'llanma, lobaratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Bu maqsadda diaproektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proektorning paydo bo'lishi ma'ruzachi nutqini ovoz, video va animatsiya jo'rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jixatlarini o'zida mujassam qilgan ko'rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon beradi.

Xozirgi kunda ko'pgina metodik innovatsiyalar interfaol usullarni qo'llash bilan bog'liq. Interfaol ta'lim berish - bu avvalambor o'quvchi va o'qituvchi bilan o'zaro aloqa (xarakat) vujudga keladigan muloqotli dars berish jarayonidir.

Ma'ruza kurslarida multimedia texnologiyalarini qo'llashdagi effektivligini aniqlash va ularni bilishga oid faoliyatini faollashtirishga tasir etish, o'rganuvchilarning psixofiziologik holati nazorat guruhlarida ajratilgan, bir xil tarkib va o'zlashtirishiga ega

Ananaviy ma'ruzada multimedia texnologiyalarini qo'llaganda yangi ma'lumotlarni xotiramizda ancha yaxshi saqlanganligini kuzatamiz. Ma'ruzada multimedia texnologiyalarini qo'llagandan keyin natija 88 % dan ham yuqoriga ko'tariladi. Ananaviy ma'ruza o'tilgandan keyin natija esa faqatgina 36 % gagina ko'tarildi.

Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali o'quvchilarning e'tiborini yanada ko'proq jalb qilishga erishish mumkin. SHundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.

Ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o'n minglab sahifa matn, minglab rasm vatasvirlar, bir necha soatga cho'ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va ucho'lchamli grafikalarni o'z ichiga olgan bo'lishiga qaramay, ko'paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining uzoqligini ta'minlaydi.

Interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo'lgan ta'lim oluvchiga noan'anaviy qulaylik tug'diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta'lim oluvchilarda fonologik malakalar va o'qish malakalari o'sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual o'zlashtirishlarini ta'minlaydi. Nutqi va jismoniy

imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi.

Interaktiv o'qitishni tashkilotchilari uchun, sof o'quv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir:

- guruhdagi o'quvchilarning o'zaro muloqatlari jarayonida, boshqalarning qadriyatlarini tushinib yetish;

- boshqalar bilan o'zaro muloqatda bo'lish va ularning yordamiga muhtojlik zaruratining shakllanishi;

-o'quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish. Zamonaviy pedagogika interaktiv yo'llar xazinasiga juda boy, shulardan quyidagilarni ko'rsatish mumkin: -ijodiy topshiriq; -kichik guruhlarda ishlash;

-o'rgatuvchi o'yinlar(imitatsiya, ishga aloqador bo'lgan o'yinlar, o'rgatuvchi o'yinlar);

-ijtimoiy resurslardan foydalanish(mutaxassisni taklif qilish, ekskursiya); -ijtimoiy proektlar va boshqa auditoriyadan tashqari o'rgatuvchi metodlar (bellashuv, intervyu, filmlar, spektakllar, ko'rgazmalar);

-yangi materialni o'rganish va mustahkamlash (interaktiv ma'ruza, ko'rgazmali materiallar bilan ishlash, video va audio

-materiallar, "o'rganuvchilar o'qituvchi rolida", "xar kim xar kimni o'qitadi", mozaika, savollardan foydalanish, qisqartirilgan dialoglar) va b.

Multimediali ma'ruzalar o'z navbatida prezintatsiya, Web sayt va video ko'rinishlarida bo'ladi. Ular o'z navbatida interaktiv va interaktiv bo'lmagan ma'ruzalarga bo'linadi.

Elektron taqdimotlardan darsga namoyish va ko'rgazmali material sifatida foydalanish pedagogga katta yordam beradi. O'quv materialining elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o'tilayotgan mavzuni tushunishni yengillashtiradi va ko'rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o'quvchilarga tarqatma material sifatida ham tarqatish mumkin.

Slaydlarga nisbatan o'quvchilar o'zlarining fikrlarini yozadi va bu orqali ular axborotlar bilan ishlashning quyidagi malakalariga ega bo'ladilar:

1. Axborotlarni matn shakliga keltirish yoki teskarisi;

2. Muhokama etilayotgan mavzu bo'yicha xulosalar va savollarni shakllantirish;

3. O'zining o'quv-bilish faoliyatini rejalashtirish.

Multimediali prezintatsiyalar o'zida xar xil turdagi axborotlarni ko'rsatuvchi vositalarga ega bo'lib u bir strukturada birlashgan bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda multimediali texnologiyaning eng muxim xususiyati interfaollik- axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta'sir o'tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. Eng muhimi esa o'quvchilarning psixofiziologik xususiyatlaridan kelib chiqib, o'quvchi o'zini muvaffaqiyatini, intellektual qodirligini tushunib yetadi. Bu esa o'quv jarayoni samaradorligiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mirziyoev SH.M. Ijtimoiy-gumanitar fanlar rivoji zamondan ortda qolmoqda// https://daryo.uz/k/2021/01/20/shavkat-mirziyoyev-ijtimoiy-gumanitar-fanlar-rivoji-zamondan-ortda-qolmoqda/ 20.01.2021.

2. Sultanova B. N. O'zbekiston tarixi fanini o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish yo'llari // Molodoy uchenbiy. - 2020. - № 4 (294). - S. 493-495.

3. Usmonalieva R. Tarix fanini o'qitishning yangi yondashuvlarini qo'llash muammolari// "Science and Education" Scientific Journal. Volume 1 Issue 1. -B.333-338.

4. Xatamova Z. Tarix fanini o'qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari // "Xabarlar" ilmiy jurnal, Farg'ona 2010 yil, 1-son. - B. 53.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.