Научная статья на тему 'TECHNIQUE OF CREATION OF ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCES, THEIR USES IN CREATION OF LESSONS'

TECHNIQUE OF CREATION OF ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCES, THEIR USES IN CREATION OF LESSONS Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
34
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
МОДЕМ / ИНТЕРНЕТ / МУЛТИМЕДИА

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Турдиева Г. С., Вохидова Д. О.

В статье проанализированы методика создания электронных учебных ресурсов, их использования в создание уроков и определено её место в учебно-воспитательном процессе.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МЕТОДИКА СОЗДАНИЯ ЭЛЕКТРОННЫХ УЧЕБНЫХ РЕСУРСОВ, ИХ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ В СОЗДАНИИ УРОКОВ

The article analyzes the views on the qualities that has to be taken into consideration in the process of creating electronic academic resources and their place in educational process.

Текст научной работы на тему «TECHNIQUE OF CREATION OF ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCES, THEIR USES IN CREATION OF LESSONS»

UDC378

AXBOROT-KOMMUNIKASTIYA TEXNOLOGIYALARIVOSITALARI YORDAMIDA ELEKTRON TA'LIM RESURSLARI YARATISH VA O'QUV-TARBIYA JARAYONIDA

QO'LLASHNING DIDAKTIK ASOSLARI

G.S.Turdiyeva1, D.O. Voxidova2

Rezyume

Maqolada elektron o'quv resurslarini yaratish jarayoni, ular orqali dars jarayonini tashkillashtirish usullari va ularning o'quv tarbiyaviy jarayondagi o'rni haqida fikrlar tahlil etilgan.

Tayanch so'zlar: masofaviy ta'lim, elektron ta'lim resursi, web texnologiya, modem, internet, multimedia.

Pedagogik va axborot texnologiyalarining ta'lim jarayoniga joriy etilishi ta'lim vositalarining yangi avlodi va ta'limning so'ngi turlari ko'rinishida o'z mohiyatiga ega bo'lishi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda ta'lim jarayonida foydalanilayot-gan an'anaviy o'qitish usullariga qo'shimcha tarzda o'quv vositalari deb hisoblan-gan bar-cha multimedia tizimlarini o'zida jamlagan o'quv- uslubiy elektron mahsulotlar kirib keldi.

O'quv-uslubiy elekton mahsulotlarining imkoniyatlari va ularga kiritilgan ma'lumotlar asosida ularni qo'yidagi turlarga ajratish mumkin:

1. O'quv darslikning elektron versiyasi deganda -o'quv namunaviy dasturga muvofiq fanning to'liq kursini qamrab olgan ma'lumotlarning elektron varianti ko'rinishidagi mahsulotlarga aytiladi. Bular ma'ruzalar, matnlar va h.k.

2. Elekton darslik.

Elekton darslik - oliy, o'rta mahsus va o'rta ta'lim tizimida o'qitiladigan darsli-klar-ning elektron variantining takomillashtirilgan ko'rinishidir. Elektron darslik matn, gipermatn, giperizoh, grafik, diagramma, rasm, chizma va ularning animatsiya-lari-dan iborat bo'lib, professor o'qituvchilarning o'quv mashg'ulotlarini o'tkazishda, talaba va o'quvchilarning darsdan tashqari holatda mustaqil ta'lim olishi uchun im-koniyat yaratib beruvchi tizim hisoblanadi. Elektron darsliklar quyidagi sifatlarga ega bo'lmog'i lozim:

-yaxshi gipermatin va bayon etish logik tuzilmasiga; foydalanuvchi uchun qulay navigastiya tizimiga; internet va zamonaviy kompyuterlarning multimedia va animastiya imkoniyatlaridan foydalanishga; bilimni nazorat qilish tizimiga;kurslarni uncha katta bo'lmagan bloklarga ajratilganligi; avtonom ma'lumotnoma materiallariga; internet tizimidagi elektron kutubxonalarga, axborot manbalariga murojaatga; o'quv darsligining mundarijaga ega bo'lishiga; oson kirish, tez yuklanishga; ixtiyoriy tanlangan mavzuga o'tish (masalan oldingi mavzuga o'tish, keyingi mavzuga o'tish, dasturda ishlash xaqida ma'lumot olish, dasturdan chiqish va boshqalar); o'qituvchi bilan samarali teskari aloqaga (elektron pochta, Web konferenstiya, IRC-texnologiya (chat)) IRC (Internet Relay Chat) - haqiqiy vaqt rejimida Internet orqali gaplashish.

Elektron darslik vositasida o'qitishda quyidagi qulay imkoniyatlar yaratiladi: kompyuterli qo'llab-quvvatlashlardan foydalangan holda, talabalar katta miqdordagi topshiriqlarni bajarishga ulguradilar, echimlar va ularning grafik talqinini tahlil qilish uchun sarflanadigan vaqtni tejaydilar; kompyuter oldida mustaqil ish shaklida mashg'ulot o'tkazish imkonini beradi; talabalar bilimi tez va samarali nazoratdan o'tkaziladi; o'qituvchiga nazariy va amaliy mashg'ulotlarda o'zining xohishi bo'yicha hajm jihatidan kichik, ammo tarkibi bo'yicha o'ta muhim bo'lgan materiallarni etkazishga, talabalarning auditoriya mashg'ulotlari doirasidan tashqari o'rganish mumkin bo'lgan masalalarni echishda mustaqil shug'ullanishlariga sharoit yaratiladi;

1Турдиева Гавхар Саидовна - преподаватель, Бухарский государственный университет, Узбекистан.

2Вохидова Дилрабо Олимовна - преподаватель английского языка, Каганский профессиональный колледж дошкольного образования и сервиса, Узбекистан.

YneHbiH XXI BeKa • 2016 • № 11 (24)

o'qituvchi nazorat ishlarini tekshirishdan ozod bo'ladi; uy topshiriqlari va nazorat ishlari qismiga oid ishlashni individuallashtirish mumkin.

Kompyuterli o'qitish texnologiyasining asosiy xususiyatlari va afzallik jihatlari quyidagilardan iborat:

-ushbu texnologiya talabalarni mustaqil fikrlashi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltiradi;

-o'qituvchi ta'lim jarayonida maslahatchi sifatida qatnashadi;

-o'qitish jarayonida axborot vositalari va zahiralari faol integrastiyasi ta'minlanadi;

-o'qishga qiziqish ortadi;ta'lim olishning qulayligi va natijaviyligini ta'minlaydi; talabalarda mustaqil ishlash va izlanish malakalari shakllanadi.

3. O'quv- uslubiy electron qo'llanma.

Bu electron mahsulot o'quv fanini qisman qamragan bo'lib, matn, gipermatn, chizma va animatsiyalardan iborat bo'ladi.

Ta'lim jarayonida elektron ma'lumotlar bazasidan foydalanish, ekspert tizimlarni qo'llash, elektron kutubxonalardan kerakli adabiyotlarni qidirish va kitobning elektron variantidan foydalanish, videoalokalar yordamida dars jarayonlarini tashkillashtirish, telekonferenstiyalarni uyushtirish va jamoa bo'lib ta'lim olishni tashkillashtirish, internet texnologiyalarini ta'lim jarayonida qo'llash ishlarini amalga oshirish mumkin. Ixtiyoriy fanni o'qitish jarayonida taqdimotlardan foydalanib ta'lim berishni tashkillashtirish, videomateriallardan foydalanish, tovushli taqdimotlarni tayyorlash, videoma'ruzalarni tashkillashtirish, virtual laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish, fanga tegishli videosayohatlarni uyushtirish ta'lim jarayonida o'quv materiallarini chuqur o'rganishga, ko'rgazmali dars usullaridan foydalanib, ta'lim berish samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.

Elektron ta'limi - axborot-kommunikastiya texnologiyalari asosidagi ta'limning turli ko'rinishlarini anglatuvchi keng tushunchadir. LMS/LCMS tizimlari elektron ta'limni (masofaviy ta'lim jarayonini) tashkil etishning asosiy funkstiyalarini o'z ichiga oladi. Bunday funkstiyalarga o'quvchilarning ro'yhatga olishi, foydalanuvchilarni o'quv kurslardan chetlashtirish, o'quvchilarning mustaqil ta'lim olish muhitini yaratish, o'quvchi va o'qituvchilarning o'zaro individual yoki/va guruh bo'lib hamkorlikda ishlashini tashkil etish, guruhlar yaratish va ularni boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron nazorat turlarini yaratish har-xil turdagi ijtimoiy so'rovlar tashkillashtirish, o'quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish, sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot resurslarini (elektron kutubxonalar) tashkillashtirish, tizim foydalanuvchilarining tizimga qachon, qancha vaqt davomida o'quv kontentlar bilan tanishganligi, tizimda mavjud fodalanuvchilarning aktivligini maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati, tomonidan elektron o'quv resurslarni yaratishi va boshqa imkoniyatlarni sanab o'tish mumkin.

4. O'quv- uslubiy electron ko'rgazma.

Bu-ma'lum bir fan uchun kompyuterlashtirilgan, yaxshi dizaynga ega bo'lgan miniplakatlar to'plami. 2D- grafik o'lchamida tayyorlanadi, dars jarayonida multimedia proektori orqali namoish etiladi.

5. Multimediali o'quv-uslubiy kompyuter dasturi va ensiklopediyalar.

Ushbu o'quv kompyuter dasturi matn, gipermatnlar, giperizohlar, grafik, dia-grammalar, rasmlar, chizmalar, harakat, ovoz, videotasmalar, fotorasmlarni o'z ichiga olgan mahsulot bo'lib, 3D grafik o'lchamda tayyorlanadi.

Multimedia - axborotni (matn, rasm, animastiya, audio, video) ifodalashningko'pimkoniyatlitaqdimetilishi. Multimedia tushunchasi keng ma'noli bo'lib, turli soha mutaxassislari uni qo'llanish mazmuniga qarab turlicha talqin etishga harakat qiladilar.Multimedia tushunchasining eng umumlashgan holati (multimedia vositalari) - matn, rasmlar, sxema, jadval, diagramma, fototasvirlar, video va audiofragmentlar va boshqa har xil ma'lumotlarni raqam ko'rinishida ishlab chiqish, yaratishning dasturiy-apparat vositalari tushuniladi. Multimedia vositalari - bu apparat va dasturlar to'plami bo'lib, u insonga o'zi uchun tabiiy bo'lgan juda turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animastiyalarni ishlatgan holda kompyuter bilan muloqot qilish imkonini beradi.

6. Kompyuterlashtirilgan videofilmlar.

Ushbu mahsulotda sensorika ishlatiladi. Kompyuterlashtirilgan videofilmlar uchun skanerdan, raqamli videokamera va fotoapparatlardan matnlar, rasmlar, hara-

katlar kiritiladi. Undan tashqari, videomagnitofondan raqamli o'zgartirgich orqali vi-deo-filmlar joylashtiriladi va tahrirlar kiritish imkonini beradi.

7. Kompyuterlashtirilgan tajriba ishlari.

Bu degani berilgan mavzu bo'yicha tajribalarni namoyish qilish, harakatlanishi, asboblarning ko'rsatkichlari, vaqt o'lchashlarini va boshqa narsalarni bog'lovchi ko-mpyuter dasturi. 3D grafik o'lchamida tayyorlanadi, tajriba asbob-uskunalari yetish-maydigan joylarda ishlatish imkoniyatini beradi.

O'quv- uslubiy elektron mahsulotlar muassasalarning kutubxonalarida, ko-mpyuter sinflarida saqlash va foydalanish mumkin.

Bundan tashqari, o'quv- uslubiy elektron mahsulotlarning asosiy xususiyatlari ham mavjud bo'lib, ular qo'yidagilarga bo'linadi:

• Ta'limning yuqori sifat darajasida o'quv mashg'ulotlarining o'tishini ta'minlash;

• Mustaqil ta'lim olish va o'zini - o'zi mustaqil nazorat qilish imkonini yuzaga keltirish;

• Axborotni mustaqil o'rganishning turli uslublarini qo'llash;

• Tajriba-tadqiqot ko'nikmalarni hosil qilish;

• Bilim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilganligi;

• O'qitishga noan'anaviy yondashish, o'quv materialini o'rganishining vaqtini tejash, o'quvchi va talablarga masofaviy o'qish imkoniyatini berish.

Har bir dars jarayonini zamonaviy axborot kommunikastion texnologiyalar yordamida tashkillashtirish ta'lim beruvchi pedagogdan juda katta ma'suliyatni talab etadi.Ta'lim berish jarayonida ta'lim metod va vositalarini tanlash va amalga oshirishda ta'limning didaktik maqsad va vazifalari, zaruriy shart-sharoitlar, ta'lim oluvchilarning imkoniyatlari va ularning soni, mashg'ulotlarning davomiyligi, ta'lim beruvchining mahoratiga ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish imkoniyatlariga tayangan xolda, ta'limning metodi va vositalari bir-birini to'ldirib borgandagi amalga oshirilgan ta'lim tizimi samaradorlikka erishishi va kutilgan natijani berishi mumkin.

© G.S.Turdiyeva, D.O. Voxidova, 2016

УДК 378

МЕТОДИКА СОЗДАНИЯ ЭЛЕКТРОННЫХ УЧЕБНЫХ РЕСУРСОВ, ИХ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ В СОЗДАНИИ УРОКОВ

Г.С. Турдиева, Д.О. Вохидова

Аннотация. В статье проанализированы методика создания электронных учебных ресурсов, их использования в создание уроков и определено её место в учебно-воспитательном процессе.

Ключевые слова: дистанционные обучение, электронные ресурсы, wеб технология, модем, интернет, мултимедиа.

© Г.С. Турдиева, Д.О. Вохидова, 2016

UDC378

TECHNIQUE OF CREATION OF ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCES,

THEIR USES IN CREATION OF LESSONS

G.S.Turdiyeva, D.O. Voxidova,

Abstract. The article analyzes the views on the qualities that has to be taken into consideration in the process of creating electronic academic resources and their place in educational process.

Keywords: edication, elearning, system moodle, web texnologi, modem, internet, multimedia.

© G.S.Turdiyeva, D.O. Voxidova, 2016

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.