Научная статья на тему 'TA’LIM TRANSFORMATSIYASI: ILM-FAN TARAQQIYOTIDA XOTIN-QIZLARNING ROLI'

TA’LIM TRANSFORMATSIYASI: ILM-FAN TARAQQIYOTIDA XOTIN-QIZLARNING ROLI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Kаdirovа Xalima Buvаbаyevnа

Bugungi kunda mamlakatimizda innovatsion kadrlar salohiyatini maqsadli shakllantirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri bu ta’limdir. Raqamli transformatsiya masalalarini amalga oshirish ta’lim oldiga yangi vazifalarni qo‘yadi. Ularni hal qilish faqat ta’limning raqamli transformatsiyasiga kompleks yondashuv bilangina amalga oshirilishi mumkin. Ta'lim jarayonini raqamli transformatsiyasining ahamiyati global o‘tish jarayonlari bilan raqamli iqtisodiyot va raqamli jamiyatga bog‘liq. Bu istiqbollar qanday bo‘lishini asosan ta'lim belgilaydi. Ta‘limning raqamli transformatsiyasi – bu ta‘lim rejalari va natijalari, ta‘lim mazmuni, ta‘lim metodlari va tashkiliy shakllarini yangilash, shuningdek, jadal rivojlanayotgan raqamli muhitda har bir talaba erishgan natijalarni baholash jarayonini tubdan yaxshilash jarayonidir. Ta‘lim bu butun tarix davomida shaxsiy qadr-qimmat va imkoniyatlar manbai bo‘lib, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan. Uni 2030 yilda yana shunday kuchga ega bo‘lishini istasak ta‘limning raqamli transformatsiyasini amalga oshirish kerak. [5]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TRANSFORMATSIYASI: ILM-FAN TARAQQIYOTIDA XOTIN-QIZLARNING ROLI»

TA'LIM TRANSFORMATSIYASI: ILM-FAN TARAQQIYOTIDA XOTIN-

QIZLARNING ROLI Kadirova Xalima Buvabayevna

Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti, (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10659183

Bugungi kunda mamlakatimizda innovatsion kadrlar salohiyatini maqsadli shakllantirishning istiqbolli yo'nalishlaridan biri bu ta'limdir. Raqamli transformatsiya masalalarini amalga oshirish ta'lim oldiga yangi vazifalarni qo'yadi. Ularni hal qilish faqat ta'limning raqamli transformatsiyasiga kompleks yondashuv bilangina amalga oshirilishi mumkin. Ta'lim jarayonini raqamli transformatsiyasining ahamiyati global o'tish jarayonlari bilan raqamli iqtisodiyot va raqamli jamiyatga bog'liq. Bu istiqbollar qanday bo'lishini asosan ta'lim belgilaydi.

Ta'limning raqamli transformatsiyasi - bu ta'lim rejalari va natijalari, ta'lim mazmuni, ta'lim metodlari va tashkiliy shakllarini yangilash, shuningdek, jadal rivojlanayotgan raqamli muhitda har bir talaba erishgan natijalarni baholash jarayonini tubdan yaxshilash jarayonidir.

Ta'lim bu butun tarix davomida shaxsiy qadr-qimmat va imkoniyatlar manbai bo'lib, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan. Uni 2030 yilda yana shunday kuchga ega bo'lishini istasak ta'limning raqamli transformatsiyasini amalga oshirish kerak. [5]

Ta'limni raqamli transformatsiyasi - "Raqamli yetuklikka" erishish jarayoni hisoblanib, uning natijasida ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini umumlashtiruvchi axborot tizimlari yig'indisidan iborat raqamli ta'lim muhiti shakllanadi.

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish borasida O'zbekistonda ham ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktabrdagi -"Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari" to'g'risidagi PQ4851-son qarori asosida -"Raqamli O'zbekiston - 2030" konsepsiyasini amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta'minlashning muhim shartlari va u bilan bog'liq jarayonlar belgilab berildi. [1].

Ta'limning raqamli transformatsiyasi konseptsiyasi turli pozitsiyalardagi bir qator mualliflar tomonidan tadqiq qilinmoqda. Shunday qilib, "raqamlashtirish" atamasi axborotkommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi munosabati bilan paydo bo'ldi. Ta'limni raqamli transformatsiya qilish muammosiga E.L. Vartanova, M.I. Makseenko, S.S. Smirnovlar o'zlarining ilmiy xulosalarini berganlar. Ya'ni, ta'limni raqamli transformatsiya qilish - ta'lim mazmunining infratuzilmaviy, boshqaruv, xulq-atvor va madaniy tarkibiy qismi sifatida qabul qilinishi kerak.

O'zbekiston Respublikasida ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish hamda uni rivojlangan davlatlar darajasiga ko'tarishga davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida katta e'tibor berib kelinmoqda.

Zero, Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Bugungi murakkab sharoitda yurtimizda boshlangan keng qamrovli islohotlar, yangi O'zbekistonni barpo etish sari tashlayotgan dadil qadamlarimizning bardavom bo'lishini ta'minlash eng asosiy vazifamiz bo'lishi shart" (O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 29.12.2020)

Zero, yangilanayotgan O'zbekistonda davlat va jamiyat boshqaruvi, ilm-fan rivoji uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ilmiy va innovatsion faoliyatning hukumat tomonidan qo'llab-

quvvatlanishi, mutaxassis kadrlar tayyorlash kabi masalalar davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bu jarayonda xotin-qizlar ham faol ishtirok etib, olib borilayotgan islohotlarda o'zlarining salmoqli hissalarini qo'shmoqda.

O'zbekistonda olima ayollarni qo'llab-quvvatlash, xotin-qizlar uchun ilm-fan bilan shug'ullanishlari borasida yaratilgan imkoniyatlar haqida so'z borganda, jumladan, "Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini qayd etish mumkin. Ushbu muassasa tomonidan xotin-qizlarni fan sohasiga yanada keng jalb etish, olima ayollar safini kengaytirish, ular faoliyatini rivojlantirish, gender tengligini ta'minlash bo'yicha izchil ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Bularning barchasi Yangi O'zbekiston taraqqiyotida xotin-qizlarimiz alohida o'rin tutishini yaqqol anglatib turibdi. Zero, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ta'kidlaganidek, "Meni kishilarimizning ongida paydo bo'lgan stereotip ko'p o'ylantiradi. Odatda biz ayolni avvalambor ona, oila qo'rg'onining qo'riqchisi sifatida hurmat qilamiz. Bu, shubhasiz, to'g'ri. Ammo bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham bo'lishi kerak". Shuni alohida takidlash kerakki bu borada YuNESKO ilm-fan sohasida xotin-qizlarning o'rniga doir salbiy qarashlarga qarshi faol va izchil kurash olib bormoqda.

Ma'lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015 yil 22 dekabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, 11 fevral - Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni deb e'lon qilingan. Ushbu xalqaro sana butun dunyoda ayollar va qizlarning ilm-fan bilan to'laqonli shug'ullanishlariga teng imkoniyatlar yaratish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish maqsadida ta'sis etilgan.

Shu munosabat bilan 2023 yil 10 fevral kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham bayonot berib, ilm-fan sohasida xotin-qizlar qanchalik ko'p bo'lsa, bundan ilm-fan shunchalik ko'p yutishini ta'kidladi. Bosh kotib Antoniu Guterrishning so'zlariga ko'ra, "Ayollar va qizlar ilmiy tadqiqot faoliyatiga xilma-xillik olib kiradi, ilm-fan asosiy kasbi bo'lgan fidoyilar safini kengaytiradi va ilmiy-texnikaviy sohani yangicha qarashlar hisobiga boyitadi". [4]

Ta'kidlash lozimki, keyingi yillardagi Yangi O'zbekistonning insonparvarlik siyosati bobidagi ulkan yutuqlaridan biri ham, xotin-qizlarga oid davlat siyosati tubdan o'zgardi. Bu boradagi siyosatning mohiyati to'g'risida Prezident Sh.M.Mirziyoyev "Xotin-qizlarning huquq va manfaatlari ta'minlangan jamiyatda, albatta, tinchlik, adolat, erkinlik va farovonlik bo'ladi" deb ta'kidladilar. O'zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlari himoyasiga qaratilgan 20 ga yaqin me'yoriy-huquqiy hujjat, shu jumladan 2 ta qonun, 1 ta Prezident qarori, 4 ta Prezident farmoni, 13 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi. [3.]

Mazkur huquqiy-me'yoriy hujjatlar asosida xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o'rni va roli toboro mustahkamlanmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida, xotin-qizlarning gender tengligi, ularning ta'lim olishi va ish bilan bandligi, jamiyat boshqaruv sohalarida o'z o'rni va nufuzini topish ko'rsatkichlari kundan-kunga o'sib bormoqda. Respublikamizda 2016 yilda oliy ta'lim muassasalarida 110 ming nafar xotin-qizlar tahsil olishgan bo'lsa, 2021 yil holati yakunlariga ko'ra ularning soni 400 ming nafarga yetdi yoki ularning ulushi 2016 yilda 38 foizdan 2021 yilga kelib qariyib 50 foizga yetdi. [2]. 2022 yil holatiga ko'ra, O'zbekistonda ilm-fan sohasida xotin-qizlardan 700 nafarga yaqini fan doktorlari, 6 nafari akademik, 15 nafar O'zbekiston Qahramoni mehnat qilmoqda. Umuman, ilm-fan, ta'lim, sog'liqni saqlash, san'at va madaniyat sohalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar ulushi 72 foizni tashkil etmoqda [6]

L'Oreal-YuNESKO Dasturining "Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlarga" mukofoti har yili 11 fevral - Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni munosabati bilan topshiriladi. Hozirgi kunga qadar yer yuzidagi 120 nafardan ziyod mashhur olima ushbu mukofot bilan taqdirlangan bo'lib, ularning orasida 5 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari ham bor. Binobarin, xotin-qizlarning ilm-fanning barcha sohalarida o'z munosib o'rni bor. Ular ilmiy taraqqiyot jarayonlarida faol ishtirok etish huquqiga ega.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 oktabrdagi - "Raqamli O'zbekiston -2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimidagi nutqi. Xalq so'zi, 2022 yil 8 mart №50(8112)-B.1.2.

3. O'zbekiston qonunchiligida gender tengligi va xotin-qizlar huquqlari kafolatlari.- Toshkent: Zamin nashr. 2020.-B.96.

4. http://nhrc.uz/oz/news/m9828

5. Kaplan, Andreas; Haenlein, Michael (1 January 2019). "Siri, Siri, in my hand: Who's the fairest in the land? On the interpretations, illustrations, and implications of artificial intelligence". Business Horizons. 62 (1): 15-25. doi:10.1016/j.bushor.2018.08.004

6. Mahkamova M. - Gender tenglik-imkoniyatlar tengligi. // Xalq so'zi, 2022 yil 7 aprel. №72(8134)-B.3.

7. Kadirova H. Role of women in scientific life of Uzbekistan //Europaische Fachhochschule. -2015. - №. 1. - С. 74-76.

8. КАДИРОВА Х. МИЛЛИЙ ИДЕНТИКЛИКГА ИЖТИМОИЙЛАШУВ, МАДАНИЙ, ТАРИХИЙ МЕРОС ВА ТИЛНИНГ ТАЪСИР ЭТИШ ХУСУСИЯТЛАРИ //UNIVERSITETI XABARLARI, 2022,[1/9] ISSN 2181-7324.

9. Buvabaevna, K. H. (2023). VALUE OF DEVELOPING MEDIA LITERACY, MEDIA EDUCATION, INFORMATION CULTURE IN UZBEKISTAN. Science and Innovation, 2(9), 23-27

10. Buvabaevna K. Y. Issues of Civil Literacy Development in the Education System //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. - 2021. - С. 5477-5489.

11. Buvabayevna, K. Y. (2024). Issues of Ensuring Employment of the Population of Surkhandarya Region during the Years of Independence. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY,, 5(1), 173-177.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.