Научная статья на тему 'O`ZBEKISTONDA BIOLOGIYA SOHASIDAGI OLIMA AYOLLAR VA ULARNING YUTUQLARI, HAMDA USHBU FANGA QO`SHGAN HISSASI'

O`ZBEKISTONDA BIOLOGIYA SOHASIDAGI OLIMA AYOLLAR VA ULARNING YUTUQLARI, HAMDA USHBU FANGA QO`SHGAN HISSASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Biologiya fani / yutuqlar / tadqiqotlar / biolog olima ayollar / muammolar / olima ayollarning fanga qo`shgan hissasi.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — G.H.Baxromova

Ushbu maqola O‘zbekistonda biologiya sohasida eng yetuk olima ayollarning bir qanchasini fanga qo‘shgan bebaho hissasini yoritib beradi. Ularning tadqiqotlari, innovatsiyalari va tajribalarini har tomonlama tahlil qilish orqali ularning ijtimoiy muammolar sharoitidagi ajoyib yutuqlariga oydinlik kiritadi. Tarixiy kontekst, hozirgi holat, muammolar va kelajak istiqbollarini o‘rganib, ushbu maqola O‘zbekistonda biologiya fanlarini rivojlantirishda ayollarning muhim rolini tan olishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`ZBEKISTONDA BIOLOGIYA SOHASIDAGI OLIMA AYOLLAR VA ULARNING YUTUQLARI, HAMDA USHBU FANGA QO`SHGAN HISSASI»

O ZBEKISTONDA BIOLOGIYA SOHASIDAGI OLIMA AYOLLAR VA ULARNING YUTUQLARI, HAMDA USHBU FANGA QOSHGAN HISSASI

G.H.Baxromova

OzR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10658720 Annotatsiya. Ushbu maqola O'zbekistonda biologiya sohasida eng yetuk olima ayollarning bir qanchasini fanga qo'shgan bebaho hissasini yoritib beradi. Ularning tadqiqotlari, innovatsiyalari va tajribalarini har tomonlama tahlil qilish orqali ularning ijtimoiy muammolar sharoitidagi ajoyib yutuqlariga oydinlik kiritadi. Tarixiy kontekst, hozirgi holat, muammolar va kelajak istiqbollarini o'rganib, ushbu maqola O'zbekistonda biologiyafanlarini rivojlantirishda ayollarning muhim rolini tan olishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: Biologiya fani, yutuqlar, tadqiqotlar, biolog olima ayollar, muammolar, olima ayollarning fanga qo shgan hissasi.

Abstract. This article highlights the invaluable contributions of female scientists in the field of biology to science in Uzbekistan. Through a comprehensive analysis of their research and innovation, it sheds light on their remarkable achievements in the face of social challenges. By examining the historical context, current situation, problems and future prospects, this article aims to recognize the important role of women in the development of biological sciences in Uzbekistan.

Keywords: Biological science, achievements, research, female biological scientists, problems, contribution of female scientists to science.

Аннотaция. В данной статье освещается неоценимый вклад женщин-учёных в области биологии в науку Узбекистана. Благодаря всестороннему анализу их исследований и инноваций он проливает свет на их выдающиеся достижения перед лицом социальных проблем. Рассматривая исторический контекст, нынешнюю ситуацию, проблемы и перспективы, данная статья призвана признать важную роль женщин в развитии биологических наук в Узбекистане.

Ключевые слова: Биологическая наука, достижения, исследования, женщины-биологи, проблемы, вклад женщин-ученых в науку.

"Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu - ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir. Jonkuyar olimlarimiz buyuk ajdodlarimizning ilmiy an'analarini munosib davom ettirgan holda, ilm-fanni taraqqiyotimizning drayveriga aylantirib, mamlakat rivojiga xizmat qiladigan muhim

kashfiyotlar yaratishlariga ishonaman".

Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Kirish. 11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni. Ushbu kun, BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasiga binoan, 2016-yildan beri nishonlanadi. Bundan ko'zlangan maqsad ayollarning ilm-fandagi salohiyatiga e'tibor qaratish va qo'llab-quvvatlashdan iborat. Xotin-qizlar ilmiy va texnologik hamjamiyatda muhim rol o'ynaydi. Fizika, kimyo va tibbiyot sohasida olamshumul ixtirolar yaratgan 23 olima ayol Nobel mukofoti laureatlari bo'lgan. Olimalar innovatsiya tadqiqotlarida faolliklarini davom ettirmoqdalar. Fandagi xotin-qizlar hayot uchun nihoyatda muhim dori-darmonlar kashf etmoqdalar, koinotni tadqiq etmoqdalar, fanning boshqa sohalarida ham yangi ixtirolar yaratmoqdalar.

Shu bilan birga, xotin-qizlar jahondagi tadqiqotchilar umumiy sonining 30% dan ham kamrog'ini tashkil etadi. YUNESKO xotin-qizlar hozircha ayniqsa, axborot telekommunikatsiya

sohasida nihoyatda kamchilikni - atigi 3% ni, tabiiy fanlar va matematikada esa - 5% ni tashkil etishidan tashvishda. Ularning fanda teng huquqlilik asosida ishtirok etishi ilmiy tadqiqotlar turfaligini ta'minlash, noyob iste'dodga ega bo'lganlar doirasini kengaytirish, ilmda yanada yuqoriroq yutuqlar qo'lga kiritilishida nihoyatda muhim rol o'ynashi shubhasizdir.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi jahondagi barcha mamlakatlarni ushbu mavjud muammolarga e'tiborni qaratish, fan, texnika va innovatsiyalarda gender notengligi sabablarini aniqlash, shuningdek, xotin-qizlarni ilm-fan sohasiga jalb etish uchun zarur dasturlarni ishlab chiqishga da'vat etadi.

Bizga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'zining "Yangi O'zbekiston strategiyasi" nomli asarida "Bugun O 'zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining asosiy maqsadi ayollarimizga e 'tibor va amaliy g'amxо 'rlik ko 'rsatishni yangi, yuksak bosqichga olib chiqish, xotin-qizlarning jamiyatdagi o 'rni va maqomini mustahkamlash ularning huquq va manfaatlarini ta'minlashdir. Bu o 'z navbatida, "Ayollarga ilm berish — jamiyatni ilmli, ma'rifatli va salohiyatli qilish", degan aqidani hayotga izchil tatbiq etish"[1] kerakligini alohida ta'kidlab o'tganlar.

Bugun jamiyatimizning ilmiy-texnikaviy faoliyatida xotin-qizlar faol ishtirok etmoqda. Olima ayollar tomonidan ilm-fan sohasidagi izlanishlar ishlab chiqarish, sanoat, qishloq xo'jaligi, ijtimoiy-madaniy sohalarning rivojiga salmoqli hissa bo'lmoqda. 2018-yildan beri o'tkazib kelinayotgan "O'zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi" tanlovida ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion g'oyalarni amaliyotga joriy etish maqsadida talaba va o'quvchi qizlar, dasturchi va tadbirkor ayollar ishtirok etib keladi. "Olima ayollar grantlari" tanlovi xotin-qizlarni ilm-fan sohasida qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishga xizmat qiladi.

Mamlakatimiz ilm-fani va ma'naviyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan, milliy tarixda o'zining noyob iqtidori bilan nom qoldirgan, yuksak intellektual salohiyat va keng dunyoqarashga ega yuzlab ayollar nomini keltirish mumkin. Ayni paytda ayollarning ilmiy faoliyatda nufuzi va o'rnini yanada oshirishga daxldor masalalar - olimalarga ijtimoiy muammolarni o'z vaqtida hal etishga ko'maklashish, tadqiqotlarni amalga oshirishning tashkiliy imkoniyatlarini yaratish, ilmiy faoliyatda gender diskriminatsiya muammosiga barham berish, olima ayollar uchun ilmiy nufuzli mukofotlar ta'sis etish, tadqiqot grantlari, xorijiy stajirovka dasturlarini kengaytirish, olimalarning akademik mobilligini oshirish, innovatsion g'oyalarni tijoratlashtirish, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash loyihalarini yo'lga qo'yish, ilm-fanni ijtimoiy taraqqiyotning drayveri va generatoriga aylantirish sohaning bundan keyingi rivojida samarali yechimdir.

Asosiy qism. Ma'lumki, avval hammamizning ongimizga singib ketgan bir stereotip bor edi - «Ilm-fan ayolning ishi emas». Lekin tarix haqiqatlariga murojaat qilsak, ayollarning fan, madaniyat, ma'naviyat, tibbiyot olamida o'zlarining alohida yondashuvlariga ega ekanligini ko'ramiz. Mana shu qismda, O'zbekistondagi ayollarning biologiya faniga jalb etilishining tarixiy kontekstini o'rganishimizda, ularning fanga qo'shgan hissalari va yutuqlari haqida gapirsak, ayni muddao boladi.

Gulyamova Tashxan Gafurovna - biologiya fanlari doktori. Mehnat staji 48 yil, mazkur vazifada 2017-yildan ishlamoqda. Biologiya fanlari doktori, professor. T.Gulyamovaning asosiy ilmiy yo'nalishlari mikroorganizmlarning metabolizmini tartibga solish va mikroskopik zamburug'larda fiziologik faol birikmalarning mikrobial sintezining o'ziga xos xususiyatlari o'rganishga bag'ishlangan. U fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi bir qator ilmiy loyihalarga rahbarlik qilib kelmoqda. 2005-2011 yillarda uning rahbarligida xalqaro STCU loyihalari amalga oshirildi.

Hozirgi kunda olimaning ilmiy izlanishlari O'zbekiston dorivor o'simliklaming mikrobiomining xilma-xilliga va uning biotexnologik salohiyatnini ilk bor o'rganish bilan bog'langan. Ushbu ilmiy izlanish fundamental va amaliy nuqtai- nazardan yangi bo'lib, mahalliy endofit mikroorganizmlari bir qator biofaol moddalar yangi manbai ekanligini ko'rsatmoqda.

U 200 dan ortiq ilmiy maqolalar, 7 ta ixtiro patent muallifi. Uning xalqaro reytingi - Xirsh indeksi Google Scholar xalqaro ma'lumotlar bazasiga ko'ra 3 ga teng.

Uning rahbarligida 2 nafar doktor va 8 nafar fan nomzodi, tayyorlangan, hozirgi kunda 3 nafar izlanuvchining ilmiy ishiga rahbarlik qilmoqda. Shu jumladan, Oliy o'quv yurtlarining 10 ta magistri va 6 ta bakalavrlarini tayyorlagan. Qator yillar davomida Mikrobiologiya institutida «03.00.04 - Mikrobiologiya va virusologiya», «03.00.12-Biotexnologiya» mutaxassisligi bo'yicha doktorlik dissertasiyalarini himoya qilish bo'yicha ixtisoslashgan Kengash a'zosi bo'lgan. 20062012 yillarda biologiya faniga ixtisoslashgan OAK ekspert Kengashi a'zosi. Hozirgi kunda Milliy universitet qoshidagi doktorlik dissertasiyalarini himoya qilish ilmiy Kengashida ilmiy seminar raisi.

U Rossiya, Shveysariya, AQSh, Yaponiya, Angliya va Kanada kabibir qator davlatlarda bo'lib o'tgan xalqaro mikrobiologik Kongress va konferensiyalarda ishtirok etgan.

T.Gulyamova O'zbekistonda biotexnologiya fanining rivojlanishida faol ishtirok etib, namuna ko'rsatayotgan yirik olimlardan biridir. U mazkur dargohda ishlashida o'zining mehnatsevarligi, xushfe'lligi, samimiyligi bilan jamoa o'rtasida e'tiborga sazovor bo'lgan [2].

Mavloniy Mashhura Egamovna - mikrobiolog olima. 1934 yili Toshkent shahrida tug'ilgan. O'rta Osiyo Politexnika institutida 1952-1957 yillari Texnik mikrobiologiyasi yo'nalishida ta'lim olgan. Mashhura Mavloniy hozirgi zamon mikrobiologiyasining eng muhim hisoblangan tarmog'i - mikroorganizmlar sistematikasiga katta hissa qo'shgan. U Markaziy Osiyo mikroorganizmlar dunyosini o'rgandi va ular tavsifiga asos soldi. Birinchi bo'lib O'zbekistonda mikroorganizmlar kolleksiyasini yaratdi. Sanoat uchun talay unumdor va faol mutantlarni seleksiya qildi. Olimaning keyingi yillardagi izlanishlari neft mikrobiologiyasini ustivor va amaliy muamolarini yechishga qaratilgan

Olima 980 dan ortiq ilmiy asarlar, shu jumladan 4 ta monografiya, 11 ta to'plam, 48 ta kashfiyot va ixtirolar muallifi. Uning «Селекция промышленных рас микроорганизмов», «Производство кормового белка в Узбекистане», «Разработка технологий производства противокоррозионных биоцидов» asarlari nafaqat O'zbekistonda, balki chet elda ham e'tirof etilgan.

Mashhura Mavloniy mikrobiologiya mutaxassisligi bo'yicha 1961-yilda fan nomzodi, 1971-yilda fan doktori darajalarga erishdi. 1979-yil O'zbekiston Fanlar akademiyasi muhbir a'zosi, 1989-yildan esa O'zR FA haqiqiy a'zosi - akademik etib saylandi.

O'zbekiston mikrobiologiya fani yutuqlarining, bu sohaning rivojiga fidoiy inson - taniqli akademik Mavloniy Mashhura Egamovnaning munosib ulushi bor. Akademik Mavloniy Mashxura Egamovna O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1994), «Mehnat shuhrati» ordeni (2003), «Mehnat faxriysi» ko'krak nishoni (2021) davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Olima mikrobiologiya sohasida katta ilmiy maktab yaratdi. Akademik Mashhura Mavloniy Respublikada yuqori tajribali, vatanparvar mutaxassislarni shakllanishiga katta hissa qo'shib kelmoqda. U tayyorlagan mutaxassislarning 80 foizini xotin-qizlar tashkil qiladi. Ular nafaqat O'zbekistonda, balki Rossiya, Latviya, Qozog'iston, Turkmaniston va Isroilda ilmiy faoliyat olib bormoqdalar [2].

Yuqorida keltirib o'tilgan, ustozlar nafaqat O'zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda o'z iqtidori, aqliy salohiyati ila nom qozonib, tarix sahifalarida qolganlar. Ilm-fan taraqqiyotiga erkaklar bilan bir safda o'z hissalarini qo'shgan ayollar soni oz emas. Fan rivojiga munosib hissa qo'shgan O'zbekiston Qahramoni unvoniga musharaf bo'lgan ayollarimiz Sayyora Rashidova, Tamara Aripova (https://www.gazeta.uz/oz/2023/03/08/they-were-the-first) , Azimova Shaxnoza Sadikovna, Asqarova Salima Asqarovna, Ahmedova Zahro Rahmatovna, Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, Raximova Tashxanim hamda Rizaeva Safiya Mamedovna [2] kabi olima ayollarimiz ham biologiyaning turli yo'nalishlariga o'z hissalarini qo'shib kelishgan.

Azimova Shaxnoza Sadikovna - biologiya fanlari doktori "O'zbekiston Respublikasi fan arbobi" (1999) faxriy unvoni bilan mukofotlangan. Mehnat staji 45 yil. Mazkur vazifada 2005 yildan ishlamoqda. Biologiya fanlari doktori, professor. Molekulyar biologiya va gen muhandisligi bo'yicha taniqli olima [2].

Asqarova Salima Asqarovna - taniqli olim, biologiya fanlari doktori, professor. Agar Salima Asqarovna haqida olim sifatida gapiradigan bo'lsak, uning O'zbekistonda mikrobiologiya fanining rivojlanishiga ulkan hissa qo'shganligini aytish mumkin. Salima Asqarovna Asqarovaning ko'magi bilan O'zR FA Mikrobiologiya institutining yangi yo'nalishlari, yangi laboratoriyalari tashkil qilindi. Mikrobiologlar ilmiy maktabi yaratildi. Salima Asqarovnaning rahbarligida ko'plab fan nomzodlari va doktorlari tayyorlandi. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi S.A. Asqarova "Qizil mehnat bayrog'i" ordeni (1975), "Shuxrat" (1994), shuningdek, "Ulug' Vatan urushidagi mardlik mehnati uchun" medali, I va II darajali Onalik medali bilan taqdirlandi [2].

Ahmedova Zahro Rahmatovna - biolog, professor. U 1976 yildan O'zR FA Mikrobiologiya institutida ishlab kelmoqda, 2003 -yildan shu kunga qadar «Mikroorganizmlar fermentlari» laboratoriyasi mudiri, fundamental, ilmiy-amaliy va innovasion loyihalar rahbari. Mehnat staji 42 yil. Mikrobiologiya, biokimyo, biotexnologiya bo'yicha mutaxassis. 1984-yili nomzodlik, 1999-yili doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan, 2007-yilda professorlik ilmiy unvoni berilgan. Ilgari Davlat mukofotlari bilan taqdirlanmagan. Uning asosiy ilmiy yo'nalishi qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat, sanoatning barcha tarmoqlarini biologizatsiya yo'nalishiga o'tkazish, kimyoviy vositalar, moddalar, mineral o'g'itlar sarfini kamaytirish yoki ulardan batamom voz kechish, atrof-muhit himoyasi va ekologik muvozanatini saqlash, mikroorganizmlar va ulardan olinadigan noyob biologik moddalarni tahlil qilish va ishlab chiqarishga tadbiq etishdan iboratdir [2].

Ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi islohotlar, ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish borasida erishilgan amaliy samaralar mamlakatimiz taraqqiyotini ta'minlashda, xususan, xotin-qizlarni ilm-fan sohasiga yanada keng jalb etishda ulkan omil bo'lmoqda. Jumladan, O'zbekiston biologiya sohasidagi olima ayollarning bugungi holati, ularning ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarishdagi vakolatlari haqida gapiradigan bo'lsak, jamiyatda ziyoli ayollarning ko'payishi sog'lom fikrli, salohiyatli yosh avlod tarbiyalanishida muhim ahamiyatga ega.

Zamonaviy yosh biolog ayol olimalarimiz : O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg'or texnologiyalar markazi direktori, biologiya fanlari doktori Shahlo Turdiqulova, SamDU genetika va biotexnologiya kafedrasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi, dotsent Gavhar Dushanova, Xurshida Ubaydullayeva - gen injeneriyasi bo'yicha xalqaro miqyosda tanilgan olima, biologiya fanlari doktori. Paxtaning hosildor «Porloq» navlari

yaratilishi ustida ishlagan. «O'zbegim ayoli - 2020» milliy mukofotining «Ziyoli ayol» nominatsiya sovrindori, «Shuhrat» ordeni sohibasi, Qulmamatova Dilafruz biologiya fanlari doktori (DSc), O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti katta ilmiy xodimi, Negmatova Surayyo Teshayevna qishloq xo'jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim, Artikova Hafiza To'ymurodovna biologiya fanlari doktori, professor, Dilfuza Egamberdiyeva O'zbekiston mikrobiologiya bo'yicha olima, Milliy universiteti laboratoriyasi mudiri [3] kabi olimalarimiz bugungi kunda ilm-fanda tinmay izlanishlar olib borishmoqda.

Turdiqulova Shahlo O'tkurovna - Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg'or texnologiyalar markazi direktori lavozimida ishlab kelgan va Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o'rinbosari etib tayinlangan.

Prezidentning 2020-yilning 8-oktyabrdagi qarori bilan Shahlo O'tkurovna Turdiqulova innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shahlo Turdiqulova 1973-yili Toshkent shahrida tug'ilgan. 1995-yilda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Shu kunga qadar u Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg'or texnologiyalar markazi direktori lavozimida ishlab kelgan.

Shahlo Turdiqulova — biologiya fanlari doktori, professor. «Do'stlik» ordeni sohibasi. Ilmiy faoliyati davomida 160 tadan ortiq ilmiy ishlari, jumladan 2 ta o'quv darslik va 2 monografiya chop etilgan. Xirsh indeksi — 11, ishlariga boshqa olimlar tomonidan iqtibos keltirish statistikasi — 1085, O'zbekistonda deyarli eng yuqori umumiy Impakt faktoriga ega — 149,5.

Egamberdiyeva Dilfuza - Qishloq xo'jaligi fanlari doktori, Jahon Fanlar akademiyasi a'zosi , 20 yil xorijda ilmiy izlanish olib borgan olima. U O'zbekistonga qaytib, Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti laboratoriya mudiri sifatida faoliyat olib boryapti. Quvonarlisi, Dilfuza Egamberdiyeva yaqinda AQSH mikrobiologiya jamiyatining (ASM) O'zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Buni yurtimiz xotin-qizlariga bo'lgan ishonch va rag'bat deb aytsak o'rinli bo'ladi. Dunyodagi eng qadimgi va eng yirik yagona tabiiy fanlar jamiyati bo'lgan AQSH mikrobiologiya jamiyati (ASM)ning faoliyati mikrobiologiya fanini targ'ib qilish va rivojlantirishga qaratilgan. Mazkur muassasa jamiyatning ilmiy tadqiqot salohiyatini oshirib, global hamkorlik va ta'lim dasturlari orqali dunyo bo'ylab barqaror sog'liqni saqlash tizimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Dilfuza Egamberdiyevaning vazifasi AQSH mikrobiologiya jamiyatining mamlakatdagi faoliyatini ta'minlash, o'zaro hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borishdan iborat.

Negmatova Surayyo Teshayevna qishloq xo'jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim -Agrotexnologiya masalalari bo'yicha Uslubiy kengash a'zosi, Paxta selektsiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiytadqiqot institutining Ilmiy kengashi a'zosi, DSc.05/30.12.2019.Qx/B.42.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar kengashi a'zosi. Hozirda Paxta selektsiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiytadqiqot institutida "Almashlab ekish va g'o'za viltiga qarshi kurash choralari" laboratoriyasi mudiri vazifasida faoliyat yuritmoqda, rahbarligida 4 ta mustaqil tadqiqotchi, 1 ta tayanch doktorant, 1 ta magistr turli mavzularda ilmiy ish olib boryapti [3].

Biz yuqorida keltirib otgan biolog olimalarimiz bilan bugungi kunda faxrlanamiz, ularning izdoshi bolishga harakat qilamiz. Ammo bu o'rinda ayrim ko'ngilni xira etuvchi holatlar ham yo'q emas. Keling, O'zbekistondagi ayol biologlar duch keladigan muammolar va to'siqlar, shuningdek, "gender tengligi"ni ta'minlash va sohada muvaffaqiyatga erishish uchun potentsial imkoniyatlar va strategiyalar haqida gaplashsak.

❖ Ilm-fan sohasida ayollarga nisbatan kamsitilish holatlari kam bo'lsa-da, uchrab turadigan holat. Ayolning fanga qo'shgan hissasini baholash, ilmiy karyerasining turli jarayonlarida kimlardir tomonidan sun'iy to'siqlar yaratilishi, bu - faqatgina o'sha tadqiqotchiga emas, balki ilmiy hamjamiyatga ham zarar yetkazish bilan barobar. Chunki o'sha olimalikka da'vogar ayolning ilmiy kashfiyoti yoki ommaga taqdim etmoqchi bo'lgan ilmiy izlanishlari jamiyat uchun, millat uchun foydali bo'lishi mumkin.

❖ Yana bir muammo shuki, xotin-qizlar zamonaviy texnologiyalarga taalluqli sohalarda ishlasa-da, mansab pillapoyalaridan ko'tarilib borishda jiddiy to'siqlarga duch kelmoqda. Masalan, kimdir homilador bo'lgani uchun ta'tilga chiqib ketsa, yana kimdir rahbariyatning noxolis muomala-munosabatidan aziyat chekadi.

❖ Keyingi yillarda korporativ dunyoda xotin-qizlarga nisbatan munosabat bir qadar o'zgarayotgani kuzatilmoqda. Binobarin, ishchi kuchini diversifikatsiya qilish - daromadni oshirishning qulay yo'li ekanini aksariyat kompaniyalar yetakchilari tushunib yetmoqda. Biroq xotin-qizlarning ilm-fan sohasida jadal sur'atlarda ilgarilashi yo'lida hali-beri to'siqlar bisyor. Shunday g'ovlardan biri - zarur darajada ta'lim olish imkoniyatining cheklanganligidir.

YUNESKO ekspertlarining fikricha, xotin-qizlar raqamli iqtisodiyotning uzviy bir qismiga aylanishlari darkor. Toki, To'rtinchi industrial inqilobda "gender tengsizlik" kabi nomaqbul an'anaga o'rin qolmasin.

Binobarin, O zbekistonda ham 2030-yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi ishlab chiqildi.

❖ O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 28-maydagi SQ-297-IV-sonli Qarori bilan 2030-yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi (Gender strategiyasi);

❖ Gender strategiyasining maqsadli ko'rsatkichlari tasdiqlangan.

Gender strategiyasini 2023 — 2030-yillarda bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun har yilda alohida-alohida kompleks chora-tadbirlar dasturlari tasdiqlanishi nazarda tutilgan.

Ilm-fan sohasida jinsiy mansublik bilan bog'liq kamsitishlarga qarshi kurashning muhim choralaridan biri - bu olimalarga bo'lgan talabni hisobga olgan holda, tegishli ma'lumotlar bazasini yaratishdir. Hozirda ushbu ma'lumotlar ustida ishlayotgan tashkilot o'z tarkibida 500 nafar olimani jamlagan. Ular, bir tomondan, xotin-qizlarga ta'lim olish va ishga joylashishda ko'maklashayotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, muayyan natijaga erishganlarni rag'batlantirish bilan izchil shug'ullanmoqda.

Afsuski, xotin-qizlar ilm-fanda va kompyuter, informatika, texnologiyalar sohalarida haligacha yetarli darajadagi mavqega ega emas. Bu holatni ayollarning "ojiza"ligi yoki bola-chaqa va ro'zg'or tashvishlariga o'ralashib qolishi kabi omillar bilan bog'lab talqin qiladiganlar uchun hayotiy bir misol keltiramiz.

Bunday to'siqlar faqat ko'ngilni xira qilishi, kichik asabbuzarliklarga hatto ilmfandan sovushiga sabab bo'ladi. Olima ayollar ilmiy izlanishdan to'xtamasligi, bugungi davr talabi. Olimalikning o'ziga xos ma'naviy, axloqiy mezonlari bor. Mana shu mezonlarga amal qilmoq darkor.

Xulosa. Rivojlangan jamiyatlardagi xotin-qizlarga bo'lgan munosabat va ular uchun yaratilgan imkoniyatlar tufayli ayollar erkaklardan qolishmagan tarzda o'z faoliyatini olib borishadi. Ilm-ma'rifatli ayol jamiyatning taraqqiyot yo'li hisoblanib, aynan u bolalarni tarbiyalab, voyaga yetkazadi. Ularning ongi, dunyoqarashi, bilim darajasini shakllantiradi.

Bu borada Davlatimiz rahbari 2020-yilning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida «Binobarin, agar biz farzandlarimizni sog'lom va barkamol, Vatanga sodiq insonlar etib voyaga yetkazish niyatida ekanmiz, avvalo, xotin-qizlar uchun ilmfan va kasb-hunar yo'llarini keng ochib berishimiz kerak», deb alohida tashabbus ko'rsatganlarini ta'kidlash o'rinlidir. Buning natijasida keyingi yillarda nafaqat yurtimiz, balki xorijda ham o'z aql-salohiyati, zakovati bilan boshqalarga o'rnak bo'lib, e'tirof etilayotgan xotin-qizlarimizning safi ko'payib bormoqda. Shularni inobatga olgan holda quyidagicha xulosalar bilan yakunlamoqchiman:

Birinchidan, biz davlat rahbarining ayollarga ilm-fan sohasida ko'rsatayotgan e'tiboriga munosib darajadagi ilmiy izlanishlarimiz, kashfiyotlarimiz bilan javob qaytarmog'imiz kerak.

Ikkinchidan, Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi qoshida tashkil etilgan Olima ayollar jamiyati chinakamiga olima ayollarning o'z so'zini ayta oladigan ilmiy minbariga aylansin. Shuni alohida qayd etishim joizki, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi, inson kapitalining rivojlanishiga hissa qo'shuvchi omillardan biri - olimalarning ilm-fan sohasida ulushi ko'p bo'lishi bilan ham belgilanadi.

REFERENCES

1. "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni.

2. O'zbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi 1-tomi, Toshkent: 2022. Science and Innovation. 342b.

3. Узбекистоннинг Маърифатпарвар Аёллари I-жилд , O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyoti davlat korxonasi Toshkent - 2021

4. https://kknews.uz/oz/69881.html

5. https://kun.uz/uz/news/2021/03/15/ilm-2020-yilning-eng-yaxshi-yosh-biolog-olimi-bilan-suhbat

6. https://uza.uz/uz/posts/dilfuza-egamberdieva-ozbekistonda-biolog olimlarni -kopaytirish-kerak-video_559486

7. https://scholar.google.com/biology

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.