Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni
TA'LIM TIZIMLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN'IY
INTELLEKTNI JORIY QILISH
Nazokat Abduqayum qizi Nishonboyeva Joziba Ilhom qizi Abdig'offorova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti tarix yo'nalishi 21/2- guruh talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ta'limga raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt usullarini joriy etish va o'qitish, o'quvchilar va o'qituvchilarni baholash va tayyorlash va boshqa bir qator ta'lim jarayonlariga sezilarli foyda keltirishi hadiqa so'z boradi.Ushbu maqolada sun'iy intellektning maqsadi, uning yo'nalishlari, samaradorligi , ta'lim tizimlaridagi kamchiliklari haqida ma'lumotlar berib o'tiladi .Maqolada AI texnikasini ta'limga joriy etishning afzalliklari va cheklovlari muhokama qilinadi.Elektron ta'limning an'anaviy ta'lim nazariyalari va o'qitish usullariga nisbatan afzalliklari va kamchiliklari ko'rib chiqiladi.Shuningdek, ijtimoiy robotlarning mumkin bo'lgan roli va kelajakdagi ta'limda o'qituvchining yangi roli o'rganiladi.
Kalit so'zlar: Raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt, AI texnikasi, ta'lim tizimi, aqlli dasturlar.
Zamon shiddat bilan olg'a ilgarilamoqda. 20 yil avval g'ishtdek keladigan tugmali telefonni ko'chada ko'tarib yurgan odam hammaning e'tiborini o'ziga jalb qilgan bo'lsa, bugun o'sha telefon orqali endi ular smartfonga aylangan - kino ko'rishimiz, uyga bozorlik qilishimiz, farzandimizning maktabdagi hayotini kuzatishimiz, mutolaa, muloqot va yana juda ko'plab ishlarni bajarishimiz oddiy holga aylandi. Axborot texnologiyalari sohasi oxirgi o'n yilliklarda ulkan transformasiyalarni o'z boshidan kechirdi va butun hayotimizni o'zgartirib yubordi. Bulutli texnologiyalar, 5G va internet, milliardlarni qamrab olgan ijtimoiy tarmoqlar, medianing aql bovar qilmas taraqqiyoti... Bu mislsiz kashfiyotlarni yana davom ettirish mumkin. Shubhasiz, butun dunyo miqyosida shov-shuv ko'tarishga ulgurgan sun'iy intellekt va u bilan bog'liq holda qalqib chiqqan mutlaqo yangi yo'nalishlar bu texnologik yangiliklarning eng cho'qqisi bo'ldi.Sun'iy intellektning asosiy maqsadlari mutaxassis tizimlarini yaratishiluvchi tizimlar, ya'ni o'rganish, ko'rsatish, tushuntirish va maslahat berish, shuningdek, inson aql-idrokini mashinalarda amalga oshirish bu odamni anglash,
https://cspi.uz/
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
976
Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi
g
fikrlash, o'rganish va o'zini tutishga qodir bo'lgan mashinani yaratishdir [1].
Sun'iy intellekt (AI) - kompyuter fanining bo'limi bo'lib, u insonning fikrlash va xatti-harakatlarini taqlid qiluvchi "aqlli" qurilmalarni yaratish nazariyasi va amaliyotiga qaratilgan. Ta'limga sun'iy intellekt usullarini joriy etish o'qitish va o'qitish, o'quvchilar va o'qituvchilarni baholash va tayyorlash va boshqa bir qator ta'lim jarayonlariga sezilarli foyda keltirdi. Ushbu maqola oddiy sharoitlarda insoniyatni deyarli bepul energiya, tovarlar va xizmatlar davriga olib borishi kutilayotgan To'rtinchi sanoat inqilobining yaqinlashib kelayotgan davrida AI va raqamli texnologiyalarning Ta'lim uchun o'ynaydigan roliga qaratilgan. Maqolada AI texnikasini ta'limga joriy etishning afzalliklari va cheklovlari muhokama qilinadi. Xususan, kompyuterlarning o'rni o'rganilib, Soft Computing ta'limini o'qitish tamoyillarining maqsadga muvofiqligi o'rganiladi. Elektron ta'limning an'anaviy ta'lim nazariyalari va o'qitish usullariga nisbatan afzalliklari va kamchiliklari ko'rib chiqiladi, bunda raqamli davrda yangi ta'lim nazariyasi bo'lgan konnektivizmga alohida e'tibor beriladi. AI texnikasini ta'limga joriy etish o'qitish va o'rganishga katta foyda keltirdi talabalar va o'qituvchilarni baholash va o'qitish va boshqa bir qator ta'lim jarayonlari ushbu maqola e'tiborni qaratadi.AIning To'rtinchi sanoat inqilobi (4IR) davrida ta'lim uchun qanday rol o'ynashi asosan ilg'or narsalar Interneti (IoT) bilan ajralib turadi - energiya, tovarlar va xizmatlarni kerakli vaqtda va har qanday joyda - va kiber-fizik tizimlar, (masalan, robotlar, avtonom transport vositalari va boshqaruv tizimlari, masofa tibbiyot va boshqalar), bu bizning hayotimizni osonlashtiradi.[2].
Sun'iy intellektning xatarlariga kelsak, bunday tortishuvlar avjiga chiqqaniga ancha bo'ldi va ular asosan xavfsizlik, inson huquqlari va erkinliklariga daxldor. Jiddiy xavf-xatar sifatida quyidagilarni alohida aytib o'tish mumkin:
-Avtomatlashtirilgan hujumlar. Bunda turli kiberhujumlar, axborot xurujlarini SI yordamida amalga oshirish imkoniyati nazarda tutiladi.
-Ma'lumotlarni qalbakilashtirish va firibgarlik. Ya'ni ushbu texnologiyaning cheksiz imkoniyatlaridan foydalangan holda, jamoatchilik fikriga, qarorlar qabul qilish va saylovlar jarayoniga ta'sir ko'rsata oladigan yolg'on axborotlarni tarqatish (yaqinda tarqalgan Vladimir Putinning arab tilida gapirgan videosini eslang. Bu -istalgan shaxsni istalgan tilda va har qanday matn bo'yicha "gapirtira oladigan" DeepFake texnologiyalar ishi).
-Ta'lim tizimiga zarar. ChatGPT erasida insondan qolishmaydigan darajada mukammal ilmiy matn yoza oladigan
kompyuter tizimlarining maydonga chiqishi va qisqa vaqt ichida
https://cspi.uz/
Republican Scientific and Practical Conference
October 20, 2023
Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni
millionlab talabalar, tadqiqotchilar orasida ommalashishi dunyo ta'lim tizimida akademik halollik tushunchasiga tahdid qilmoqda. Kurs ishining talaba emas, balki ChatGPT tomonidan yozilganini ajratib olish imkonsiz darajaga etdi va bu, umuman, ta'lim jarayonining maqsad-muddaosini yo'qqa chiqaradi.
-Shaxsiy ma'lumotlar daxlsizligi muammosi. SI yordamida ulkan miqyosda personal ma'lumotlarni yig'ish, qayta ishlash va uzatish xavfi mavjud. Xususan, u odamlarning xulq-atvori, xohishlari, hissiyotlari va salomatligini tahlil qilishda qo'llanishi mumkin.
-Ishsizlik muammosi. SI juda ko'plab takrorlanuvchi vazifalarni bajarishi mumkin. Ko'plab ilg'or kompaniyalar ma'lumot kiritish yoki mijozlar bilan muloqot singari lavozimlarni qisqartirib, sun'iy intellektdan foydalanmoqda. McKinsey tadqiqotlarida aytilishicha, 2030 yilga borib robotlar kamida 30 foiz, ya'ni 400 dan 800 milliongacha insonlar mehnatining o'rnini bosadi. Ha, bu ulkan va xavotirli raqam. Ammo insoniyat tamudduni tarixidan bizga ma'lumki, g'ildirakning kashf etilishidan tortib, elektr energiyasi, po'lat quyish, yozuv mashinkasi, ichki yonuv dvigateligacha - har qanday yangilik o'z davrining ko'plab kasblarini yo'q qilgan bo'lsa-da, undan bir necha baravar ko'p yangi ish o'rinlari yaratilishiga sababchi bo'lgan.
Bu texnologiyalar mashina va inson o'rtasidagi chegarani qayta chizib, ijod va yaratuvchilik jarayonini radikal ravishda o'zgartirib yubordi. Ammo buni xavf emas, balki cheksiz imkoniyat deb qabul qiluvchi sun'iy intellekt tarafdorlari hozircha ko'pchilikni tashkil etmoqda [3].
Xulosa qilib aytish mumkinki, bugungi kunda rivojlanayotgan sun'iy intellekt, raqamli texnologiyalarni ham foydali ham zararli taraflari mavjud. Yani bu kelajakda ko'plab kasblarning yo'qolib borishiga , ularning orniga elektron tizimlar , dasturlar ishlashi natijasida ishsizlikning ko'payishi ortib boradi. Ko'plab sohalarda bu kabi raqamli texnologiyalar ishlash jarayonini tezlashtiradi. Ishimizni tezroq qilishimda ko'maklashadi. Ta'lim tizimida esa zamonaviy kompyuterning kirib kelishi talabalar uchun koproq ma'lumotlarga ega bo'lishini ta'minlab beradi. Sun'iy intellektning talabalar o'rtasida ommalashuvi esa ularning bilim saviyasini kamaytirishda , talabalarning chdp kabi sun'iy intellektdan foydalanishlari ularning bajarishi kerak bo'lgan ishlarni osongina qilib beradi. Bu esa talabaning bilim olishiga to'sqinlik qiladi. Lekin uning foydali taraflari juda ko'p , ya'ni undan kerakli vaqtda to'g'ri foydalansak , albatta bu sun'iy intellekt bizga koproq ma'lumotlarga ega bo'lishimizda yordam beradi.
https://cspi.uz/
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
978
Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process
g
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi
g
REFERENCES
1. Abdullayev M. Gulyamov S. Ayupov R (2020). Raqamli iqtisodiyot - kadrlarni tayyorlashning dolzarb yo'nalishi.
2. Maykl Gr. Voskoglou G'arbiy Gretsiya texnologik ta'lim instituti.Texnologik ilovalar maktabi. Ph.D.
3. Botir G'ofurov.O'zbekistonda sun'iy intellektning kelajagi qanday? Eng so'nggi trendlar va voqealarga nazar . Ilmiy jurnalistik ma'lumotlaridan.
4. Саъдуллаева, М. Х. (2022). IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.10. 10.021 Sa'dullaeva Mahfuza Husenovna Chirchiq davlat pedagogika universiteti "O „zbekiston tarixi" kafedrasi o „qituvchisi. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (10), 189-195.
5. Sa'Dullaeva, M. H. (2022). MNEMONIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TARIXIY BILIMLARGA XOS KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH. Academic research in educational sciences, 3(10), 206-212.
https://cspi.uz/
Republican Scientific and Practical Conference
October 20, 2023