Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH'

TA’LIM TIZIMLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

33
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulhayo Nuriddin Qizi Panjiyeva

Birlashgan Millatlar tashkilotining 2030-yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatli ta’limdir. U barcha uchun inklyuziv va sifatli ta’limdir. Raqamli texnologiyalar ushbu maqsadga erishish uchun muhim vosita sifatida paydo boʻldi[1].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH»

Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023

Effectiveness of Introduction of Digital Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

TA'LIM TIZIMLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH

Gulhayo Nuriddin qizi Panjiyeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti 2-kurs talabasi

Birlashgan Millatlar tashkilotining 2030-yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatli ta'limdir. U barcha uchun inklyuziv va sifatli ta'limdir. Raqamli texnologiyalar ushbu maqsadga erishish uchun muhim vosita sifatida paydo bo'ldi[1].

Hammamizga ma'lumki, raqamli texnologiyalar bugungi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda: ta'limda, ishlab chiqarishda, energiya samaradorligini oshirishda shu bilan bir qatorda ifloslanish va chiqindilarni kamaytirish yoki yo'q qilishda natijalarga erishishga intiladi. Raqamli texnologiyalarni ayniqsa, ta'lim sohasida tutgan o'rni kattadir. Pandemiya sabab unga bo'lgan ehtiyoj sezilarli darajaga oshdi. Masofaviy ta'lim, online darslar, KHAN academy dasturlari ishlab chiqildi. Talaba yoshlar o'rtasida ham qog'oz, qalam o'rniga hemis dasturi, loyiha va mustaqil ishlar uchun turfa xil dasturlar o'rin oldi. Bu harakatlarning barchasi samaradorlikni muammolarini hal qilish uchun ishlatilishi mumkin. Masalan, Rasing Mind va DreamBox kabi 70 ortiq kompaniyalar ta'limdagi ehtiyojlardan kelib chiqqan holda avtomatik rejalashtirishi mumkin bo'lgan o'quv platformalari yoki moslashtirilgan o'quv platformalari yaratdi. Kaliforniyadagi Rocketship Education va Nyu-Yorkdagi New classrooms kabi charter maktablarida tobora rivojlanib borgan: o'qituvchilar o'quvchilarni iPad-dan uyda yangi bilimlarni o'zlashtirib, keyin esa dars mashg'ulotlari davomida bu bilimlarini muhokama qilishga undashadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi"[2]. Raqamli texnologiyalardan foydalanib dars o'tilishi ta'lim sifatini va samaradorligini oshirmoqda. Ularga misol qilib elektron doskalar, notebook, kompyuterlar, proyektorlarni keltirishimiz mumkin. Shu o'rinda o'quvchilarni bilimini baholash online platformalarga ko'chirilayotgani ortiqcha qog'ozbozlikni oldini olmoqda, baholashning shaffofligini oshirmoqda, shu bilan birga o'qituvchilarning o'quvchilar bilan ko'proq shug'ullanishiga sharoit yaratmoqda. Bu platformalarga misol qilib oliy ta'lim o'quv yurtlari uchun joriy qilingan HEMIS axborot tizimini keltirishimiz mumkin. Hozirgi kunda HEMIS axborot tizimidan O'zbekistondagi 214 dan ortiq oliy ta'lim muassasalari foydalanib kelmoqda va bu bir milliondan ortiq talaba va o'qituvchilarni o'z ichiga oladi. HEMIS axborot tizimidan talabalar o'zlariga zarur bo'lgan ma'lumotlarni elektron ko'rinishda olishlari

October 20, 2023

https://cspi.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorligi

g

mumkin va bu subyektlar aralashuvini ta'minlaydi. Bu kabi qulayliklardan talabalarning ota-onalari ham bahramand bo'la olishadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi" PF-5712-sonli Farmonida "PISA" o'quvchilarni baholash xalqaro dasturi reytingida O'zbekistonning 2021-yilda birinchi 70 talikka, 2025-yilda 60 talikka va 2030-yilda esa, birinchi 30 ta ilg'or mamlakatlar qatoriga kiritish ko'zda tutilgan[4]. Buning natijasi sifatida oliy ta'lim muassasalarida raqamli universitet loyihasini boshlanib, davom etayotgani isbot bo'la oladi. Hozirgi kunda oliy ta'lim muassasalarimiz topshirayotgan turli hisobotlar sonini kamaytirish hamda butunlay qog'oz shaklidan voz kechishga o'tilmoqda.

Ta'lim jarayonlarida sun'iy intellektning qo'llanilishi juda katta natijalarga sabab bo'ldi. Rivojlangan davlatlarda sun'iy intellekt tibbiyot sohasida tashxis qo'yish va qo'yilgan tashxisning aniqligini oshirmoqda. Ta'limda sun'iy intellektdan foydalanish byurakratiyaning oldini oladi va ko'p ma'lumotlarning tezlikda tahlil qilinishi va aniqlik, ta'lim jarayoni ishtirokchilari, o'qituvchilari va boshqa mas'ullarining mas'uliyatini oshiradi. Shu o'rinda online darslarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, bu jarayon pandemiya davrida anchagina rivojlandi. Tarqatma materiallar va kitoblar uchun kamroq qog'ozdan foydalanishning atrof-muhitga foydalari, resurslardan yuqori darajada foydalanish, talabalar va o'qituvchi-murabbiylar ta'sir doirasini kengaytirish, vaqtni va energiyani tejashning usuli hisoblanadi. Ammo Shvetsiyadagi holatni oladigan bo'lsak, ular bu fikrlarga qo'shilmaydi. Mutaxassislarning bildirishicha, planshetlar va kompyuterlar tufayli bolalarning o'qish va yozish qobiliyati yomonlashgan. Shvetsiya maktablari oxirgi yillarda qilingan raqamli ta'lim islohoti o'zini oqlamagan ko'rinadi. Hukumat Milliy ta'lim agentligining maktabgacha ta'lim muassasalarida raqamli qurilmalarni majburiy o'rnatish to'g'risidagi qarorini bekor qilishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, u 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun raqamli ta'limni butunlay to'xtatish maqsad qilingan.

2016-yildan 2021-yilgacha Shvetsiyada 4-sinf o'quvchilarining o'qish ko'nikmalari PIRLS xalqaro o'qish va tushunish baholash metodiga ko'ra 555 balldan 544 ballga tushib ketgan. Ushbu metodika to'rtinchi sinf o'quvchilarining ko'nikmalarini aniqlash uchun qo'llaniladi: maktabning to'rtinchi yili bolalar rivojlanishidagi muhim bosqich hisoblanadi. O'qish va yozish ko'nikmasining pasayishi sabablaridan biri maktab darslarida ekranlardan ko'p foydalanish, deydi ta'lim mutaxassislari.

Avgust oyida Shvetsiyaning eng yirik tibbiyot universiteti Karolinska instituti: "Raqamli vositalar talabalarning o'qishini

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

g

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

yaxshilash o'rniga yomonlashayotgani haqida aniq ilmiy dalillar mavjud", degan xulosa beradi.

Shvetsiya hukumati bu yil mamlakat maktablariga qog'oz kitoblar xaridi uchun juda katta mablag' ajratmoqda. [5]

Ta'limda VR( vertual haqiqat)dan foydalanish juda katta yutuqlar beradi. Hozirda ayrim universitetlarda qo'llanilmoqda va VR ko'zoynak, kostyum va shunga o'xshash buyumlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar buning ustida ishlamoqda. Shu o'rinda bizning oliy ta'lim muassasalarimizda yaratiliyotgan bunday imkoniyatlar o'z samarasini beryaptimi? Odiljon Abdurazzoqovning daryo.uz saytida e'lon qilingan maqolasida ta'kidlashicha: "Nima sababdan bizning universitetlar xalqaro universitetlarning Xalqaro universitetlar reytingida top mingtalikka kirmaydi, zero qo'shni davlatlarning bir emas bir nechta universitetlari u yerdan joy olmoqda. Ayni shu maqolasida u o'qituvchisining bir gapini keltiradi: "Ajoyib binolarda oddiy odamlar emas, oddiy binolarda ajoyib odamlar ishlagani ma'qul" .Bizning qo'shni davlatlardagi top mingtalikka kirgan universitetlardagi texnikalar emas balki, ko'proq o'qituvchilarning bilimli bo'lishi va bilimli o'qituvchilarni jalb qilishga ko'proq e'tibor qaratilganda, malakali o'qituvchilar bu texnologiyalarda samaraliroq foydalanadi va yanada sifatli ta'lim berishadi.

REFERENCES

1. http s://www .sciencedirect.com/science/article/pii/S2666412722000137

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi. 2020 y.

3. Achilova, E. S. (2022). ARTISTIC PSYCHOLOGY ON THE EXAMPLE OF THE WORK "SPRING DOES NOT RETURN". AnInternational Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1991-1994

4. ACHILOVA, E. (2022). SUJET, OBRAZ, USLUB XUSUSIYATLARI. Til va adabiyot ta'limi, 3(1), 26-27

5. Achilova, E. (2022). O'tkir Hoshimovning "Urushning so'nggi qurboni" hikoyasidagi psixologik tasvir. Til va adabiyot ta'limi, 1(1), 40-42

6. ACHILOVA, E. (2021). O'TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA BADIIY PSIXOLOGIZM MUAMMOSI. "XALQ TA'LIMI", 5(1), 88-91.

7. Usmonova, R. (2020). Improving Listening Skill in Foreign Languages. International Engineering Journal for Research and Development, 5(1), 197-204.

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.