Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHATLAR TALABALAR KELAJAGI GAROVI'

TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHATLAR TALABALAR KELAJAGI GAROVI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oliy ta'lim / “Ta'lim to'g'risi”dagi qonun / Fanlar akademiyasi / “Yosh kitobxon” tanlovi / “Talabalar teatr studiyalari festivali”

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Diyora Xolmirzayeva

Ushbu maqolada bugungi kundagi mamlakatimiz ta‟lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlili shuningdek ushbu islohotlarning bugungi kundagi ahamiyati hamda uning jamiyatdagi o'rni va roli tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHATLAR TALABALAR KELAJAGI GAROVI»

„ , , , . , , . .. , . O'zbekiston - 2030 strategiyasi:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti . . ,. . , , , . . , . , -

inson salohiyatini ro yobga chiqarish imkoniyatlari

m ■■ .C..TJ- v rv ■ Uzbekistan - 2030 Strategy:

Tashkent State University of Economics

Opportunities to Realize Human Potential

TA'LIM TIZIMIDAGI ISLOHATLAR TALABALAR KELAJAGI GAROVI

Diyora Xolmirzayeva

Namangan davlat universiteti Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 3-kurs talabasi Ilmiy rahbar: M.Bannayev - NamDU o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi kundagi mamlakatimiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlili shuningdek ushbu islohotlarning bugungi kundagi ahamiyati hamda uning jamiyatdagi o'rni va roli tahlil qilingan

Kalit so'zlar: Oliy ta'lim, "Ta'lim to'g'risi"dagi qonun, Fanlar akademiyasi, "Yosh kitobxon" tanlovi, "Talabalar teatr studiyalari festivali"

Bugungi kunda mamlakatimiz jahonda taraqqiy etib borayotgan davlatlardan biri bo'lib tinch, osoyishta, yoshlarga ko'p e'tibor beruvchi, doim ularni qo'llab-quvvatlovchi, buyuk mutafakkirlar avlodi, sport va boshqa ko'plab yo'nalishlar bo'yicha o'zini ko'rsata olgan yurt sifatida dunyoga tanilmoqda. Bunday o'zgarishlarga bizning yurtboshimiz va o'zbek xalqi juda ko'plab harakat qilishdi.

Xolboyeva Gulzira Rustamjonovnaning "O'zbekiston Respublikasida ta'lim sohasidagi islohotlar" mavzuda yozgan maqolasida bayon etilganidek, Sovetlar tuzumi yillarida partiya yakkahokimlikning vujudga kelishiga jamiyat ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida o'z mafkuraviy ta'sirini o'tkazib bordi. Ayniqsa, bu kishilar ongini o'zgartirishda muhim olim bo'lgan ta'limda, ilmda va madaniyatda jiddiy tus oldi. Xalqning ma'rifatga, fanga va milliy madaniyatga bo'lgan intilishi xukmron kuchlar tomonidan uzoqni ko'zlamay va yaxshi o'ylamay olib borgan siyosatlari natijasida siyosiy manfaatlar yo'liga burildi. Natija ikkinchi jahon urushi davrlarida katta yo'qotishlar oliy ma'lumotli xodimlarning son va sifat jihatidan kamayib ketishiga olib keldi. Bu esa o'z navbatida urushdan keyingi yillarda oliy ta'limni rivojlantirish zarur ekanligini taqozo etardi. Oliy ta'limni rivojlantirish dinamikasi quyidagicha kechdi. 1950-1953 yillarda 16.600 ta mutaxassis tayyorlandi. Biroq, bular miqdor ko'rsatkichlaridagi ayrim siljishlar edi. Lekin masalaning asosiy jihati - oliy ta'lim muassasalarini bitirib chiqayotgan mutaxassislarning sifati va saviyasi masalasida ko'plab muammolar mavujud edi. O'zbekiston mustaqillik ostonasida turar ekan, respublika rahbariyati dastlabki vazifalardan biri ilm-fanni, ta'lim tizimini isloh qilish, modernizatsiya qilish lozimligini chuqur anglar edi [1].

135

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Mustaqillik yillarida O'zbekiston turli qiyinchiliklarni boshidan o'tkazdi. Shunga qaramay, birinchi prezidentimiz mustaqillikka erishganimizdan so'ng asosiy e'tiborni ta'lim tizimiga qaratdi, zamonning tezkor taraqqiyotiga xizmat qiluvchi yangi fan sohalari bo'yicha tadqiqotlar yo'lga qo'yildi, tabiiy va aniq fanlarni o'qitish va ilmiy tadqiqotlar olib borish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Respublikamizda ta'limning yangi tizimini amalga oshirishda O'zbekiston xukumati tariximizdagi ta'lim jarayonlarini o'rganib chiqib, ta'limni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha e'tibor ta'lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirilib, uning moddiy-texnik bazasini zamon va davr talablari darajasiga ko'tarish va O'zbekiston ma'rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi. Shunday qilib, asta-sekin O'zbekiston o'z dunyosini va milliyligini shakllantira boshladi.

Yosh avlodga yaratilgan sharoitlarga qaysidir ma'noda yoshlar bu sharoitlarga yarasha harakat qilib turli sport musobaqalarida oltin medali sohibi, ilmiy konfrensiyalarda o'zlarini ko'rsatishdi, ilmiy tanlovlarda qatnashib faxriy birinchi o'rinlarni egallashdi.

Oxirgi yillarda O'zbekistonda ilmu-fanni taraqqiy toptirish, ta'lim tizimini shu jumladan, oliy ta'limni zabardast sohaga aylantirishga tizimli amaliy ko'mak berishga bosh bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi salohiyati oshirildi. O'zbekiston Fanlar Akademiyasi tizimi takomillashtirildi, moddiy texnika bazasi mustahkamlandi, uning tarkibida bir qator ilmiy tadqiqot institutlari va markazlar faoliyati tiklandi. Ta'lim tizimida eng katta amalga oshirilgan ishlardan biri, pedagoglarni o'z kasbidan tashqarida turli mehnat faoliyatiga jalb qilish ishlari to'xtatildi. Bu esa pedagoglarni o'z ustida ishlashi va o'quvchi va talabalarga ko'proq bilish berish imkoniyati paydo bo'ldi. Bundan tashqari, o'qituvchilar oyliklari sezilarli darajada oshirildi. Qo'shimcha ustamalar belgilandi. Maktablarda yanada shaffof ta'lim tizimini shakllantirish maqsadida emaktab.uz platformasi joriy etildi. O'qituvchilarga yana bir qulaylik yaratildi, bu qog'ozbozlikni kamaytirish maqsadida turli hisobot va bayonnomalar yozishdan voz kechildi. Prezidentimiz nafaqat o'qituvchilarga balki, yoshlarga ham turli imkoniyatlar yaratdilar. Misol uchun maktablar 11-yillik ta'limga o'tkazildi, endilikda har bir maktab bitiruvchisi ikkita chet tili va bitta kasb egasi bo'lib chiqishi belgilandi. 11-yillik ta'limga o'tish bu ko'plab ota-onalar tomonidan qo'llab- quvvatlandi. Chunki, bolalar maktabni tamomlab o'zidan bir necha kilometr uzoqlikdagi kollej yoki litseylarga borishi kerak edi. Bu esa yoshlar uchun turli qiyinchiliklarni yuzga keltirar edi. Prezidentimiz biz yoshlar uchun juda ko'p imkoniyatlar yaratib berdi ularni ta'riflab nihoyalash qiyin.

136

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-mayda "Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o'rganish va targ'ib qilish maqsadida yoshlar o'rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Yosh kitobxon" tanlovi o'tkazildi. Ushbu tanlovda qatnashib g'olib bo'lgan yoshlarga Prezident sovg'asi sifatida avtomobil sovg'a qilindi. Bu esa ko'plab yoshlarda tanlovga nisbatan qiziqish uyg'otdi va juda ko'p yoshlar ushbu tanlovdan so'ng kitob o'qishni boshlashdi. Endilikda nafaqat maktab o'quvchilari o'rtasida, balki yosh oilalar o'rtasida "Kitobxon oila" tanlovlari ham bo'lib o'tmoqda. Oilada kitob o'qish bu farzand kelajagi uchun ham foydalidir, negaki bola ota-onadan o'rnak oladi. Oilada ota-ona kitob o'qisa, farzand ham kitob o'qishga qiziqadi. Zero, bir dona kitob o'qigan bola, minglab telvizor tomosha qilgan boladan yaxshidir.

Oliy ta'lim tizimi sohasida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan ham ko'plab o'zgarishlar bo'ldi. Misol tariqasida aytadigan bo'lsak, oliy ta'lim sohasida shaffoflikni ta'minlash va inson omilini kamaytirish maqsadida hemis onlayn platformasiga o'tildi. Bundan tashqari, oliy ta'limga kirishda turli nogironligi bo'lgan shaxslar uchun imkoniyat tariqasida, ular uchun alohida grandlar tashkil etildi, ichki ishlar xodimlari farzandlari uchun imtiyozlar tashkillandi, oliy ta'limda o'qiydigan boquvchisini yo'qotgan yoshlarning kontrakt pullari to'lab berilmoqda, oliy ta'limda o'quvchi ijarada turuvchi talabalarning ijara pullarining 50% to'lab berish yo'lga qo'yildi, talabalar turli tanlovlarda qatnashib, unda g'olib bo'lgach esa ularga dam olish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda, talabalar uchun turli nomdor stipendiyalar tashkil qilingan, oliy ta'lim muassasalari o'rtasida turli sport musobaqalar tashkil etilmoqda, unda g'olib bo'lgan jamoalar uchun esa pul mukofotlari joriy qilindi va ijodkor yoshlarni o'zini ko'rsatishi uchun ishtirok etmoqdalar. Iste'dodli talabalar birlashib turli teatr sahnalari qo'yishlariga va ularni to'g'ri yo'l ko'rsatib turish uchun ularga ustoz ham tayinlanmoqda. Bu esa yosh talantli talabalarga yanada ilhom bag'ishlayapti. Namangan Davlat Universitetida ham ustozlar talabalarni doim qo'llab quvvatlaydi. Universitetda bo'lib o'tgan "Talabalar teatr studiyalari festivali"ni misol keltirishimiz mumkin. Festival ochilish marosimiga universitet prorektori Narimon Dehqonov tashrif buyurdi va "Teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita ekanligi, talaba-yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish hamda ularda vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirishda muhim omil ekanligini ta'kidlab, musobaqada ishtirok etayotgan barcha oliy ta'lim muassasalarining jamoalariga omad va zafarlar tiladi.

137

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Ayni davrda O'zbekiston oliy ta'lim sohasida sezilarli ijobiy o'zgarishlar ro'y bermoqda. Bilim dargohlarining qiyofasi o'zgarib, moddiy-texnika bazasi yaxshilanib bormoqda, ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash kuchaytirilmoqda. Innovatsiya yo'nalishidagi alohida davlat tuzilmalari tashkil etilib, oliy o'quv yurtlarida ham yangi bo'linmalar ochilmoqda. Bularning barchasi oliy ta'limga bo'lgan yondashuvni o'zgartirib, uning sifati hamda darajasini ko'tarishga xizmat qilishiga ko'maklashadi.

Xalqimiz azaldan ilm va ma'rifatga intilib kelgan. Istiqlol yillarida turli sohalar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari qatoridan o'rin oldi. Buni olib borilayotgan keng ko'lamdagi islohotlar yaqqol tasdiqlaydi. Bu jarayonda jismonan sog'lom, ma'naviy yetuk barkamol yoshlarni tarbiyalash va ularning bilim olishi bo'yicha bergilangan vazifalarning amalga oshirilishi mamlakatimizda farovon hayotni ta'minlashning muhim omili bo'lib xizmat qiladi. Hozirda biz talabalarning asosiy masadimiz, raqobatbardosh yetuk kadrlar bo'lib yetishish va kelajakda O'zbekiston unversitetlarini ham jahoning nufuzli unversitetlari qatoridan joy olishiga o'z hissamizni qo'shishdan iborat.

REFERENCES

1. Xolboyeva Gulzira Rustamjonovna, & Jahongir Ergashov. (2023). O'zbekiston respublikasida ta'lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar . Journal of New Century Innovations, 32(2), 39-55

2. Shavkat Mirziyoyevning "Tanqidiy tahlil qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbat faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak" nomli kitobi

3. Bannayev, M. S. (2022). O'zbeksitonda psixologik diagnostika va psixologik korreksion faoliyatni amalga oshirishdagi muammolar va yechimlar. Science and Education, 3(6), 701-703

138

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.