Научная статья на тему 'ТA’LIM ТIZIMIDA O’QUVCHI SHAХSIGA YO’NALТIRILGAN FAOLLIKNI RIVOJLANТIRISH'

ТA’LIM ТIZIMIDA O’QUVCHI SHAХSIGA YO’NALТIRILGAN FAOLLIKNI RIVOJLANТIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

73
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o„qituvchi / o„quvchi / pedagogika / adaptiv / differensial / individual / teacher / student / pedagogy / adaptive / differential / individual.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Aziz Yokubjonovich Shadiyev, Zuxriddin Najim O‘g‘li Rashidov

Ushbu maqola uzluksiz ta‟limda shaxsga yo‟naltirilgan faollikni rivojlantirishga qaratilayotgan ma‟lumotlardan iborat

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article contains information aimed at the development of personalityoriented activities in continuing education

Текст научной работы на тему «ТA’LIM ТIZIMIDA O’QUVCHI SHAХSIGA YO’NALТIRILGAN FAOLLIKNI RIVOJLANТIRISH»

TA'LIM TIZIMIDA O'QUVCHI SHAXSIGA YO'NALTIRILGAN FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISH

Aziz Yokubjonovich Shadiyev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsent v.b.

Zuxriddin Najim o'g'li Rashidov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

Ushbu maqola uzluksiz ta'limda shaxsga yo'naltirilgan faollikni rivojlantirishga qaratilayotgan ma'lumotlardan iborat.

Kalit so'zlar: o'qituvchi, o'quvchi, pedagogika, adaptiv, differensial, individual

This article contains information aimed at the development of personality-oriented activities in continuing education.

Keywords: teacher, student, pedagogy, adaptive, differential, individual.

Bugungi kunda dunyo hamjamiyati hayot faoliyatining barcha sohalarida qimmatli o'zgarishlar kechmoqda, bu esa o'z navbatida bo'lajak professionalni shakllantirishga yangicha yondashuvni talab etadi. Bizning davrimiz uchun farqli tomoni ta'lim sifatidagi o'zgarishlar - uning yo'naltirilganligi, maqsadi, mazmuni barchasi bo'lajak mutaxassisni "Shaxsning erkin rivojlanishi", ijodiy tashabbuskorligi, ta'lim olishning mustaqilligi, raqobatbardoshligi, kabi sifatlarini nazarda tutadi. Respublikamizda mustaqillik yillarida o'quvchilar iqtidori, qiziqish va qobiliyati asosida ixtisoslashtirilgan ta'limning tashkil etilishi o'zining ijobiy natijalarini namoyon etmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ta'kidlab o'tish kerakki, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim deganda, biz ko'proq o'quvchilarning shaxsiy manfaatlari, ehtiyojlarini nazarda tushunamiz. Bunda ta'limning mazmuni o'quvchi shaxsining

АNNОTАTSIYA

ABSTRACT

KIRISH

qiziqishlariga mos ravishda yo'naltirilishi, uning qiziqishlari va

March, 2022

layoqatini qo'llab-quvvatlash bosh maqsad qilib belgilanadi. Uning qiziqishlari, fantaziyasi aniq maqsad sari yo'naltirilgan bo'lib, o' z manfaatlarini fanlardan Davlat ta'lim standartlari talablari asosida nafaqat minimal darajadagi balki, maksimal darajadagi bilimlarni egallash bilan himoya qilishga qodir bo' lishi lozim. Buning uchun esa, o'qituvchilar tomonidan ularning intilish va qiziqishlarini rag'batlantirib borish talab etiladi. Bunday yondashuv orqali ta'lim jarayonini amalga oshirishda o'quvchining bilim olish jarayonini o'z ichiga olgan, "o'qituvchi" - "o'quvchi" -"o'qituvchi"-"ota-ona" munosabati hamkorligi va erkin tanlash prinsipi uni tanlagan sohasi bilan shug' ullanishdan zeriktirmaydi, bilimlarini takomillashtirish sari undaydi.

Tadqiqotlarning ko'rsatishicha ko'pgina pedagog olimlar tomonidan ta'lim jarayonida shaxsga yo'naltirilgan yondashuvning asoslangan pedagogik texnologiyalari ishlab chiqilgan bo'lib, ular quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- shaxsga yo'naltirilgan ta'lim;

- hamkorlik pedagogikasi;

- adaptiv muloqot pedagogik texnologiyasi;

- o'yin texnologiyasi; rivojlangan o'qitish texnologiyasi;

- muammoli o'qitish texnologiyasi;

- differensial o'qitish;

- individual o'qitish texnologiyasi.

O'tgan davrlar ta'lim tizimiga nazar tashlasak, o'quvchiarga ta'lim va tarbiya berish avtoritar ta'lim metodlariga asoslangan bo'lib, u o'quvchini itoatkor, o'zgalar fikriga bo'ysinuvchan shaxs sifatida tarbiyalashga yo'naltirilgan edi. Bunda o'qituvchi - "buyuruvchi", o'quvchi -"bajaruvchi" mexanizm kabi edi. Hozirgi paytda respublikamizda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi ta'lim islohotlari barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan demokratik ta'lim metodlariga asosidagi milliy modelning joriy etilishi bilan ahamiyatlidir. Demokratik ta'lim metodlari o'qitish jarayonida o'quvchi fikrining hurmat qilinishi, uning har bir tushunchani o'zlashtirishda faol mushohada etishi, o'qituvchi fikrini tahlil qilishi va o'zi asosli deb topgan fikrlarnigina qabul qilish mumkinligiga asoslanadi. Bu g'oyalarni amalga oshirishdagi muammo respublikamizda haligacha avtoritar metodlardan demokratik ta'lim metodlari o'tish mexanizmi ishlab chiqilmaganligi bilan izohlanadi. Aytish joiz bu borada joriy etilayotgan o'quvchilar bilimini baholashning reyting tizimi, test mezonlarining keng joriy etilishi, o'quvchilarni kasb tanlashga yo'llashdagi erkinliklarni "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni

amalga oshirishning yutuqlari sifatida qayd etish mumkin.

March, 2022

O'qituvchi o'quvchini sust tinglovchidan dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishi uzluksiz ta'limda katta ahamiyatga ega. Bunga o'quvchining o'z egallayotgan bilimi va qobiliyatiga ishonch hissini oshirishi o'ta ta'sirchan omildir. Ushbu vazifani amalga oshirishning har bir bosqichida o'quvchining jismoniy, aqliy va ruhiy jihatdan rivojlanish darajalari tahlil qilinib, zaruriy tavsiyalarni berib, pedagogik qo'llab-quvvatlash, uning faoliyatiga zarur vaziyatlarda tuzatish va qo'shimchalar kiritib borish zarur. O'quvchining shaxsiy mustaqil bilish faoliyati ularning ichki motivatsiyasi yuqori darajada bo'lganda faol va samarali bo'ladi. Bilish va ijodiy faoliyatga nisbatan motivatsiya darajasini oshirishning samarali vositasi - muammoli o'qitish usuli ta'limda samarali qo' llash hisoblanadi.

Agar o'quvchi o'z o'quv faoliyatining mohiyatini ko'ra olmasa, u o'quv maqsadini tan olmaydi, o'qituvchi qo'ygan vazifalarni tushunmaydi va qabul qilmaydi. Shuning uchun o'quv materiali mazmuni avval o' qituvchi tomonidan ijobiy o'zlashtirilib, qayta ishlanib, undan o'quvchini qiziqtiradigan, shaxsiy tajribasiga mos kelib, fikrini qo'zg'aydigan, hayajonga soladigan xos jihatlar belgilab yetkazilgandagina natijasi samarali bo'lishi isbotlangan. Ana shundagina o'quvchi o'zini ushbu hodisalarning bevosita ishtirokchisi va ijodkori sifatida hisoblaydi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Faol ta'lim metodlarini qo'llash jarayonining xarakterli xususiyati shaxsning axborotlarni o'zlashtirishdagi barcha imkoniyat va malakalar umumiy majmua sifatida qaralishidir. Axborotlarni o'zlashtirish imkoniyatlariga eshitish va ko'rish, tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ijodiy mushohada qilish, so'zlab berish, jismoniy harakatlar bajarish kabilar, malakalar sifatida esa loyihalash, harakatlanish, tasavvur qilish, nutq, sezgi organlari faoliyati nazarda tutiladi. Sanab o'tilgan imkoniyat va malakalar majmuasini faol ta'lim metodlari yordamida rivojlantirishda qisqa vaqtga mo'ljallangan, ta'lim mazmuniga ko'ra strukturalangan, barcha guruh a'zolarining faolligini ta'minlovchi, sodda mashqlardan foydalaniladi.

Ta'lim muassasalarida o'quvchilarning mustaqil-ijodiy izlanishlariga yo'naltirilgan to'garaklarga jalb qilish, mazmun va shakli jihatidan turlicha bo' lgan faoliyat turlari ham estetik ijtimoiy fikrlash bilan birga o 'zaro muvofiqlikni keltirib chiqaradi. Muammoli masalalarni qo'yish, ularni mustaqil ijodiy hal qilish yoshlarning qo'shimcha bilimlarga ega bo'lishiga, dunyoqarashga oid masalalarni rivojlanishiga o'zlarini fikrlarini isbotli himoya qilish ko'nikmalari va malakalarini shakllanishga yordam beradi.

Darsdan va ta'lim muassasasidan tashqari mashg'ulotlar asosan

March, 2022

individual, guruh hamda ommaviy shakllarda amalga oshiriladi. Ta'kidlab o'tish kerakki, darsdan tashqari faoliyat o'quvchilarda dunyoqarashning nafaqat g'oyaviy asoslarini shakllantiradi, balki uni amaliy harakatiga aylanishini ta'minlaydi. Bunda sust tinglovchi va kuzatuvchi rolida qolib ketmaydi; u bilimlarni mustaqil va erkin egallashga kirishadi, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy axborotlarni tushunishga harakat qiladi, o'zi o'zlashtirilgan sifatlarning tengdoshlari orasidagi faol targ'ibotchisiga aylanadi.

Uzluksiz ta'limda shaxsga yo'naltirilgan faollikni rivojlantirishga qaratilayotgan muammoni hal qilish uchun axborotning tarbiyaviy samarasini oshirish bilan birga izlanish, bahs-munozalari, o'zaro bilim almashish kabi faol shakl va uslublaridan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ular o'quvchilarni yangi bilim va tushunchalarni mustaqil topishiga, o'z qarashlari va g'oyalarini himoya qilishga, dunyoqarashi va tasavurlarini o'rtoqlari bilan almashinishga o'rgatadi. Bunda ijodiy fikrlash, tasavvurlarni rivojlantirish, fikrlar tafovuti va xilma-xilligi, kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, topqirlik, idroklilik, zukkolik va zehnni tarbiyalash talab etiladi.

REFERENCES

1. Azizxo'jayeva N.N. O'qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi. - Т.: TDPU, 2000.

2. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. - T.:TDPU,

3. Xo'jayev N. va boshqalar. «Yangi pedagogik texnologiyalar». «Fan», 2002.

4. Baubekova G.D., Xalikova G.M. Obrazovaniye: opit, problemu, perspektivu. Т.,

5. G. K. Selevko. Sovremennbie obrazovatelnie texnologii. M. 1998

6. Mallayev O. Yangi pedagogik texnologiyalar. Т. 2000

7. Farberman L.B, Musina R.G. Jumaboyeva F.A. Oliy o'quv yurtlarida o'qitishning zamonaviy usullari. Т. 2002.

8. O'.Tolipov, M.Usmonboyeva. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. Т.

9. Bogolyubov V.I. Evolyutsiya pedagogicheskix texnologiy // Shkolnie texnologii. 2004. № 4.S.12-21.

10. Golish L.V. Texnologii obucheniya na leksiyax i seminarax/Uchebnoye posobiye// Pod obshey redaksiyey akademika S.S.Gulyamova. -

XULOSA

2003.

2001.

2005.

T.:TGEU, 2005.

March, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.