Научная статья на тему 'SHAXSGA YO’NALTIRILGAN TA’LIMDA PEDAGOGIK KLASTERNING AHAMIYATI'

SHAXSGA YO’NALTIRILGAN TA’LIMDA PEDAGOGIK KLASTERNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2635
137
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / innovatsiya / pedagogika / ijodiylik / klaster / education / innovation / pedagogy / creativity / cluster

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Doston Sherov

Ushbu maqolada shaxsga yo’naltirilgan ta’limning yoshlarda mustaqil – ijodiy fikrlashdagi o’rni muhokama qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF A PEDAGOGICAL CLUSTER IN INDIVIDUAL EDUCATION

This article discusses the role of person-centered education in young people's independent-creative thinking

Текст научной работы на тему «SHAXSGA YO’NALTIRILGAN TA’LIMDA PEDAGOGIK KLASTERNING AHAMIYATI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1122-1126

SHAXSGA YO'NALTIRILGAN TA'LIMDA PEDAGOGIK KLASTERNING

AHAMIYATI

Doston Sherov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada shaxsga yo'naltirilgan ta'limning yoshlarda mustaqil - ijodiy fikrlashdagi o'rni muhokama qilingan

Kalit so'zlar: ta'lim , innovatsiya, pedagogika, ijodiylik, klaster

THE IMPORTANCE OF A PEDAGOGICAL CLUSTER IN INDIVIDUAL

EDUCATION

ABSTRACT

This article discusses the role of person-centered education in young people's independent-creative thinking

Keywords: education, innovation, pedagogy, creativity, cluster

KIRISH

Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim deganda, biz ko'proq o'quvchilarning shaxsiy manfaatlari, ehtiyolarini nazarda tutamiz. Bunda ta'limning mazmuni o'quvchi shaxsining qiziqishlariga mos ravishda yo'naltirilishi, uning qiziqishlari va layoqatini qo'llab-quvvatlash bosh maqsad qilib olinadi. O'quvchining o'z-o'zini bilishi, shaxsining o'ziga xosligi, uning rivojlanish darajasi, kelgusidagi orzu-maqsadlariga erishish uchun qilayotgan xatti-harakatlari zamirida puxta bilim olish, ta'limning keyingi bosqichiga tayyorlanish mujassam. Uning qiziqishlari, fantaziyasi aniq maqsad sari yo'naltirilgan bo'lib, o'z manfaatlarini fanlardan Davlat ta'lim standartlari talablari asosida nafaqat minimal darajadagi balki, maksimal darajadagi bilimlarni egallash bilan himoya qilishga qodir bo'lishi mumkin. Buning uchun esa, o'qituvchilar tomonidan ularning intilish va qiziqishlarini rag'batlantirib borish katta ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bunday yondashuv orqali ta'lim jarayonini amalga oshirishda o'quvchining bilim olish jarayonini o'z ichiga olgan, o'qituvchi - o'quvchi - o'qituvchi

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1122-1126

munosabati hamkorligi va erkin tanlash printsipi uni tanlagan sohasi bilan shug'ullanishdan zeriktirmaydi, bilimlarini takomillashtirish sari undaydi. Pedagog olimlar tomonidan ta'lim jarayonida shaxsga yo'naltirilgan yondashuvning asoslangan pedagogik texnologiyalari ishlab chiqilgan bo'lib, u quyidagilardan iborat: shaxsga yo'naltirilgan ta'lim; hamkorlik pedagogikasi; - adaptiv muloqot pedagogik texnologiyasi; o'yin texnologiyasi; rivojlangan o'qitish texnologiyasi; muammoli o'qitish texnologiyasi; differentsial o'qitish; individual o'qitish texnologiyasi. Ushbu yo'nalishlarning har birida ta'lim o'kuvchi shaxsining qiziqishi, qobiliyati, imkoniyati va shart-sharoitlari e'tiborga olinib tashkil etiladi. Ayniqsa, shaxsga yo'naltirilgan ta'limda o'quvchida mustaqil fikrlash orqali muammoli vaziyatlardan chiqishga intilish malakasini shakllantirishga alohida urg'u beriladi. Mustaqil o'qib-o'rganish, o'quv jarayonidagi qiyin vaziyatlarda o'qituvchining yordamisiz muammolarni hap qilishga urinish, shundan keyingina o'zining xulosalari to'g'riligiga ishonch hosil qilish uchun o'qituvchining yordamiga tayanish zarurligini anglatish muhimdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'quv jarayoniga faol yondashish yuzaki qaraganda oddiy bo'lib ko'rinishi mumkin. O'qituvchi biror hodisani uzoq vaqt tushuntirish o'rniga o'quvchiga darslikdagi ma'lum mavzuni mustaqil o'qib-o'rganishga, mavzu yuzasidan berilgan amaliy tajribalarni mustaqil bajarish, o'quv natijalarini tekshirish uchun test savollariga mustaqil javob tayyorlashni topshirishi ijobiy natija beradi. Agar o'quvchi o'z o'quv faoliyatining mohiyatini ko'ra olmasa, u o'kuv maqsadini tan olmaydi, o'qituvchi qo'ygan vazifaparni tushunmaydi va qabul qilmaydi. Shuning uchun o'quv materiali mazmuni avval o'qituvchi tomonidan ijobiy o'zlashtirilib, qayta ishlanib, undan o'quvchini qiziqtiradigan, shaxsiy tajribasiga mos kelib, fikrini ko'zg'aydigan, hayajonga soladigan xos jihatlar belgilab yetkazilgandagina natijasi samarali bo'lishi isbotlangan. Ana shundagina o'quvchi o'zini ushbu hodisalarning bevosita ishtirokchisi va ijodkori deb hisoblaydi. O'qituvchi o'quvchini sust tinglovchidan dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishi katta ahamiyatga ega. Bunga o'quvchining o'z bilimi va qobiliyatiga ishonch hissini oshirishi o'ta ta'sirchan omildir. Ushbu vazifani amalga oshirishning har bir bosqichida o'quvchining jismoniy, aqliy va ruhiy jihatdan rivojlanish darajalari tahlil qilinib, zaruriy tavsiyalarni berib, pedagogik qo'llab-quvvatlash, uning faoliyatiga zarur o'rinlarda tuzatish va qo'shimchapar kiritib borish muhim. O'quvchining shaxsiy mustaqil bilish faoliyati ularning ichki motivatsiyasi yuqori darajada bo'lganda faol va

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1122-1126

samarali bo'ladi. Bilish va ijodiy faoliyatga nisbatan motivatsiya darajasini oshirishning samarali vositasi — muammoli o'qitish usuli hisoblanadi. O'quvchilarning qiziqishlariga qarab majburiy bo'lmagan darslar haqida gap ketganda, muammoli o'qitish usuli maqsadga muvofiq ekanligi e'tirozga o'rin qoldirmaydi. Oddiy darslarda o'qituvchi beradigan vazifa ko'pincha samarasiz, majbur etuvchi motivatsiya hisoblanadi. O'quvchilarning darslarda zerikishi bu — ularning dangasaligidan emas, balki o'qituvchining ularni o'tilayotgan mavzuga qiziqtira olmaganligidan kelib chiqishini unutmaslik lozim. Ko'p darslar odatda "so'rov-tushuntirish — olingan bilimlarni mustahkamlash - uyga vazifa" sxemasi asosida o'tiladi. Oqibatda, ayrim o'quvchilarning ongi va qo'li bo'sh qoladi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, ta'lim-tarbiya asosida shaxsning intensiv rivojlanishi, moddiy-ma'naviy qadriyatlarni o'zlashtirishi faqat uning shaxsiy faoliyati natijasida amalga oshadi. O'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan ta'limda quyidagi tavsiyalar muhim hisoblanadi: 1. Ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirishga imkon beruvchi ijtimoiy, moddiy-texnik, pedagogik hamda psixologik imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini belgilash. 2. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar, shuningdek, respublika ta'lim muassasalarida bolapar iqtidorini aniqlash va rivojlantirish borasida to'plangan tajribaparni o'rganish, milliy-mintaqaviy xususiyatlarni inobatga olgan holda ularni uzluksiz ta'lim tizimiga tatbiq etish. 3. Ilg'or yondashuvlar asosida iqtidorli bolalarni o'qitishga ixtisoslashgan ta'lim muassasalari faoliyatining samaradorligini ta'minlovchi boshqaruv va pedagogik jarayon mazmuni hamda amaliy asoslarini ishlab chiqish.

O'tgan davrlardagi ta'lim tizimi avtoritar ta'lim metodlariga asoslangan bo'lib, u o'quvchini itoatkor, o'zgalar fikriga bo'ysinuvchan shaxs sifatida tarbiyalashga yo'naltirilgan edi. Hozirgi paytda respublikamizda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi ta'lim islohotlari barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan demokratik ta'lim metodlariga asosidagi milliy modelning joriy etilishi bilan ahamiyatlidir. Demokratik ta'lim metodlari o'qitish jarayonida o'quvchi fikrining hurmat qilinishi, uning har bir tushunchani o'zlashtirishda faol mushohada etishi, o'qituvchi fikrini tahlil qilishi va o'zi asosli deb topgan fikrlarnigina qabul qilish mumkinligiga asoslanadi. Bu g'oyalarni amalga oshirishdagi muammo respublikamizda haligacha avtoritar metodlardan demokratik ta'lim metodlari o'tish mexanizmi ishlab chiqilmaganligi bilan izohlanadi. To'g'ri, bu borada joriy etilayotgan o'quvchilar bilimini baholashning reyting tizimi, test nazoratlarining keng joriy etilishi, o'quvchilarni kasb tanlashga yo'llashdagi erkinliklarni Kadrlar tayyorlash milliy

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1122-1126

dasturini amalga oshirishning yutuqlari sifatida qayd etish mumkin. Biroq, ta'lim metodlarini yangilash borasida ilmiy izlanuvchilar, metodist va amaliyotchi o'qituvchilar hali ko'plab muammolarni hal etishlari lozim. Faol ta'lim metodlari ilg'or xorijiy davlatlar tajribasini o'rganish va mamlakatimiz ta'lim xususiyatlari bilan omuxtalashtirish natijasida keng ommalashayotgan demokratik ta'lim metodlari turkumiga kiradi. U ta'lim jarayonining o'qituvchi va o'quvchi fikrining o'zaro hurmat qilinishi, o'quvchilarning o'zaro munosabatlarida yuqori darajadagi muloqot ko'nikmalarining shakllantirilishi bilan ahamiyatlidir. Faol ta'lim metodlarini qo'llash jarayonining xarakterli xususiyati shaxsning axborotlarni o'zlashtirishdagi barcha imkoniyat va malakalar umumiy majmua sifatida qaralishidir. Ushbu o'rin axborotlarni o'zlashtirish imkoniyatlariga eshitish va ko'rish, tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ijodiy mushohada qilish, so'zlab berish, jismoniy harakatlar bajarish kabilar, malakalar sifatida esa loyihalash, harakatlanish, tasavvur qilish, nutq, sezgi organlari faoliyati nazarda tutiladi.

XULOSA

Muammoni hal etishning birinchi yo'nalishi quyidagicha mazmunga ega: Mustaqil-ijodiy fikrlash sifatlarini faollashtirishda boshlang'ich ta'lim muhim o'rin tutadi, chunki xuddi shu davrda shaxs, uning qiziqishlari, moyilliklari shakllanishi uchun poydevor yaratila boshlaydi. Jamiyat uchun mustaqil, tanqidiy fikrlaydigan, harakat qila oladigan ijodkor shaxslar juda asqotayotgan hozirgi kunda o'quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish pedagogikaning dolzarb muammosi bo'lib turibdi. O'quvchilarning ijodiy faoliyati tajribalarini o'zlashtirishlari uchun tablim jarayonida faol aqliy izlanishni talab qiladigan muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish zarur. Ijodiy faoliyat tajribalarini o'qituvchini tayyor axboroti orqali hosil qilish mumkin emas, chunki o'qituvchi muammolarni o'zi hal qilsa, o'quvchilardagi qiziqish, muammolarni hal qilishga bo'lgan intilish, so'nadi, o'z bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo'llash imkoniyatidan mahrum bo'ladi. Noan'anaviy ta'lim o'quvchilarni faqat bilim, ko'nikma, malakalar bilan qurollantirishni ko'zda tutmasdan, balki darsda vujudga keltiradigan muammoli vaziyatlarni o'quvchilar avval o'zlashtirgan bilim, ko'nikma, malakalarni kutilmagan vaziyatlarda ijodiy qo'llashlari orqali ijodiy faoliyat tajribalari, o'quvchilarning mustaqilligi, o'quv-bilish motivlarini, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga, mustaqil izlanish yo'lini o'zlashtirishga imkon beradigan murakkab jarayondir. O'quvchilar mustaqil fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishi noan'anaviy ta'lim jarayonida muvaffaqiyat bilan qo'llanib kelayotgan ta'lim printsiplari: ilmiylik, tushunarlilik, sistemalilik,

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1122-1126

o'quvchilarning ongligi va faolligi, ko'rgazmalilik, o'quvchilarni puxta bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish, uzviylik, ketma-ketlik, o'quvchilarning ijodiy mustaqil ishlari printsipi, o'quvchilarga individual va tabaqalashtirilgan yondoshuv, o'quv ishlarini insonparvarlashtirish printsiplaridan foydalanishni taqozo etadi.

REFERENCES

1. Rahim, A., & Doston, S. (2020). IMPROVING THE CONVERSATIONAL PROCESS IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING. International Engineering Journal For Research & Development, 5(1), 6-6.

2. Sherov, D. (2020). Succession Issues in Teaching English. Academic Research in Educational Sciences, (3).

3. Azimovna, A. Z., & Abdulloevna, A. A. (2020). Use of modern innovative technologies in teaching foreign language. Вестник науки и образования, (10-4 (88)), 50-52

4. Makhmudov, K. S. (2021). Using writing speech in the process of teaching English grammar. ISJ Theoretical & Applied Science, 6(98), 709-712.

5. Makhmudov, K. (2021). LEARNING A FOREIGN LANGUAGE AND THE LANGUAGE TOURISM EXPERIENCE. Журнал иностранных языков и лингвистики, 2(7).

6. Mukhamedov, G. I., Khodjamkulov, U. N., & Shofkorov, A. M. (2020). PEDAGOGICAL EDUCATION CLUSTER: CONTENT AND FORM. Theoretical & Applied Science, (1), 250-257.

7. Khodjamkulov, U. (2021). CLUSTER AS INNOVATIVE APPROACH TO PEDAGOGICAL EDUCATION. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 2021(02), 36-54.

8. Ходжамкулов, У. Н. (2020). ИЛМ-ФАННИНГ РИВОЖЛАНИШИДА БУЮК ИПАК ЙУЛИНИНГ АХАМИЯТИ. Academic research in educational sciences, (4).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.