Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMIDA KREATIVLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHGA OID YONDOSHUVLAR'

TA’LIM TIZIMIDA KREATIVLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHGA OID YONDOSHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kreativlik / qobiliyat / ta’lim tizimi / yondoshuvlar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abduraimova Sohiba Karimkul Qizi

Maqolada mamlakatimizda kreativlik qobiliyatini rivojlantirishga doir qilingan ilmiy ishlar tahlili, amaliyotdagi mavjud holati, respublikamiz va xorijiy olimlarning kreativlik qobiliyatini rivojlantirish borasidagi fikrlari atroflicha tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMIDA KREATIVLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHGA OID YONDOSHUVLAR»

TA'LIM TIZIMIDA KREATIVLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHGA OID

YONDOSHUVLAR Abduraimova Sohiba Karimkul qizi

Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti ORCID: https://orcid.org/0009-0000-4695-764X

https://doi.org/10.5281/zenodo.10678426

Annotatsiya. Maqolada mamlakatimizda kreativlik qobiliyatini rivojlantirishga doir qilingan ilmiy ishlar tahlili, amaliyotdagi mavjud holati, respublikamiz va xorijiy olimlarning kreativlik qobiliyatini rivojlantirish borasidagi fikrlari atroflicha tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: kreativlik, qobiliyat, ta'lim tizimi, yondoshuvlar.

KIRISH

Bugungi axborotlashgan davrda talabalarning kerativlik qobiliyatini rivojlantirish, ijodkorlik xususiyatlarini shakllantirish masalalari ta'limning yanada serqirra va samarali bo'lishini ta'minlaydi.

Jahonda ro'y berayotgan globallashuv jarayonida talabalarning bilish faoliyatiga qo'yiladigan kuchli talablar talabalarning tafakkur ko'nikmalarini ustuvorlashtiradi. "4K: kritik tafakkur, kreativlik, kommunikatsiya, kolloboratsiya" ko'nikmalari butunjahon iqtisodiy forumida taqdim etilgan ta'lim modelining asosiy g'oyasi hamda ta'lim tizimida yuksak natijalarni ko'rsatib kelayotgan rivojlangan davlatlarda shu kompetensiyalarning prerogativligiga mos kelishini ko'rsatib beradi. Bu esa talabalar tafakkurini rivojlantirish, faoliyatini ongli tahlil qilish, loyihalashtirish, ijodiy qobiliyalarini namoyon etishga shart-sharoitlar yaratish asosida pedagoglarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlanishning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga keltiradi.

"Tarbiya va o'qitish usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillarni puxta o'zlashtirgan, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash ko'nikmalariga ega professional pedagog kadrlar tayyorlash" vazifasi Pedagogika ta'lim sohasini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilanib, bu borada o'qituvchilarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirishning uzluksiz tizimini joriy qilish, o'quv reja va dasturlarni ilg'or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, innovatsion o'quv-me'yoriy va ta'lim resurslarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Amerikalik olim Djozef Chilton Pirsom "Kreativ kompetensiya" tushunchasini birinchi marta qo'llab va u atrofdagi dunyoning ijodiy rivojlantirishni anglatishini ta'kidlagan.

R.Epstayn "Kreativ kompetensiya" tushunchasidan olingan bilimlarni moslashuvchan qo'llashga tayyorlik sifatida bilimlar tizimini mustaqil ravishda to'ldirish va o'zini takomillashtirishga intilish deb izohlagan.

Psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) N.X.Valiyeva o'z ishlarida kichik maktab yoshidagi bolalarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini to'la ochib bergan, hamda kichik maktab yoshidagi bolalarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini rivojlantirishga ta'sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlagan, bolalarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda oiladagi muhit, ota-ona va farzandlar o'zaro munosabatlari xarakteri, referent guruhlar ta'sirini aniqlagan, kichik maktab yoshidagi bolalarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish trening dasturini ishlab chiqqan.

Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) M.Y. Yakubova umumta'lim maktablarida "Texnologiya" fanini o'qitish orqali o'quvchilarda kreativlik kompetensiyasini

rivojlantirish metodikasini takomillashtirish ustida izlanishlar olib borgan va umumta'lim maktablari o'quvchilarida kreativlik kompetensiyasini rivojlantirishning funksional modelini ishlab chiqqan. Shuningdek, izlanishlari davomida bir qator olimlarning xulosalarini tahlil qilib, "kreativlik" va "kompitensiya" terminlariga quyidagicha ta'rif bergan: "Kreativlik (lot., ing. "create" - yaratish, "creative" - yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma'nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kompetensiya - ta'lim oluvchining nazariy bilimlarga asoslangan hamda aniq bir hayotiy holatlarda muammoli vaziyatlarni hal etishga qaratilgan, bugungi kun talab etayotgan mustaqillik, ijodkorlik, tadbirkorlik, tashabbuskorlik kabi kasbiy sifatlarni rivojlantirishga yo'naltirilgan faoliyat usullaridan foydalanish qobiliyatidir". M. Yakubova izlanishlarida V.N.Petrova, A.V.Xutorskiy, Ye.E.Shcherbakova va boshqalarning tadqiqotlariga tayangan holda o'quvchining kreativlik kompetensiyasining to'rtta komponentini ajratib: kognitiv, motivatsion, faoliyat, refleksiv hamda kreativlik kompetensiyasi mazmuni va kreativ shaxsning shakllanish bosqichlarini ishlab chiqqan va tavsiflagan.

Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) D.N.Sulaymonova loyihaga asoslangan o'qitish vositasida bo'lajak o'qituvchilarning kreativ tafakkurini rivojlantirish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqqan, hamda bo'lajak o'qituvchilarning kreativ tafakkurini loyihaga asoslangan o'qitish vositasida rivojlantirish modelini loyihalashtirdi.

Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)G.N. Ibragimova interfaol ta'lim metodlari va texnologiyalari vositasida talabalarda kreativlik qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizlarini takomillashtirishtirdi

Pedagogika fanlari doktori (DSc) D. M.Maxmudova informatikani o'qitish jarayonida talabalarning kreativ faoliyatini muammoli ta'lim texnologiyalari asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirdi hamda talabalarning kreativ faoliyatini rivojlantirishda "Kreativ-Muammo-Integrativ o'rganish" ("Creative-Problem-Integrative Learning") texnologiyasining samaradorligini tajriba-sinov ishlari orqali aniqlash hamda undan samarali foydalanish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqdi. Olimaning talqinida "kreativlik - o'zgaruvchan ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlar doirasiga taalluqli vazifalarni hal etishda shaxs va jamiyat qiziqishlari bilan bog'liqlikda insonning konstruktiv va original fikrlashga tayyorligidir".

XULOSA

Demak, yurtimiz olimlari tomonidan kreativlik mavzusi atroflicha tadqiq etilgan va izlanishlari natijasida kreativlik tushunchasiga o'zlarining shaxsiy fikr va qarashlarini berganlar. Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda, o'z talqinimizni berishimiz maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. "Kreativlik-o'zgaruvchan ijtimoiy vaziyatlarga yechim topishda shaxs va jamiyatni qiziqishlari bilan bog'liq holda shaxsning konstruktiv va orginal fikrlashga tayyorgarlik jarayonidir"

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4623-son Qarori. - QHMMB: 07/20/4623/0220-son, 28.02.2020 y.

2. Ibragimova G.N. "Interfaol o'qitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish". Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi. Toshkent - 2017

3. Maxmudova D. M. "Muammoli ta'lim texnologiyalari asosida talabalarning kreativ faoliyatini rivojlantirish metodikasi". Pedagogika fanlari doktori (dsc) diss. avtoreferati. Chirchiq - 2022

4. Sulaymanova D. N. "Loyihaga asoslangan o'qitish vositasida bo'lajak o'qituvchilarning kreativ tafakkurini rivojlantirish". Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) diss. avtoreferati. Samarqand - 2023

5. School and teaching practices for twenty-first century challenges: lessons from the Asia-Pacific region, regional synthess report, UNESCO, 2016

6. Valieva N. X. "Kichik maktab yoshidagi bolalarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari". Psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) diss. avtoreferati. Toshkent - 2022

7. Yakubova M. Y. Umumta'lim maktab o'quvchilarida kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish ("Texnologiya" fani misolida). Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (phd) diss. avtoreferati. Chirchiq- 2023

8. Maxsudova, S. (2023). BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ILG'OR XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. Models and methods in modern science, 2(5), 50-53.

9. Maxsudova, S., & Omonqulova, F. (2023). BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O'QUVCHILARNING IQTIDORINI OSHIRISH UCHUN HARAKATLI O'YINLARDAN FOYDALANISH. Акaдeмичeскиe исслeдoвaния в сoврeмeннoй HayKe, 2(12), 69-73.

10. Maxsudova, S. (2023). THEORETICAL AND METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPING THE CREATIVITY OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS. Science and innovation, 2(B11), 540-543.

11. Taniberdiyev, A., & Maxsudova, S. (2023). CONCEPTUAL FOUNDATIONS OF THE FORMATION OF CREATIVITY IN FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS. Modern Science and Research, 2(12), 466-472.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.