Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMIDA ERISHILAYOTGAN YUTUQLAR VA ILM-FAN TARAQQIYOTIDA AYOLLARNING ROLI'

TA’LIM TIZIMIDA ERISHILAYOTGAN YUTUQLAR VA ILM-FAN TARAQQIYOTIDA AYOLLARNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Gender tengligi / ta’lim / madaniyat / ma’rifat / ijtimoiy faollik / liderlik / tashkilotchilik / tadbirkorlik / qadriyat / innovatsiya / demokratiya / jamiyat / ilm-fan / texnika / huquq va majburiyat.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Abrorxonova Kamolaxon Abrorxon Qizi, Kamolova Nodirabegim Lutfullo Qizi

Ushbu maqolada yurtimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim-tarbiya jarayonlarida ayollarning ishtiroki, ularga berilayotgan imkoniyatlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, gender tengligi masalalari, ilm-fan taraqqiyotida ayollarning roli kabi masalalar ko’rib chiqiladi. Yurtimizda ayollarga qaratilayotgan e’tibor va berilayotgan imkoniyatlar e’tirof etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMIDA ERISHILAYOTGAN YUTUQLAR VA ILM-FAN TARAQQIYOTIDA AYOLLARNING ROLI»

TA'LIM TIZIMIDA ERISHILAYOTGAN YUTUQLAR VA ILM-FAN TARAQQIYOTIDA AYOLLARNING ROLI 1Abrorxonova Kamolaxon Abrorxon qizi, 2Kamolova Nodirabegim Lutfullo qizi

1Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi kafedrasi mudiri, Pedogogika fanlari bo'yicha falsafa

doktori(PhD),dotsent.

2Nizomiy nomidagi TDPUning Boshlang'ich ta'lim fakulteti, Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 1-

kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10664172

Annotatsiya. Ushbu maqolada yurtimizda ta'lim sohasiga qaratilayotgan e 'tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar, ta'lim-tarbiya jarayonlarida ayollarning ishtiroki, ularga berilayotgan imkoniyatlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, gender tengligi masalalari, ilmfan taraqqiyotida ayollarning roli kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Yurtimizda ayollarga qaratilayotgan e'tibor va berilayotgan imkoniyatlar e'tirof etiladi.

Kalit so'zlar: Gender tengligi, ta'lim, madaniyat, ma'rifat, ijtimoiy faollik, liderlik, tashkilotchilik, tadbirkorlik, qadriyat, innovatsiya, demokratiya, jamiyat, ilmfan, texnika, huquq va majburiyat.

Аннотация. В данной статье уделено внимание сфере образования в нашей стране, созданным возможностям, участию женщин в образовательном процессе, предоставляемым им возможностям, созданным условиям, вопросам гендерного равенства, роли женщин. в развитии науки, будут выпущены. Внимание, уделяемое женщинам, и предоставляемые им возможности признаны в нашей стране.

Ключевые слова: Гендерное равенство, образование, культура, просвещение, социальная активность, лидерство, организация, предпринимательство, ценности, инновации, демократия, общество, наука, технологии, права и обязанности.

Abstract. In this article, the attention paid to the field of education in our country, the opportunities created, the participation of women in the educational process, the opportunities given to them, the conditions created, issues of gender equality, the role of women in the development of science, are considered. will be released. The attention paid to women and the opportunities given to them are recognized in our country.

Keywords: Gender equality, education, culture, enlightenment, social activism, leadership, organization, entrepreneurship, value, innovation, democracy, society, science, technology, rights and obligations.

Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, ularning huquqlari, burchlari, majburiyatlarini va manfaatlarini ta'minlash, munosib mehnat va turmush sharoitlarina yaratish, ularning intelektual va individual salohiyatlarini, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, jamiyatning ijtimoiy hayoti va davlat qurilish sohasidagi ishtiroklarini yuksaltirish, liderlik, tashkilotchilik, tadbirkorlik qobiliyat va salohiyatini qo'llab-quvvatlash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat hayotidagi turli sohalarda gender tengligini ta'minlashga katta e'tibor qaratilmoqda. Hammamizga ma'lumki, gender tengligi masalalari hamma madaniyatlarda ham neytral emas. Ya'ni gender tengligi masalalari qadriyatlarga singib ketgan tushuncha hisoblanadi. Turli qadriyatlarda gender tengligi masalalariga turlicha munosabat bildiriladi. Insonlarda etnik-ijtimoiy tafakkur ko'p asrlar mobaynida shakllanib borgan. Insoniyat tarixida turli davrlarda ayollarga nisbatan turlicha munosabatda bo'lishgan, ayollarga nisbatan zulm ko'rishlar mavjud bo'lgan. Arabistonda

qadimda qiz farzandlarni tiriklayin ko'mishday jaholatga asoslangan odatlar hukm surgan paytlar ham bo'lgan. Hindistonda esa eri vafot etgan ayollarning eri bilan birga gulxanda yoqilishga mahkum etilgan. Qadimgi Xitoyda esa oilada qiz farzandning tug'ilishiga falokar sifatida qaralgan. Tariximizning bir qancha davrlari mobaynida ayollarga erkaklarga berilgan imtiyozlarning bir qanchasiga ruxsat etilmagan. "Amerikada demokratiya" asarining muallifi, XIX asr fransuz gumanisti va faylasufi Aleksis de Tokvil bu xususda shunday fikr yuritadi: "Ba'zilar erkak va ayolni nafaqat tengligi, balki yaxlit ekanini ta'kidlaydilar. Ular erkak va ayolga bir xil huquqlarni beribgina qolmay, bir xil majburiyatlarni ham ularning zimmasiga yuklaydilar. Ular erkak va ayolni bir xil fikrlashi, mehnat qilishini istaydilar. Bu yaxshilikka olib kelmaydi, erkak va ayolning jins sifatida inqirozini keltirib chiqaradi, zaif erkaklarni va kuchli ayollarni paydo qiladi".

Sharq qadriyatlarida esa ayol kishi doimo erkak kishiga do'st, oqila, mehribon va oila tinchligining rahnamosi sifatida ulug'lab kelingan. Ayollarning jamiyatdagi, oiladagi, farzand tarbiyasidagi o'rni esa ko'plab sharq mutaffakkirlari tomonidan e'tirof etib kelingan. Ular oilaning tinch va osudaligi, farzandlarning tarbiyasi bevosita ayollarga bog'liq ekanligini ta'kidlashadi. Bu haqda buyuk adibimiz Abdulla Avloniy shunday deydi:-"Qizlar bilim olishga hammadan ko'proq intilishlari lozim, zero, bu bilimlar bilan ular kelajak avlodni tarbiyalaydilar".

Jahon hamjamiyatida xotin-qizlarning fan, texnika va innovatsion yutuqlardan teng va to'laqonli foydalanishlari uchun imkoniyat va imtiyozlar yaratish, ushbu yo'nalishda gender tengligi masalalarini ta'minlash BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2015-yil 22-dekabrda qabul qilingan "Taraqqiyot masalalaridagi fan, texnika va innovatsiyalar to'g'risidagi" rezolyutsiyasida belgilab qo'yilgan. Ushbu rezolyutsiyaga ko'ra 2016-yildan boshlab har yili 2016-yildan beri 11-fevral kuni "Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni sifatida nishonlab kelinadi. Yangi O'zbekistonda ham xotin-qizlar huquq va manfaatlarini, gender tengligi masalalarini, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash bo'yicha yangi islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda mamlakatimizda ayol kishi va erkak kishining teng huquqliligi, ular bajaradigan vazifalari doirasida bir xil miqdorda teng rag'batlantirilishitog'risidagi, onalikni muhofaza qilish kabi qator masalalarda qonunlar va

qarorlarning qabul qilinishi xotin-qizlarning huquqlarining huquqlarini himoya qilishning xalqaro-huquqiy asoslari bo'lib xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda jamiyatimizda ilmiy-texnikaviy faoliyat turlarida, ta'lim tizimida va shu kabi qator sohalarda xotin-qizlar juda faol ishtirok etib kelishmoqda. Olima ayollar tomonidan ta'lim, ilm-fan, ishlab chiqarish, sanoat va hattoki qurilish sohalarida ham izlanishlar olib borilib, ushbu sohalarga salmoqli hissa qo'shib kelinmoqda. Bu borada davlatimiz tomonidan ham ularga ko'plab imkoniyat va imtiyozlar yaratib berilmoqda. Ta'lim muassasalarida 2020-2021-o'quv yilida xotin-qizlarga 4% qo'shimcha grand ajratilganligi ham bunga yorqin misol bo'ladi. Bundan tashqari yurtimizda o'tkaziladigan "Olima ayollar grantlari" tanlovi ham ilm-fan sohasida xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashning misoli sifatida keltirish mumkin. Mamlakatimizda ilm-fan sohasiga va yashlarimiz ma'naviyatining rivojiga ulkan hissa qo'shayotgan juda ko'p ayollarni keltirib o'tish mumkin. Manashuning o'zi ham yurtimizda xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlarni tarannum etadi. Shuningdek, turli fan sohalarida tadqiqotlar amalga oshirgan ayollarga turli davlat mukofotlari, tadqiqot grandlari ta'sis etilgan.

Bilamizki, Sharq mamlakatlari tarixida ayollarning jamiyat va davlat hayotida katta ahamiyat kasb etganligini ko'rishimiz mumkin. Bugungi kunda ta'lim tizimida ham ayollarga juda ko'p imkoniyatlar yaratilmoqda. Ta'lim muassasalarida ta'lim tarbiya olishlari uchun imtiyozlar,

grandlar berilmoqda. Albatta, millat tarbiyachisi bo'lgan ayollarga bunday imkoniyatlarning yaratilishi, ular tarbiya va ta'lim beradigan kelajak avlodning ma'naviyatli va ma'rifatli yoshlar bo'lib yetishishida katta ahamiyat kasb etadi. Yaratilayotgan imkoniyatlar ayollarning jamiyat hayotida muhim masalalarda faol ishtirik etishlari uchun, ilmli va salohiyatli rahbar kadrlar bo'lib yetishishlari uchun, eng muhimi sog'lom fikrli, bilimli, ma'naviyati yuksak yosh avlodni voyaga yetkazishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ayollar va erkaklarning teng huquqli bo'lishi jamiyat taraqqiyotiga zarar emas, balki juda foydali. Zero, millat onalari ma'naviyatli bo'lsa, millat bolalari ham bilimli va zakovatli bo'ladi. Bu haqida "Oilada bir nafar qiz o'qib, oliy ma'lumotga ega bo'lsa, xonadondagi muhit butunlay o'zgaradi"-deydi prezidentimiz.

REFERENCES

1. BMTning "Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar to'g'risidagi" rezolyutsiyasi.

2. "Ilm-fan taraqqiyotida ayollarning o'rni".Mohira Xoliqova.2022-yil.

3. "O'zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim ahamiyati". Dildora Yo'lchiyeva.2023-yil.

4. https://www.gazeta.uz/oz/2023/03/07/womens/.

5. "Xotin qizlar jamiyat va davlat boshqaruvida". Fayzullayeva.K.A.2023-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.