Научная статья на тему 'TA’LIM TARBIYADA YOSH AVLODNING MILLIY VA UMUMINSONIY MA’NAVIYATDAGI O‘RNI'

TA’LIM TARBIYADA YOSH AVLODNING MILLIY VA UMUMINSONIY MA’NAVIYATDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
69
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TA'LIM / TARBIYA / MILLAT / MA'NAVIYAT / MA'RIFAT / G'OYA / MAFKURA / QADRIYAT / ILMU FAN / MADANIYAT / DIN

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Umarova Z.O.

Ushbu maqolada hozirgi vaqtda inson ongli holda o‘zi tanlagan, zaruriy deb bilgan va e’tiqod qilgan faoliyat turini dastur qilib olishi va uni ro‘yobga chiqarishi mumkinligi, ma’naviyat moddiy hayotning in’ikosi, ijtimoiy ehtiyojning hosilasi sifatida jamiyatni harakatlantiruvchi kuch ekanligi xususida fikrlar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE YOUNG GENERATION IN NATIONAL AND PUBLIC SPIRITUALITY IN EDUCATION AND EDUCATION

This article discusses the idea that a person can now consciously program and carry out the type of activity that he chooses, considers necessary and considers necessary, and that spirituality is a reflection of material life, the driving force of society as a product of social needs.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TARBIYADA YOSH AVLODNING MILLIY VA UMUMINSONIY MA’NAVIYATDAGI O‘RNI»

Umarova Z. O.

"Iqtisodiyot va menejment" kafedrasi katta o'qituvchisi

Jizzax Politexnika Instituti

TA'LIM TARBIYADA YOSH AVLODNING MILLIY VA UMUMINSONIY MA'NAVIYATDAGI O'RNI

Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi vaqtda inson ongli holda o'zi tanlagan, zaruriy deb bilgan va e 'tiqod qilgan faoliyat turini dastur qilib olishi va uni ro'yobga chiqarishi mumkinligi, ma'naviyat moddiy hayotning in 'ikosi, ijtimoiy ehtiyojning hosilasi sifatida jamiyatni harakatlantiruvchi kuch ekanligi xususida fikrlar bildirilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, millat, ma'naviyat, ma'rifat, g'oya, mafkura, qadriyat, ma'rifat, ilmufan, madaniyat, din.

Umarova Z.O. senior lecturer department of economics and management Jizzax Polytechnic Institute

THE ROLE OF THE YOUNG GENERATION IN NATIONAL AND

PUBLIC SPIRITUALITY IN EDUCATION AND EDUCATION

Annotation: This article discusses the idea that a person can now consciously program and carry out the type of activity that he chooses, considers necessary and considers necessary, and that spirituality is a reflection of material life, the driving force of society as a product of social needs.

Keywords: education, upbringing, nation, spirituality, enlightenment, idea, ideology, value, enlightenment, science, culture, religion.

Insonning qalbi va ongiga jo bo'lgan milliy ma'naviy-axloqiy negizlar uni butun umri davomida halol, pok, bilimli, xalq xizmatida bo'lishga, Vatan ravnaqi hamda taraqqiyotiga hissa qo'shishga, o'zining ongli va erkin mushohada qiluvchi shaxs sifatida kamol topishiga muttasil ravishda undaydi. I.A.Karimov ta'kidlaganidek: "...Bizning o'z oldimizga qo'ygan maqsadimiz esa, bunday ulug' zotlarning hayot yo'li va qoldirgan merosini to'liq tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk namoyandalari timsolida ma'rifat, ilmu fan, madaniyat, din kabi sohalarning barchasini o'zida uyg'unlashtirga n xalqimizning ma'naviy olami naqadar boy va rang-barang ekanini isbotlab berishdan iboratdir. Bundayo noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur o'rganish, uning ma'no-mazmunini farzandlarimizga yetkazish masalasi barchamiz, birinchi navbatda, ziyolilarimiz, butun jamoatchiligimiz uchun ham qarz, ham farz bo'lishi shart, deb hisoblayman"[1].

Vatanimiz kelajagi bo'lgan yoshlarga hozirgi zamon talablari darajasida bilim va tarbiya berish, ularni yuksak ma'naviyatli, ongi har qanday salbiy ta'sirlarga nisbatan bardoshli qilib voyaga yetkazish - bugungi kun ta'lim muassasalarining asosiy vazifasidir, chunki faqat ana shunday insonlargina kelajakda odil jamiyat poydevorini yarata oladilar.

Turli millatlar ma'naviyatining o'ziga xosligi kamalakdagi turli ranglar tovlanishiga monand bo'lib, ular bir-birini to'ldiradi, boyitadi, ammo inkor etmaydi, bir so'z bilan aytganda, ma'naviyat ellarni zidlashtirmaydi, balki birlashtiradi. Aslida umuminsoniy qadriyatlarni biror-bir alohida xalq yaratmaydi, bu qadriyatlarni har bir xalq, har bir elat o'z tarixiy tajribasi bilan asta-sekin shakllantirib boradi va o'zaro turlicha munosabatlar jarayonida elatlar, millatlar bir-birini tushunib, o'zaro ma'naviyatlaridagi umumiy jihatlarni tadrijiy anglab boradi.

Butun dunyo xalqlari bir-birini tushunib yashashga intilmog'i lozim. Dushmanlik, g'ayr ko'zi bilan qarash emas, mehr bashariyatni birlashtiradi. Bu ulug' haqiqatni bizning ajdodlarimiz allaqachon anglab yetganlar. Ammo o'zgani tushunish uchun, o'zgaga mehr ko'zi bilan boqish uchun, avvalo, inson o'zligini anglab yetmog'i kerak. O'zligini anglamagan zot hech qachon o'zgani tushunmaydi, uni xolis qabul qilmaydi. Asli milliy ma'naviyatimizga bugungi ayricha e'tibor ham ushbu o'zligimizni anglab yetishga bo'lgan kuchli eht iyoj natijasidir. Biz milliy urf-odatlarimiz, marosimlarimizga baho bermoqchi bo'lsak, butun insoniyat manfaatlari nuqtai nazarini, alohida shaxs erkinligi, Vatan va millat manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz majmuini yaxlit uyg'unlikda olib qaramog'imiz talab etiladi. Agar shu uyg'unlikka mohiyatan muvofiq bo'lsa, yoxud loaqal unga zid bo'lmasa, demak, maqbul, ammo insonlararo ziddiyat tug'dirsa, nifoq solsa, yoki o'zga shaxs erkini bo'g'sa, Vatan va millat manfaatlariga zid bo'lsa, demak, maqbul emas. Ammo milliy ma'naviyatimizni qadrlashimiz, uni rivojlantirishga urinishimiz, kimlardir talqin qilmoqchi bo'layotganidek, o'zga xalqlar madaniyatini mensimaslik yoki milliy xudbinlikka berilishni anglatmaydi, balki uzoq yillik qaramlik asoratidan qutulib o'zligimizga qaytish, o'zligimizni anglab yetishga urinishni bildiradi. "Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma'naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o'sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi" [2].

Yoshlarimizning ma'naviy olamida bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg'usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur. Bu esa har birimizning farzandlarimiz, yosh avlodning ma'naviy-axloqiy kamoloti, g'oyaviy chiniqishiga, har hil buzg'unchi g'oya va mafkuralarga qarshi murosasiz kurashchi ruhida tarbiyalashga mas'uliyat bilan yondashishga undaydi. Aynan farzandlarning kamoloti - ertangi kunda barchamizning tinch hayotimizni ta'minlaydi. Buning uchun ularni milliy g'oya ruhida tarbiyalash, ularga hurlik, ozodlik, demokratik tamoyillarga asoslangan

jamiyat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyat asoslari haqida tushuncha berish barchamizning burchimizdir.

O'zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo'lidan borar ekan, o'z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog'lagan, o'sib kelayotgan avlod va bo'lajak mutaxassislarning ma'naviy shakllanishiga alohida e'tibor qaratmoqda.

Dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri Yaponiya, Janubiy Koreya tarixiga nazar qarasak, milliy g'oya xalqni safarbar qilib, vayronaga aylangan bu mamlakatlarni yuksak rivojlangan davlatga aylantirdi. Chunonchi, endi yuksalish navbati O'zbekistonga keldi. Chunki yapon, koreyslar o'z baxtini o'z qo'llari, aqli, innovasiyalari bilan yaratishdi. Hech kim chetdan kelib ularni baxtli qilgani yo'q. Milliy g'oya ularni inontirdi, ishontirdi, safarbar qildi. Biz mana shunday xorijiy tajribalar asosida milliy g'oyamiz zamonning yangi talablari asosida xalqimizni "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari" olib bormoqda. Zero Vatanning baxtli kelajagini ko'rsatib, zavqlantira olmaydigan g'oya millatni safarbar qila olmaydi. Shuning uchun Oliy Majlisga Murojaatnomada "Milliy g'oya nima uchun kerak?", degan savolni o'rtaga tashlagan Prezident Shavkat Mirziyoev "Vatanni sevish uchun", deb javob berdi. Bularning barchasi yoshlar, xususan millatning bo'lajak ziyolilari qatlami - yoshlarni g'oyaviy tarbiyalashga davlat tomonidan ifodalangan ijtimoiy buyurtma bo'lib hisoblanadi. Bunda "Avvalambor, «ommaviy madaniyat» ko'rinishida kirib kelayotgan turli tahdidlar, giyohvandlik, diniy ekstremizm, missionerlik kabi balo qazolardan yoshlarimizni asrash, ularning ta' lim-tarbiyasiga har birimiz mas'ul ekanimizni hech qachon unutmasligimiz kerak [3]".

Binobarin, bu ruh insonni uyushtiradi va ilxomlantiradi, orzu xavaslar sari etaqlaydi. Ma'naviyat aqlli munosabat, jur'at, ongli kurash asosi hamdir. Ma'rifatli xalqning ruhi sog'lom, niyati pok, tilagi ezgu bo'ladi. Va aksincha ma'rifatsizlik xalqni jaholat botqog'iga botishiga sabab bo'ladi. Inson ongli holda o'zi tanlagan, zaruriy deb bilgan va e'tiqod qilgan faoliyat turini dastur qilib olishi va uni ro'yobga chiqarishi mumkin. Ma'naviyat moddiy hayotning in'ikosi, ijtimoiy ehtiyojning hosilasi sifatida jamiyatni harakatlantiruvchi kuchdir [4].

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, inson har doim o'z qalbiga quloq tutishi, uning unsiz sadosini tinglay bilishi hayotiy zaruratga aylanishi zarur. Kishilar ongli faoliyat davomida ma'naviyat jamiyat hayotida nakadar muhim o'rin tutishini yaqqol his qila bilishlari kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Karimov I.A. "Yuksak ma'naviyat - engilmas kuch" - T., Ma'naviyat, 2008, 28-bet.

2. A.Allaniyazov "Mustaqillik sharoitida xalqimizning g'oyaviy tarbiyalanishining dolzarb masalalari" mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy anjuman materiallari 5 may 2020 yil, 59-63 betlar.

3. Sh.M.Mirziyoev "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz". T.: «O'zbekiston» - 2017. 29-b.

4. G.A.Haydarova, K.U.Pardaeva, B.N.Gapparov "Xalq pedagogikasi", "Tafakkur" nashriyoti, Toshkent. 2009 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.