Научная статья на тему 'GLOBALLASHUVNING MILLIY MA’NAVIYAT BILAN O‘ZARO MUNOSABATLARI'

GLOBALLASHUVNING MILLIY MA’NAVIYAT BILAN O‘ZARO MUNOSABATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
471
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Globallashuv / tarbiya / ma’naviy-axloqiy tarbiya / g’oya / milliy g’oya / teatr / meros / ong / terorizm / ekstrimizm / aqidaparast / odam savdosi / narkobiznes. / Globalization / education / spiritual and moral education / idea / national idea / theater / heritage / consciousness / terrorism / extremism / fanaticism / human trafficking / drug business.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — A. Teshaboyev

Mazkur maqolada globallashuvning turli xil mintaqalardagi davlatlarning turmush tarziga ko’rstayotgan salbiy ta’sirlari, ularni oldini olish uchun ajdodlarimizning milliy merosidan foydalanish, teatr san’ati va kiyinish madaniyatiyatlarining milliy g’oyani tiklashdagi axamiyatlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERACTIONS OF GLOBALIZATION WITH NATIONAL SPIRITUALITY

This article presents the negative effects of globalization on the way of life of countries in different regions, the use of the national heritage of our ancestors to prevent them, the significance of theater art and clothing cultures in restoring the national idea.

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUVNING MILLIY MA’NAVIYAT BILAN O‘ZARO MUNOSABATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

GLOBALLASHUVNING MILLIY MA'NAVIYAT BILAN O'ZARO MUNOSABATLARI

Teshaboyev Alixoja Ibragimovich

Zangiota tumani 23-maktab o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7315588

Annotatsiya. Mazkur maqolada globallashuvning turli xil mintaqalardagi davlatlarning turmush tarziga ko'rstayotgan salbiy ta 'sirlari, ularni oldini olish uchun ajdodlarimizning milliy merosidan foydalanish, teatr san'ati va kiyinish madaniyatiyatlarining milliy g'oyani tiklashdagi axamiyatlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Globallashuv, tarbiya, ma'naviy-axloqiy tarbiya, g'oya, milliy g'oya, teatr, meros, ong, terorizm, ekstrimizm, aqidaparast, odam savdosi, narkobiznes.

ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ ГЛОБАЛИЗАЦИИ С НАЦИОНАЛЬНОЙ ДУХОВНОСТЬЮ

Аннотация. В данной статье представлены негативные последствия глобализации для образа жизни стран разных регионов, использование национального наследия наших предков для их предотвращения, значение театрального искусства и культуры одежды в восстановлении национальной идеи.

Ключевые слова: Глобализация, образование, духовно-нравственное воспитание, идея, национальная идея, театр, наследие, сознание, терроризм, экстремизм, фанатизм, торговля людьми, наркобизнес.

INTERACTIONS OF GLOBALIZATION WITH NATIONAL SPIRITUALITY

Abstract. This article presents the negative effects of globalization on the way of life of countries in different regions, the use of the national heritage of our ancestors to prevent them, the significance of theater art and clothing cultures in restoring the national idea.

Keywords: Globalization, education, spiritual and moral education, idea, national idea, theater, heritage, consciousness, terrorism, extremism, fanaticism, human trafficking, drug business.

KIRISH

Jamiyatning globallashuvi, integratsiyalashuvi, axborotlashuvi va ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida insoniyat taraqqiyotining jadal suratlar bilan rivojlanayotgan intellektual salohiyati, turli mamlakatlarda yashayotgan elat, millat va xalqlarning iqtisodiyotini yaxshilashga xizmat qilgan bir paytda xalqlarning milliy identikligi (milliy o'zlikni anglash) jarayoniga bepisandlik munosabatida bo'lish - xalqning milliy o'zlikni yo'qotish xavfini kuchaytiradi. Natijada uning o'rnini hech narsa bilan to'ldirishni imkoni bo'lmaydi. [3, -Б. 676-688].

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Globallashuvning insonlar, millatlar, mamlakatlar va mintaqalarga o'tkazayotgan salbiy ta'siri bugunning o'zida yaqqol namayon bo'lmoqda.

Ammo bugungi kunda globallashuv tufayli dunyoda shakllanayotgan yangi qadriyatlar bilan insoniyat orttirgan hayotiy tajriba o'rtasidagi uzviylikning muayyan darajada buzilishi, turli xil tahdidlarning hozirgi holati jarayonida o'zgarayotgan identiklik muammosini maxsus tadqiq etish zaruratini taqozo etmoqda. [4, -Б. 29-32]

U iqtisodiyoti yuksak taraqqiy qilgan yirik mamlakatning yetakchiligini ta'minlashga, ularning kam taraqqiy qilgan yoki endi taraqqiyot yo'liga kirayotgan mamlakatlar resurslarni qo'lga kiritish imkoniyatini kuchaytirmoqda. Siyosat sohasida xuddi ana shu mamlakatlarning o'zlarining demakratik qadriyatlarni ommalashtirishga xatto kuch ishlatish yo'li bilan bo'lsa ham

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

millatlar, halqlar va mamlakatlar hayotiga joriy qilishdek mudhish amaliyotni qo'llash imkoniyatini ham kengaytirmoqda. Bu jarayonning milliy-ma'naviy hayotga, ahloqiy qadriyatlar, urf-odat va an'analarning yemirilishiga o'tkazayotgan ta'siri ayniqsa shiddat bilan rivojlanmoqda.

Bu salbiy jarayonning bugungi oqibatlarini Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq Bosh sekretari Kofe Anan shunday baholagan edi: "millionlab va millionlab fuqarolar o'zlarining shaxsiy tajribalaridan shunga amin bo'lmoqdalarki, globallashuv taqdirning mukofati emas, balki ularning moddiy farovonligini yoki ularning odatga aylanib qolgan turmush tarzini barbod qiluvchi kuchdir.

Bu fikrning aytilganiga 15 yildan ortiq vaqt o'tdi. Ammo, ana shu vaqt davomida bu jarayon to'xtashi nari yoqda tursin, xatto susayotgani ham yo'q, uning o'ringa shiddat bilan rivojlanmoqda.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, "Yosh avlodning ongini salbiy ta'sirlardan himoya qilish, adashganlarni to'g'ri yo'lga qaytarish o'zini vatanparvar deb hisoblaydigan har bir o'zbekiston fuqarosi, ayniqsa yoshlarning asosiy burchi bo'lib qolishi shart" - deb te'kidladilar. [1, -E. 55].

TADQIQOT NATIJALARI

Darhaqiqat yurtboshimiz aytganlaridek o'quvchi yoshlarimizni boshqa xalqlar madaniyatining salbiy ko'rininshlaridan ehtiyot bo'lishi va ularning ta'siri ostiga tushib qolmasligiga harakat qilishimiz lozim. Zero hozirgi kunda biror ma'naviyat yo'qki, u boshqa xalqlar ma'naviyatidan oziqlanmagan bo'lsin. Boshqa xalqlarning ilg'or ma'naviyatidan foydalangan xalq yuksalish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati va ma'naviyati ham xalqaro savdo yo'lida joylashganligi sababli Sharq va G'arb madaniyatidan foydalangan. Ularning ijobiy tomonlarini o'zlashtirgan, ijodiy foydalangan, takomillashtirgan va yanada rivojlantirgan. Buni ma'naviyatning tarkibiy qismi bo'lgan ilm-fan, diniy e'tiqod, san'at, musiqa sohasida ko'rish mumkin.

Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino va Forobiylar o'z tadqiqotlari uchun Xitoy, Hindiston, Eron, Arab, Yunon va Rum fani yangiliklaridan foydalanganlar. Hatto shu xalqlarning tillarini puxta o'zlashtirganlar. Ular shu xalqlarning ilmiy yangiliklarini o'rganib qolmay, ularni o'z ixtirolari bilan ijodiy rivojlantirib, ilm - fan sohasida olamshumul kashfiyotlar qilganlar. Demak, milliy g'oyamiz jahon xalqlarining ma'naviy ta'siri tufayli rivojlanib borgan.

Xuddi shunday, XX asr boshida o'zbek adabiyotida dramaturgiya janri hali shakllanmagan edi. Demak, o'sha paytda milliy teatr san'ati ham deyarlik yo'q edi. Munavvarqori, Behbudiy, Fitrat singari ilg'or ziyolilarning sa'i - harakati bilan o'zbek dramaturgiyasi shakllandi, keyinchalik teatr san'ati ham vujudga keldi. O'sha paytda teatr san'ati, estrada san'ati o'zbek xalqi uchun yot narsa, deb unga qarshi chiqqanlar ham oz emasdi. Hozirgi vaqtda teatr va estrada san'ati ma'naviyatimizning tarkibiy qismiga aylandi. Kino, fotografiya san'ati ham xuddi shunday edi. Yot g'oyalardan himoyalanishning eng samarali yo'li, ularga qarshi g'oyaviy kurashdir. Ayni vaqtda biz o'z g'oyalarimiz, an'analarimiz va turmush tarzimizni dunyoga yoyish, jahon xalqlarini tanishtirish uchun ham harakat qilishimiz kerak. Yurtimizdan chiqqan buyuk allomalar o'z kashfiyatlari bilan dunyoga tanilgan, jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan. Bu traditsiya yana davom qildirilmog'i kerak.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Al-Xorazmiy, Beruniy, Ulug'bek, Ibn Sino kabi buyuk allomalarimizning ilmiy kashfiyotlari shu kunlarda ham jahon ilm-fani taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda.

Ajdodlarimiz tarixi jahon xalqlari ma'naviyatiga hurmat bilan qarash, kerakli joylarini o'rganib, ijodiy rivojlantirish orqaligina ma'naviyat cho'qqisiga erishish mumkinligidan guvohlik beradi. Mening nazarimda bizga hozirgi kunda ana shu ijodiy yondashuv yetishmayotganday. Bizga ta'sir o'tkazayotgan yoki ta'sir o'tkazmoqchi bo'layotgan g'oyalarning qay birini qabul qilish va qay birini rad etish lozimligini aniqlash uchun jiddiy tahlil lozim. Ana shunday tahlilni o'tkazish uchun esa ba'zan erinchoqligimiz, ba'zan uquvsizligimiz xalaqit bermokda. Buning oqibatida qabul qilish kerak bo'lgan g'oyalarni rad etish va rad etish lozim bo'lgan g'oyalarni qabul qilish hollari ham uchrab turibdi.

Shunday g'oyalar borki, ular ochiq chehra bilan eshigimizni ta qillatib, kirib keladi. Shunday g'oyalar ham borki, ular o'g'ri kabi kechasi tuynukdan tushish adi.

Eshik qoqib keladigan g'oyalar milliy ma'naviyatni boyitishga, rivojlantirishga xizmat qiladi. Chunki, milliy ma'naviyatlar o'zaro ta'sir jarayonida rivojlanadi. Har qanday xalq ma'naviyati rivojiga nazar tashlansa uning boshqa xalqlar udum va an'analarini o'zlashtirish va moslashtirish orqali rivojlanganini ko'rish mumkin.

O'zbek milliy ma'naviyati ham uzoq va yaqindagi qo'shnilarning ilg'or an'analarini o'zlashtirish natijasida rivojlanib boradi. Ma'naviyatimizning rivojlanish tarixini kuzatsak, bunga yana bir bor ishonch hosil qilish mumkin. XX asr boshlaridagi o'zbek madaniyati va ma'naviyati va uning asr oxiridagi holati o'rtasida ancha jiddiy tafovut bor. Bu tafovutni adabiyot, san'at, fan, hatto oddiy yurish-turish va kiyim-kechak sohalarida ham kuzatish mumkin.

XX asr boshida o'zbek adabiyotida dramaturgiya janri hali shakllanmagan edi, demak milliy teatr san'ati to'g'risida so'z ham yurigi zish mumkin emas edi. Munavvar qori Abdurashidxonov, Mahmudxo'ja Behbudiy, Fitrat singari ma'rifatparvarlarning sa'y-harakatlari tufayli dramaturgiya shakllana boshladi va keyinroq teatr san'ati vujudga keldi. O'sha paytlarda teatr san'atini o'zbek millati uchun yot, begona g'oya deb e'lon qilganlar oz emas edi. Dramaturgiya va teatrni rad qilish faqat dahanaki tanqid bilan chegaralanmagan edi. San'atning bu turlarini O'zbekistonga olib kirishga harakat qilayotgan insonlarni mazax qilish, masxaralash, xatto sazoyi qilish o'zlarini milliy ma'naviyat himoyachilari, deyuvchilar tomonidan amalga oshirilgan edi. Hamma narsa uchun oliy hakam hisoblanadigan vaqt esa, teatr san'ati milliy ruhiyatimiz va ma'naviyatimizga yot, deyuvchilarning o'zlari milliy ma'naviyat rivojiga g'ov ekanini ko'rsatdi. Hozirgi kun da har million kishiga hisoblaganda teatrlar soni bo'yicha O'zbekiston dunyodagi eng ilg'or o'rinlardan birini egallaydi va teatr san'ati o'quvchi yoshlarimizning axloqiy-ma'naviy jihatdan tarbiyalashda milliy ma'naviyatimizning uzviy qismiga aylangan.

Milliy kiyimlar ham milliy qadriyatlardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda ommoviy madaniyat ta'sirida milliy ma'naviyatimizga to'g'ri kelmaydigan kiyinish madaniyatining kirib kelishi va o'quvchi yoshlarimizning ma'naviy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatayotg anini teran fikrlaydigan har qanday odam kuzatishi mumkin.

Shu bilan birga, bugun millatlar, xalqlar va oddiy insonlar globallashuvning natijasi o'laroq kuchli informatsion bosim ostida yashashga majbur bo'lmoqdalar. Bu bosim turli shakl va uslublarda tashkil qilinmoqda. Jumladan, turmush tarzini, "yuksak" demokratik qadriyatlarini, turli hildagi milliy ma'naviyatimizga zid internet o'yinlari, boshni aylantiruvchi, quloqni garang

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qiluvchi qo'shiqlar, odamlarni o'ldirish, qirib tashlash, portlatishni namoyish etuvchi, kinofil'mlarini televideniya, kompyuter, internet va uyali telefonlar orqali tashviqot hamda targ'ibot qilinmoqda. Ehtimol ularni tarqatayotganlar uchun bu mahsulotlar hozirgi davrning yangi qadriyatlari bo'lishi mumkin. Ammo, o'zligiga qaytayotgan millatlar manfaatlariga ziddir. Afsuski, ular taraqqiy qilgan mamlakatlar tomonidan qudratli vositalardan foydalanilgan holda shunday ustalik bilan tashviqot qilinmoqdaki, bu maxsulotlar hayotiy tajribasiga ega bo'lmagan va har qanday yangilikka qiziquvchan yoshlarning o'zlashtirishi, o'zlarning ma'naviy boyligiga aylantirishga intilishi oqibatida endi taraqqiyot yo'liga kirgan mamlakatlar xalqlarining milliy-ma'naviyatiga singib bormoqda.

Aslida yuqorida takidlanayotgan tashviqotlardan ko'zlangan maqsad ham: a) katta foyda olish, u yoki bu mamlakatning iqtisodiyoti va moddiy resurslarini qo'lga kiritish; b) milliy-ma'naviyatini egallash, o'z urf-odat, an'ana, ahloqiy qadriyatlari o'zgalar ongi va qalbiga singdirishda; v) ularni amalga oshirish yo'li bilan o'zga millatni ma'naviy qashshoq, o'zligidan mahrum bo'lgan manqurtga aylantirishdan iboratdir.

Tarixiy taraqqiyot tajribalari ko'rsatdiki, ma'naviy qashshoq va o'zligidan mahrum bo'lgan maqurt millat zaif, itoatkor o'zgalar izmidan yuradigan "beozorgina" bo'lib qolaveradi. Buning oqibatida millatning nafaqat milliy-ma'naviy hayoti barbod bo'ladi, shuningdek uning mustaqilligi ham qo'ldan ketadi va iqtisodiy hayoti ham o'zgalarning xoxish-irodasi bilan boshqariladigan bo'ladi.

Shu o'rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev, "globallashuv va axborot hurujlari, turli buzg'unchi g'oyalar ta'sirida milliy o'zlik va ma'naviy qadriyatlarimizga qarshi taxdid va xatarlar toboro kuchaymoqda. Hudbinlik, ya'ni faqat o'zini o'ylash, hayotga, mehnatga, oilaga yengil qarash, iste'molchilik kayfiyati singari illatlar turli yo'llar bilan aholi, ayniqsa yoshlar ongiga singdirilmoqda. Terrorizm, ekstrimizm, transmilliy kiber jinoyatchilik, odam savdosi, narkotrafik kabi tahdidlar xavfi toboro ortib bormoqda. Milliy ma'naviyatimizga mutlaqo begona bo'lgan zarali g'oyalar, tushuncha va qarashlar chegarani buzmasdan, bildirmasdan ta'bir joiz bo'lsa, "chaqirilmagan mehmon" bo'lib honadaonimizga, jamiyatimizga, eng yomoni murg'ak bolalarimizning pokiza qalbi va ongiga kirib kelayotganidan ham ko'z yuma olmaymiz" - deya ta'kidladilar. [1, -Б. 40]

Shuning uchun ham o'zligimizni anglash, milliy qadriyatlarimizni yot, begona va zararli, buzg'unchi g'oyalardan saqlab qolishda milliy g'oya eng ishonchli vositadir. Milliy o'zlikni anglash-millat va har bir millat vakilining umumiy madaniy negizga, til, madaniyat, tarixiy meros, ruhiyatga, urf-odat va an'analarga mansublik va o'z o'rnini idrok etishdir. [5, -Б. 469473].

MUHOKAMA

Milliy g'oyaning negizlari chuqur, u avvalo o'tmishdagi boy madaniy merosimizga hamda ezgu g'oyalardan oziqlanadi. Ularni chuqur o'rganish, tahlil qilish talab etiladi. Yana milliy g'oya tamoyillarini xalqning, ayniqsa, o'quvchi yoshlarning ongi va qalbiga singdirish lozim. Ammo bu birdaniga hal qilinadigan oson ish emas. Buning uchun muayyan, zamin tayyorlash kerak. Shu maqsadda qator ishlar amalga oshirildi, milliy qadriyatlarimiz, an'analarimiz, milliy urf-odatlarimiz, tariximiz, e'tiqodimiz, muqaddas dinimiz, milliy g'ururimiz tiklandi. Ya'ni milliy g'oyaning shakllanishi va rivojlanishi uchun zamin, sharoit vujudga keladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Millat omilining elatdan farqi shundaki, qaysidir millatga mansub kishi iqtisodiy va madaniy munosabatlar ta'sirida belgilangan urf-odat, udum, an'ana va qadriyatlarlarning umumiyligi ostida milliy ong mushtarakligi va samaradorligini oshiradi. [6, -B.II3-II5].

Yana zarur nazariy va amaliy ishlar, ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi, adabiyotlar nashr qilindi. Shuningdek, milliy g'oyani targ'ibot va tashviqot qilishga e'tibor kuchaydi. Biroq milliy g'oyani e'tiqodga aylantirish uchun buning o'zi yetarli emas. Chunki u har bir odamning ishonchiga, e'tiqodiga, eng muhimi amaliy faoliyatiga aylanishi kerak. Zero, jahondagi globallashuv jarayoni shuni taqozo etmoqda. Milliy g'oya odamlar ongi va xotirasidagi g'oyadan amaliyotga, hayotga aylansagina milliy ma'naviyatni, milliy o'zlikni har qanday tashqi tajavuzlardan, tahdidlardan himoya qiladigan qudratli kuchga aylanadi. Bu haqda birinchi Prezidentimiz Islom Karimov "Bu boradagi eng muhim vazifa shundan iboratki, har qaysi fuqaro, har qaysi inson jamiyat taraqqiyoti va uni yangilashga, ma'naviy hayotimizni turli tahdid va xurujlardan himoya qilish masalasiga bo'lgan o'z burchi va mas'uliyatini aynan ana shu asosda aniqlab olishi zarur", - deb ta'kidladilar. Bu yo'lda yoshlarimizga tariximizni, bobokalonlarimizning ilm-fanga qo'shgan buyuk xizmatlarini to'g'ri tushuntira olishimiz ham ma'naviy tahdid va xurujlardan himoyalanishimizga olib keladi. [7, -Б. 5477-5489].

Milliy g'oyaning amaliyotga aylanishi haqida so'z borar ekan, bu jarayon qanday amalga oshadi? Bu ham hayotiy masala. Chunki inson ongida bir paytda o'nlab g'oyalar - diniy, siyosiy, ilmiy, badiiy va boshqa g'oyalar bo'lishi mumkin. Shaxs esa ana shu g'oyalarning eng muhimini, o'zi uchun zarur, deb bilganini hayotga tadbiq qiladi. G'oyalarni saralashda, tanlashda shaxs foydalanadigan mezonlarning eng muhimi, tanlab olingan g'oyani shaxs, millat, xalq va jamiyat manfaatiga, ehtiyoji va e'tiqodiga mosligidir. E'tiqod shaxs ongida juda muhim o'rin tutadi. Insonning hayot tarzi, intilishi e'tiqodi bilan bog'liq. E'tiqodga mos kelmaydigan g'oyalar rad etiladi. Yana shunday holat ham bo'ladiki, inson ongiga kirib keladigan g'oya undagi e'tiqodni mustahkamlaydi yoki bo'shashtiradi, ba'zan esa shu g'oya e'tiqodga aylanadi.

Mustaqillikdan keyin yurtimizda keng ko'lamda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Mulk xususiylashtirildi, ijtimoiy - siyosiy hayot erkinlashtirildi. Insonning ma'naviy kamolotini ifodalab beruvchi fazilatlardan va jamiyatning yangilanishini ta'minlab beruvchi omillardan biri-bu Vatanga muxabbat tuyg'usini his qilabilishlikdir. [8, -Б. 42G-423]

Ma'naviy hayot sohasida odamlar mustaqil fikrlashga o'rgatildi, ular e'tiqodga aylangan mustabid tuzum g'oyalaridan xolos bo'la boshladi. Bunda milliy g'oya ishonchli qurol vazifasini bajara boshladi. Jamiyat a'zolarining milliy g'oya tamoyillaridan xabardor bo'lishi yetarli emas, milliy g'oyani ishonch va e'tiqodga aylantirish dolzarb vazifa edi. Bu siz eski g'oyaviy sarqitlardan qutulib bo'lmaydi. G'oyaning e'tiqodga aylanishi, uning amaliyotga o'tishidagi muhim bosqichidir.

E'tiqod qanchalik kuchli bo'lsa, inson uni amaliyotga aylantirish uchun shunchalik ehtiros bilan harakat qiladi. Ana shunda inson butun qobiliyati, imkoniyati va hatto hayotini ham ana shu maqsadga safarbar etadi. O'tmish tarximizda Shiroq, To'maris, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro kabi milliy qahramonlarimiz faoliyati bunga misol bo'ladi. Ular yurt ozodligi, mustaqilligi yo'lida o'z hayotini baxshida qilgan qahramonlardir. [9, -Б. 2278-3G75]

Birinchi Prezidentimizning yuqorida qayd etilgan "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida mustaqilligimizni ta'minlash, milliy qadriyatlarimizni saqlab qolish uchun totalitar tuzum zo'rovonligiga qarshi o'zlarini bag'ishlagan Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat, Yahyo G'ulomov, Ozod Sharafiddinov kabi jasur insonlarning nomi xurmat bilan tilga olinadi. "Kundalik hayotda jonkuyar bo'lish, har kuni fidoiylik ko'rsatish, ruxan hech qachon bukilmay, bu fazilatni xayot qoidasi darajasiga ko'tarish, ochiq aytish lozimki, bu hammani ham qo'lidan kelavermaydi. Buning uchun insonga buyuk qalb va metan iroda kerak", - degan edi Islom Karimov. [2,-Б. 45]

XULOSA

Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki g'oyaviy e'tiqodning asosini bilim, his - tuyg'u va or - nomus tashkil qiladi. Ular bo'lmasa g'oyaviy e'tiqod ham shakllanmaydi. Ilm - ma'rifat insonda e'tiqodni mustahkamlaydi. "O'z milliy g'oyasiga tayanmagan jamiyat inqirozga duchor bo'lishi, o'z yo'lini yo'qotib qo'yishi turli hildagi yot g'oyalar ta'siriga tushib qolishi muqarrarligini unutmasligimiz lozim. Milliy g'oyaning ishonch va e'tiqodga aylanishi insonlarning, o'quvchi yoshlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlariga, ma'naviy merosi, urf - odat va an'analariga, milliy tili va tarixiga, Vatan mustaqilligiga sadoqati bilan belgilanadi.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev "YANGI O'ZBEKISTON STRATEGIYASI". - Toshkent "O'zbekiston" nashriyoti, 2021.Б.55.,40

2. Karimov I. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T "O'zbekiston", 2008. Б-45.,40

3. Kadirova H. The Place Of Karakalpak Ethnoculture In The Integration Of Society //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 04. -С. 676-688.

4. Кадирова Х. Б. Главная духовная ценность и личность человека //ФЭн-наука. - 2015. -№. 1. - С. 29-32.

5. Kadirova Y. B. The Advantages of Improving Students' Civic Literacy in Building a Democratic State Governed by the Rule of Law //International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding. - 2021. - Т. 8. - №. 5. - С. 469-473

6. КАДИРОВА Х. МИЛЛИЙ ИДЕНТИКЛИКГА ИЖТИМОИЙЛАШУВ, МАДАНИЙ, ТАРИХИЙ МЕРОС ВА ТИЛНИНГ ТАЪСИР ЭТИШ ХУСУСИЯТЛАРИ //UNIVERSITETI XABARLARI, 2022, Б.113-115 [1/9] ISSN 2181-7324.

7. Buvabaevna K. Y. Issues of Civil Literacy Development in the Education System //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. - 2021. - С. 5477-5489.

8. Kadirova Y. LOVING THE COUNTRY IS FAITHFUL //Science and innovation. - 2022. -Т. 1. - №. B4. - С. 420-423.

9. Kadirova H., Akhmedova F. Sociological Analysis of the Nation's Identity, the Levels of Feeling the National Identity in Uzbekistan //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN. - С. 2278-3075.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.