Научная статья на тему 'Ta’lim sohasidagi islohotlarni moliyaviy ta’minlash masalalari'

Ta’lim sohasidagi islohotlarni moliyaviy ta’minlash masalalari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
22
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
moliyalashtirish / ta’lim tizimi / ta’lim tizimi moliyalashtirish / ta’lim tizimi moliyalashtirish manbalari

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nodirjon Muxammadkozimovich Sotvoldiyev

Mazkur maqolada ta’lim sohasidagi islohotlarni moliyaviy qoʻllabquvvatlashning dolzarbligi, ta’lim tizimidagi islohotlarni moliyalashtirishning hozirgi holati va ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni moliyalashtirishdagi muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Ta’lim sohasidagi islohotlarni moliyaviy ta’minlash masalalari»

Ta'lim sohasidagi islohotlarni moliyaviy ta'minlash masalalari

Nodirjon Muxammadkozimovich Sotvoldiyev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Marg'ilon bank-moliya

texnikumi

Annotatsiya: Mazkur maqolada ta'lim sohasidagi islohotlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlashning dolzarbligi, ta'lim tizimidagi islohotlarni moliyalashtirishning hozirgi holati va ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni moliyalashtirishdagi muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan.

Kalit so'zlar: moliyalashtirish, ta'lim tizimi, ta'lim tizimi moliyalashtirish, ta'lim tizimi moliyalashtirish manbalari

Financial support issues for improving reforms in the

education sector

Nodirjon Mukhammadkozimovich Sotvoldiyev Margilan Bank and Finance College under Tashkent State University of

Economics

Abctract: The article discusses the importance of financial support in strengthening reforms in the education sector, the current state of financialization of educational reforms, and solutions to the issues and challenges in financing ongoing reforms in the education sector.

Keywords: financialization, education system, financialization of the education system, sources of financing for the education system

KIRISH

Rivojlangan davlatlar tajribasiga e'tibor qaratsak, taraqqiyotga erishish uchun islohotlar, avvalo, ta'lim sohasidan boshlanganiga guvoh bo'lamiz. Chunki yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga ustuvor vazifa sifatida qaragan har qanday mamlakat, shubhasiz, kelajak poydevori mustahkamligiga erishadi. Ta'lim sohasidagi islohotlarni moliyaviy ta'minlash juda muhim, chunki ta'lim tizimidagi o'zgarishlarni amalga oshirish va davom ettirish uchun yetarli mablag' zarur. Resurs yetarli bo'lmasa, islohotlar o'z oldiga qo'yilgan maqsadlarga erisha olmay qolishi, ta'lim sifati, o'qituvchilar malakasini oshirish, infratuzilma va talabalarning umumiy natijalariga ta'sir qilishi mumkin. Moliyaviy jihatlarni hal qilish islohotlar ta'lim standartlari va ulardan

foydalanish imkoniyatlarini samarali oshirishi, yaxshi faoliyat yurituvchi va adolatli ta'lim tizimining uzoq muddatli rivojlanishiga hissa qo'shishini ta'minlaydi

ADABIYOTLAR SHARHI

Ta'lim inson kapitalini rivojlantirishning asosiy omilidir. U shaxslarni jamiyatga samarali hissa qo'shish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Yaxshi ma'lumotga ega aholi mamlakatning umumiy inson kapitalini oshiradi, innovatsiyalar, ijodkorlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. Ta'limga investitsiyalar malakali va bilimli ishchi kuchini yaratish orqali iqtisodiy o'sishga yordam beradi. Yuqori malakali ishchi kuchi innovatsiyalarni rivojlantirish, samaradorlikni oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ehtimoli yuqori. Ta'lim iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim bo'lgan texnologiya, sog'liqni saqlash va sanoat kabi turli sohalarning rivojlanishiga yordam beradi.

Tomas Pikettining "Yigirma birinchi asrdagi kapital" asarida iqtisodiy tafovutlarga yordam beruvchi yoki yumshatish omillaridan biri sifatida ta'lim sohasini moliyaviy qo'llab-quvvatlash muhimligini, ta'lim har bir davlat uchun kelajak poydevori ekanlikini ta'kidlab o'tadi. Uning fikricha, ta'lim iqtisodiy harakatchanlik va ijtimoiy tenglikning asosiy omili hisoblanadi, odamlarning ta'lim darajasi va sifatiga ularning ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishi katta ta'sir ko'rsatishi mumkinligini inobatga olgan holda ta'limni davlat tomonidan moliyalashtish kerakligini aytib o'tgan [1].

Ko'pgina iqtisodchilar ta'limni inson kapitaliga muhim sarmoya sifatida qarashadi. G.Bekkerning fikricha ta'lim odamlarning ko'nikmalari va mahsuldorligini oshiradi, bu esa uzoq muddatli iqtisodiy o'sishga olib keladi va davlatning har bir sohasini rivojlanishining asosiy omili bo'lishi mumkinligini inobatga olib ta'lim sohasini moliyaviy qo'llab-quvatlash zarurligini ta'kidlagan. Shu nuqtai nazardan qaraganda, moliyalashtirish ta'lim sifatini oshirish va uni kengaytirishga qaratilishi kerak [2].

Ayrim iqtisodchilar ta'limga davlat investitsiyalarining muhimligini ta'kidlaydilar. Ularning ta'kidlashicha, hukumatlar teng imkoniyatlarni ta'minlash va bozordagi nosozliklarni bartaraf etish uchun ta'limni moliyalashtirishda markaziy rol o'ynashi kerak. Davlat mablag'lari ta'lim imkoniyatlari va natijalaridagi nomutanosiblikni kamaytirish vositasi sifatida qaraladi. Ushbu yondashuv tarafdori bo'lgan iqtisodchilar o'qimishli aholining ko'proq malakali ishchi kuchi va jinoyatchilik darajasining pastligi kabi ijobiy tashqi ta'sirlarni yuzaga keltirishi mumkin deyishgan, shuning uchun ham ta'limni moliyaviy qo'llab-quvatlashning dolzarblig masala ekanligi yuzaga chiqqan.

Masalan, Milton Fridman "Ta'limni moliyalashtirishda bozorga asoslangan islohotlarni" ilgari surdi [3]. U e'tiborni ta'lim xarajatlarining samaradorligi va to'g'ri yo'naltirish muhimligiga e'tibor qaratadi. U resurslarni samarali taqsimlash,

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 600 [MJ^^^H

isrofgarchilikni kamaytirish va mablag'lar ta'lim natijalarining sezilarli yaxshilanishiga olib kelishini ta'minlash zarurligini ta'kidlaydi. Bu nuqtai nazar ko'pincha ta'lim dasturlarining iqtisodiy samaradorligi va ma'muriy samaradorlik haqidagi xavotirlar bilan mos keladi.

Texnologiyaning rivojlanishi bilan ba'zi iqtisodchilar ta'limda innovatsiyalar potentsialini ta'kidlaydilar. Ular ta'lim sifatini oshirish, foydalanish imkoniyatini oshirish va tejamkor yechimlarni taqdim etish imkonini beradigan texnologiyaga sarmoya kiritish haqida hozirgi kunda tadqiqot olib borishmoqda. Ushbu istiqbol ko'pincha onlayn ta'lim, ta'lim dasturlari va boshqa texnologik yutuqlarni ko'rib chiqishni o'z ichiga oladi. Ko'proq istiqbol ta'limni daromadga bog'liq holda moliyalashtirishni o'z ichiga oladi. Ushbu g'oya shaxslar kelajakdagi daromadlariga qarab ta'lim xarajatlariga hissa qo'shishlari kerakligini ko'rsatadi.

Nobel mukofoti sovrindori Robert Solou "Ta'limning texnologik taraqqiyotdagi rolini" alohida ta'kidladi. Yaxshi ma'lumotga ega ishchi kuchi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili bo'lgan innovatsiyalarga ko'proq hissa qo'shishi mumkin shuning uchun ham ta'limni moliyaviy qo'llab quvvatlash eng muhim jabha hisoblanishni ta'kidlagan

[4].

Yana bir Nobel mukofoti sovrindori J.Xekman, ayniqsa, "Erta bolalik davridagi ta'limga kiritilish kerak bo'lgan moliyaviy jihatni" alohida ta'kidlaydi. Uning fikricha, erta ta'limga sarmoya kiritish uzoq muddatli iqtisodiy foyda keltirgan holda kelajakda davlat iqtisodiyoting rivojlanishida muhim ro'l o'ynaydi deb hisoblagan [5].

Yuqorida keltirilib o'tilgan iqtisodchilarning fikrlari ta'limni moliyalashtirish nafaqat xarajat, balki keng ko'lamli iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarga ega bo'lgan sarmoyadir, degan fikrga mos keladi. Yaxshi ma'lumotli aholi iqtisodiy o'sishga, innovatsiyalarga, ijtimoiy totuvlikka va umumiy insoniyat rivojlanishiga hissa qo'shadi. Shuning uchun ham ta'limni moliyaviy isloh qilish muhim deyishimiz mumkin.

TAHLIL VA NATIJALAR

Ta'lim tizimining samaradorligi uni moliyalashtirish bilan chambarchas bog'liqdir. Shunday ekan, dastlab moliyalashtirishning mohiyati va zarurligini ko'rib chiqamiz, keyin ta'lim tizimini moliyalashtirish xususiyatlarini tadqiq qilamiz. Mamlakatimiz inson manfaatlari uning huquqlari va erkinliklari yuksak darajadagi qadriyatlardan biri bo'lgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lidan dadil qadamlar tashlab borar ekan, bugungi kunda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jihatdan bir qator yutuqlarga erishayotganligi va barcha sohalardagi islohotlar jadal ravishda olib borilayotganligi, ta'lim tizimiga yo'naltirilgan resurslarning bugungi kundagi samarasi bilan izohlanadi.

Moliyalashtirish deganda tor ma'noda pul mablag'lari, moliyaviy resurslar bilan ta'minlash tushuniladigan bo'lsa, kengroq ma'noda belgilangan maqsadga erishish

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 601 [M^^^Hl

yoki faoliyatni amalga oshirish uchun moliyaviy ta'minlashni, ya'ni moliyaviy resurslar ajratishni tushunishimiz mumkin. Ta'limni moliyalashtirish tegishli moliyaviy-iqtisodiy mexanizmga asoslanadi. Moliyaviy-iqtisodiy mexanizm tarkibi murakkab bo'lib, o'zaro bog'liq bo'lgan iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy elementlarning birligini tashkil qiladi.

D.Raxmonovning fikricha ta'lim tizimini moliyalashtirish yo'nalishlarini kengaytirish lozimligi ta'lim bilan aholini qamrab olishning dolzarbligi orqali ifoda etiladi. O'zbekistonda ta'limning qamrab olish darajasi birmuncha kichik raqamlarda bo'lib qolayotganligi uning moliyaviy dastaklari bilan bevosita bog'liq bo'lishi mumkin. Shu boisdan ham, ta'lim tizimini moliyalashtirish manbalarini va ularning boshqaruvini liberallashtirish zaruriyati tug'iladi [6].

H.Do'stmuhammadning fikricha xalq ta'limi tizimi xarajatlarini samarali amalga oshirishni tashkil qilish birinchi navbatda, xarajatlarni rejalashtirilgan obyektlar to'liq qamrab olinishi va ular bo'yicha hisoblanishi lozim bo'lgan ko'rsatkichlarning mutlaq va nisbiy darajalariga bog'liq. Ta'lim tizimining byudjet hisobi xarajatlarni amalga oshirishda umumta'lim muassasalarini saqlash uchun xarajatlarni turlari bo'yicha me'yorlashtirish usulidan ko'ra, bir o'quvchiga o'rtacha me'yorlar asosida xarajatlarni amalga oshirish ko'rsatkichi maqbul yo'l hisoblanadi. O'zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasalari, umumiy o'rta ta'lim maktablari soni va ulardagi tarbiyalanuvchilar, o'quvchilar soni yilma-yil kamayib borish tendensiyasiga ega.

Aksincha, respublikamizda akademik litseylar soni esa keskin o'sish tendensiyasiga ega [7].

Davlat ta'lim muassasalari ustavida belgilangan vazifalarga muvofiq pulli ta'lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko'rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega. Pulli ta'lim xizmatlarini ko'rsatish davlat ta'lim muassasalarining asosiy faoliyatiga to'sqinlik qilmasligi kerak.

Davlat ta'lim muassasalarida qo'shimcha ta'lim xizmatlari ko'rsatganlik uchun haq undirish tartibi ular tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Davlat ta'lim muassasalari pulli ta'lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko'rsatish hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish hisobidan olingan pul mablag'larini mustaqil ravishda tasarruf etishga haqli.

Bugungi kunda ta'lim sohasini moliyalashtrishning asosiy manbalari uchta ekan (1-rasm), shulardan eng muhimi ta'limni moliyalashtrishning davlat manbalari va undan keyin ikkinchi o'rinda moliyalashtrishning nodavlat manbalari.

1-rasm. Ta'lim tizimini moliyalashtirishning asosiy manbalari Moliyalashtrishning davlat manbalari ta'lim sohasini moliyalashtiruvchi asosiy manba hisoblanib, ta'limni davlat byudjeti mablag'lari orqali moliyashtrish eng asosiy sohaga aylangan (2-rasm). Oxirgi yillar davomida bu ko'rsatkich ortyotganligi sababli davlat byudjeti xarajatlari ham oshib bormoqda. Byudjetdan tashqari davlat mqasadli jamg'armalri mablag'lari tomonidan moliyalashtrissh ham oxirgi yillarda ta'lim tizimini moliyalshtirishda mhim rol o'ynamoqda.

2-rasm. Ta'lim tizimini moliyalashtirishnmg davlat manbalari Moliyalashtrishning nodavlat manbalari hozirgi kunda ta'lim sohasini moliyalashtirish bo'yicha asta sekinlik bilan kuchaymoqda, bunga sabab ta'limni xususiylashtrish va shunga o'xshash omillarni misol qilib olishimiz mumkin (3-rasm). Bugungi kunda ta'limni moliyalashtirishning nodavlat manbalari umumiy moliyalashtrishning taxminan 15 foizni tashkil qiladi. Shuni yana alohida ta'kidlash kerakki, asosiy mablag' ta'lim muassalarining rivojlantrish jamg'armasidan va homiylikdan olingan mablag'lar orqali shakllanmoqda.

3-rasm. Ta'lim tizimini moliyalashtirishning nodavlat manbalari

Moliyaviy mexanizmlar haqidagi turli qarashlarga asoslanib, ta'lim tizimini moliyalashtirish mexanizmining quyidagi tarkibiy qismlari mavjud:

- ta'lim tizimini moliyalashtirish manbalari;

- ta'lim tizimini moliyalashtirish tartibi;

- byudjetni rejalashtirish va ta'lim tizimiing byudjet mabalag'larini taqsimlash usullari.

Ta'lim tizimining moliyalashtirish mexanizmining muhim elementi bo'lib moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. Bugungi kunda jahon amaliyotida ta'lim muassasalarini moliyalashtirishda 2 ta manbadan foydalaniladi:

- byudjet mablag'lari;

- byudjetdan tashqari mabalag'lar.

XULOSA

Hozirgi kunda ta'lim tizimizda davlatning o'rni kattaligi hamda asosiy mablag'lar davlat byudjeti tomonidan yo'naltirilganligi sababli, ta'limni yetarli darajada qo'llab-quvvatlash amalga oshirish uchun mablag' yetishmovchiligi yuzaga kelmqoda. Ammo so'ngi yillaarda ta'lim sohasini rivojlantirishga e'tibor kuchayganligi hamda oliy ta'lim muassalariga mustaqillik berilganligi va yana xususiy ta'lim muassalarining ochil ishi ta'limni moliyaviy qo'llab-quvvatlashning asosiy dastagi bo'layotganini alohida ta'kidlash zarur. Bu esa ta'lim sohasini moliyaviy qo'llab-quvvatlash muommolari ozroq yengillashdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Piketty, T. (2014). Capital in the twenty-first century. Harvard University Press.

2. Becker, G. S. (2009). Human capital: A theoretical and empirical analysis, with special reference to education. University of Chicago press

3. Friedman, M. (2016). Capitalism and freedom. In Democracy: a reader (pp. 344-349). Columbia University Press.

4. Solow, R. M. (1962). Technical progress, capital formation, and economic growth. The American Economic Review, 52(2), 76-86.

5. Heckman, J. J. (2013). Giving kids a fair chance. Mit Press.

6. Raxmonov D.A. O'zbekistonda ijtimoiy sohani moliyalashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirish. Iqtisod fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. T., 2018. -64 b.

7. Do'stmuhammad H. Xalq ta'limini moliyalashtirish. Mogorafiya. Iqtisodiyot, 2016.

8. Shamanova, Z. U. (2022). TA'LIM QONUNCHILIGIDAGI ISLOHOTLARNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 4-2), 42-52.

9. Baxodirov, O. (2023). TA'LIM TIZIMINI MOLIYALASHTIRISH BO 'YICHA XORIJIY TAJRIBALAR. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 2(18), 47-50.

10. ugli Mehmonaliev, A. G., & Khidirov, N. G. (2022). Social-economic significance, essence and theoretical-methodical basis of medium-term budget practice. Science and Education, 3(12), 991-996.

11. ugli Mehmonaliev, A. G., & Khidirov, N. G. (2022). Public finance management its modern problems. Science and Education, 3(11), 1075-1080.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.