Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA INVESTITSIYAVIY JAZIBADORLIKNING OLIY TA’LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI'

O’ZBEKISTONDA INVESTITSIYAVIY JAZIBADORLIKNING OLIY TA’LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
investitsion jozibadorlik / oliy ta’lim xizmatlari / iqtisodiy rivojlanish / tadqiqotlar / innovatsiyalar / O‘zbekiston-2030 strategiyasi / ximzatlar / ta’lim xizmatlari.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Jonuzokov Mirzabek Kulmamatovich

Ushbu maqola O'zbekistonda jadal iqtisodiy rivojlanishga ko'maklashishda oliy ta'limga investitsiyalarning hal qiluvchi rolini o'rganadi. Unda oliy ta’lim sohasining “O‘zbekiston – 2030” milliy strategiyasi bilan uyg‘unlashgan holda investitsiyalar jozibadorligi alohida ta’kidlangan. Maqolada mavjud adabiyotlar va ekspert xulosalari asosida “investitsiyalar” va “investitsion jozibadorlik” tushunchalari berilgan. Nihoyat, oliy ta'lim xizmatlarida investitsion jozibadorlikni rivojlantirish bo'yicha takliflar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA INVESTITSIYAVIY JAZIBADORLIKNING OLIY TA’LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI»

O'ZBEKISTONDA INVESTITSIYAVIY JAZIBADORLIKNING OLIY TA'LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDAGI O'RNI Jonuzokov Mirzabek Kulmamatovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti, Iqtisodiyot va biznes fakulteti, o'qituvchisi

+998901960196 mirzokm99@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10799664

Annotatsiya. Ushbu maqola O'zbekistonda jadal iqtisodiy rivojlanishga ko'maklashishda oliy ta'limga investitsiyalarning hal qiluvchi rolini o'rganadi. Unda oliy ta'lim sohasining "O'zbekiston - 2030" milliy strategiyasi bilan uyg'unlashgan holda investitsiyalar jozibadorligi alohida ta'kidlangan. Maqolada mavjud adabiyotlar va ekspert xulosalari asosida "investitsiyalar" va "investitsion jozibadorlik" tushunchalari berilgan. Nihoyat, oliy ta'lim xizmatlarida investitsion jozibadorlikni rivojlantirish bo'yicha takliflar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: investitsion jozibadorlik, oliy ta'lim xizmatlari, iqtisodiy rivojlanish, tadqiqotlar, innovatsiyalar, 0'zbekiston-2030 strategiyasi, ximzatlar, ta'lim xizmatlari.

Аннотация. В данной статье исследуется роль инвестиций в высшем образованим для содействия быстрому экономическому развитию в Узбекистане. Подчеркивается привлекательность сектора высшего образования для инвестиций, что соответствует национальной стратегии «Узбекистан-2030», направленной на привлечение значительных иностранных и внутренних инвестиций. В статье даны определения понятий «инвестиции» и «инвестиционная привлекательность» на основе существующей литературы и мнений экспертов. Наконец, в нем изложены предложения по повышению инвестиционной привлекательности услуг высшего образования.

Ключевые слова: инвестиционная привлекательность, услуги высшего образования, экономическое развитие, исследования, инновации, стратегия Узбекистана-2030, услуги, услуги образования.

Abstract. This paper explores the crucial role of investment in higher education for fostering rapid economic development in Uzbekistan. It emphasizes the attractiveness of the higher education sector for investment, aligning with the national strategy "Uzbekistan-2030" that aims to attract significant foreign and domestic investments. The paper defines "investment" and "investment attractiveness" based on existing literature and expert opinions. Finally, it outlines suggestions to develop investment attractiveness in higher education services.

Keywords: investment attractiveness, higher education services, economic development, research, innovation, Uzbekistan-2030 strategy, services, education services.

Kirish: O'zbekiston iqtisodiyotini tizimli va jadal rivojlantirish oliy ta'lim taraqqiyotiga va yuqori malakali kadrlar salohiyatiga bog'liq bo'ladi. Bizga ma'lumki, oliy ta'lim yuqori investitsiya talab qiladigan investitsiyaviy jozibador sohalardan biri xisoblanadi. Ta'kidlash joizki, Respublikamizda investitsion faoliyat davlat iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismidir. Ayniqsa bu borada, 2023 yil 11 sentabrdagi PF-158 son farmoniga ko'ra qabul qilingan 0'zbekiston-2030 strategiyasida belgilab berilganidek "Mamlakatimizda 250 milliard dollarlik investitsiyalarni o'zlashtirish, jumladan 110 milliard dollar xorijiy investitsiyalar va 30 milliard dollar davlat-xususiy sheriklik doirasidagi investitsiyalarni jalb qilish" vazifa qilib belgilangan. Investitsiyalarni o'zlashtirishda iqtisodiyotning boshqa sohalari singari oliy ta'limda ham ustuvor

xisoblanadi. Shu sababli ta'lim xizmatlarini rivojlantirishga yo'naltirilayotgan investitsiya mablag'lari yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratadi va maqsadli foydalanishni talab etadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: Xizmat ko'rsatishda ayniqsa oliy ta'lim xizmatlariga investitsiyalarni jalb qilishning iqtisodiy mazmunini ochib berishda investitsiya atamasining mohiyatini ko'rib chiqish muhim xisoblanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalar atamasi "kapital quyilmalar va kapital tushunchalar bilan" aynan o'xshash ma'noda ko'p uchraydi. Ayrim iqtisodchilarning fikricha, "investitsiyalar" asosiy kapitalga mablag' quyish ma'nosida ham bayon qilinadi. Lekin, soha olimlari va mutahasislarining fikrlaridan kelib chiqib quyidagi fikrlarni bayon qilganlar. Professor S.Shodmonov va U.G'ofurovlar fikriga ko'ra "investitsiyalar-asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko'paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko'rinishidir" deb bayon qilgan bo'lsa, boshqa bir soha mutahasisi professor G'ozibekov D.G'. "investitsiya-iqtisodiy va boshqa faoliyat sohalariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar hamda ularga doir xuquqlar" degan firkni ilgari suradi. Shuningdek investitsiyalarning mohiyati O'zbekiston Respublikasining "Investitsiya faoliyati to'g'risida"gi qonuni 2-moddasida aniq qilib bayon qilingan, unga ko'ra "Investitsiyalar-iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne'matlar hamda ularga doir xuquqlardan iborat". Yuqoridagilardan kelib chiqib bizning fikrimizcha investitsiyalarning mohiyatini bayon etishda uning qaysi tarmoq va sohalarga bo'lgan ehtiyoji va jozibadorligini xisobga olish zarur deb xisoblaymiz. Shunday ekan, investitsiyalar bu mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalariga foyda olish maqsadida yo'naltiriladigan mablag'larning (kapital quyilmalarning) qiymatidan iboratdir. Oliy ta'limda investitsiya deyilganda esa Respublika milliy iqtisodiyotining ta'lim sohasidagi oliy ta'lim xizmatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan mablag'larning (davlat va xususiy kapitalining) qiymatidan iborat. Undan tashqari, investitsion jozibadorlik kontseptsiyasi, Mogilova fikriga ko'ra, investorning qaroriga ta'sir qiluvchi shartlar va omillarning mavjudligi bilan bog'liq. Investitsion jozibadorlik mamlakat yoki tashkilotga pul investitsiya qilishning rentabelligini yoki zararini aks ettiruvchi xususiyat sifatida aniqlanadi. U iqtisodiy, ijtimoiy, geosiyosiy va boshqaruv jihatlari kabi turli omillar bilan belgilanadi. Undan tashqari, investitsion jozibadorlik investorlar sarmoya kiritmoqchi bo'lgan muhitning jozibadorligini baholovchi ko'rsatkich sifatida aniqlanadi. Investitsion jozibadorlik tadbirkorlik sub'ektiga investitsion qarorlar qabul qilishda ta'sir etuvchi omillar majmui sifatida aniqlanadi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, investitsiyalar - bu davlat yoki xususiy kapitalning moliyaviy resurslarni milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlariga, jumladan, oliy ta'limga ajratishdir. Investitsion jozibadorlik tushunchasi, Sergeeva va boshqalar tushuntirganidek, iqtisodiy, ijtimoiy, geosiyosiy va boshqaruv jihatlarini qamrab oluvchi investitsiya qarorlariga ta'sir etuvchi shartlar va omillarni anglatadi. U mablag'larni investitsiyalashda rentabellik yoki zarar ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi va investorlar uchun muhitning jozibadorligini baholaydi. Investitsion jozibadorlikning asosiy rolini e'tirof etgan holda, uning ta'siri asosan oliy ta'lim xizmatlarini rivojlantirishga taalluqli bo'lib, nafaqat xizmatlar sifatini oshirishga, balki ijtimoiy muammolarni hal qilishga ham hissa qo'shishi ayon bo'ldi.

Tadqiqot metodologiyasi: Mazkur tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning tizimli yondashuvi analiz, sintez, induksiya va deduksiya, monografik kuzauv, statistik taxlil, abstrakt-mantiqiy fikrlash va istiqbolli prognozlash usullaridan keng foydalanilgan.

Taxlil va natijalar: Respublika milliy iqtisodiyotida oliy ta'lim sohasini barqaror faoliyat yuritishi uchun unga sarflanayotgon investitsiyalar harakati bilan chambarchas bog'liq hisoblanadi. Tahlillar shuni ko'rsaradiki, oliy ta'lim sohasini samarali faoliyat ko'rsatishi va

malakali kadrlar tayyorlashi investitsion jarayonlarni rivojlanganligi va investitsion muhitni shakllanganligiga bevosita bog'liq hisoblanadi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoq va sohalari singari oliy ta'lim sohasida ham investitsion jarayon asosan investitsion bozor orqali amalga oshiriladi. Oliy ta'limda investitsion bozorni faoliyati, investitsiyalarga bo'lgan talab va taklifning o'zaro harakati tarzida bozor muomilasi bilan bog'liq holdagi iqtisodiy munosabatlar tizimi sifatida namoyon bo'ladi. Bugungi kunda O'zbekistonda oliy ta'lim xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatini yaratuvchi, oliy ta'lim xizmatlari investitsiya bozori faoliyat yuritmoqda. Shunday ekan, mamlakatimizda investitsiyaga bo'lgan talab va taklifni shakllantirishning oliy ta'lim tizimidagi ahamiyati quyidagilarda namoyon bo'ladi:

1. Oliy ta'lim xizmatlari faoliyat sohalarni kengaytiradi va uning iqtisodiy salohiyatini oshiradi, masalan turizm sohasida oliy ma'lumotli malakali kadrlarni shakllantirish.

2. Oliy ta'lim xizmatlarini rivojlantirish uchun yangi texnika va texnologiyalarni olib kelish, shuningdek sohani texnik ta'minoti darajasini oshirish imkoniyatini yaratadi.

3. Oliy ta'lim sohasidagi asosiy vositalarni moddiy va ma'naviy eskirishini oldini

oladi.

4. Oliy ta'lim sohasida yangi xizmat turlarini shakllanishiga imkon yaratadi, faoliyat yurutuvchi professor-o'qituvchilarning ijtimoiy va iqtisodit ta'minoti yaxshilanadi.

5. Respublika oliy ta'lim muassalarida raqobardoshlikni mustahkamlaydi va oliy ta'limda malakali kadrlar tayyorlash imkoniyati kengayadi.

6. Oliy ta'lim xizmatlarini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar hamda raqamli texnologiyalarning qullash imkoniyati kengayib turli "korrupsiya" xolatlari oldi olinadi.

7. Respublika oliy ta'lim tizimini barqaror o'sish imkoniyati oshib jahondagi rivojlangan davlatlardagi universitetlar bilan integratsiyalashuv tezlashadi va natijada yuqori malakali raqobatbardosh oliy ma'lumotli milliy kadrlar tayyorlash salohiyati oshadi.

Shu bilan birga Respublika oliy ta'lim tizimida samarali investitsiya jarayonini amalga oshirish investitsiya jozibadorligiga bevosita bog'liq xisoblanadi. Ma'lumki, oliy ta'lim sohasiga investitsion jozibador soha sifatida davlat byudjetidan ham investitsiya ajratib beriladi. Respublikamizda oliy ta'limni davlat byudjeti mablag'lari xisobidan investitsiyalash asosan ajratiladigan respublika byudjeti xiobidan quyidagicha amalga oshiriladi (1-rasm).

Rasm 1: Oliy ta'limni davlat mablag'lari xisobidan investitsiyalash.

Ushbu rasmdan ko'rinib turibdiki, oliy ta'limni davlat mablag'lari xisobidan investitsiyalash ichiga bevosita investitsiyalar, davlat grantlari, nomdor stipendiyalar, rag'batlantirish bo'yicha beriladigan investitsiyalar, texnikumlar va akademik litseylar uchun investitsiyalar, boshqa investitsilardan tashkil topgan. Ta'lim sifatini ta'minlash, moddiy-texnik bazasini saqlash va malakali professor-o'qituvchilarni jalb qilish uchun yetarli miqdorda to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar muhim ahamiyatga ega. Biroq, byudjet taqsimotidagi samarasizlik va shaffoflikning yo'qligi ushbu sa'y-harakatlarning samaradorligiga putur yetkazishi mumkin. Davlat subsidiyalari turli kelib chiqishidan bo'lgan istiqboli porloq talabalar uchun oliy ta'lim olish imkoniyatini oshirishda, ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishda muhim rol o'ynaydi. Ammo, stipendiyalarning yetarli emasligi talabalarning munosib ta'lim olish imkoniyatlarini cheklashi mumkin. Mashhur stipendiyalar talabalarni akademik yutuqlarga erishishga va yuqori malakali mutahassis bo'lib yetishishiga undashi mumkin. Biroq, cheklangan moliyalashtirish imkoniyatlari iqtisodiy nochoq odamlarni oliy ta'limdan kerakli ko'nikmalarni olishiga to'sqinlik qilishi mumkin. Rag'batlantirish oliy ta'lim muassasalarini o'z xizmatlarini yaxshilashga, eng yaxshi mutahasislarni yollashga, tadqiqot va innovatsiyalardagi yutuqlarga hissa qo'shishga yordam beradi. Noto'g'ri tuzilgan rag'batlantirishlar kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin, masalan, ta'limdagi mukammallikdan ko'ra moliyaviy foydani ta'kidlaydigan muassasalar. Ushbu muassasalarga investitsiyalar turli maqsad va ko'nikmalarga ega bo'lgan talabalarni qamrab oluvchi, ularga muvaffaqiyatli ish ko'nikmalari uchun yo'llarni taqdim etadigan yanada diversifikatsiyalangan va har tomonlama mukammal ta'lim tizimini yaratishga yordam beradi. Ushbu komponentlarni qo'llab-quvvatlash talabalar uchun yanada kengroq va rivojlantiraydigan o'quv muhitini yaratishga yordam beradi, bu ularning ilmiy yutuqlari va umumiy farovonligini oshirishiga olib keladi.

Respublikada oliy ta'limni investitsiyalash jarayoni investitsiyalarning qatnashish xarakteriga ko'ra bir qator turlarga bo'linadi, jumladan investitsiyalarni qay miqyosda amalga oshishiga ko'ra bevosita portfelli investitsiyalarga bo'linadi. Bevosita investitsiyalar bu oliy ta'limda investorni o'z moliyaviy mablag'ini joylashtirish obyektini tiklash imkoniyatini bersa, portfelli investitsiyalar esa investitsiyalashni tijorat banklari, investitsion kompaniyalar fondlar yordamida amalga oshirish shaklida namoyon bo'ladi. Shu bilan birga oliy ta'lim xizmatlarini oshirishga yo'naltirilgan investitsiyalar xududiy joylashish bo'yicha ichki va tashqi, investitsiyalash davriga qarab qisqa va uzoq muddatli, mulk shakllari bo'yicha davlat, xususiy xorijiy, qo'shma shakllarga hamda investitsiyalar tavakkallik tarajasi bo'yicha yuqori tavakkalli va past tavakkalli investitsiyalarga ajratiladi. Bularning barchasini oliy ta'lim tizimida samarali foydalanish sohani zamon talabi asosida rivojlanish imkoniyatini yaratadi.

Tahlillar shuni ko'rsatadiki, Respublikamizda ham boshqa rivojlangan davlatlar singari soha investitsiya jozibadorligini ta'minlash uchun unga ta'sir etuvchi omillarni xisobga olish zarur bo'ladi. Bunday omillar quyidagilar xisoblanadi (Rasm 2).

Rasm 2: Oliy ta'limga investitsiyalarning jozibadorligiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar.

Oliy ta'limga investitsiyalarning jozibadorligiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar:

1, Siyosiy vaziyat, ya'ni hukumat siyosati va moliyalashtirish tashabbuslari

2. 1 qti sod i у о ' si sh s uratlari va sol i q imtiyozlari

3. Valyuta kursining barqarorligi va inflyasiya jarayonining dinaimikasi

4. Mehnat bozori talablari va biliruvchi laming ish bilan ta'minlanishi

5. Oliy ta'lim xizmatlariga talab va taklif

6. ОТ M laming iqtisodiy daromadi

7. Kredit qiymati va ssuda foizi daromadi

Yuqoridagi rasmdan ko'rinib turibdiki, oliy ta'lim investisiyalarning jozibadorligiga siyosiy, iqtisodiy, valyuta kursining barqarorligi va inflyasiga dinamikasi, mehnat bozori talablari, oliy ta'lim xizmatlariga talab va taklif, kredit qiymati va oliy ta'lim muassalarining damodarligi ta'sir ko'rsatadi. Oliy ta'limning investitsion jozibadorligi turli omillarning murakkab o'zaro ta'siriga bog'liq. Bu omillar, jumladan, makroiqtisodiy barqarorlik, bozor dinamikasi va institutsional salomatlik, investorlar uchun sektor salohiyatining to'liq holatini ko'rsata oladi. Bunda, barqaror siyosiy va iqtisodiy muhit investorlarning ishonchini oshiradi, ularni oliy ta'lim

muassasalari kabi uzoq muddatli tashabbuslarga sarmoya kiritishga undaydi. Yana, valyuta kurslarining oldindan aytib bo'lmaydigan o'zgarishi va inflyatsiya ta'lim muassasalarining moliyaviy barqarorligiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi va ularning investorlar uchun jozibadorligini kamaytirishi mumkin. Undan tashqari, taklif etilayotgan ta'limni mehnat bozorining rivojlanayotgan ehtiyojlariga moslashtirish bitiruvchilarning ish beruvchilar tomonidan talab qilinadigan ko'nikmalarga ega bo'lishini ta'minlaydi, muassasaning qabul qilingan qiymatini oshiradi va investitsiyalarni jalb qiladi. Oliy ta'lim xizmatlariga talab va taklif o'rtasidagi to'g'ri muvozanat institutlarning ortiqcha bosim ostida qolmasligini ta'minlaydi va ularni yanada jozibador investitsiya imkoniyatlariga aylantiradi. Arzon moliyalashtirishga oson kirish institutlarga infratuzilma, professor-o'qituvchilar va boshqa resurslarga sarmoya kiritish imkonini beradi va shu bilan ularning sifati va investorlarning jozibadorligini oshiradi. Potentsial investorlar, tabiiyki, mukammal moliyaviy sog'lig'i, mustahkam akademik dasturlari va o'rnatilgan yutuqlar tajribasiga ega universitetlarga ko'proq qiziqishadi.

Bundan kelib chiqib shuni ta'kidlasa bo'ladiki, ta'lim muassasalariinvestitsiyalarni jalb qilish va sog'lom oliy ta'lim muhitini yaratish uchun ushbu bir qator omillarni churuq o'rganishi kerak.

Xulosa va takliflar

Umuman, yuqoridagilardan kelib chiqib, Respublikamiz oliy ta'lim muassalalari investitsion jozibadorligi quyidagi yangi imkoniyatlarni vujudga keltiradi:

- Birinchidan, xalqaro talablarga mos, yuqori malakali (innovatsion, texnikaviy va zamonaviy texnologiya yaratadigan) kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi.

- Ikkinchidan, kelajakka ishonch ruxi bilan qaraydigan, bilimli, bir necha xorijiy tillarni biladigan, oliy ma'lumotli intelligent kardlarni shakllantirish.

- Uchinchidan, Respublikamizda barcha tarmoq va sohalarda malakali mehnat qila oladigan soha mutahasislarini yetkazib berish.

- To'rtinchidan, bugungi raqamli iqtisodiyot texnologiyalariga mos zamonaviy usullarni o'zlashtirgan, hamda mavjud texnologiyalardan samarali foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lgan mutahassislarni tayyorlash.

- Beshinchidan, Respublikamizda fan, ta'lim va ishlab chiqarish zanjirini shakllantiradigan Uchinchi Renesans avlodlari poydevori yaratadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 01/07/2021 yildagi "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasida bayon etilgan takliflar va takliflardan kelib chiqadigan mahsulotlar. to' g'risida" qarori, 681-IV-son.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28/01/2022 yildagi "2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" Farmoni, PF-60-son.

3. O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston - 2030" strategiyasi va Prezidentning 2023 yil 11 sentyabr PF-158 Sonli Farmoni.

4. Shodmonov Sh.Sh., G'ofurov U.V. "Iqtisodiyot nazariyasi'V/Darslik. -T.:2010, 347-bet.

5. G'ozibekov D.G'. "Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari" T.:Moliya.,2003 y.,18-b.

6. O'zbekiston Respublikasining "Investitsiya faoliyati to'g'risida"gi qonuni. 1998 yil 24 dekabr.

7. Mohylova, A., Grybyk, I., Hlivinska, Y., Kudinova, I., Stepanenko, M., & Torishnya, L. (2021). Estimation of enterprise's investment attractiveness in the conditions of development. Studies of Applied Economics, 39(5).

8. Yuliia, Nikolchuk., Oksana, Lopatovska. (2022). Investment attractiveness of ukraine: trends, problems and solution key vectors. Innovation and sustainability series, doi: 10.31649/ins.2023.1.164.175

9. Mirzaev, D. K., & Janzakov, B. (2020). The determinants of international tourism (in the example of CIS countries). European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(2), 11251133

10. A.V., Sergeeva., E.A., Melay., Elena, Nikitina. (2022). Methods of comparative analysis of investment attractiveness of organizations. Vestnik Astrahanskogo gosudarstvennogo tehniceskogo universiteta, doi: 10.24143/2073-5537-2022-2-127-133

11. Adriana, Halikowska. (2022). The measure of investment attractiveness in the agricultural sector and its application at national and regional level. Wiadomosci Statystyczne. The Polish Statistician, doi: 10.5604/01.3001.0015.8536

12. Ivan, Jác., Marie, Vondrácková. (2017). The perception of selected aspects of investment attractiveness by businesses making investments in the Czech Republic. E & M Ekonomie A Management, doi: 10.15240/TUL/001/2017-3-008

13. Q.J Mirzayev, E.Sh. Shavqiyev, B.K. Janzakov. Innovatsion iqtisodiyot. (O'quv ko'llanma -T.: "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi",2020. - 298 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.