Научная статья на тему 'TA’LIM OLUVCHILARNI KAMOL TOPTIRISHDA USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARINING O’RNI'

TA’LIM OLUVCHILARNI KAMOL TOPTIRISHDA USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
69
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ustoz / shogird / tarbiya / an'ana / ma'naviy meros / pedagogik mahorat / iste'dod / urf-odat / ma'naviyat

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilnoza Nazarova Umirzoq Qizi

"Ustoz-shogird" an'anasi xalqimiz orasida, xususan, barcha sohalarda qadimdan saqlanib kelayotgan qadriyat hisoblanadi. Mazkur maqolada qadimiy qadriyatlardan biri sanalgan ustoz-shogird an'anasining yosh avlod, yosh kadrlar faoliyatida va hayotida muhim o'rni hamda ustoz-shogird an'anasida, ayniqsa, pedagogika, tarbiyaning ahmiyatli jihatlari to'g'risida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM OLUVCHILARNI KAMOL TOPTIRISHDA USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARINING O’RNI»

TA'LIM OLUVCHILARNI KAMOL TOPTIRISHDA USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARINING O'RNI Dilnoza Nazarova Umirzoq qizi

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti studentkajahontillari@gmail.com +998937588833 https://doi.org/10.5281/zenodo.10115196

Annotatsiya. "Ustoz-shogird" an'anasi xalqimiz orasida, xususan, barcha sohalarda qadimdan saqlanib kelayotgan qadriyat hisoblanadi. Mazkur maqolada qadimiy qadriyatlardan biri sanalgan ustoz-shogirdan'anasiningyosh avlod, yosh kadrlarfaoliyatida va hayotida muhim o'rni hamda ustoz-shogird an'anasida, ayniqsa, pedagogika, tarbiyaning ahmiyatli jihatlari to'g'risida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: ustoz, shogird, tarbiya, an'ana, ma'naviy meros, pedagogik mahorat, iste'dod, urf-odat, ma'naviyat

Аннотация. Традиция «учитель-ученик» является давней ценностью среди нашего народа, особенно во всех сферах. В данной статье рассматривается важная роль традиции учитель-ученик, которая является одной из древних ценностей, в деятельности и жизни молодого поколения, молодых кадров, а также важные аспекты традиции учитель-ученик, особенности педагогики и образование.

Ключевые слова: учитель, ученик, образование, традиция, духовное наследие, педагогическое мастерство, талант, традиция, духовность.

Abstract. The tradition of "teacher-disciple " is a long-standing value among our people, especially in all fields. This article discusses the important role of the teacher-disciple tradition, which is one of the ancient values, in the activities and lives of the young generation, young personnel, as well as the important aspects of the teacher-disciple tradition, especially pedagogy and education.

Key words: teacher, student, education, tradition, spiritual heritage, pedagogical skill, talent, tradition, spirituality.

KIRISH. O'zbekiston Respublikasida ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, o'qitish va tarbiyalash mazmuniga milliy qadriyat va an'analarni singdirish, ularni ilg'or g'oyalar bilan boyitishga yunaltirilgan keng ko'lamdagi sa'y-xarakatlar amalga oshirilmoqda. Istiqlol sharofati bilan ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida yaratib kelingan bebaho ma'naviy meros, unutilgan qadriyatlarni qayta tiklash, milliy o'zlikni anglash masalasi davlat dasturi darajasida amalga tatbik etilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi bilan chambarchas bog'liq. O'tmish madaniy-pedagogik meros va an'analar yoshlar tarbiyasi uchun muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Ta'lim muassasalarida milliy tarbiyani samarali tashkil etishda "Ustoz-shogird" an'analari muhim ahamiyatga ega. "Ustoz- shogird" an'analari - yoshlarda kasbiy mahoratni tarbiyalash, ularning ma'naviy-ma'rifiy salohiyatini oshirish, izlanish, ijod qilish, bir so'z bilan aytganda, har tomonlama yetuk shaxsni shakllantirishda o'ziga xos tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Yana bir xarakterli jihati shundaki, undan foydalanish natijasida ta'lim oluvchida o'z imkoniyatlariga ishonch, vaziyatni to'g'ri baholash hamda irodaviy sifatlar shakllanadi, qolaversa, talabaning ijtimoiy faolligi ustozlar nazoratida bo'ladi. Ustozning eng buyuk burchi - yurt ravnaqiga o'zining munosib hissasini qo'sha oladigan, aql-idrokli, faxm-farosatli va qobiliyatli shogirdlar tayyorlashdan iborat. Ustoz yaxshi shogird tayyorlash uchun

avvalo uning o'zi kasbiy salohiyatli, ma'naviy barkamol, keng dunyoqarash va sog'lom fikrga ega bo'lishi lozim.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA OBYEKTI

Qadimdan ustoz-shogirdlik an'analarida ustoz nafaqat shogirdiga yo'l- yo'riq, ko'rsatma beribgina qolmay, o'z navbatida, ularni mustaqil faoliyatga tayyorlagan hamda o'zidan keyin ish-tajribani, bilim va mahoratni avloddan- avlodga o'tishiga imkoniyat yaratgan. Ustoz-shogird an'analarida quyidagi pedagogik tamoyillar muhim o'rin tutadi:

- onglilik va faollik, ya'ni egallayotgan u yoki bu faoliyatning o'ziga xos jihatlari, mohiyatini ongli tarzda to'liq anglab yetish, uning istiqboli va ravnaqi yo'lida faollik bilan harakat qilish;

- ilm-fanning sir-asrorlarini egallashda puxtalik;

- ta'lim-tarbiyaning turmush, hayot bilan chambarchas bog'liqligini inobatga olish;

- mutaqillikka, ijodiy izlanishga yo'naltirib borishda nazariy bilimlarning amaliyot bilan bog'liqligini hisobga olish;

- uqitish, tarbiyalash mazmuni va shogirdlik bosqichlarining izchillik bilan belgilab qo'yilgan anik mantiqiy tartibga ega bo'lishi;

- shogirdning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.

Demak, uzluksiz ta'lim tizimida "Ustoz-shogird" an'analaridan foydalanish ko'zlangan samarani beradi. Pedagogik ta'limot g'oyalariga ko'ra amaliy ko'nikma va malakalar bevosita tinimsiz o'z ustida ishlash va orkali shakllanadi. "Ustoz-shogird" an'anasi esa o'quvchilar, talaba-yoshlar hamda yosh pedagoglarda ijodiy izlanishni vujudga keltirishi, pedagogik faoliyat jarayonida ularning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashishi, shogirddagi iqtidorni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishi bilan ahamiyatlidir. Bu kabi holatlar yoshlarda nafaqat o'z kasbiga mas'uliyat bilan yondashish, balki kattaga hurmat, o'z kasbiga sadoqat, milliy qadriyatlarni e'zozlash kabi ma'naviy-axloqiy sifatlarni ham tarbiyalaydi. Farzand tarbiyasida sharqona, qadimiy ajdodlar urf-odatlari, an'analari, axloq-odob qoidalariga amal qilishda. xalqimizning milliy tarbiya tizimidan unumli foydalanishga alohida e'tibor berish va bu borada ustozlar o'z kuchi, aql-zakovotini ayamasliklari lozim. Sharq xalqlarida ilm o'rgatuvchilar va ustozlarga nisbatan izzat-hurmatda bo'lish farzandlar ongiga singdirilgan. Sharqona odob doirasida ustozni o'z otasidek ulug'lanishi, uni hurmtini saqlash, ustoz ham o'z navbatida shogirdini o'z farzandidek ko'rib, unga o'z hunari yoki kasbi sirlarni o'rgatishi bilan birga tarbiya, odob-axloqdan ham saboq bergan. "Xususan, nozikta'b adib, nuqtadon olim, XV asr ma'rifatparvarlari darg'alaridan biri bo'lgan Husayn Voiz Koshifiy: "Ustoz va muallimlar hurmatini o'rniga qo'ygan bu dunyoda ham, oxiratda ham saodat topar",-deb yozgan edi. Uning fikricha, to'rt narsa saodat dalilidir: to'g'ri so'z, tavoze, halol kasbu hunardagi mehnat, sir saqlash. Ya'ni, biror kasbga o'rganish yoki hunarni o'rgatish mashaqqatli mehnat ekanligi olim qarashlarida markaziy o'rinda turgan."1 Koshifiy ustozlik shartlariga ham to'xtalib: "Bilgilkim, hech bir ish ustozsiz amalga oshmagay va kimki ustozsiz bir ishni qilur ersa, ul ishning asosi mustahkam bo'lmagay"- degan. Kimki ustozsiz ish boshlagan bo'lsa, uning ishi va amali samara bermaydi, ustozning etagini tutib shod bo'l, bir muddat ustozga xizmat qilginda, so'ngra o'zing ustoz bo'l... Agar komil inson kim deb so'rasalar, u pok mazhabli, o'z aybini ko'radigan dono va tamizli kishidir deb aytgil. Unda hasad, gina va baxillikdan asar bo'lmaydi".

XV asrda yashab ijod etgan olim va davlat arbobi Mirzo Ulug'bek ustoz-shogird an'anasiga asos solib, bu maktabning rivojlanishiga katta hissa qo'shganligini tarixiy manbalar orqali bilamiz.

Alloma bolalarni guruh-guruh bo'lib o'qitish, ularni birgalikda raqobat qila olishga, ustozlarning esa odil va halol bo'lishga, ilmni o'rgatish jarayonida isbot talab qilmaydigan dalillar keltirishni, har bir mashg'ulotni yuksak saviyada o'tkazishga da'vat etadi, ana shu bilangina o'quvchilarni bilim olishga qiziqishi ortishi mumkinligini alohida ta'kidlaydi. Ustoz o'z shogirdiga hech qachon zulm qilmasligi, aksincha beg'araz yordam ko'rsatishi, ular orasidagi hamkorlik samimiy bo'lishi g'oyat muhimligini qayta-qayta uqtiradi. "Ustoz-shogird" an'anasi boshqa sohalarga qaraganda, ayniqsa, san'at sohasida qadimdan an'anaga aylanib, davom etib kelmoqda. Har bir san'atkor san'at yo'liga kirar ekan, avvalo, o'zi tanlagan yo'nalish bo'yicha biror ustoz qo'liga boradi. Undan san'at sirlarini, bilim va ko'nikmalarni o'rganadi. Ustoz o'z shogirdining kelgusida yetuk san'atkor bo'lib yetishishi uchun astoydil mehnat qiladi, shogirdida bor iqtidorni yuzaga chiqarish, rivojlantirish uchun harakat qiladi.

Ma'lumki, oliy o'quv yurtlarida bo'lg'usi mutaxassis o'qituvchilarga tarbiyaviy ta'sir qiluvchi ustoz-shogird an'analari tajribasi amaliy tasdiqlangan omil sifatida ifodalanadi. Tez sur'atda ilmiy-texnik rivojlanish jarayonini amalga oshirilib borishi natijasida ta'lim jarayonining qirralari mukammallashib borayotganligi, ularning tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni, innovatsion uslublarni keng doirada kirib kelishi kabi hollar bo'lg'usi mutaxassislarni kasbiy taalluqliligi masalalarni aniqlash, ularga o'z vaqtida yordam berish kabi masalalarga e'tibor qaratish, ustoz-shogirdlik an'analaridan o'rinli foydalanish zarurligini keltirib chiqarmoqda. Uning asosida har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetkazish masalalari o'z ifodasini topadi.

XULOSA. Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, bugungi kunda yosh mutaxassislarni har tomonlama shakllantirishga e'tibor avvalgiga nisbatan tezlashtirish ehtiyoji zamon talabiga aylandi, ularni kasbiy faoliyatini oshirishga qaratilmoqda. Tarixiy sharoitlarining o'zgarishi borasida to'plangan tajribalarni yoshlar ongiga yetkazish shakllari ham o'zgarib bormoqda. Mustaqillik sharofati tufayli ustoz-shogird an'analarini yanada rivojlantirishning asosiy vazifalardan biri mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishga asos bo'ladigan yangi ta'lim tizimining tashkil etilishidir. 1997-yil 29-avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi uni amalga oshirish uchun huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda.

REFERENCES

1. D. Malikova. Sharq mamlakatlarida "ustoz-shogird'lik an'analarining shakllanishi va rivojlanishi. Maqola.Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022

2. Mahkamov U., Tilyaboeva N. Kasbiy mahorat. / O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2007.

3. O'.Q Tolipov. "Ustoz - shogirdlik qadriyatlari"-risola;Toshkent "Nizomiy nomidagi TDPU"-2015.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.