Научная статья на тему 'TA’LIM OLUVCHILARDA NOSTANDART TAFAKKUR MUAMMOSINING O‘RGANILIShI: TARIXIY EKSKURS'

TA’LIM OLUVCHILARDA NOSTANDART TAFAKKUR MUAMMOSINING O‘RGANILIShI: TARIXIY EKSKURS Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kreativ tafakkur tarzi / nostandart tafakkur / ijodiy fikrlash / obsenyon ta’limoti / креативное мышление / нестандартное мышление / креативное мышление / учение обсеньона.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh.M. Xudoyqulova

talabalarda nostandart yoki ijodiy fikrlashni tarbiyalash asrlar davomida ta'lim-tarbiyaviy izlanishlar va munozaralar mavzusi bo'lib kelgan. O'ziga xoslik, moslashuvchanlik va turli xil muammolarni hal qilish bilan ajralib turadigan nostandart fikrlash tez o'zgaruvchan dunyoda innovatsiyalar va moslashish uchun juda muhimdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDYING THE PROBLEM OF NON-STANDARD THINKING IN STUDENTS: A HISTORICAL EXCURSION

азовательных исследований и дискуссий на протяжении веков. Нестандартное мышление, характеризующеесжфся оригинальностью, гибкостью и умением решать проблемы, имеет решающее значение для инноваций и адаптации в быстро меняющемся мире.

Текст научной работы на тему «TA’LIM OLUVCHILARDA NOSTANDART TAFAKKUR MUAMMOSINING O‘RGANILIShI: TARIXIY EKSKURS»

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

TA'LIM OLUVCHILARDA NOSTANDART TAFAKKUR O'RGANILIShI: TARIXIY EKSKURS

© Sh.M. Xudoyqulova1^

10'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: talabalarda nostandart yoki ijodiy fikrlashni tarbiyalash asrlar davomida ta'lim-tarbiyaviy izlanishlar va munozaralar mavzusi bo'lib kelgan. O'ziga xoslik, moslashuvchanlik va turli xil muammolarni hal qilish bilan ajralib turadigan nostandart fikrlash tez o'zgaruvchan dunyoda innovatsiyalar va moslashish uchun juda muhimdir.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi talabalarda nostandart fikrlash bilan bog'liq ta'lim nazariyalari va amaliyotlarining tarixiy rivojlanishini o'rganishdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqot birlamchi va ikkinchi darajali manbalarni, jumladan, o'quv matnlari, akademik maqolalar va tarixiy yozuvlarni tahlil qiluvchi tarixiy tadqiqot metodologiyasidan foydalanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: muhokamalar shuni ko'rsatadiki, nostandart fikrlash tushunchasi qadimgi falsafiy an'analardan kelib chiqqan bo'lib, dastlabki urg'u Suqrot va Aristotel tafakkurining asarlarida topilgan va bu savol va tanqidiy fikrlashni rag'batlantirgan.

XULOSA: ta'limda nostandart fikrlashning tarixiy tadqiqi o'quvchilarda ijodkorlik va innovatsiyalarni rivojlantirishga doimiy va rivojlanayotgan sodiqlikni ko'rsatadi.

Kalit so'zlar: kreativ tafakkur tarzi, nostandart tafakkur, ijodiy fikrlash, obsenyon ta'limoti

Iqtibos uchun: Xudoyqulova Sh.M. Ta'lim oluvchilarda nostandart tafakkur muammosining o'rganilishi: tarixiy ekskurs // Inter education & global study. 2024. №5(1). B.38-43.

ИЗУЧЕНИЕ ПРОБЛЕМЫ НЕСТАНДАРТНОГО ИСТОРИЧЕСКИЙ ЭКСКУРС

МЫШЛЕНИЯ СТУДЕНТОВ:

© Ш.М.Худойкулова1Н

1Узбекистон-Финляндский педагогический институт, Ташкент, Узбекистон_

Аннотaция

ВВЕДЕНИЕ: Развитие нестандартного или творческого мышления у учащихся было темой образовательных исследований и дискуссий на протяжении веков. Нестандартное мышление, характеризующеесжфся оригинальностью, гибкостью и

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

умением решать проблемы, имеет решающее значение для инноваций и адаптации в быстро меняющемся мире.

ЦЕЛЬ: целью данного исследования является изучение исторического развития образовательных теорий и практик, связанных с нестандартным мышлением учащихся.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в этом исследовании используется методология исторического исследования, которая анализирует первичные и вторичные источники, включая научные тексты, научные статьи и исторические записи.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: обсуждение показывает, что концепция нестандартного мышления берет свое начало в древних философских традициях, причем первоначальный акцент был обнаружен в работах Сократа и аристотелевской мысли, которая поощряла вопросы и критическое мышление.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: историческое исследование нестандартного мышления в образовании демонстрирует постоянную и развивающуюся приверженность развитию творчества и инноваций среди студентов.

Ключевые слова: креативное мышление, нестандартное мышление, креативное мышление, учение обсеньона.

STUDYING THE PROBLEM OF NON-STANDARD THINKING IN STUDENTS: A HISTORICAL EXCURSION_

© Shahlo M. Xudoyqulova1H

1 Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute, Tashkent, Uzbekistan_

INTRODUCTION: cultivating non-standard or creative thinking in students has been a topic of educational research and debate for centuries. Out-of-the-box thinking characterized by originality, flexibility and problem-solving is critical to innovation and adaptation in a rapidly changing world.

AIM: the purpose of this study is to explore the historical development of educational theories and practices related to non-standard thinking in students.

MATERIALS AND METHODS: this study uses a historical research methodology that analyzes primary and secondary sources, including academic texts, academic articles and historical records.

DISCUSSION AND RESULTS: the discussion shows that the concept of nonstandard thinking originates from ancient philosophical traditions, with initial emphasis found in the works of Socrates and Aristotelian thought, which encouraged questioning and critical thinking.

Для цитирования: Худойкулова Ш.М. Изучение проблемы нестандартного мышления студентов: исторический экскурс. // Inter education & global study. 2024. №5(1). С. 38-43.

Annotation

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

CONCLUSIONS: a historical study of non-standard thinking in education demonstrates an ongoing and evolving commitment to fostering creativity and innovation in students.

Key words: creative way of thinking, non-standard thinking, creative thinking, obsenyon doctrine

muloqotga kirish hamda ularni inson manfaatiga muvofiqlashtirish barcha davrlarda muhim omillardan biri bo'lib kelgan va bu borada turli qarash va nazariyalar shakllangan. Bu jarayon individuallikni kasb etib, nostandart ko'rinishni o'zida aks ettirgan holda oddiy odamdan tortib olimlarning yondashuvlarida ham nostandartlik, qarama-qarshilik va ziddiyatli fikr-mulohazalarni yuzaga kelishiga asos bo'lgan holda taraqqiyot tomon insoniyatni yo'naltirgan omillardan hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan olib qaraydigan bo'lsak, nostandart tafakkur tarzi inson tabiatiga xos bo'lib, har bir inson o'z hayotida ijodkorlik bilan duch keladi, uning qaysidir jihatini o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Biroq aynan mana shu masala anlangan va anglanmagan faoliyat turi bilan izohlangan holda nimanidair kashf etish yoki uni bilmasdan o'tkazib yuborish ehtimoli asosida amalga oshadi. Agar shaxsda nosatandart tafakkur tarzi shakllantirilgan bo'lsa, unda yangi narsalarni kashf etish kompetentligi namoyon bo'ladi.

Ta'kidlash lozimki, nostandart tafakkur tarziga ega bo'lish, ijodkorlik manbasi bo'lib, inson faoliyati bilan bog'liq bo'lgan natija va samardorlikni hamda yangiliklarni yuzaga chiqarib bervchi «dvigatelidir". Bu borada tadqiqotchi LS.Vbigotskiyning ilmiy mulohazalari o'rinli bo'lib, uning fikricha, ijod bu - bir necha tanlangan kishilar, xususan, daholar, betakror badiiy va san'at asarlarini yaratgan, insoniyat taraqqiyotiga xizmat qilagan va qilayotgan ilmiy kashfiyot, texnologiya sohasidagi taraqqiyot va ixtirolarni amalga oshirgan iste'dod egalarining taqdiri"[1]dir.

Antik davrdan shu kungacha inson ongi va tafakkurini o'rganib kelgan olim va tadqiqotchilar ijodkorlik va uning manbasi xususida bir qator ilmiy-amaliy izlanishlarni olib borgan bo'lib, turli nazariy yondashuvlarni ilgari surgan.

Xususan, qadimgi yunon olimlari va faylasuflari inson tafakkuri va unig mahsuli bo'lgan nosatndart va ijodiy fikrlash jarayonini tadqiq etib, bu borada bir qator ilmiy-nazariy qarashlarni ilgari surgan.

Platon san'at bo'yicha kasbiy tayyorgarlik va badiiy ijodning mistik nazariyasini ishlab chiqib, ijod nazariyasi g'oyalarni oqilona bilish haqidagi o'z ta'limotini ilgari surgan va badiiy ijod aktini mantiqsiz harakat deb e'lon qiladi. Aflotun nuqtai nazaricha, san'atdagi ijodning manbai va sababi obsesyon (inson ongini biror narsaga yo'naltirish

For citation: Shahlo M. Xudoyqulova. (2024) Studying the problem of non-standard thinking in students: a historical excursion, Inter yeducation & global study, (5(1)), pp. 38-43. (In Uzbek).

Kishilik jamiyatining rivojlanishi, tabiat va atrof muhitni o'rganish, ular bilan

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

yoki bo'sundirish) bo'lib, rassom u eng yuqori va tabiatan ilohiy kuchlarning ongli ta'siri va jozibasiga ega bo'lgan ilhom manbasini o'zida shakllantirgan ijodkor shaxsi deb qaraydi[2].

Inson tafakkuri mahsuli bo'lgan ijodkorlik, boshqalardan qaysidir jihati bilan ajralib turish, biror bir sohadagi yutuqlari bu insonga ato etilgan ilohiy manba ekanligi xususida Suqrotning nazariy qarashlari Platondan farqli ularoq, Aflotun yondashuvini yoqlaydi. Uning nuqtai nazaricha barcha epik shoirlar san'at va ijodkorligi ato etilgan ilohiy ilhom bilan uyg'unlashgan holda go'zal ijod namunalarini yaratishligini e'tirof etadi[3].

Ushb nuqtai nazarlarni tahlil etgan holda ijodkorlik bu shunchaki Platon ta'kidlagandek mantiqsiz yoki tushunarsiz narsa emas, balki insonga xudo tomnidan ato etilgan buyuk ne'matdir. Bizning nuqtai nazarimizcha, har bir inson biror bir kasb yoki sohaga nisbatan yuqori darajadagi qobiliyat va is'edodga ega. Biroq uni davlat va jamiyat (oila, MTM, maktab, mahalla, ta'lim muassasalari, nodavlat tashkilotlar) tomonidan o'z vaqtida anglab, rivojlantiruvchi pedagogik metodika va vositalardan maqsadli foydalangan holda yuzaga chiqarish imkoniyatini ta'minlash lozim. Bunda inson ongi va dunyoqarashi muhim rol o'ynab, har bir boladagi iste'dod va ijodkorlikni ko'ra olish hamda uni maqsadli yo'naltirish, energiyasini manfaatli omillarga qaratish orqali barcha sohalarda yangilik va nostandart yondashuvni yuzaga chiqarish hamda davlat va jamiyat manfaatiga xizmat qildirish imokoniyatini oshirish mumkin.

Aflotunning obsesyon ta'limotida ilgari surilgan, keyingi davrlarni estetik idealistlari ijodida takrorlangan uchta fikr, ya'ni, ijodning o'ta sezgir manbai, badiiy ilhomning mantiqsiz tabiati va estetik iste'dodning asosini[4] ilmiy nuqtai nazarda hozirgi davrda ham chuqur o'rganish maqsadga muvofiqdir.

Bizning nuqtai nazarimizcha, insondagi kreativ ijodkorlik hamda nostandart tafakkur muammosini yuzaga chiqarishda biror narsaga bo'lgan qiziqish va e'tiborning elementini sezgirlik bilan anglash va uni rag'batlantirish, yuzaga chiqaruvchi omillar bilan ta'minlash bo'lsa, ilhomning mantiqsiz tabiati deganda esa har bir narsaga qiziqishni shunchaki hayrat va emotsional yondashuv deb emas balki ichki ruhiy olamning u bilan ko'rinmas zanjirlar orqali bog'langanligini anglash hamda moddiyatga aylantirish resurslarini izlab topish, mavjud shart-sharoitlarni imkon qadar yaratib berish va faoliyatiga aralashmaslik talab etilsa, estetik iste'dodning asosi sifatida yaratilgan ijod mahsulidan motivatsiya olishning psixologik mexanizmlarini yuzaga keltirgan holda ruhiy jihatdan rag'batlantirish tushuniladi.

Bu jarayon, o'ylaymizki, har bir inson ijodkorligining manbasi bo'lib, kerativ tafakkur tarzining rivojiga katta hissa qo'shadi. Har bir kraetiv tafakkur bu davlat va jamiyatning, qolaversa, insoniyatning umummiliy boyligidir.

Bu borada Aristotelning ilmiy nazariy qarshlariga e'tibor qaratish ahamiyatli bo'lib, uning fikricha, inson tafakkur tarzini ishga solish har bir narsaga kreativ yondashish bu uning anglangan faoliyat turiga munsubligi nuqtai nazaridan yuzaga keladigan faol jarayondir. Uning fikricha, biror kishi passiv aqlga ega (potentsial aql), shuning uchun u ba'zan o'ylaydi, ba'zan esa yo'q. Bilish uchun inson sezgi (ko'rish, eshitish) orqali bilim

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

manbasini olishi va passiv ongni faoliyat holatiga yo'naltirishi, ya'ni aqlini faol aqlga yaqinlashtirishi kerak[5].

Bu o'rinda shuni ta'kidlash kerakki, aqlni faol aqlga tenglashtirish kerak deganda, har bir inson tafakkur qilish mumkin, ammo uni real vaziyatda amalga oshirish chora-tadbirlari xususida, uning natijalari hamda imkoniyatlari va samaradorligini yanada takomillashtirish masalalari har kimda ham bir xil kechmaydi. Insonga har doim o'ylashga imkon berilgan va tanlash hamda yondashish masalalriga yetarli asoslar bor. Shuning uchun Aristotel aytganidek, passiv ong potensial bilimga ega, ya'ni mavjud. Agarda u nostandart yondashuvlar va bir nechta muqobil variantlar bilan amaliyotga joriy etilsa, faol ong mahsuli sifatida haqiqiy bilimga aylanib, o'z samarasi va natijasini beradi.

Aristotel haqiqiy intellektga ta'rif berib, bu shunday ongdirki, hamma narsani ishlab chiqaradi va yorug'lik manbasi kabi xususiyatlarga egadir. Chunki yorug'lik, qaysidir ma'noda, mumkin bo'lgan ranglarni haqiqiy qiladi. Aql esa alohida mavjud bo'lib, hech narsaga bo'ysunmaydi, hech narsa bilan aralashmaydi, o'z mohiyatiga ko'ra faoliyatdir.[6]"

Insondagi nostandart yondashuv doimiy izlanish va har xil ijodiy yondashuv mahsuli bo'lib, doimiy harakatni taqozo etadi. Bu inson tafakkurini regidlik jarayonidan xalos etib, tafakkur operatsiyalarini, ya'ni analiz va sintezni yanada aniqlik asosida faoliyatga xos xulosalar chiqarishga zamin bo'lib xizmat qiladi.

Arestotel ta'kidlaganidek, harakatdagi bilim uning ob'ekti bilan bir xil bo'ladi, shaxsning imkoniyatidagi bilim yuzaga chiqarilmas ekan, u umuman bilim emasdir. Axir, vujudga keladigan hamma narsa haqiqatda mavjud bo'lgan narsadan kelib chiqadi[7].

Umuman, har bir insonda ma'lum sohaga nisbatan qobiliyat, ijodkorlik sifati va salohiyat mavjud bo'ladi, uni har qanday holatda nostandar vaziyatlarda yuzaga chiqarish imkoniyat mavjud. Bu ilmiy xulosani Aflotun va Arestotel kabi faylasuflar yuqoridagi gepotezasi ham tasdiqlaydi. Shunday ekan, nostandart tafakkur tarzi muammosini pedagogikaning o'rganilishi zarur muammolari qatorida tadqiq etish o'quvchilarda ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish bilan bog'liq iuhim ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Шеров М.Б. Креатив тафаккур х,ак,ида фалсафий карашлар эволюцияси. // ARES Vol.1 №.1,?2020. ISSN 2181-1385. https://cyberleninka.ru/article/n/kreativ-tafakkur-a-idagi-falsafiy-arashlar-evolyutsiyasi

2. Выготский, Л.С. Лекции по психологии /Л.С. Выготский; - СПб.: Союз, -2006. - 144 с.

3. Мистическая «теория творчества» по Платону / Манба: https://vikent.ru/enc/5420/

4. Леменкова П.А. Эволюция взглядов аристотеля на проблему человека и окружающего мира / https://hal.archives-ouvertes.fr/hal-01986701/document

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

5. Нильс Хенрик Давид Бор - биография, (to-name.ru/biography/nils-bor.htm)

6. Бергсон А. Творческая эволюция. М.: 1908 г. Стр. 340.

7. Шайхова Х.А. Маънавият - камолот кузгуси. - Т,: F.Fулом номидаги НМИУ, 2009, -Б. 115.

8. Тиллаева Г.х. Акмеология асослари. - Т,: Тафаккур бустони, 2014, -Б. 31-бет.

9. Тиллаева Г.х. Акмеология асослари. - Т,: Тафаккур бустони, 2014, -Б. 192.

10. Индиаминов Н., Бабажанов Б. Таълим самарадорлигини оширида шахсга йуналтирилган таълим // Замонавий таълим. 2014. №8. 18-22 бетлар.

11. Основы личностно-ориентированного образования./ И.С.Якиманская. -М.: «Бином. Лаборатория знаний», 2011.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Xudoyqulova Shahlo Mamaniyozovna, dotsent, [Худойцулова Шахло Маманиёзовна, Доцент ], [Shohlo M. Xudoyqulova, associate professor]; manzil: Spitamen shoh ko'chasi, 166-uy. O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti. Samarqand [adrec: проспект Спитамен, 166. Узбекско-Финляндский педагогический институт. Самарканд], [address: Spitamen avenue, 166. Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute. Samarkand] sahlohudojkulova@gmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.