Научная статья на тему 'Mustaqil ta’lim jarayonida o’quvchilarni ijodkorligini shakllantirish'

Mustaqil ta’lim jarayonida o’quvchilarni ijodkorligini shakllantirish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
244
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
mustaqil ta’lim / ko’nikma / pedagog / metod / didaktik qobiliyat / malaka shakllantirish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Madina Fayzulla Xudoynazarova, Dinora Xudoynazarova

Ushbu maqolada mustaqil ta’limni tashkil etish yo’llari haqidagi ma’lumotlar berilgan. Mustaqil ta’lim muayyan fan dan o’quv dasturida belgilangan hamda o’quvchi tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishni,o’zlashtirish darajasini amalga oshiriladigan ta`lim shakllaridan bo’lib, o’qituvchi maslahati va tavsiyalari, bilimlar taqsimotiga tayyorgarligi asosida sinfdan tashqarida bajariladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Mustaqil ta’lim jarayonida o’quvchilarni ijodkorligini shakllantirish»

Mustaqil ta'lim jarayonida o'quvchilarni ijodkorligini

shakllantirish

Madina Fayzulla Xudoynazarova

JDPI

Dinora Xudoynazarova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada mustaqil ta'limni tashkil etish yo'llari haqidagi ma'lumotlar berilgan. Mustaqil ta'lim - muayyan fan dan o'quv dasturida belgilangan hamda o'quvchi tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malaka shakllantirishni,o'zlashtirish darajasini amalga oshiriladigan ta'lim shakllaridan bo'lib, o'qituvchi maslahati va tavsiyalari, bilimlar taqsimotiga tayyorgarligi asosida sinfdan tashqarida bajariladi.

Kalit so'zlar: mustaqil ta'lim, ko'nikma, pedagog, metod, didaktik qobiliyat, malaka shakllantirish

Formation of students' creativity in the process of independent

education

Madina Faizulla Khudoynazarova

JDPI

Dinora Khudoinazarova

Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after

Alisher Navoi

Abstract: This article provides information on ways to organize independent education. Independent education is the formation of knowledge, skills and competencies that are established in the curriculum from a particular subject and should be mastered by the student,the level of mastery is made of the forms of education that are carried out, and is carried out outside the classroom on the basis of teacher advice and recommendations, preparation for the distribution of knowledge.

Keywords: independent education, skills, educator, method, didactic ability, skill formation

Kirish: Davlat ta'lim standarti talabiga binoan bilimlarni mustaqil ravishda izlanib o'rganish vazifasi hozirgi kunda eng dolzarb mmmmolardan biridir. Shu sababli fanlarning nazariy asoslarini amaliy ko'nikma darajasida o'zlashtiri bo'lishda

mustaqil ta'limning roli beqiyosdir. O'quvchilarga mustaqil ta'limni bajarish yuzasidan fan o'qituvchilari tomonidan metodik tavsiyalar beriladi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib mustaqil ta'lim turlari - rang-barang va turli electron ko'rinishlari - fan o'qituvchisi tomonidan ishlab chiqiladi. O'quvchilar sinf xonalarida o'qituvchilarning ma'ruzasini tinglaydilar. Sinfxonasidan tashqarida o'quvchi darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspektqiladi, uy vazifasi sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o'rganish maqsadida qo'shimcha adabiyotlarni o'qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo'yicha testlar yechadi. Mustaqil ta'lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.

Asosiy qism: Mustaqil ta'lim jarayonida o'quvchilarni ijodkorligini oshirish uchun turli xil yangi metodlar bilan birga qobilyatli o'qituvchi ham kerak bo'ladi. Bu bolalarga o'quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqsh uyg'otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg'ota biladigan qobiliyatlardir.

Didaktik qobiliyatga ega bo'lgan o'qituvchi zarurat tug'ilganda qiyin o'quv materialini - osonroq, murakkabrog'ini soddaroq, tushunish qiyin bo'lganini tushunarliroq qilib o'quvchilarga moslashtirib bora oladi.O'qituvchining manna shu xislatlarini bilib olgan o'quvchilar odatda: «O'qituvchining eng muxim tomoni ham uning hamma narsani aniq-ravshan va tushunarli qilib berishidada. Bunday o'qituvchining qo'lida maza qilib o'qiging keladi»; «Unisi esa hyech narsaga yaramaydigan o'qituvchi, hyecham aniq tushuntirib bera olmas edi»; «O'quv materialini oldida tirik odamlar emas, balki qandaydir mexanizmlar bordek, zerikarli va noaniq - mujmal qilib tushuntiradi. Biz bunday o'qituvchilarni yoqtirmaymiz»-deydilar. Hozirgi tushunchamizdagi kasbiy maxorat shunchaki bilimlarni osonroq, hammabob va tushunarli qilib o'quvchilar ongiga yetkazib berish qobiliyatinigina emas, balki shu bilan birga o'quvchilarning mustaqil ishlarini, ularning bilish faolligini oqilona va moxirlik bilan boshqarib, ularni kerakli, tomonga yo'naltirib turishdan iborat qobilyatni ham o'z ichiga oladi.

Darslarda ko'rgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanishdan asosiy maqsad ta'lim oluvchilarning mavzuni o'rganishlarida ularning diqqatini to'plash, darsga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, o'zlariga bo'lgan ishonchni uyg'otish hamda ko'rgazmalilik va tarqatmalilik asosida ularning bilim, ko'nikma va malakalarini oshirishdan iborat. Shu o'rinda, muhtaram Prezidentimizning «Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq», degan fikrlari so'zimizning isboti bo'ladi. Urug'lar yordamida turli xil narsalar yasash. Bu metod orqali o'quvchilarni tabiatni asrab -avaylash, har qanday narsadan unumli foydalanib biron narsa yashash va o'quvchilarni darsga bo'lgan e'tiborini kuchaytirishdan iboratdir. Bu metod orqali o'quvchilarni

ijodkorligini rivojlantirish yo'q narsadan bor qilishdir. Bu metodning maqsadi ajdodlarimizdan qolgan tarixiy an'analarimizni o'quvchilarga o'rgatish va bu urf-odatlarni rivojlantirish usullari hisoblanadi.

Masalan, boshlang'ich sinflarda kitobcha yasash,

Rasm manbasi: Internet ma 'lumotlari. bayram uchun tabriknoma yasash,

Rasm manbasi: Internet ma 'lumotlari. biror ertak qahramonining rasmini chizish va boshqalar bo'lishi mumkin.

Rasm manbasi: Internet ma 'lumotlari. Mustaqil topshiriqlar dars rejasidan chetlashmagan holda beriladi.

O'quvchilarni ijodiy faoliyatga tayyorlaydigan o'qituvchi eng avvalambor o'quvchilarda taqdim qilinayotgan o'quv materialiga qiziqtirish uyg'otish zarur. O'qitishda muammoli ta'limdan foydalanish ham, ijodiy faoliyatni shakllantirishda samarali hisoblanadi. O'quvchilarning biror-bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi. bilan bog'liq bo'lgan ta'lim metodlaridan evristik yoki tadqiqotchilik metodlari bilan birga o'quvchilarni ijodiy fikr "laboratoriyasi"ga olib kiradigan jarayon ham asosiy ahamiyatga egadir. Muammoli ta'lim shu jihatdan bir qancha afzalliklarga ega:

1. U o'quvchilarni mantiqiy, ilmiy, didaktik, ijodiy fikrlashga o'rgatadi.

2. U o'quv materialini ishonarli qiladi, bu bilan bilimlarning e'tiqodga aylanishiga ko'maklashadi.

3. U odatda, ancha ta'sirchan bo'lib, chuqur intellektual his-tuyg'ular, shu jumladan ko'tarinki ruh, hissini o'z imkoniyatlari va kuchiga ishonch tuyg'usini vujudga keltiradi, shuning uchun u o'quvchilarni qiziqtiradi, o'quvchilarda ilmiy bilishga jiddiy qiziqishni tarkib toptiradi.

4. Haqiqat qonuniyatining mustaqil "kashf etilishi" olingan bilimlarni unutmasligi aniqlab chiqilgan, mustaqil hosil qilingan bilimlar unutilgan taqdirda ham ularni tezda qayta tiklash mumkin.

Boshlang'ich ta'limda o'quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishda topishmoqlar xalq og'zaki ijodining kichik va qadimiy janrining ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. Topishmoqni o'rganish, unga javob topish orqali bolalar predmetlarning kelib chiqishi, uning inson hayotidagi o'rni va roli haqida tasavvurga ega bo'ladilar, ularning qiziqishi ortadi, ongi va tafakkuri o'sadi, fikrlash qobiliyati rivojlanadi, tabiat va hayvonot olamini sevish, ardoqlash kabi hissiyotlari tarbiyalanadi.

Topishmoqlardan dars jarayonida foydalanish orqali o'quvchilarning nutqi boyiydi, takomillashadi. Ular ifodali, mazmunli o'qishga o'rganadilar. Topishmoqlarning matn mazmuni bilan bog'liq ravishda o'rganilishi o'quvchilarning bir tomondan matn mazmunini to'liqroq tushunishi va yaxshi esda saqlashiga turtki bo'lsa, ikkinchidan, ularning darsdagi faolligini oshiradi, dam olish muhitini yaratadi, ma'naviy-axloqiy jihatdan kamol toptiradi. Bugungi kunda ilmiy, uslubiy adabiyotlarda «ijod», «ijodkorlik» kabi atamalarni uchratib qolmoqdamiz.

Bu atamalarning adabiyotlar sahifalarida paydo bo'lganligi bejiz emas. «Ijod» so'zining lug'aviy ma'nosi: «yaratish», «yangilikni kashf etish» so'zlariga monand keladi. Ijodkorlik - faoliyatning turli holatlarida paydo bo'ladi. Qiziqish ilhom, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo'lishidan, namoyon bo'lishigacha jarayonini o'z ichiga oladi. Shaxsda faoliyat ehtiyoji faoliyatda yangi ilgari maqsad qilib qo'yilmagan, hal etuvchi vosita bo'lib hisoblanmagan intilishdir. Ijodkorlik- sifat jihatdan yangi, moddiy va ma'naviy boyliklar yaratuvchi inson faoliyati jarayoni. Ijodkorlik o'zida insonning mehnatda namoyon bo'lgan qobiliyatini ifodalaydi. Ob'ektiv olam qonuniyatlarini bilish asosida xilma-xil ijtimoiy ehtiyojlarini

qanoatlantiradigan yangi haqiqatni yaratadiganday mehnat ijod bo'lishi mumkin. Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda ijodiy qobiliyatni shakllantirishga, ilmiy-ijodiy izlanishlarga yo'llaydigan, bilishga oid ilmiy faoliyatni tashkil etish shakl va metodlaridan foydalanish o'z samarasini berdi. Bu borada ijodiy faoliyatni rivojlantirish darslariga dialog-darslar munozara, bahs, suhbatlar, fantaziya, izlanish darslari, muammolar qo'yish va ularni yechish darslari; ishtirokchilik darslari, modellashtirish, badiiy texnik ijodkorlik, ijod qilish, kichik kashfiyotlar yaratish, insholar yozish, solnomalar tuzish, ishbop o'yinlardan, innovatsion metodlardan foydalanish kabilar eng samarali bo'ldi.

Xulosa: Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinf o'quvchilari bilim olishning poydevori hisoblanar ekan, mazkur sinfdan boshlab, o'quvchilarda ijodiy faoliyatini rivojlantirishni taqoza etadi. Shunday ekan o'quvchilarning ijodkorli, ijodiy faoliyatini rivojlantirish lozimligi kun tartibdagi muammo bo'lib qoldi. Hozirgi kunda, 1-4-sinf o'quvchilariga ijodiy faoliyatini rivojlantirishda o'quvchilarning yosh xususiyatlarini e'tiboriga olish, ta'limni samarali tashkil etishda darslarni noan'anaviy tarzda o'tkazish, darslarda innovatsion metodlardan faydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O'quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish, ularni har tomonlama yetuk bo'lishiga xizmat qiladi. Boshlang'ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o'yinlardan, zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o'rganganlarini hayot bilan bog'lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. M. Abdullajonova, boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'zlashtira olmaslik sabablari //. "Xalq ta'limi" jurnali. N_6, 2002-yil.

2. Sh. Siddiqova, Ko'chirma gap xususida. "O'zbek tilshunosligining dolzarb masalalari" mavzusidagi VIII Respublika ilmiy-nazariy anjumani. - Toshkent: 2005-

yil.

3. E. G'oziyev, V. Meliboyeva, Ijodiy tafakkurni rivojlantirish usullari //. "Xalq ta'limi" jurnali. N_3, 2009-yil.

4. S. L. Vigotsjiy, Bola rivojlanishining psixologiyasi. - Toshkent: Sharq, 2010-

yil.

5. Sh. Siddiqova, Ko'chirma gap xususida. "O'zbek tilshunosligining dolzarb masalalari" mavzusidagi VIII Respublika ilmiy-nazariy anjumani. - Toshkent: 2005-

yil.

6. M. Abdullajonova, boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'zlashtira olmaslik sabablari //. "Xalq ta'limi" jurnali. N_6, 2002-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.