Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KREATIV FIKRLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH JARAYONINI MODELLASHTIRISH METODIKASI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KREATIV FIKRLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH JARAYONINI MODELLASHTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kreativ fikrlash / ijodkorlik / ijodiy / erkin / tanqidiy / mustaqil tafakkur. / творческое мышление / творчество / творческое / свободное / критическое / самостоятельное мышление.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — U.S. Qo’Lmuminov

maqolada tabiiy fanlarni o‘qitishning dolzarbligi, tabiiy fanlar misolida o‘quvchilarining kreativ qobiliyatini rivojlantirishning metodik tizimi, bugungi kunda o‘quvchilarning kreativ fikrlash, atrofdagi voqelikka ongli munosabatda bo‘lish, daxldorlik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarini, tafakkurini rivojlantirish, yuksak ma’naviyatli barkamol shaxsni kamol toptirish sog‘lom avlodni voyaga yetkazishning muhim omili sifatida boshlang‘ich ta’lim tizimidan boshlab ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarini keng miqyosda qo‘llash zaruratini yuzaga keltirishi haqida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF MODELING THE PROCESS OF FORMING CREATIVE THINKING SKILLS OF PRIMARY CLASS STUDENTS

в статье раскрывается актуальность преподавания естественных наук, методическая система развития творческих способностей учащихся на примере естественнонаучных дисциплин, развитие качеств и мышления учащихся сегодня, таких как творческое мышление, осознанное отношение к окружающей действительности, вовлеченность и социальная активность, высокая духовность Считается, что развитие всесторонне развитой личности как важный фактор воспитания здорового поколения обуславливает необходимость широкого применения передовых педагогических и инновационных технологий, начиная с системы начального образования.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KREATIV FIKRLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH JARAYONINI MODELLASHTIRISH METODIKASI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© U.S. Qo'lmuminov1^_

1Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada tabiiy fanlarni o'qitishning dolzarbligi, tabiiy fanlar misolida o'quvchilarining kreativ qobiliyatini rivojlantirishning metodik tizimi, bugungi kunda o'quvchilarning kreativ fikrlash, atrofdagi voqelikka ongli munosabatda bo'lish, daxldorlik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarini, tafakkurini rivojlantirish, yuksak ma'naviyatli barkamol shaxsni kamol toptirish sog'lom avlodni voyaga yetkazishning muhim omili sifatida boshlang'ich ta'lim tizimidan boshlab ilg'or pedagogik va innovatsion texnologiyalarini keng miqyosda qo'llash zaruratini yuzaga keltirishi haqida fikr yuritilgan

MAQSAD: bugungi kunda butun dunyoda kechayotgan glaballashuv jarayonida har bir soxada ilg'or ishlar amalga oshirilmoqda buni zamonning o'zi talab etmoqda. Yosh avlod har soxada ildam.Chunki jamiyatimiz axborot oqimiga boy. Jamiyatimiz talab etayotgandek har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalab yetishtirish.

MATERIALLAR VA METODLAR: Maqola mavzuga doir ilmiy, o'quv-metodik adabiyotlarning qiyosiy-tanqidiy o'rganish va tahlil etish, uzviylik va uzluksizlik kabi pedagogik tamoyillar asosida yoritilgan bo'lib, o'quvchilarda tabiiy fanlarni o'qitishda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantrish masalalari tadqiq etilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: ma'lumki, kreativlik shaxs samarali faoliyatini ta'minlovchi asosiy kategoriyalardan biri bo'lib, ta'lim jarayoniga kreativ yondashuv o'quvchilar bilim o'zlashtirish sifatini ularning ijodiy faoliyati asosida rivojlantirishga xizmat qiladi. SHuningdek, kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma'naviyatining ajralmas qismi, shaxsni o'z-o'zini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosidir.

XULOSA: kreativ fikrlash mavjud muammoga nafaqat texnik nuqtai nazardan, balki ijtimoiy nuqtai nazardan qarashni, asosiy muammolarga ya'ni shaxsiy muammolar, ta'lim jarayonidagi muammolar, kengroq miqyosdagi yoki global muammolar bo'lishidan qat'iy nazar yechim topishda boshqalarning ehtiyojlarini tushunish va inobatga olishni o'z ichiga oladi.

Kalit so'zlar: kreativ fikrlash, ijodkorlik, ijodiy, erkin, tanqidiy, mustaqil tafakkur.

Iqtibos uchun: Qo'lmuminov U.S. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllanti rish jarayonini modellashtirish metodikasi // Inter education & global study. 2024. № 5. B.206-213.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

МЕТОДОЛОГИЯ МОДЕЛИРОВАНИЯ ПРОЦЕССА ФОРМИРОВАНИЯ НАВЫКОВ ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ_

© У.С.Кулмуминов1Н

1Термезский государственный педагогический институт, Термиз, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье раскрывается актуальность преподавания естественных наук, методическая система развития творческих способностей учащихся на примере естественнонаучных дисциплин, развитие качеств и мышления учащихся сегодня, таких как творческое мышление, осознанное отношение к окружающей действительности, вовлеченность и социальная активность, высокая духовность Считается, что развитие всесторонне развитой личности как важный фактор воспитания здорового поколения обуславливает необходимость широкого применения передовых педагогических и инновационных технологий, начиная с системы начального образования.

ЦЕЛЬ: сегодня, в процессе глобализации, во всех областях наблюдается прогресс, которого требует время. Я веду молодое поколение во всех сферах. Потому что наше общество богато информационными потоками. Воспитание зрелого и совершенного человека во всех отношениях, как того требует наше общество.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: статья освещается на основе таких педагогических принципов, как сравнительное и критическое изучение и анализ научной, учебно-методической литературы по теме, связность и преемственность, а также исследование вопросов развития творческих способностей учащихся при обучении естественному языку. науки.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: известно, что творчество является одной из основных категорий, обеспечивающих эффективную деятельность человека, а творческий подход к образовательному процессу служит развитию качества усвоения знаний студентами на основе их творческой деятельности. Также творчество является неотъемлемой частью духовности человека как категория, развивающая личность, фактор саморазвития личности, основа жизненной силы личности.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: креативное мышление предполагает не только взгляд на проблему с технической точки зрения, но и с социальной точки зрения, понимание и учет потребностей других в поиске решения основных проблем, будь то личные проблемы, образовательные проблемы, более масштабные или глобальные проблемы включают получение.

Ключевые слова: творческое мышление, творчество, творческое, свободное, критическое, самостоятельное мышление.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5

fccjlL

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Для цитирования: Кулмуминов У.С. Mетодология моделирования процесса формирования навыков творческого мышления у учащихся начальных классов // Inter education & global study. 2024. № 5. С. 206-213.

METHODOLOGY OF MODELING THE PROCESS OF FORMING CREATIVE THINKING SKILLS OF PRIMARY CLASS STUDENTS_

© Uralboy S. Qo'lmuminov1H

1Termiz State Pedagogical Institute, Termiz, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the article reveals the relevance of teaching natural sciences, the methodological system for developing the creative abilities of students using the example of natural science disciplines, the development of qualities and thinking of students today, such as creative thinking, conscious attitude to the surrounding reality, involvement and social activity, high spirituality. It is believed that the development a comprehensively developed personality as an important factor in raising a healthy generation necessitates the widespread use of advanced pedagogical and innovative technologies, starting with the primary education system.

AIM: today, in the process of globalization, progress is being made in all areas, which the time demands. I lead the younger generation in all areas. Because our society is rich in information flows. Raising a mature and perfect person in all respects as required by our society.

MATERIALS AND METHODS: the article is covered on the basis of such pedagogical principles as comparative and critical study and analysis of scientific, educational and methodological literature on the topic, coherence and continuity, as well as research into the development of students' creative abilities when teaching natural language. Sciences.

DISCUSSION AND RESULTS: it is known that creativity is one of the main categories that ensures effective human activity, and a creative approach to the educational process serves to develop the quality of knowledge acquisition by students based on their creative activity. Also, creativity is an integral part of human spirituality as a category that develops the personality, a factor in the self-development of the individual, and the basis of the vitality of the individual.

CONCLUSION: Creative thinking involves not only looking at a problem from a technical point of view, but also from a social point of view, understanding and considering the needs of others in finding solutions to basic problems, be it personal problems, educational problems, larger or global problems include receiving.

Key words: creative thinking, creativity, creative, free, critical, independent thinking.

For citation: Uralboy S. Qo'lmuminov. (2024) 'Methodology of modeling the process of forming creative thinking skills of primary class students', Inter education & global study, (5), pp. 206-213. (In Uzbek).

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Bugungi kunda butun dunyoda kechayotgan glaballashuv jarayonida har bir soxada ilg'or ishlar amalga oshirilmoqda buni zamonning o'zi talab etmoqda. Yosh avlod har soxada ildam.Chunki jamiyatimiz axborot oqimiga boy. Jamiyatimiz talab etayotgandek har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalab yetishtirishda o'qituvchining o'rni beqiyosdir. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishda yosh avlodga chuqur bilim beradigan, fikrlash doirasi keng, kasbiy ko'nikmalarga ega bo'lgan, huquqiy demokratik jamiyat a'zolarini ozod va erkin yashashga, mustaqil fikr yuritishga o'rgata oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifa qilib belgilangan.

Maqola mavzuga doir ilmiy, o'quv-metodik adabiyotlarning qiyosiy-tanqidiy o'rganish va tahlil etish, uzviylik va uzluksizlik kabi pedagogik tamoyillar asosida yoritilgan bo'lib, o'quvchilarda tabiiy fanlarni o'qitishda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantrish masalalari tadqiq etilgan.

Mamlakatimiz yetakchi pedagog va psixolog olimlaridan Sh.Abdullaeva, D.N.Arzikulov, E.G'oziyev, M.G.Davletshin kabi olimlar shaxs kreativ faoliyati va kreativ tafakkurini psixologik jihatlarini tadqiq etgan bo'lsalar, tabiiy fanlar va ekologik ta'lim-tarbiya va madaniyatni shakllantirish yuzasidan E.O.Turdiqulov, B.X.Xodjaev, Yu.G'.Mahmudov, XJ.Xudayqulov, N.J.Isakulova, X.B.Norbutaev, Sh.L.Maxmudova, V.N.Sattorov, Ye.B.Aydarov, U.G.Saidova, A.R.Malikova, M.K.Shirinov, N.A.Mirzaeva, G.A.Ismoilova, A.Yu.Kuchkinov, G.I.Qosimova, L.M.Abdunazarov, I.X.Ayubovalarning ilmiy-tadqiqot ishlarida o'rganilgan. Ma'lumki, kreativlik shaxs samarali faoliyatini ta'minlovchi asosiy kategoriyalardan biri bo'lib, ta'lim jarayoniga kreativ yondashuv o'quvchilar bilim o'zlashtirish sifatini ularning ijodiy faoliyati asosida rivojlantirishga xizmat qiladi. SHuningdek, kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma'naviyatining ajralmas qismi, shaxsni o'z-o'zini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosidir. U shaxs ega bo'lgan bilimlarning ko'p qirrali ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga intilishda va o'rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o'zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo'ladi. "Kreativlik" tushunchasi o'zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G'arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik yaratish hisoblanadi. Ular kreativlik negizida noan'anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil-mutoyiba tuyg'usi va erkinlik mavjud bo'lishiga e'tiborni qaratadilar. Sharq olimlari esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug'ilish jarayoni, deb tushunadilar. Garchi g'arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo'lsa-da, biroq har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilap[2].

Kreativlik- shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma'naviyatining ajralmas qismi bo'lib, shaxsni o'z-o'zini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega bo'lgan bilimlarning ko'p qirrali ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga intilishda va o'rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o'zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo'ladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Kreativlik bevosita innovatsiyalar bilan bog'liq jarayondir. Negaki o'qituvchining kreativlik faoliyat yuritishi uchun, u albatta o'zining sohasidagi eng so'nggi yangiliklardan, shu bilan bir qatorda butun jamiyatdagi voqea va hodisalardan boxabar bo'lishi, innovatsion yangiliklarni o'z faoliyatida o'rinli foydalana olishi lozim. Demak, boshlang'ich sinf o'qituvchisi har qanday vaziyat, har qanday jarayon va har qanday paytda eng samarali yo'lni izlab topishi va uni amaliyotga joriy qilish orqali dars jarayonini samarali tashkil etishi, boshlang'ich sinf o'quvchilari ongiga tez, tushunarli, qulay, oson va samarali tarzda yetkazib berishi ham kreativlikning bir ko'rinishi deyish mumkin. O'qituvchining kreativligi, ushbu kreativlikning mohiyatini beruvchi ijodkorlik ustuvor xarakterga egadir. Bu esa bizning maqolamiz ob ekti bo'lgan o'qituvchining kreativlik faoliyatining naqadar muhimligidan dalolat beradi. Yuqoridagi pedagog olimlar, ayniqsa olima R.A.Mavlanova tomonidan olib borilgan tatqiqotlar bilan tanishar ekanmiz, ularning barchasini umumlashtirgan holda biz quyidagi fikrlarni etirof etmoqchimiz: Kreativlik o'qituvchilarni innovatorlikka undovchi pedagogik kategoriya hisoblanadi; Kreativlik o'qituvchining kasbiy va shaxsiy sifatining integratsiyasidir. Chunki tabiatan qiziquvchan, intiluvchan bo'lmas ekan, o'qituvchi hech qachon ijodkorlikni namoyon eta olmaydi; kreativlik o'qituvchilarda o'z-o'zidan paydo bo'ladigan sifat emas, u o'qituvchining yangiliklarga intilishi, yangiliklarni o'zlashtirish va o'zining pedagogik faoliyatida qo'llay olish jarayonlarida duch keladigan qiyinchiliklarni yenga olishi, innovatsion yangiliklarni o'z faoliyatida faol, ijodkorona foydalana olish va o'z mualliflik g'oyalariga, echimlarni (evristik) topa olishi bilan bog'liqdir; o'qituvchining kreativligining shakllanishi «ehtiyojlar, yo'nalishlar va «Men» kontseptsiya»laridan kelib chiqadi. O'qituvchining kreativlik faoliyati pedagogik faoliyatning barcha turlarida namoyon bo'lishi davr talabidir. O'qituvchining kreativlik faoliyati, avvalo, pedagogik mahorat bilan bog'liq degan xulosaga kelishimiz mumkin.

Qoliplardan voz kechamiz. Inson miyasi o'z ishini "yengillashtirish", "qulaylashtirish" uchun shablon va stereotiplardan foydalanadi. Stereotiplar shu paytgacha ma'lum bo'lgan va umumqabul qilingan fikrlardir. Ular asosida fikrlash bizga hech qanday yangi g'oya bermaydi. Qoliplarning yuzaga kelishida jamiyatda ustuvor bo'lgan ijtimoiy fikr, mediamahsulotlarda taqdim etilayotgan shakl va ko'rinishlar ham yetakchi o'rin tutadi. Inson ommadan ajrab qolmaslik nuqtayi nazaridan hammaning fikriga qo'shiladi. Qolaversa, "oqim bo'ylab suzish" mustaqil fikrlashdan ko'ra oson tuyuladi. Stereotiplar orqali fikrlaganda muayyan mavzu bo'yicha inson ongiga "so'rov" berilganida odatiy ma'lumot va mulohazalar yuzaga keladi. Masalan, "yangi yil" deganda to'kin dasturxon, reklamadan tushmaydigan gazli ichimliklar, archa va hokazolarni tasavvur qilish, bobo obrazida qo'lida hassa tutgan, ko'zoynakli cholni ko'rish qolip asosida fikrlashning ko'rinishi. Kreativ fikrlovchi insonlar odatiy manzaralardan o'zgacharoq tasvirlarni ham tasavvur qilib, hech kim ilg'amagan jihatlarni payqaydi, yangilik yaratoladi. Eng ajablanarli jihati, ta'lim-tarbiya jarayoni ham o'quvchilarni bir xil fikrlashga o'rgatib qo'yarkan. Mashhur ixtirochi va kashfiyotchilarning aynan maktabdagi ta'lim jarayonidagi bir xillikka ko'nikolmagani, qoliplarga sig'maganini ko'rish mumkin. Masalan, Albert Eynshteynning

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

maktabdan haydalishi yoki Dmitriy Mendeleyevning kimyo fanidan "uch" olgani bunga misol bo'ladi.

Ijodkorlikni yuzaga keltirish uchun stereotiplarning ongosti darajasida ijoddan cheklovchi funksiya, shablonlardagi to'siqni anglash, qoliplardan voz kechish zarur. Kumir, brend va modaga ergashish mustaqil fikr kushandasi hisoblanadi. Kiyinish, o'zini tutish, kasb tanlash, hatto fikrlashdagi taqlid bunyodkorlik faoliyatidan cheklashi mumkin. Shuning uchun nega aynan shu kiyimni tanladim, nima uchun shu ichimlikni xarid qilyapman, deb OAV, reklama orqali inson ongiga majburan singdirilayotgan ta'sirlardan voz kechish mustaqil qaror qabul qilishga, media qurshovidan chiqishga sabab bo'ladi.

Tomas Edison "Kreativlik - g'ayriixtiyoriy jarayon", deydi. Lekin har kuni ko'plab mutaxassislar muammolarga noodatiy yechim topishga zaruriyat sezadi. Ular mana shu g'ayriixtiyoriy jarayonni ixtiyoriylashtirishi mumkinmi? Tabiatda yangi fikrlarni yuzaga keltiruvchi "sehrli tayoqcha" yo'q, biroq har qanday mutaxassisning kreativ o'ylashiga ko'maklashadigan ko'plab usullar mavjud. Buning uchun ijodiy fikrlashga vaqt ajratish, ijodiy salohiyatni anglash lozim.

Jorj Bernard Shou hazillashib shunday deydi: "Ko'pchilik yiliga ikki-uch marta o'ylaydi. Mening butun dunyoga mashhurligim sababi - haftada bir yoki ikki marta o'ylaganim". Demak, xayolga kelgan yangi fikrlarni e'tiborsiz qoldirmaslik, o'ylash uchun imkon yaratish muhim. Ijodkorlik chegarasini belgilang. Muammoli masalaga duch kelgan paytingizda ijodkorlik chegaralarini belgilang. O'zingizdan "Eng oddiy yechim nimada?" deb so'rang. Keyin "muammoni hal qilishning aql bovar qilmas varianti"ni tasavvur qiling. Oddiy va hayratlanarli yechim o'rtasida sizga ijodiy maydon paydo bo'ldi. Endi yangi g'oya mavhum emas, uning chegaralari mavjud. Bu ijod jarayonidagi psixologik bosimni yengillashtiradi. Kreativlik shaxsni rivojlantruvchi kategoriya sifatida inson ma'naviyatining ajralmas qismi bo'lib, shaxsni o'z-o'zini rivojlantrish omili, inson ega bo'lgan bilimlarning va pedagogik kreativlik esa pedagogik jarayonni tashkil etish davomida noodatiy, ijodiy va mahsuldor g'oyalarni yaratish hamda ulardan samarali foydalanishdan iboratdir. An'anaviy yondashuvdan farqli ravishda pedagogik jarayonga kreativ yondashuv yuzaga keladigan pedagogik muammolarni ijobiy yechimini topishga hamda ta'lim jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini ta'minlashga xizmat qiladi.

Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e'tibor qaratish zarur: ular tomonidan ko'p savollar berilishini rag'batlantirish va bu odatni qo'llab-quvvatlash; bolalarning mustaqilligini rag„batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish; bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish; bolalarning qiziqishlariga e'tibor qaratish.

Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to'sqinlik qiladi: o'zini tavakkaldan olib qochish; fikrlash va xatti-harakatlarda qo'pollikka yo'l qo'yish; shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi; boshqalarga tobe bo'lish; har qanday holatda ham faqat yutuqni o'ylash [3,1506].

Yillar mobaynida insonning bir necha sohalardagi ijodiy barkamolligining ahamiyati va uning tahlili borasida ko'plab adabiyotlar vujudga kelgan. Ushbu yozilgan

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

adabiyotlarda berilgan ta'riflarga ko'ra, kreativ barkamollik ma'lum ijtimoiy sohaga nisbatan yangi va foydali, deb qaralgan. Ta'lim jaryonida esa kreativ yondashuv o'zining "kundalik" shakliga egadir. Masalan, u yozish, chizish, musiqa yoki "san'at"ning boshqa sohalarining ifodaviy faoliyati, yangi bilim va tushunchalar hosil qilish, yoki turli ochiq turdagi savollarga kreativ yechimlar topish orqali namoyon bo'ladi. Ta'lim jarayonida bu kabi ijodiy mashg'ulotlar ko'p fan sohalari bilan bog'langan bo'lib, san'at va tabiiy fan singari an'anaviy fanlar bilangina chegaralanib qolmaydi. PISA, PIRLS va TIMSS 2022 tadqiqotlari o'quvchilardan kutiladigan kreativ fikrlash jarayonlariga qaratiladi.

Mazkur xalqaro loyiha faqat ijodkor shaxslarni ajratib olishni maqsad qilmaydi, aksincha o'quvchilar g'oyalarni qidirish hamda ifodalashda ijodiy fikrlash qobiliyatini va bu qobiliyatning o'qitish yondashuvi, maktab faoliyati yoki ta'lim tizimining boshqa xususiyatlari bilan qanday bog'liqligini tavsiflaydi. PISA, PIRLS va TIMSS xalqaro tadqiqotlarining oldiga qo'ygan asosiy maqsadi o'quvchilarning ta'lim siyosati va pedagogikada yaqqol natija beradigan kreativ fikrlash ko'nikmasiga oid xalqaro miqyosdagi qiyosiy ma'lumotlar bilan ta'minlashdan iborat. Shuning uchun, nazarda tutilayotgan kreativ fiklash ko'nikmasi ta'lim olish orqali shakllantirilishi, ta'lim jarayonida kreativ fikrlash ko'nikmasining turli imkoniyatlari aniq ko'rsatib berilishi va baholovchi topshiriqlarda o'quvchilarning o'zlashtirishlari bilan bog'langan bo'lishi, baholashda qamrab olingan mazmun sohalari umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitiladigan fanlar bilan chambarchas bog'langan bo'lishi, test topshiriqlari o'quvchilar tomonidan, ham sinfda ham sinfdan tashqarida bajariladigan mashg'ulotlarga yaqin bo'lishi bilan birga, ijodiy yutuq va muvaffaqiyatni ta'minlaydigan darajada ishonchli bo'lishi kerak.

Kreativ fikrlash mavjud muammoga nafaqat texnik nuqtai nazardan, balki ijtimoiy nuqtai nazardan qarashni, asosiy muammolarga ya'ni shaxsiy muammolar, ta'lim jarayonidagi muammolar, kengroq miqyosdagi yoki global muammolar bo'lishidan qat'iy nazar yechim topishda boshqalarning ehtiyojlarini tushunish va inobatga olishni o'z ichiga oladi. Mazkur sohada kreativ fikrlash o'quvchilarning innovatsion, shu bilan birgalikda amaliy yechimlar taklif etadigan, emotsional mazmunga ega g'oyalarni ilgari surish, namunalarni ajratish va ma'lum guruh ehtiyojlarini baholash hamda boshqalar fikriga xayrixohlik bildirish qobiliyatiga bog'liq.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 -yil, 29 -apreldagi "O'zbekiston Respublikasi XAlq ta'limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantrish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida PF- 5712- sonli Farmoni . ПФ-5712-сон 29.04.2019. (lex.uz).

2. Yuldashev S.N. Boshlang'ich ta'lim ixtisosligi talabalarini kreativ yondashuv asosida texnologik ta'limga tayyorlash metodikasi. pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi AVTOREFERATI. Qarshi - 2021 8-bet.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

3. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF)2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 1506 www.ares.uz.

4. A.Ismailov [va boshq.]. Kreativ fikrlashni baholash. Toshkent. 2021 -yil.—92 bet.

5. Мухтарова, Л. А. (2018). РАЗВИТИЕ И ФОРМИРОВАНИЯ КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У ШКОЛЬНИКОВ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ. Гуманитарный трактат, (24), 13-14

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Qo'lmuminov Uralboy Safar o'g'li, oqituvchi, [Сын Колмуминова Уралбой Сафар, педагог], [Uralboy S. Qo'lmuminov, teacher]; manzil: Termiz shahar, Islom Karimov ko'chasi, 288b-uy [адрес: улица Ислама Каримова, 288б, город Термез], [address: Islam Karimov street, 288b, Termiz city]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.