Научная статья на тему '“KREATIV KOMPETENSIYA” VA “IJTIMOIY KOMPETENSIYA” TUSHUNCHALARINING KONTEKSTUAL TAHLILI'

“KREATIV KOMPETENSIYA” VA “IJTIMOIY KOMPETENSIYA” TUSHUNCHALARINING KONTEKSTUAL TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1028
244
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetensiya / model / innovatsiya / mantiqiy fikrlash / xalqaro tajriba / kreativlik / ijtimoiylashuv jarayoni. / компетенция / модель / инновация / логическое мышление / международный опыт / креативность / процесс социализации.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ergashеv Murodbеk Ikromovich

Ushbu maqolada kreativ kompetensiya va ijtimoiy kompetensiya tushunchalarining uyg‘un va farqli jihatlari, kontekstual tahlili, kreativ kompetensiyani shakllantirish modeli, kreativlik va ijtimoiylashuv jarayonidagi qayta aloqa, shuningdek o‘quvchilarning kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish natijasida yuzaga keluvchi samaradorlik bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

КОНТЕКСТУАЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ПОНЯТИЙ «КРЕАТИВНАЯ КОМПЕТЕНЦИЯ» И «СОЦИАЛЬНАЯ КОМПЕТЕНЦИЯ»

В данной статье изложены гармоничные и разные аспекты понятий креативной компетентности и социальной компетентности, контекстуальный анализ, модель формирования креативной компетентности, обратная связь в процессе креативность и социализации, а также эффективность, возникающая в результате развития креативной и социальной компетентности учащихся

Текст научной работы на тему «“KREATIV KOMPETENSIYA” VA “IJTIMOIY KOMPETENSIYA” TUSHUNCHALARINING KONTEKSTUAL TAHLILI»

Ergashev Murodbek Ikromovich,

Andijon davlat pedagogika instituti "Tasviriy san'at va musiqa talimi" kafedrasi dotsenti

"KREATIV KOMPETENSIYA" VA "IJTIMOIY KOMPETENSIYA" TUSHUNCHALARINING KONTEKSTUAL TAHLILI

UO'K: 37.02

DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_7_6

ERGASHEV M.I. "KREATIV KOMPETENSIYA" VA "IJTIMOIY KOMPETENSIYA" TUSHUNCHALARINING KONTEKSTUAL TAHLILI

Ushbu maqolada kreativ kompetensiya va ijtimoiy kompetensiya tushunchalarining uyg'un va farqli jihatlari, kontekstual tahlili, kreativ kompetensiyani shakllantirish modeli, kreativlik va ijtimoiylashuv jarayonidagi qayta aloqa, shuningdek o'quvchilarning kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish natijasida yuzaga keluvchi samaradorlik bayon etilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: kompetensiya, model, innovatsiya, mantiqiy fikrlash, xalqaro tajriba, kreativlik, ijtimoiylashuv jarayoni.

ЭРГАШЕВ М.И. КОНТЕКСТУАЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ПОНЯТИЙ «КРЕАТИВНАЯ КОМПЕТЕНЦИЯ» И «СОЦИАЛЬНАЯ КОМПЕТЕНЦИЯ»

В данной статье изложены гармоничные и разные аспекты понятий креативной компетентности и социальной компетентности, контекстуальный анализ, модель формирования креативной компетентности, обратная связь в процессе креативность и социализации, а также эффективность, возникающая в результате развития креативной и социальной компетентности учащихся.

Ключевые слова и понятия: компетенция, модель, инновация, логическое мышление, международный опыт, креативность, процесс социализации.

ERGASHEV M.I. CONTEXTUAL ANALYSIS OF THE CONCEPTS OF «CREATIVE COMPETENCE» AND «SOCIAL COMPETENCE»

This article describes the harmonious and different circumstances of the concepts of creative and social competence, contextual analysis, the model of creative competence formation, feedback in the process of creativity and socialization, as well as the effectiveness resulting from the progress.

Key words and concepts: competency, model, innovation, logical thinking, international experience, creativeness, process of socialisation.

Kirish.

Jahon pedagogik amaliyotida kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish o'quvchilarning bilim olishga bo'lgan qiziq-ishlarini kuchaytirish, fan asoslarini ijodiy o'zlashtirish va mustaqil bilish faoliyatini rag'batlantirish omili sifatida e'tirof etilmoqda. Ayniqsa, o'quvchilarda ijtimoiy-kreativlikni rivo-jlantirishning innovatsion-didaktik tizimini ish-lab chiqish, kompetensiyaviy yondashuv asosida ijtimoiy-pedagogik mexanizmini takomillashti-rish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga o'quvchilarning kelgusi o'quv jarayonida namunali faoliyat olib borishi, kasbiy va kunda-lik faoliyatida muvaffaqiyatli natijalarga erishishi, jamiyat ravnaqi yo'lida harakatlanishi, o'zining har jihatdan rivojlanishida ularning kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarni egallashi - muhim masalalardan biri sifatida qaralmoqda.

Dunyo ta'lim tizimlarining xalqarolashuvi mil-liy ta'lim tizimi oldiga yangidan yangi vazifalarni qo'ymoqda. Jumladan, hozirgi kunda makta-blarning asosiy vazifalaridan biri o'quvchilarda dunyoga yaxlit, o'zaro aloqador bo'lgan birlik sifatida qarash, uning global muammolari hamda bu muammolar yechimini ko'ra va tus-huna bilishni shakllantirishdan iborat. Ta'lim mazmunida o'quvchilarning taqdim etilayotgan bilimlar asosida ijtimoiy ko'nikmalarni egallashi hamda o'zining kreativ sifatlarini rivojlantirib borishi o'zgaruvchan jamiyatning asosiy ehtiyo-jlaridan biriga aylanmoqda.

Mavzuning dolzarbligi.

Respublikamizda o'quvchilarning mustaqil, ijodiy va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, ijtimoiy muhitda o'zini ijodiy namoyon etishining didaktik tizimini takomillashtirish, kompeten-siyaviy yondashuvga asoslangan milliy o'quv dasturlarini ishlab chiqish va ta'lim amaliyotiga samarali tatbiq etish ustuvor vazifa etib bel-gilangan. Shuningdek, "maktab ta'limiga ilg'or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan Milliy o'quv dasturini to'laqonli joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratil-

gan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish"1 orqali o'quvchilarda turli kompetensiyalarni riv-ojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o'z nutqida "Yangi O'zbekiston - maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi"2, degan g'oyani ilgari surib, bun-ing asosida maktab ta'lim tizimida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilishini ta'kidlab o'tgan edi. Ushbu islohotlar doirasida "bolalarning tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ularga sermazmun va tushunarli dars-liklar yaratish"3 asosiy masalalaridan biri sifatida ko'rib chiqilmoqda. Shu asosda maktab ta'limini rahbar va pedagog-xodimlari, o'quvchi va bitiru-vchilariga qo'yilgan talablar ortmoqda. Ayniqsa, o'quvchi-yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash va bu yo'nalishda ularning ta'lim jarayonidagi faolligini oshirish, voqelik va jarayonlarga nis-batan kreativ fikrlashlariga imkoniyat yaratish, turli xil ijtimoiy muhitda o'z fikri va qarashlarini bayon etishga, harakatlarini boshqara olishga tayyorlash ta'lim jarayonining muhim vazifalari sifatida qaralmoqda.

Tadqiqotning maqsadi.

Jamiyat bugungi innovatsion davrda yuk-sak bilim olgan o'quvchi-yoshlarning kreativ g'oyalaridan manfaatdor bo'lib, ularning o'z kreativ kompetensiyasini ijtimoiy muhitda namoyon etishi ushbu jamiyat istiqboli uchun yana bir imkoniyat hisoblanadi.

Quyida izlanishlar natijasida "kreativlik" va "ijtimoiylashuv", "kreativ kompetensiya" va "ijtimoiy kompetensiya"ga oid ta'rif va tavsif-lar hamda unga erishish yo'llari, yuzaga chiqish imkoniyatlariga oid ilmiy-nazariy va pedagogik-psixologik adabiyotlar tahlili keltirib o'tiladi.

Ta'limning asosiy roli o'quvchilarni jami-yatda muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarur

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 -yi l 11-maydagi "2022-2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida" gi PF-134-son Farmoni / Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 11.05.2022-y., 06/22/134/0407-son. https://lex.uz/docs/-6008663.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020-yil 29-dekabr. - https://president.uz/oz/lists/view/4057

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020-yil 29-dekabr. - https://president.uz/oz/lists/view/4057

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

bo'lgan kompetensiyalar bilan ta'minlashdan iborat bo'lib, kreativ fikrlash bugungi yoshlarn-ing rivojlanishlari uchun kerakli kompetensiya hisoblanadi1. Bu ularga globallashuv sharoi-tida tezlik bilan o'zgarib borayotgan, savodx-onlik va raqamlash ilgari surilgan hamda "XXI asr ko'nikmalari"ga ega moslashuvchan kadr-larni talab qiladigan dunyoda ijtimoiylashu-viga yordam beradi. Kreativ fikrlashni o'rgatish bugungi kun o'quvchilari va yoshlariga dolzarb muammolarni yechish uchun yangi texnologi-yalardan foydalangan holda hali yaratib ulgu-rilmagan sektorlarda yoki vazifalarda ishlash, shu bilan birga mashinalar bajara olmaydigan ishlarni osonlikcha amalga oshira olish hamda murakkab mahalliy va global muammolarning yechimini topish qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradi2.

Jamiyat hamisha yangi o'zgarish va ixtiro-lar sabab taraqqiy topadi. Shu sabab insoniyat doimo yangilikka intiladi, yangi g'oya va yan-gicha faoliyat nafaqat kundalik hayot, avvalo, ta'lim-tarbiya tizimi uchun muhim sanaladi. Rivojlanayotgan dunyo, bugungi real hayotning har sohasi uchun kreativ shaxs va uning g'oyalari muhim ahamiyatga ega.

Mavzu bo'yicha boshqa olimlar ilmiy asarlari qisqacha tahlili.

Tadqiqotchilardan G.Ibragimova3 shaxs kreativligining tarkibiy tuzilishini: fantaziya, shaxsiy yo'nalganlik, bilim, ko'nikma, malaka-lar, nostandart tafakkur, mustaqillik, intuisiya, refleksiya kabilarga ajratib ko'rsatadi. U kreativ-lik shaxsning individual-psixologik xususiyatlari bilan bog'liq jarayon ekanligiga urg'u beradi.

Kreativlik - shaxsning muammoli vaziyat-lardan tafakkuri orqali, takrorlanmas yo'l bilan

1 Lucas B. and E. Spencer (2017), Teaching Creative Thinking: Developing Learners Who Generate Ideas and Can Think Critically., Crown House Publishing, https:// bookshop. canterbury.ac.uk/Teaching-Creative-Thinking-Developing-learners-who-generate-ideas-andcan-think-critically_9781785832369 (accessed on 26 March 2018).

2 Ismailov A.A., Daminov X.J., Kosimova Z.A., Pirimov G.A. Kreativ fikrlashni baholash (PISA 2022 o'quvchilarni kreativ fikrlashlarini baholash bo'yicha qo'llanma). Qo'llanman. - T. 2021. - 95 b. https://www.tsbm.uz/uploads/docs/e56ef050 6d1cbf53486d63fe2e4507db.pdf

3 l/l6parnMoBa r. l/lHTep$ao.n ykutuw MeTognapu Ba TexHo.norufl.napM acocuga Ta^a6a^apHMHr KpeaTMB^UK Ko6w^MflT^apMHM puBo^aHTupuw: neg. $aH.n. 6yMuma ^a^ca^a goKTopu (PhD). ...gucc. - T.: 2017. - 155 6.

chiqib ketish, unga ijodiylik bilan yondasha olish qobiliyati hisoblanadi.

Xorij olimlari Hennessey va Amabaillarning fikricha, kreativ tushunchalar va yondashuvlar dunyoning turli mintaqalarida insoniyat madani-yatining ravnaq topishiga, jumladan, ular tabiiy, falsafa, san'at va gumanitar fanlarning rivojlan-ishiga turtki bo'ldi4. Shunday ekan, kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy keladigan fikrlardan keskin farq qiladi. Bu bilim va tajribaga asoslan-gan haqiqiy kompetensiya hisoblanib, insonlarn-ing keskin va murakkab vaziyatlarda kutilgan natijalarga erishishlariga imkon beradi. Dunyo miqyosidagi tashkilotlar va jamiyatlar "inno-vatsion g'oyalar va kreativ fikrlashga nisbatan umumiy tashabbuskorlik"5 deb qarab, yuzaga kelayotgan murakkabliklarni yengishda innovat-sion g'oyalar, bilim va ko'nikmalarni egallashga e'tibor qaratmoqda.

Rus psixolog-olimi Ya.A.Ponomapev kreativ shaxsda quyidagi muhim xususiyatlar mavjud bo'lishi lozimligini ta'kidlab o'tadi:

- perseptual: diqqatni jamlashning g'ayrioddiy qobiliyati, idrok, katta taassurot;

- intellektual: sezgi, kuchli tasavvur, ixtiro, bashorat, bilimlarning kengligi;

- xarakterli: bir xillikdan qochish, o'ziga xoslik, tashabbuskorlik, qat'iyatlilik, mustaqil riv-ojlantirish6.

Psixolog R.Epshteyn7 kreativlik bo'yicha yet-akchi mutaxassis olim sifatida tanilib, u kreativ kompetensiyalarning quyidagi muhim va oddiy modelini ishlab chiqdi (1-rasmga qarang):

Uning tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, insonlar yangi yoki kutilmagan ogohlantirishlar-siz biror bir muammoga duch kelganida kreativlik ularni ijtimoiy, ta'limiy, kasbiy, qo'yinki, har sohadagi qiyinchiliklardan chiqishlariga ko'mak beradi.

Bugungi kunda dunyo olimlari tomoni-dan rivojlanib borayotgan "kreativlik" sohasi ustida katta qiziqish bilan qator tadqiqotlar olib borilmoqda. Xorij olimlari Amabail, Pratt, Barbot

4 Hennessey, B. and T. Amabile (2010), "Creativity", Annual Review of Psychology, Vol. 61, pp. 569-598.

5 OECD (2010), The OECD Innovation Strategy: Getting a Head Start on Tomorrow, OECD.

6 noHoMapeB ЯА Пcиxoлoгия TBop4ecTBa. - М.: 1976. -304 c.

7 https://kimtasso.com/creative-competencies/

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

1-rasm. R.Epshteynning kreativ kompetensiyani shakllantirish modeli1.

shaxsiy g'oyalarini hayolida qanday yarata olisln va saqlab qolislu bilan bog'liq. Masalan, yozuvcliilar daftarlarini doimiy yonlarida olib

yuradi. Qachonki, g'ayrioddiy holat yoki iikr tng'ilsa yozib boradilar.

I

yangi g'oyalami kutilmaganda ishlab chiqishni nazarda tutadi. Kreativ

shaxslar kamdan « kam qiyin

й vaziyatlarga duch s keladi va agar >. shunday holat sodir O* bo'Isa, o'zlaiini tez qayta tiklab oladilar. Ular

liiuvaffaqiyatsizlikni o'sish uchun

imkoniyat deb

biladilar.

DJD

a

«

!4

llgari yaiatilgan g'oyalar raqobatlashib, originalligini yo'qotgani uchiui o'z bilim va

ko'nikmalarini kengaytirislmi talab etadi. Ya'ni kreativ shaxs do lino o'z ustida lslilaydi, yangiliklarga intiladi

>

va Hyuzer, Begetto kabi tadqiqotchi olimlarning "Componential theory of creativity", "Motivating creativity in organizations: on doing what you love and loving what you do", The dynamic componential model of creativity and innovation in organizations, "Creativity and Identity Formation in Adolescence: A Developmental Perspective", "Creativity, intelligence, and personality: a critical review of the scattered literature" va yana bir qancha asarlari shular jumlasidan bo'lib, ularda kreativ fikrlashning ahamiyati va uni rivojlanti-rishga yo'naltirilgan shart-sharoit va yo'nalishlar ishlab chiqilgan.

Begetto va Kaufman o'qituvchilar o'quvchilarning o'z kreativligiga nisbatan qanday javobgar bo'lishini o'rgatishga ko'maklashuvchi muhit hosil qilishi va ta'lim jarayonida o'quvchilar tomonidan beriladigan har qanday yashirin (nofaol) fikr-mulohazalar doimiy nazorat qilib borilishi kerakligini taklif qilishgan2. Misol uchun, bunga o'quvchilar o'z oldilariga maqsad qo'yishlari, erishilgan yutuqlarini sarhisob qilib borishlari, istiqbolli g'oyalarni aniqlashlari va samarali, ijodiy, jamoaviy ishlashga o'z hissasini qo'shish uchun umumiy javobgarlikni his qilish-lari orqali erishish mumkin. O'qituvchilar, shun-ingdek, o'quvchilarga kreativ fikrlash vazifasi qay tarzda va qachon mos kelishini tushunishda yordam berishlari kerak.

1 https://kimtasso.com/creative-competencies/

2 Begetto, R. and J. Kaufman (2014), "Classroom contexts for creativity", High Ability Studies, Vol. 25/1, pp. 53-69,

http://dx.doi.org/10.1080/13598139.2014.905247.

Tadqiqotchi-pedagog M.R.Turaboyevaning ilmiy-kategorik tahlillariga ko'ra "kreativ kom-petensiyaga - bu o'quv-bilish jarayonida, yaqin kelajakdagi kasbiy va hayotiy muammolarni hal etishda ko'plab yangi, betakror g'oyalarni yarat-ishga imkon beradigan bilim, ko'nikma, shaxsiy fazilatlar va tajribani o'z ichiga oladigan shaxs-ning sifatidir"3. Uning fikricha, kreativlik har bir insonda ma'lum darajada mavjud bo'lishi mum-kin, ammo uni rivojlantirish va ko'rsata olish tashqi olam shart-sharoitlariga ham bog'liq.

Demak, kreativlik bevosita ijtimoiy muhit bilan aloqaga ega. Shaxsning kreativ kompeten-siyasi ijtimoiylashuv jarayonida rivojlanadi yoki aksincha, uning ijtimoiy bilimlari, ijtimoiy kom-petensiyasi ortgani sayin yangi bilimlar, kreativ g'oyalarga bo'lgan qiziqishlari ham ortib boradi. Umuman olganda kreativ kompetensiya va ijtimoiy kompetensiya bir-birini to'ldiruvchi va riv-ojlantiruvchi xususiyatga ega (2-rasmga qarang).

Bugungi kunga qadar, kompetensiya turlarini ifodalashga oid turli xil yondashuvlar mavjud, binobarin, Respublika olimlaridan N.A.Muslimov va M.B.Urazovalar kompetensiyalarni kasbiy ta'limga asoslangan holda quyidagi turlarga ajratib keltiradi:

- maxsus kompetensiya - yetarli yuqori darajada o'z kasbiy faolligini egallash, keyingi kasbiy rivojlanishini loyihalashtira olish;

3 Turaboyeva M.R. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'quvchilarining shaxsiy-kreativ kompetensiyasini riovojlantirish metodikasi. p.f. bo'yicha falcafa doktopi (PhD) diss. avtoref. - Farg'ona: 2022. - B. 11. (56 b).

2-rasm. Kreativlik va ijtimoiylashuv jarayonidagi qayta aloqa.

- ijtimoiy kompetensiya - birgalikdagi kasbiy faoliyat va hamkorlikni yo'lga qo'yish, o'zining bajargan ishlari natijalariga ijtimoiy jihatdan javobgarlikni anglash;

- asosiy kompetensiya - moslashish va samarali faoliyat uchun zarur bo'lgan shaxsning madaniyatlararo va yo'nalishlararo bilim, qobili-yat va ko'nikmalari;

- individual kompetensiya - biror kasb doirasida individuallikni mustaqil qo'llash, riv-ojlantirish usullarini egallash, kasbiy-shaxsiy o'sish va mustaqil reabilitasiya qilishga tayyor-lash;

- shaxsiy kompetensiya - shaxsiy mustaqil aks etish, mustaqil o'sish va rivojlanish usullari, shaxsning kasbiy deformatsiyalarga qarshi turish vositalarini egallashi1.

Ushbu olimlarning xulosalariga ko'ra, peda-gog faoliyati uchun turli kompetensiyalar qatori ijtimoiy kompetensiyaga egalik alohida e'tiborga ega. Negaki, bugungi jadallik bilan yangilanib borayotgan jamiyat hayoti uchun ijobiy holda moslashuvchan va ijtimoiy muhitda belgilangan me'yorlardan kelib chiqib o'z-o'zini erkin namo-yon etuvchi o'quvchi-yoshlar faoliyati, ularning ijtimoiy ong, ijtimoiy bilim hamda ijtimoiylashu-vga oid ko'nikmalari zaruriy ahamiyatga ega.

Maqolaning ilmiy mohiyati.

Mamlakatimizdagi uchinchi renessans davri inson faoliyati uchun yangi ijtimoiy kontekst-larni o'rnatishdan boshlanadi. Bunda o'rnatilgan an'analardagi o'zgarishlar, odamlarning tur-mush tarzi, muloqot uslubi va o'zaro muno-sabatlari xilma-xillikda tavsiflanadi. Jamiyatda yangi ijtimoiy me'yorlar va munosabatlar paydo

1 MycnKMoB H.A., ypa3oBa М.Б., Эшпу-naToB Ш.Н. Kac6 Ta^nMMM yK,MTyB4M.napMHMHr ^бий шмпетентлигини шaкллaнтиpиш TexHo.no^.nap^ - Т.: Fan va texnologiya, 2013. - 160 б.

bo'ladi. Shaxsning, yosh avlodning rivojlanishiga qo'yilgan mavjud talablar yangilanib, ta'limdagi islohotlarni yuzaga keltiradi va bu ta'limdan kutilayotgan natijani sezilarli darajada oshiradi. Mazkur jarayonda yangi ijtimoiy munosabatlarga munosib javob beradigan, ijodiy o'sishga qodir va professionallik darajasida o'z-o'zini takomil-lashtiruvchi, shaxsiy resurslarni doimiy ravishda yangilab boruvchi mutaxassislarga talab ortadi.

Jamiyat mana shunday mutaxassis shaxsining muvaffaqiyatli shakllanishidan manfaatdorlikka ega bo'lib, bunday shaxsni tayyorlashni uzluk-siz ta'limning har bir bosqichida amalga oshirish lozim. Ijtimoiylashuv ko'nikmalarini egallagan, yuqori darajadagi ijtimoiy kompetensiyaga ega bo'lish, avvalo, shaxsiy qulaylikni qolaversa, professional hayotning barcha sohalarida samara-dorlikni ta'minlaydi.

Umuman olganda jamiyat tomonidan nafaqat mutaxassislarga, balki barcha insonlarga ma'lum ijtimoiy rollarni bajarish: oilada turmush o'rtoq, o'z farzandlarining tarbiyachisi, turli yo'nalishlarda (milliy, siyosiy, huquqiy, axloqiy va ekologik) yuqori madaniyatli shaxs kabi muhim vazifalar qo'yilgan.

Tadqiqotning ob'yekti.

Ijtimoiy kompetentsiyaga egalik har qaysi shaxsning o'z ijtimoiy rolini namunali bajar-ishga, ijtimoiy mavqeini yuqori bo'lishiga, kela-jakdagi mutaxassislik faoliyatini barqarorligini ta'minlashga asos bo'lib xizmat qiladi.

Ta'kidlash joizki, shaxs bevosita ijtimoiy muhitda rivojlanada va ijtimoiylashadi. Ijtimoiy muhit - insonning yashashi va ishlashi uchun uni o'rab turgan ijtimoiy, moddiy-ma'naviy shart-sharoitlarni taqdim etadi.

Muhit keng ma'noda (makromuhit) ijtimoiy-iqtisodiy tizimni: ishlab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va tartib-qoidalar majmuini,

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

jamiyatning ijtimoiy ong va madaniyatini o'z ichiga oladi. Tor ma'nodagi ijtimoiy muhit (mik-romuhit) bevosita insonni qurshab olgan oila, mehnat, o'quv va boshqa guruhlardan iborat. Ijtimoiy muhit shaxsning shakllanishiga va riv-ojlanishiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Ayni vaqtda insonning ijodiy faolligi, faoliyati ta'sirida ijtimoiy muhit o'zgaradi, bu o'zgarishlar jaray-onida odamlarning o'zlari ham o'zgaradi1. Mana shunday ijtimoiy muhit ta'sirida shaxs asta-sekinlik bilan ijtimoiylashib, ijtimoiy bilim va kompetensiyalarni egallab boradi. Bunda eng birinchilardan ta'lim muhiti alohida o'rin egal-laydi.

Tadqiqotda qo'iianiigan usuiiar.

S.S.Rachevoyning nuqtai nazariga ko'ra, ijtimoiy kompetensiya murakkab shaxsiy xususiyat bo'lib, u nafaqat atrof-muhitni bir butun sifa-tida tushunishni, balki shaxsning qobiliyatlari va ko'nikmalarini birlashtiradi2. Ushbu muloha-zaning muhim xususiyati jamiyat bilan bog'liq bo'lgan bilimlar bo'lib, undan xulq-atvor tartibi sifatida foydalanish mumkin.

Muallif S.S.Xazova ijtimoiy kompetentsiyani siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-kommunika-tiv, ko'p madaniyatli, axborot-instrumental va individual-shaxsiy kompetensiyalar yig'indisi sifatida tavsiflaydi. Shu nuqtai nazardan, muallif ijtimoiy kompetensiyaning bir qator psixologik yo'naltirilgan tarkibiy qismlarini, jumladan bilim va ko'nikmalarni (kognitiv komponent) bel-gilaydi; fikrlash xususiyatlari (intellektual kom-ponent), xulq-atvor, faoliyat tajribasi va mulo-qot (faoliyat-xulq-atvor komponenti) kabilarga ajratadi3. Ijtimoiy kompetentsiyani siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-kommunikativ, ko'p madaniyatli, axborot-instrumental va individual-

1 https:||uz.wikipedia.org|wiki|Ijtimoiy_muhit

2 Козилова Л.В., Исайкина И.Ю. Развитие социальной компетентности студентов педагогического вуза средствами профессионально ориентирующих форм учебных занятий || Современные проблемы науки и образования. - 2G19. - № 5.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

URL: https:||science-education.ru|ru|article| view?id=29197 (дата обращения: 26.G5.2G23).

3 Козилова Л.В., Исайкина И.Ю. Развитие социальной компетентности студентов педагогического вуза средствами профессионально ориентирующих форм учебных занятий || Современные проблемы науки и образования. - 2G19. - № 5.

URL: https:||science-education.ru|ru|article| view?id=29197 (дата обращения: 26.G5.2G23).

shaxsiy kompetentsiyalar yig'indisi sifatida tavsiflaydi.

Ijtimoiy kompetentsiya hissiy holatni va jamiyat bilan munosabatlarni optimallashtirishga imkon beradi. Shuningdek, bir qator mualliflarn-ing fikricha, ijtimoiy kompetentsiya deganda ijtimoiy faol faoliyat va ijtimoiy yo'naltirilgan loyi-halarni amalga oshirish ham tushuniladi.

Emotsional va xulq-atvori buzilgan bolalar, o'smirlar ta'lim va ijtimoiy kontekstlarda qiyin-chiliklarga duch kelishadi, bu qisman ularning o'zini ijtimoiy jihatdan barkamol tuta olmas-ligi bilan bog'liq4. Ijtimoiy kompetensiyaning pastligi maktabga moslashish va keyinchalik ishda muvaffaqiyatga erishishda salbiy oqibat-larga olib kelishi sababli, o'quvchilarning ijtimoiy kompetensiyasini o'z vaqtida, muntazam oshirish va bu jarayonni nazorat etib borish alohida ahamiyatga ega.

Bizgacha olib borilgan izlanishlarga ko'ra, shaxsda ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirish-ning variantlaridan biri unda kasbiy tayyorgar-likning o'quv va maktabdan tashqari shakllari o'rtasidagi magistral aloqalarni o'rnatishdan iborat. Ta'lim jarayonida ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirish uzluksiz jarayon bo'lib, maxsus texnologiyalarni talab qiladi. Lekin texnologi-yalarni o'zlashtirish uchun "ijtimoiy kompetensiya" toifasining mohiyatini tushunish lozim.

Tadqiqotchi-olim A.Demchuk: "Multikultur-alizmning (bu bir xil jismoniy, geografik yoki ijtimoiy makonda birga yashaydigan bir necha madaniyatlarning mavjudligi. Bu diniy, lingvis-tik, irqiy, etnik yoki jinsli bo'lishidan qat'iy nazar, madaniyat doirasidagi barcha farqlarni o'z ich-iga oladi5 kuchayib borayotgan tendentsiyalari shaxsning o'ziga xosligini ochib berish, uning eng yaxshi ruhiy xususiyatlarini shakllantirishni ta'minlash, madaniy va sivilizatsiyaviy mulo-qot usullarini shakllantirishni belgilash, milliy totuvlik hamda jamiyatning tinch hayotiga olib keladigan muhim imkoniyatlarga ega"6, deb ta'kidlaydi.

4 https://journals.sagepub.com/doi/ full/10.1177/00224669221105838.

5 https://uz.warbletoncouncil.org/multiculturalidad-2009.

6 Демчук А.А. Развитие социальной компетентности студентов в поликультурной образовательной среде вуза: автореф. дис. ... канд. пед. наук. - Владикавказ, 2010. - C. 12. (- 23 с).

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

ч_У

1-jadval. Ijtimoiy kompetentsiyaga oid ta'riflar

Mualliflar Ijtimoiy kompetentsiya - bu ...

N.A.Muslimov, M.B.Urazova birgalikdagi kasbiy faoliyat va hamkorlikni yo'lga qo'yish, o'zining bajargan ishlari natijalariga ijtimoiy jihatdan javobgarlikni anglash1.

A.G.Asmolov atrof-muhit va sub'ekt o'rtasidagi munosabatlarning o'ziga xos tizimini rivojlantirishdagi ijtimoiy vaziyatning mahsuli, uning tajribasida aks ettirilgan va boshqalar bilan birgalikdagi faoliyatda amalga oshiriladi2.

I.A.Zimnyaya shaxsning ijtimoiylashuv, uning ijtimoiy faolligining eng yuqori darajasi va voqelikni o'zlashtirish darajasini belgilaydigan jamoaviy tushuncha; shaxsning ma'naviy va huquqiy yetukligi; shaxsning o'ziga, jamiyatga, faoliyatga munosabati asosida dunyo bilan munosabatlarini ta'minlaydigan shaxsiy xususiyat3.

O.N.Machexina ijtimoiy voqelik, ijtimoiy ko'nikmalar, ijtimoiy va shaxsiy xususiyatlar to'g'risidagi bilimlar majmuasi, shaxsda ularni shakllantirishga imkon beruvchi kompetensiya4.

G.I.Sivkova turli xil avtomatlashtirilgan ko'nikmalar tomonidan amalga oshiriladigan ishonchli xatti-harakatlarning mavjudligi, bu shaxsga vaziyatga qarab o'z xatti-harakatlarini moslashuvchan tarzda o'zgartirishga imkon beradi5.

A.V.Spirin boshqa shaxslarning pozitsiyalarini hisobga olgan holda jamiyatda harakat qilish qobiliyatini ta'minlaydigan shaxsiy fazilatlarning murakkab dinamik integral tizimi6.

FJoosten, E.D.Warnes ijtimoiy muhitda samarali faoliyat ko'rsatish qobiliyati sifatida belgilanuvchi, ijtimoiy qobiliyatlari past bo'lgan o'quvchilarda hamkorlik qilish, o'zini do'stona tutish va shaxslararo munosabatlarda qat'iylik qilish orqali rivojlantiluvchi kompetensiya tu ri7.

H.K.Ma shaxslararo munosabatlar, o'zini va guruhning o'ziga xosligi, fuqarolikni rivojlantirish ko'mak beruvchi asosiy omil8.

B.K.Hamre, R.C.Pianta hayotiy ko'nikmalar sifatida qaralib, bolalar egallashlari uchun muhim ahamiyatga ega. Odatda hayotning ko'pgina ijtimoiy maydonlarida: oilada, maktabda, hamkorlikdagi faoliyatda va boshqa jarayonlarda rivojlanib, tartiblanib boradi9.

F.Swart ko'p qirrali xususiyat sanalib, idrokni birlashtirish qobiliyatiga ishora qiluvchi konstruksiya, muvaffaqiyatga erishish uchun ta'sir qiluvchi, motivatsiya va xatti-harakatlarni boshqaruvchi, ijtimoiy vazifalar va ijobiy rivojlanish natijalariga erishishni tartibga soladi10.

Bugungi kunga qadar olimlar tomonidan "ijtimoiy kompetensiya" tushunchasiga turlicha ta'riflar keltirilgan (1-jadvalga qarang):

Yuqoridagi "kreativ kompetensiya" va "ijtimoiy kompetensiya" tushunchalarining mohiyat-iga berilgan ta'riflar va turli olimlar tomonidan shaxsda ushbu kompetensiyalarni rivojlantirish bo'yicha olib borilgan tadqiqot xulosalaridan kelib chiqib, o'quvchilarning kreativ va ijtimoiy

1 Муслимсв H.A., ypa3oBa М.Б., Эшпулaтoв Ш.Н. Kac6 тaълими yк1итувчилapининг кacбий ксмпетентлигини шaкллaнтиpиш теxнoлoгиялapи. - Т.: Fan va texnologiya, 2013. - 160 б.

2 Асмолов А.Г. А.Н.Леонтьев. Заметки к диссертации А.Г.Асмолова «о месте установки в структуре деятельности» (предисловие А.Г. Асмолова) Вестник Московского университета. Серия 14: Психология. - М.: 2023. - 208 с.

3 Мачехина О.Н. Педагогические условия развития социальной компетентности старшеклассников: проек-тноконтекстный подход: автореф. дис. ... канд. пед. наук.

- М.: 2007. - C. 24.

4 Мачехина О.Н. Педагогические условия развития социальной компетентности старшеклассников: проек-тноконтекстный подход: автореф. дис. ... канд. пед. наук.

- М.: 2007. - 24 с.

5 Бутов А.Ю., Христидис Т.В., Школяр Л.В., ... Теория и

методика профессионального образования, социально-

культурной и музыкально-педагогической деятельно-

сти // Коллективная монография. Научная электронная

библиотека (eLIBRARY.RU). - М.: 2020. - 168 с.

kompetensiyasini o'stirishning quyidagi vazi-falari hal etilishi belgilandi:

• ijodiy faol hayotiy pozitsiya jarayonida shaxsiy imkoniyatlarni aniqlash va rivojlantirish;

• ijtimoiy o'zaro ta'sir sharoitida o'z xatti-harakatini tanlash uchun javobgar bo'lishga tayyorlikni shakllantirishga yordam beradigan ijtimoiy normalarni bilish va qabul qilish;

• mustaqil va tanqidiy fikrlashni rivojlanti-rish;

6 Спирин А.В. Формирование социальной компетентности студентов в межвузовском образовательном пространстве: авторефер. дис.....канд. пед. наук.

- Кострома, 2010. - 21 с.

7 Fanny de Swart, William J. Burk, ..., Social Competence and Relationships for Students With Emotional and Behavioral Disorders / The Journal of Special Education 2023, Vol. 56(4). - P. 225-236.

8 Fanny de Swart, William J. Burk, ..., Social Competence and Relationships for Students With Emotional and Behavioral Disorders / The Journal of Special Education 2023, Vol. 56(4). - P. 225-236.

9 Fanny de Swart, William J. Burk, ..., Social Competence and Relationships for Students With Emotional and Behavioral Disorders / The Journal of Special Education 2023, Vol. 56(4). - P. 225-236.

10 Fanny de Swart, William J. Burk, ..., Social Competence and Relationships for Students With Emotional and Behavioral Disorders / The Journal of Special Education 2023, Vol. 56(4). - P. 225-236.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

• yangi ijtimoiy rollarni o'zlashtirish uchun sharoit yaratish, ijtimoiy aloqalarni kengaytirish va boshqalar.

Natijalar va amaliy misollar.

Zamonaviy sharoitda kreativ va ijtimoiy kom-petensiyani shakllantirish ham individual, ham ijtimoiy hayot uchun obyektiv ehtiyojdir. Kreativ barkamol bo'lish - kundalik va o'quv faoliyatida ijobiy noodatiylikni namoyon etish, ta'lim olish jarayonida topshiriqlarga original javoblar va yechimlarni keltirish kabilarda aks etsa, ijtimoiy barkamol bo'lish - bu biologik ritmlarni (uyqu, ishtaha, holat, kayfiyat, o'qish, faoliyat) ijtimoiy ritmlar (mas'uliyat hisi, majburiyatlar, huquqlar, ehtiyojlar)ni anglashni va me'yor darajasida amal etishni nazarda tutadi.

Ijtimoiylashuv va ijodiy o'sish, ijtimoiy kom-petensiya va kreativ kompetensiyaning keng ko'lamli omili hisoblangan muhitning asosiy agentlari oila, ta'lim, tengdoshlar bilan muno-sabat, ommaviy axborot vositalari va ularning faoliyati muhim asos sifatida xizmat qiladi. Shu o'rinda ushbu kompetensiyalarni rivojlantirish-ning eng asosiy agenti - ta'lim jarayoniga e'tibor qaratamiz.

Ta'limda o'quvchilarning kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish maktab faoli-yati, o'qituvchilarning ishlash samaradorligi, "o'qituvchi va o'quvchi" o'rtasidagi o'zaro muno-sabatlarga bog'liq bo'lib, ushbu jarayonlarning yakuniy xarakteristikasini ifoda etadi.

O'quvchilarning kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish natijasida yuzaga keluvchi samaradorlik quyidagilarda aks etadi:

- maqsadli samaradorlik - o'qituvchining belgilangan maqsadlarga erishishga tayyorlik darajasini, kutilgan va olingan natijaning zarur darajasini tavsiflaydi;

- pedagogik-psixologik samaradorlik - o'qituvchi faoliyatining kreativ va ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirishga ta'siri darajasini, o'quvchilarning bilish darajasi, qadriyatlari, uning xushmuomalaligi, bag'rikengligi, o'z ishi-dan qoniqishi, ehtiyoj va motivlarning rivojlani-shi kabilarni tavsiflaydi;

- resurs samaradorligi - bu o'quvchilarning o'quv faoliyatida kreativ va ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirish uchun ta'lim maydonining barcha resurslaridan foydalanish-

ning maqsadga muvofiqlik darajasining xarak-teristikasi;

- texnologik samaradorlik - kreativ va ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirish bo'yicha faoliyatning asosiy funksiyalarini amalga oshirish darajasini tavsiflaydi: axborot-tahliliy, motivat-sion-maqsadli, rejalashtirish-prognostik, tash-kiliy-ijro etuvchi, nazorat-diagnostika va tartibga solish.

Tadqiqot ishi doirasida o'quvchilarda kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishni asosiy muammo deb qarar ekanmiz, bu keng doiraga ega masalalardan biri sifatida ajralib turadi. Uning tizimlashtirilishi ba'zi hollarda bu ikki kompetensiyalarni farqlanishida, boshqa-larida - bir-birlarini to'ldirib, yaxlitlikni yuzaga keltiradi. Masalan, kreativ kompetensiya - bu ijodkorlikni yangi, ijtimoiy ahamiyatga ega, mod-diy va ma'naviy qadriyatlar yaratiladigan faoliyat sifatida tushunishga asoslangan kompetensiya sifatida talqin qilishni ta'minlaydi. Kreativ kompetensiyaning namoyon bo'lish sohasi nafaqat ijodiy va an'anaviy ravishda tasniflangan faoliyat turlari, balki yangilik, noaniqlik mavjud bo'lgan har qanday hayotiy vaziyatlardir. Kreativ kompetensiya fanda yagona qobiliyat sifatida emas, balki intellekt, hissiy rivojlanish qobiliyatlari, shuningdek, insonning umumiy hayotiy pozitsi-yasi sifatida tushuniladi.

Ta'limning maqsadi - shaxsni o'zining ijodiy salohiyatini rivojlantirish va ro'yobga chiqarish asosida, biror ishni sifatli bajarishga yo'naltirish, kelgusi kasbiy malakaga ega bo'lishi, turli hayotiy va kasbiy vaziyatlardan chiqish yo'llarini o'rgatishdir. Shunday ekan, o'quvchilarning kreativ va ijtimoiy kompetensiyalari bir-biriga uzviy bog'liqlikda shakllanib, rivojlanib boradi

O'quvchilarda kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish va buni namoyon eta olishi bevosita pedagogga ham bog'liq jarayon hiso-blanadi. Bunday natijaga erishishda pedagogn-ing o'zida kasbiy pedagogik kompetensiya va kompetentlik yetarlicha egallangan bo'lishi talab etiladi.

Pedagogning kasbiy pedagogik kompetensiyalarini alohida turlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:

- maxsus pedagogik kompetensiya -

pedagogik faoliyatni zarur darajada amalga oshirish uchun yetarli ma'lumotga ega bo'lish.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

3-rasm. O'quv jarayonida kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishning muhim shart-sharoitlari1.

Kreativ va ij timoiy kompetensiyalarni rivojlantirishning muhim shart-sharoitlari

-O' qituvclii kasbiy pedagogik kompetensiyaiii yetaili darajada egallangaiüigi

_ Zainonaviy ta'liin muhiti (zainonaviy darsliklar, iimovatsion texnik vositalai va

-Ta'liin maznnuiini nazariy biliinlar bilan bir qatorda ainaliy faohyatga bog lash

_O'qiivcliilanii hain jamoaviy ham iiiduvidual ishlash usiülarini doimiy nazoiatga

Bundan tashqari, pedagogning o'z kasbiy dara-jasini munosib baholay olishi va mutaxassis sifa-tida o'z rivojlanishini belgilash qobiliyati ushbu turga bog'liq;

- ijtimoiy pedagogik kompetensiya - ijtimoiy vakolat darajasi pedagogning hamkasblari bilan munosabatlarni samarali qurishi, birgalik-dagi harakatlarni rejalashtirish qobiliyatini bel-gilaydi. Samarali aloqa ko'nikmalari, pedagogik madaniyat va ish natijalari uchun javobgarlik -bularning barchasi ijtimoiy pedagogik kompe-tensiya tushunchasiga kiritilgan;

- shaxsiy pedagogik kompetensiya - bu pedagogik ishni oqilona tashkil etish qobiliyati bo'lib, vaqtni boshqarish, shaxsiy o'sishga intil-ish uning asosiy tarkibiy qismlaridir. Shaxsiy pedagogik kompetensiyaning yuqori darajasi ega bo'lgan ishchilar charchashga kamroq moyil, vaqt bosimida ishlashga qodir2.

Professor N.Muslimov kasbiy kompetentlik negizida quyidagi sifatlarni aks ettiradi:

ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabat-larda faollik ko'rsatish ko'nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda subyektlar bilan mulo-qotga kirisha olish;

maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoli-

1 Maqola muallifining yondashuvi.

2 Tojiboyeva G.R., Pulatova D.T. Pedagogik kompetentlik:

nazariya va amaliyot // Academic research in educational sciences. Volume 1 | ISSUE 3 | 2020 ISSN: 2181-1385. - B. 209-215. https://cyberleninka.ru/article/n/pedagogik-kompetentlik-nazariya-va-amaliyot/viewer.

yati natijalarini real baholash, bilim, ko'nikma va malakalarni izchil rivojlantirib borish bo'lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, meto-dik, informatsion, kreativ, innovatsion, kommunikativ, shaxsiy, texnologik va ekstremal kompetentlik ko'zga tashlanadi3.

Zamonaviy ta'lim muhitida o'qituvchilik kas-biga qo'yilgan talablar ko'lami kengayib bormo-qda. Shu ma'noda pedagogik kompetensiya va kompetentlik tushunchalarining mohiyati tako-millashmoqda.

Pedagogik kompetensiya - bu tizimli hodisa hisoblanib, uning mohiyati o'qituvchining peda-gogik bilimlari, tajribasi, xususiyatlari va fazilat-larining tizimli birligidan iborat. Ular pedagogik faoliyatni samarali amalga oshirishga, pedagogik muloqot jarayonini maqsadli tashkil etishga imkon beradi, shuningdek, shaxsiy rivojlanishni nazarda tutadi. O'qituvchining kasbiy kompeten-tsiyasi tushunchasi uning pedagogik faoliyatni amalga oshirishga nazariy va amaliy tayyorligini ifodalaydi hamda uning kasbiy mahoratini tavsi-flaydi.

O'qituvchining kasbiy kompetensiyasin-ing asosi o'qituvchining shaxsiyati bo'lib, uning tuzilishida quyidagilar ajralib turadi: shaxsning motivatsiyasi (shaxsning yo'nalishi va uning tur-lari), xususiyatlari (pedagogik qobiliyatlar, xara-kter va uning xususiyatlari, psixologik), shaxs-ning jarayonlari va holatlari, shaxsning ajralmas

3 Муслимов Н.А., Усмонбоева М.Х,., Сайфуров Д.М., Тураев А.Б. Педагогик компетентлик ва креативлик асослари / Укув-методик кулланма. - Тошкент, 2015. -120 б.

xususiyatlari (pedagogik o'zini o'zi anglash, individual uslub, ijodiy salohiyati).

Izlanishlarimiz davomida o'quv jarayonida o'quvchilarda kreativ va ijtimoiy kompetensi-yalarni rivojlantirishning muhim shart-sharoit-lari quyidagilar sifatida belgilandi (3-rasmga qarang):

Xulosa tariqasida ta'kidlash joizki,

o'quvchilarida kreativ va ijtimoiy kompetensi-yalarni rivojlantirish ta'limga qo'yilgan maqsad-

larga samaraliroq erishishga, nafaqat fanlar mazmunini, balki amaliy jarayon natijalarini tahlil etishga, shuningdek, ularni mashg'ulotlardan mamnun bo'lishiga imkon beradi. O'quv mashg'ulotlari jarayonida har bir fan asosida o'quvchilarning kreativ va ijtimoiy kompetensi-yalarni rivojlantirishga ahamiyat qaratish, ularn-ing keyingi o'quv faoliyatini va kundalik hayotini muvaffaqiyatli tarzda shakllanishiga va takomil-lashuviga asos bo'lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi "2022-2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi PF-134-son Farmoni / Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 11.05.2022-y., 06/22/134/0407-son. -https://lex.uz/docs/-6008663.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020-yil 29-dekabr. - https://president.uz/oz/lists/view/4057

3. Демчук А.А. Развитие социальной компетентности студентов в поликультурной образовательной среде вуза: автореф. дис. ... канд. пед. наук. - Владикавказ, 2010. - C. 12. (- 23 с).

4. Ismailov A.A., Daminov X.J., Kosimova Z.A., Pirimov G.A. Kreativ fikrlashni baholash (PISA 2022 o'quvchilarni kreativ fikrlashlarini baholash bo'yicha qo'llanma). Qo'llanman. -T. 2021. - 95 b. https://www.tsbm.uz/uploads/docs/e56ef0506d1cbf53486d63fe2e4507db. pdf

5. Ибpaгимoвa Г. Интеpфaoл укитиш метoдлapи вa теxнoлoгиялapи acocидa тaлaбaлapнинг кpеaтивлик кoбилиятлapини pивoжлaнтиpиш: пед. фaнл. буйичa фaлcaфa дoктopи (PhD). ...диcc. - Т.: 2017. - 155 б.

6. Козилова Л.В., Исайкина И.Ю. Развитие социальной компетентности студентов педагогического вуза средствами профессионально ориентирующих форм учебных занятий // Современные проблемы науки и образования. - 2019. - № 5.

7. Муcлимoв Н.А., Уpaзoвa М.Б., Эшпулaтoв Ш.Н. ^c6 тaълими укитувчилapининг кacбий кoмпетентлигини шaкллaнтиpиш теxнoлoгиялapи. - Т.: Fan va texnologiya, 2013. - 160 б.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. Муслимов Н.А., Усмонбоева М.Х., Сайфуров Д.М., Тураев А.Б. Педагогик компе-тентлик ва креативлик асослари / Укув-методик кулланма. - Тошкент, 2015. - 120 б.

9. Мачехина О.Н. Педагогические условия развития социальной компетентности старшеклассников: проектноконтекстный подход: автореф. дис. ... канд. пед. наук. - М.: 2007. - 24 с.

10. Lucas B. and E. Spencer (2017), Teaching Creative Thinking: Developing Learners Who Generate Ideas and Can Think Critically., Crown House Publishing, https://bookshop. canterbury.ac.uk/Teaching-Creative-Thinking-Developing-learners-who-generate-ideas-andcan-think-critically_9781785832369 (accessed on 26 March 2018).

11. Пoнoмapев Я.А. Пcиxoлoгия твopчеcтвa. - М.: 1976. - 304 c.

12. Спирин А.В. Формирование социальной компетентности студентов в межвузовском образовательном пространстве: авторефер. дис..... канд. пед. наук. - Кострома,

2010. - 21 с.

13. Turaboyeva M.R. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'quvchilarining shaxsiy-kreativ kompetensiyasini riovojlantirish metodikasi. p.f. bo'yicha falcafa doktopi (PhD) diss. avtoref. - Farg'ona: 2022. - B. 11. (56 b).

14. Tojiboyeva G.R., Pulatova D.T. Pedagogik kompetentlik: nazariya va amaliyot // Academic research in educational sciences. Volume 1 | ISSUE 3 | 2020 ISSN: 2181-1385. - B. 209-215. https://cyberleninka.ru/article/n/pedagogik-kompetentlik-nazariya-va-amaliyot/ viewer.

15. Hennessey, B. and T. Amabile (2010), "Creativity", Annual Review of Psychology, Vol. 61, pp. 569-598.

16. OECD (2010), The OECD Innovation Strategy: Getting a Head Start on Tomorrow, OECD.

17. https://kimtasso.com/creative-competencies/

18. Begetto, R. and J. Kaufman (2014), "Classroom contexts for creativity", High Ability Studies, Vol. 25/1, pp. 53-69, http://dx.doi.org/10.1080/13598139.2014.905247.

19. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ijtimoiy_muhit

20. URL: https://science-education.ru/ru/article/view?id=29197 (дата обращения: 26.05.2023).

21. https://journals.sagepub.com/doi/full/10.1177/00224669221105838.

22. https://uz.warbletoncouncil.org/multiculturalidad-2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.