Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIDA TAJRIBA-SINOV ISHLARINING ILK BOSQICHINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH METODIKASI'

TA’LIM JARAYONIDA TAJRIBA-SINOV ISHLARINING ILK BOSQICHINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
8
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tajriba-sinov / annemariye shimmel / ma’naviy-axloqoy fazilatlar / tadqiqot mavzusi / anketa-so’rovnoma / matematik statistik tahlil / ilmiy faraz / эксперимент-тест / Аннемари Шиммель / духовнонравственные качества / тема исследования / анкета-опросник / математическостатистический анализ / научная гипотеза.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A Z. Po‘latova

ushbu maqolada pedagogik tajriba-sinov ishlarini olib borishning o’ziga xos tomonlari, tajriba-sinov ishlarida inson predmeti, tajriba-sinov o’tkazishdagi o’ziga xos talablar va anketa so’rovnomalari, tajriba-sinovning maqsadi, qoidalari hamda natijalari haqidagi muammolar haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF ORGANIZING AND CONDUCTING THE FIRST STAGE OF EXPERIMENTAL WORK IN THE EDUCATIONAL PROCESS

В статье описаны конкретные аспекты проведения педагогических экспериментов, человек-испытуемый в экспериментах, конкретные требования и анкеты для проведения экспериментов, обсуждаются цели, правила и результаты экспериментов.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIDA TAJRIBA-SINOV ISHLARINING ILK BOSQICHINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH METODIKASI»

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

TA'LIM JARAYONIDA TAJRIBA-SINOV ISHLARINING TASHKIL ETISH VA O'TKAZISH METODIKASI

© A.Z. Po'latova1B_

1Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada pedagogik tajriba-sinov ishlarini olib borishning o'ziga xos tomonlari, tajriba-sinov ishlarida inson predmeti, tajriba-sinov o'tkazishdagi o'ziga xos talablar va anketa so'rovnomalari, tajriba-sinovning maqsadi, qoidalari hamda natijalari haqidagi muammolar haqida fikr yuritilgan.

MAQSAD: ushbu maqolaning maqsadi Annemariye Shimmel merosi asosida talabalarda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqishga yo'naltirligan pedagogic tajriba-sinov ishlarining ilk bosqichi natijalarini tahlil qilishdan iborat.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: maqolada tajriba-sinov ishlarining izlanuvchi va ta'kidlovchi bosqichlari muhokama qilinadi. Tadqiqot maydonlarida o'tkazilgan tajriba-sinovning birinchi bosqichi natijalari e'lon qilinadi. Bunda to'rrta oliy ta'lim muassasasida talabalar ishtirokida o'tkazilgan anketa savol-javoblari natijalari muhokama qilinadi. Annemarie Schimmel merosi asosida talabalarda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqish haqida rejalar tuzilgan.

XULOSA: tajriba-sinov ishlari natijalarini umumlashtirishda mantiqiy xulosalar bilan birga matematik statistik tahlil tadqiqotning kelgusidagi amaliy maqsadlarini aniqlashtirib olishga, tadqiqot mavzusi yuzasidan amaliy qo'llanmalar mazmunini belgilashda muhim rol o'ynaydi.

Kalit so'zlar: tajriba-sinov, annemariye shimmel, ma'naviy-axloqoy fazilatlar, tadqiqot mavzusi, anketa-so'rovnoma, matematik statistik tahlil, ilmiy faraz

Iqtibos uchun: Po'latova A.Z. Ta'lim jarayonida tajriba-sinov ishlarining ilk bosqichini tashkil etish va o'tkazish metodikasi, // Inter education & global study. 2024. №6. B. 230-235.

МЕТОДИКА ОРГАНИЗАЦИИ И ПРОВЕДЕНИЯ ПЕРВОГО ЭТАПА ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНОЙ РАБОТЫ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ

© А.З. Пулатова1Н

Жавоийский государственный педагогический институт, Навои, Узбекистан Аннотация

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 6

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ВВЕДЕНИЕ: В статье описаны конкретные аспекты проведения педагогических экспериментов, человек-испытуемый в экспериментах, конкретные требования и анкеты для проведения экспериментов, обсуждаются цели, правила и результаты экспериментов.

ЦЕЛЬ: целью данной статьи является анализ результатов первого этапа педагогического эксперимента-апробации, направленного на разработку педагогических механизмов формирования духовно-нравственных качеств у учащихся на основе наследия Аннемари Шиммель.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в статье рассматриваются поисковые и акцентирующие этапы экспериментальной работы. Результаты первого этапа эксперимента, проведенного на исследуемых территориях, будут объявлены позже. И обсуждаются результаты анкетирования, проведенного с участием студентов четырех вузов. На основе наследия Аннемари Шиммель планировалось разработать педагогические механизмы формирования духовно-нравственных качеств у студентов.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: математико-статистический анализ наряду с логическими выводами при обобщении результатов экспериментальной работы играет важную роль в выяснении будущих практических целей исследования, в определении содержания практических приложений по теме исследования.

Ключевые слова: эксперимент-тест, Аннемари Шиммель, духовно-нравственные качества, тема исследования, анкета-опросник, математическо-статистический анализ, научная гипотеза.

Для цитирования: Пулатова А.З. Методика организации и проведения первого этапа экспериментальной работы в образовательном процессе // Inter education & global study. 2024. №6. С. 230-235.

METHODOLOGY OF ORGANIZING AND CONDUCTING THE FIRST STAGE OF EXPERIMENTAL WORK IN THE EDUCATIONAL PROCESS_

© Zubayda A. Po'latova1®

1Navoi state pedagogical i nstitute, Navoi, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the article describes specific aspects of conducting pedagogical experiments, the human subject in the experiments, specific requirements and questionnaires for conducting experiments, and discusses the goals, rules and results of the experiments.

AIM: the purpose of this article is to analyze the results of the first stage of a pedagogical testing experiment aimed at developing pedagogical mechanisms for the formation of spiritual and moral qualities in students based on the legacy of Annemarie Schimmel.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 6

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

DISCUSSION AND RESULTS: the article discusses the searching and emphasizing stages of experimental work. And the results of the first stage of the experiment, conducted in the study areas, announced here. And the results of a survey conducted with the participation of students from four universities are discussed. Based on the legacy of Annemarie Schimmel, it was planned to develop pedagogical mechanisms for the formation of spiritual and moral qualities in students.

CONCLUSION: mathematical and statistical analysis, along with logical conclusions when generalizing the results of experimental work, plays an important role in clarifying the future practical goals of the study, in determining the content of practical applications on the research topic.

Key words: experiment test, Annemarie Schimmel, spiritual and moral qualities, research topic, questionnaire, mathematical and statistical analysis, scientific hypothesis

Pedagogik tajriba-sinov bu, umummilliy tafakkur jarayoni bo"lib, pedagogik omillar, shart-sharoitlar, jarayonlar o"rtasidagi sabab va oqibatlar bilan bog'liq o'rganiladigan bir yoki bir necha obyekt yoxud tizimlarni aniq rejalar asosida oydinlashtirish imkonini beruvchi jarayondir. Tajriba-sinov ishlari asosan ta'lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki yangicha usullarning tatbiqiy jarayonlarini sinash, tekshirish, aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Pedagogik tajriba-sinovlar o'tkazishning asl mohiyati amaldagi pedagogik jarayonlarni takomillashtishga olib boradigan tadqiqotlar va ularning farazlariga muvofiq ravishda aniq maqsad sari yo'naltirilgan, mutlaqo yangicha muhitni olib kirishdan iborat. [1 ]

Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish jarayonida Annemariye Shimmel merosi asosida talabalarda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning pedagogik mexanizmlari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etiladi. Talabalarning ma'naviy-axloqiy fazilatlarga oid bilimlari kengayib, to'g'riso'zlik, halollik, sadoqat, mehnatsevarlik, ilm olish, ustozga bo'lgan hurmat, shijoat, intizom, vatanni sevmoq, sabrli, qanoatli bo'lish kabi bir qancha ijobiy fazilatlarni o'ziga kasb qilgan, manmanlik, ilmsizlik, zo'ravonik, yolg'onchilik, dangasalik, g'azab, g'iybat, zulm kabi salbiy xislatlardan o'zini, qalbini tozalaydigan barkamol avlodni tarbiyalash tizimi ishlab chiqiladi.

Izlanuvchi tajriba-sinov ishlarining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: talabalarning Annemariye Shimmel merosini o'rganishga bo'lgan munosabatini o'rganish; talabalarning ma'naviy-axloqiy fazilatlarni bilish ko'nikmalari, ijobiy va salbiy fazilatlar haqidagi bilimlarini tekshirib ko'rish; annemariye Shimmel merosi asosida ma'naviy-axloqiy fazilatlar borasidagi pedagogik va didaktik qarashlarini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini o'rganish; ilmiy faraz ilgari surilib, amaliyotga tavsiya etilgan maxsus metodikaning tarkibiy elementalarini aniqlash.

For citation: Zubayda A. Po'latova, Methodology of organizing and conducting the first stage of experimental work in the educational process ,// Inter education & global study, (6), pp. 230-235. (In Uzbek).

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Tajriba-sinov ishlarining birinchi bosqichida quyidagi ilmiy faraz tekshirib ko'rildi, ya'ni: annemariye Shimmel pedagogik qarashlarining mazmun-mohiyati ochb berilsa; talaba ma'naviy-axloqiy kamolotini yuksaltirishga qo'yiladigan talablar takomillashtirilsa, pedagogik jarayonnig samaradorligi yanada ortadi. Ta'kidlovchi tajriba-sinov ishlarida o'rganish, tahlil qilish, anketa, savol-javob, suhbat, kuzatish, pedagogik ekperiment, matematik statistika kabi metodlardan foydalanildi.

Tajriba-sinov ishlarining izlanuvchi va ta'kidlovchi bosqichlari o'tkazildi. Tajriba-sinov ishlari O'zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Samarqand davlat univeriteti, Samarqand Davlat chet tillar instituti va Buxoro Davlat universitetlari tajriba-sinov maydoni sifatida tanlab olindi.

Annemariye Shimmel hayoti va ijodi, ma'naviy merosi haqidagi bilimlar, ma'naviy-axloqiy faziltlardan xabardor bo'lish haqidagi bilimlarni tekshirish maqsadida talabalardan anketa so'rovnoma olindi. Bunda 204 ta talaba ishtirok etdi, jumladan, 162 ta qiz, 42 ta o'g'il bola. Talalbalarga quyidagi savollar bilan murojaat qildik:

1 Annemariye Shimmelning hayoti va ijodiy faoliyati bilan tanishmisiz? Ha Yo'q Endi bilib olaman

2 Annemariye Shimmel qachon va qayerda tug'ilgan? 1922-yil Germaniyaning Erfurt shahrida 1955-yil Germaniyaning Go'ttingen shahrida 1905 —yil Shvetsariyaning Bern shahrida

3 Annemariye Shimmelning "Jonon mening jonimda" asarini o'zbek tiliga kim tarjima qilgan? Poshali Usmon Erkin Vohidov Yo'ldosh Parda

4 Ma'naviy-axloqiy fazilatlar to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping. qanoat, tama, ilm, sabr, hilm, intizom Vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat hasad, nifoq, zulm, shijoat, xayrixohlik

5 Talabalarda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish muhim deb o'ylaysizmi? Ha muhim Unchalik muhim emas Ta'limda faqat ilm o'rgatish muhim

6 Siz insonlardagi qaysi ijobiy fazilatlarni qadrlaysiz? (javoblar yoziladi)

7 Siz talabalardagi qaysi salbiy xislatlarni tuzatish kerak deb hisoblaysiz? (javoblar yoziladi)

8 Annemariye Shimmelning din, solih amallar va yaxshi axloq borasidagi pedagogik va didaktik qarashlaridan xabardor bo'lishni istaysizmi? Ha Yo'q Mustaqil bilib olaman

1-savolga 18 ta talaba "ha", 122 ta talaba "yo'q", 74 ta talaba "endi bilib olaman" degan javobni tanlagan. Bu javoblardan ma'lum bo'ldiki, jami 91% talaba Annemariye Shimmel hayoti va ijodi bilan tanish emas.

2- savolga 95 ta talaba to'g'ri javob tanlagan. Bu jami talaba sonining 44 % ini tashkil etdi.

3- Annemariye Shimmelning "Jonon mening jonimda" asarini o'zbek tiliga tarjima qilgan tarjimon haqidagi savolga 77 ta talaba to'g'ri javob tanlagan. Bu jami talaba sonining bor yo'g'i 38% ini tashkil etdi.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 6

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

4-savol Ma'naviy-axloqiy fazilatlar haqidagi savolga 109 ta talaba to'g'ri javob bergan. Bu esa jami talaba sonining 53%ini tashkil etdi. Bu natijadan ma'lum bo'ldiki, talabalarning yarmi ma'naviy-axloqiy fazilatlar haqida aniq tushunchalarga ega emas.

5-savol Talabalarda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning muhimlik darajasi haqidagi savolga 168 ta talaba "ha, muhim", 12 ta talaba "muhim emas", 10 ta talaba "ta'limda faqat o'rgatish muhim'' degan javobni bergan, 14 ta talaba savolga befarq bo'lgan. Demak talabalarning 82% i oliy ta'lim muassasalarida talabalarda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish muhim deb hisoblashadi.

6-savol "Siz insonlardagi qaysi ijobiy fazilatlarni qadrlaysiz'' degan savolga javoblar quyidagicha bo'ldi:

"Rostgo'ylik" javobini jami 74 ta talaba yozgan. Sadoqat-22 ta, adolat-20 ta , sabr-24 ta, samimiylik-26 ta, hurmat-30 ta, mehribonlik-24 ta, intizom-15 ta, ilmli bo'lish fazilatini 14 ta, odamiylik fazilatini-12 ta talaba javob tariqasida yozgan. Bundan tashqari talabalar kamtarlik, shukronalik, bag'rikenglik kabi ijobiy faziltlarni qadrlashini aytgan.

7-"Talabalardagi qaysi salbiy xislatlarni tuzatish kerak, deb o'ylaysiz" degan savolga javoblar quyidagicha bo'ldi :

Dangasalik, yalqovlik, erinchoqlik kabi salbiy xislatlarni-32 ta, manmanlik, mensimaslik-21 ta, yolg'onchilik-20 ta, hurmatsizlik-12 ta, ilm olishga bo'lgan sustkashtlik-15 ta, ikkiyuzlamachilk- 9 ta, salbiy fikrlash-8 ta, darsga kechikish-7 ta, hasad-6 ta talaba bergan. Bundan tashqari talabalar o'z javoblarida betgachoparlik, vaqtdan unumli foydalanmaslik, darsga to'g'ri yondoshmaslik, o'zboshimchalik, loqaydlik, internetga qaramlik, g'iybat, maqtanchoqlik kabi salbiy xislatlarni javob tariqasda yozishgan. 7-savolga berilgan javoblardan xulosa qilish mumkinki, talabalar tomonidan yozilgan, ularda eng ko'p uchraydigan yuqoridagi kamchilik va salbiy illatlarni yo'qotish muammosini hal qilish tadqiqot ihining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanishi kerak.

8-savol "Annemariye Shimmelning din, solih amallar va yaxshi axloq borasidagi pedagogik va didaktik qarashlaridan xabardor bo'lishn istaysizm?" degan savolga 128 ta talaba tasdiq javobini berganligidan ko'rish mumkinki, jami 63% talaba Annamariye Shimmelning pedagogik qarashlarini o'rganishni istaydi.

Anketa-so'rovnomada qatnashgan talabalarning javoblarini chuqur tahlil qilgan holda tajriba-sinovning shakllantiruvchi va yakunlovchi bosqichlarini o'tkazishda quyidagi vazifalar belgilab olindi:

O'quv-mashg'ulotlar jarayonida:

1. Annemariye Shimmel hayoti va ijodiy faoliyati bilan talabalarni yaqindan tanishtirish;

2. Annemariye Shimmelning o'zbek tiliga tarjima qilingan asarlari haqida to'liq ma'lumot berish;

3. Talabalarning ma'naviy-axloqiy fazilatlar haqidagi bilimlarini oshirish ularni o'ziga singdirish ko'nikmasini shakllantirish;

4. Annemariye Shimmelning pedagogik va didaktik qarashlari haqida ma'lumot berish;

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

O'quv-mashg'ulotlaridan tashqarida:

5. Annemariye Shimmel asarlaridan foydalangan holda talabalardagi dangasalik, manmanlik, yolg'onchilik, ilmga olishga bo'lgan sustkashlik kabi salbiy xislatlarni tuzatishga qaratilgan pedagogik mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotda qo'llash;

6. Talabalardagi ma'naviy-axloqiy fazilatlarni baholashning muayyan indikatorlarini ishlab chiqish va amaliyotda qo'llash.

7. Talabalarning darsda olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida darsdan tashqari ma'naviy tadbirlar, suhbat, savol-javoblar tashkil etish.

Tajriba-sinov ishlari natijalarini umumlashtirishda mantiqiy xulosalar bilan birga matematik statistik tahlil tadqiqotning kelgusidagi amaliy maqsadlarini aniqlashtirib olishga, tadqiqot mavzusi yuzasidan amaliy qo'llanmalar mazmunini belgilashda muhim rol o'ynaydi. Tajriba-sinovning birinchi bosqichini o'tkazilgandan so'ng quyidagi xulosalarga kelindi:

- Oliy ta'limning nemis tili yo'nalishi talabalari nemis islomshunos, sharqshunos olimasi Annemariye Shimmel hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishishni, uning boy merosidan bahramand bo'lib ma'naviy-axloqiy fazilarni o'zlariga kasb qilishni istaydilar.

- Tadqiqot mavzusi bo'yicha pedagogik tajriba-sinov ishlarining keying bosqichlari yuqoridagi ilk bosqich natijalaridan kelib chiqib tashkil etiladi.

- Tajriba-siovning ilk bosqichini nemis tili ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar (SamDCHTI, BuxDU, O'zDJTU) bilan birga boshqa ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar (SamDU) bilan ham o'tkazildi. Nemis tili yo'nalishlarini tanlashdan maqsad tadqiqot mavzusi nemis olimasi bilan bog'liq bo'lganligi sababli talabalar bu olima hayoti bilan tanish deb o'ylagandik. So'rovnoma natijalari tahlilidan kelib chiqilsa, masalan BuxDU talabalarining xabardorlik darajasi(1-,2-,3-savollar javoblariga tayanib) 20% ni, SamDU talabalarniki 38,5 % ni tashkil etdi, ikkala hududning natijasi 50% dan kam. Shuning uchun tadqiqotning keying bosqichlarini barcha tanlangan hududlarda olib borish maqsadga muvofiqdir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. S.Abduraimov, D. Xudoyqulova. "Pedagogik tajriba - sinov ishlarini tashkil etish va unga qo'yiladigan talablar". INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCES. Челябинский государственный институт культуры: 2023

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HPo'latova Zubayda Abduravupovna, tayanch doktorant [Зубайда Пулатова Абдуравуповна, докторант], [Zubayda A. Pulatova, PhD student]; manzil: Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Lev Tolstoy ko'chasi, 31-uy 3-xonadon [адрес: ул.Лев Тольстого, дом 3 кв.3, город Навои, Навоийская область], [address: Lev Tolstoy st. 31.3. , Navoi city, Navoi region]; E-mail: p.zubi@mail.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.