Научная статья на тему 'CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI FANINI O‘QITISHDA INTERAKTIV MODELLARNI QO‘LLASH SAMARADORLIGI NATIJALARI'

CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI FANINI O‘QITISHDA INTERAKTIV MODELLARNI QO‘LLASH SAMARADORLIGI NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
13
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Interaktiv model / o‘qitish samadorligi / nazorat ishi / baholash mezoni / tajriba guruhi / nazorat guruhi. / Interactive model / teaching effectiveness / control work / assessment criteria / experimental group / control group.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shonazarov Adxamjon Odiljonovich

Maqolada “Chizma geometriya va muhandislik garfikasi” fani o‘quv jarayonida interaktiv kompyuter modellarini qo‘llash samaradorligi natijalari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RESULTS OF THE EFFECTIVENESS OF USING INTERACTIVE MODELS IN TEACHING THE SCIENCE OF DRAWING GEOMETRY AND ENGINEERING GRAPHICS

The article describes the results of the use of interactive computer models in the educational process of «Drawing geometry and engineering graphics».

Текст научной работы на тему «CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI FANINI O‘QITISHDA INTERAKTIV MODELLARNI QO‘LLASH SAMARADORLIGI NATIJALARI»

САНОАТ ЧИЗМАЧИЛИГИ

УДК 378: 681.14: 371-3

CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI FANINI O'QITISHDA INTERAKTIV MODELLARNI QO'LLASH SAMARADORLIGI NATIJALARI

Shonazarov Adxamjon Odiljonovich NamMQI o'qituvchi, 93 4985036. E-mail: shonazarovadxam76@gmail.com

Annotatsiya. Maqolada "Chizma geometriya va muhandislik garfikasi" fani o'quv jarayonida interaktiv kompyuter modellarini qo'llash samaradorligi natijalari bayon etilgan.

Аннотация. В статье описаны результаты использования интерактивных компьютерных моделей в учебном процессе «Чертежная геометрия и инженерная графика».

Annotation. The article describes the results of the use of interactive computer models in the educational process of «Drawing geometry and engineering graphics».

Kalit so'zlar: Interaktiv model, o'qitish samadorligi, nazorat ishi, baholash mezoni, tajriba guruhi, nazorat guruhi.

Ключевые слова: Интерактивная модель, эффективность обучения, контрольная работа, критерии оценки, экспериментальная группа, контрольная группа.

Key words: Interactive model, teaching effectiveness, control work, assessment criteria, experimental group, control group.

Bugungi kunda "Chizma geometriya va muhandislik garfikasi" fanini o'qitishda kompyuter texnologiyalaridan faol foydalanilmoqda. Kompyuter texnikasining rivojlanishi grafik tasvirlarni tez va qulay tarzda yaratish, ularga qayta ishlov berish imkoniyatini bermoqda. Ko'pgina tadqiqotchilar zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo'yich ilmiy izlanishlar olib borishgan. Xususan, "Chizma geometriya va muhandislik garfikasi" fanini o'qitish jarayonida kompyuter texnologiyalarini qo'llash bo'yicha «Chizma geometriyani o'qitishda kompyuter texnologiyalarini qo'llash metodikasi («Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fani misolida)» (A.K.Xamrokulov[1]), «Talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish va dasturiy nazorat asosida o'qitish samaradorligini oshirish» (Ch.T.Shokirova[2]), «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanini o'qitishda talabalar fazoviy tasavvurini multimediali kompyuter texnologiyalari asosida rivojlantirish» (A.A.Qahharov[3]), «Kompyuter grafikasi fanini o'qitishda uch o'lchamli modellashtirish vositasidan foydalanish metodikasi» (U.A Nasritdinova[4]), «Bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini kompyuter texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish» (S.S.Azimov[5]) olimlar ilmiy izlanishlar olib borishgan.

Ushbu tadqiqot ishlarida «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini interaktiv kompyuter modellardan foydalanish va ularning ta'lim samaradorligi bo'yicha tajriba sinov ishlari olib borilmagan. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanida interaktiv kompyuter modellarining turlari (interaktiv chizma, ko'p parametrli interaktiv model, model trenajyor, model konstruktor) dan o'quv jarayonidagi foydalanish o'rganilayotgan geometrik ob'ektning muhim belgilari va xususiyatlarini o'zida aks ettirib, o'quv materialning mazmuni yoritib berishi natijasida o'quv samaradorligini oshishiga xizmat qiladi.

Tadqiqot ishimizda «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fani xususiyatlaridan kelib chiqqan holda interaktiv animatsiya, interaktiv chizma, ko'p parametrli interaktiv modellar va model-konstruktorlar kabi turlaridan foydalanildi. Fanni o'qitish jarayonining samaradorligini yanada oshirish uchun mavzularning mazmunini interaktiv kompyuter modellar vositasida illyustrativ va muammoli namoyish etish orqali talabalarni fikrlash qobilyatlarini

CAHOAT HH3MAHHHHra

rivojlantirishga ahamiyat berildi. Ushbu kompyuter modellar topshiriqlarni bajarishda, chizmalarni chizish ketma-ketligini o'zlashtirishda va fanni mustaqil o'qib o'rganishda juda yaxshi ko'rgazmali vosita bo'ldi.

Tajriba-sinov ishlari ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning ajralmas qismi bo'lib, u sohaga oid har qanday izlanishlar natijalarining haqqoniyligi, amaliy ahamiyati hamda tatbiqiyligini tasdiqlashning bosh mezoni hisoblanadi. Pedagogik tajriba-sinov ishining maqsadi - ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tadqiqotlar natijalarining interaktiv 3D virtual dinamik modellar asosida talabalar «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini o'zlashtirish saviyasini hamda ularning grafik savodxonligi bo'yicha ko'nikma va malakalarga erishish samarasini aniqlash va baholashdan iborat.

Pedagogik tajriba-sinovning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Oliy ta'limda «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini an'anaviy o'rganishda amaldagi o'quv dasturlari bo'yicha talabalarning bilim darajasini o'rganish.

2. «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini o'qitishda interaktiv 3D virtual dinamik modellarni qo'llash zaruriyatini aniqlashtirish.

3. Interaktiv 3D virtual dinamik modellarni o'quv jarayonidagi didaktik imkoniyatlarini aniqlash.

4. Yaratilgan interaktiv 3D virtual dinamik modellarni o'quv jarayonida qo'llash imkoniyatlarini hamda talabalarning mavzularni o'zlashtirish darajasiga ta'sirini tekshirib ko'rish.

5. Interaktiv 3D virtual dinamik modellarni oliy ta'lim muassasalarida «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini o'qitishda qo'llash bo'yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish, tavsiyalar berish.

«Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini interaktiv 3D virtual dinamik modellar asosida o'qitish metodikasini takomillashtirishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyatni tashkil etishda quyidagi umumiy metodlardan foydalanildi: anketa so'rovnoma, pedagogik kuzatish; nazorat ishlari natijalarini tahlili, matematik-statistik metod (Styudent va Pirson metodi).

Anketa metodidan OTMda «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini interaktiv 3D virtual dinamik modellar asosida o'qitishning mavjud holatini baholash, interaktiv yondashuv asosida «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini o'qitishning samaradorligini ta'minlash imkoniyatini, yaratilishi zarur bo'lgan pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, respondent-talabalarning grafik savodxonligi bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish dinamikasi haqida ma'lumotga ega bo'lish maqsadida foydalanildi. Metodni qo'llash natijasida pespondent-talabalarning «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fani bo'yicha o'zlashtirish darajasini baholash, ta'lim samaradorligini oshirishdagi yanada samarali yo'llarni izlab topish, ulardan oqilona foydalanish chopa-tadbirlarini belgilash, shuningdek, interaktiv kompyuter modellarni o'quv jarayonida qo'llash samaradorligini tahliliy o'rganish imkoniyati yuzaga keldi.

Tadqiqot jarayonida respondent-talabalar, shuningdek, tajriba-sinov ishlariga jalb qilingan respondent-pedagoglar uchun anketa so'rovnomasi tayyorlandi. So'rovnoma yozma shaklda tashkil etildi. Berilgan javoblarning mazmunini tahlil qilish va o'rganish asosida tajriba-sinov jarayonga baho berildi.

Anketa so'rov natijalari ikki yo'nalishda: pespondent-pedagoglarning «Chizma geometriya va muhandislik grfikasi» fanini o'qitish metodikasining takomillashtishga qaratilgan shaxsiy fikrlari hamda pespondent-talabalarning «Chizma geometriya va muhandislik grfikasi» fanini o'qitishda interaktiv kompyuter modellarni qo'llash asosida mashg'ulotlarning sifati hamda samaradorligining oshirilishiga bo'lgan munosabatlarini o'rganish asosida olib borildi.

Professor-o'qituvchilar o'rtasida tashkil etilgan anketa so'roviga ko'ra «Chizma

CAHOAT HTOMAHH^HTH

geometriya va muhandislik grfikasi» fanini o'qitishda interaktiv kompyuter modellarini qo'llash mashg'ulotlarning samarali kechishini ta'minlaydi; o'qitish jarayonida qo'llanilayotgan interaktiv modellar talabalarda o'quv fanini o'zlashtirishga bo'lgan qiziqishni yuzaga keltirib, ularning o'quv-bilish faoliyatini oshiradi. An'anaga ko'ra anketa so'rovlari yuzasidan anonim (shaxsi noma'lum) javoblar olindi.

Pedagogik tajriba Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Buxoro muhandislik-texnologiya institutlarida uch bosqichda olib borildi. Birinchi bosqich 2019-2020 o'quv yilida, ikkinchi bosqich 2020-2021 o'quv yilida va uchinchi bosqich 2021-2022 o'quv yilida amalga oshirildi.

Shuningdek, birinchi bosqichda tadqiqot jarayonida Davlat ta'lim standartlari o'quv dasturlarida tasdiqlangan «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini interaktiv kompyuter modellari asosida o'qitish usuli ishlab chiqildi. Yaratilgan usul asosida «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini o'qitish jarayonida talaba o'zlashtirishi kerak bo'lgan bilimlar majmuasi ishlab chiqildi.

Ishlab chiqilgan «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini interaktiv kompyuter modellari asosida o'qitishga qaratilgan ushbu yondoshuv talabalarda fanga oid katta hajmdagi o'quv materialni oz vaqt davomida ko'p va chuqur o'zlashtirishni rivojlantirishga qaratilgandir.

Taklif qilinayotgan samarador usulni amalga oshirish va ularni tahlil qilish uchun talabalar tajriba va nazorat guruhiga ajratildi. Buning uchun oliy ta'limga kirish ballari bir biriga yaqin bo'lgan mutahassislik yo'nalishlarining guruhlari tajriba va nazorat guruhlari sifatida ajratib olindi.

Tajriba-sinovni o'tkazishda tajriba va nazorat guruhlarining «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanidan o'zlashtirish darajasi va guruhlarning grafik savodxonligini taqqoslash muammolarini hal qilish kerak edi. Bunday taqqoslash quyidagi mezonlar asosida belgilandi:

1. Har ikkala guruhda ham «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» mashg'ulotlar oquv dasturida berilgan mavzular ketma-ketligida o'tkazildi. Tajriba guruhdagi o'quv mashg'ulotlarining mavzulari nazorat guruhidagi o'quv mashg'ulotlarining mavzusi bilan bir xilligiga e'tibor qaratildi.

2. Ikkala guruhda ham talabalarning bilimi, ko'nikma va malakalari darajasi grafik topshiriqlar asosida tekshirildi, ya'ni tajriba va nazorat guruhi talabalari bir xil sharoitda bo'ldilar. Lekin tajriba guruhlarida mashg'ulotlar interaktiv 3D virtual dinamik modellarni qo'llash asosida o'tkazildi.

Tajriba va nazorat guruhlarida ishtirok etgan guruhlardagi talabalar soni quyidagi jadvalda keltirildi (1-jadval).

1-jadval

OTM nomi Tajriba guruhi Nazorat guruhi

Namangan muhandislik-texnologiya insituti 50 50

Namangan muhandislik-qurulish insituti 54 51

Buxoro muhandislik-texnologiya insituti 50 50

Jami 154 151

Odatda pedagogik tajriba-sinovning samaradorligi darajasini baholash mezonlarga muvofiq ma'lum ko'rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Quyidagi mezonlar asosida talabalarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini o'qitish metodikasining takomillashganlik darajasini belgilab beradi. Pespondent talabalarning faoliyati a'lo, yaxshi va qoniqarli darajalar bilan belgilandi:

CAHOAT HTOMAHH^HTH

1) a'lo - mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amaliy topshiriqlarni bajarishda qo'llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, chizmalarni chizish qoidalariga to'liq amal qiladi hamda fan (mavzu) bo'yicha tasavvurga ega;

2) yaxshi - mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amaliy topshiriqlarni bajarishda qo'llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, chizmalarni chizish qoidalariga amal qilganda hamda fan (mavzu) bo'yicha tasavvurga ega;

3) qoniqarli - olgan bilimini amaliy topshiriqlarni bajarishda qo'llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, chizmalarni chizish qoidalariga qisman amal qiladi hamda fan (mavzu) bo'yicha tasavvurga ega.

Yuqoridagi chizmalarni chizish qoidalari quyidagi mezonlarni o'z ichiga oladi:

a) topshiriqni format qog'ozga to'g'ri ko'chirganligi;

b) topshiriqni bajarishda yo'nalishni to'g'ri tanlaganligi;

c) ishni to'g'ri va oxirigacha ishlaganligi;

d) YESKD va davlat standartlari (chiziq turlari, chiziq qalinliklari, o'lcham qo'yish qoidalari) talablariga binoan bajarilganligi.

Tajriba o'tkazishda ushbu bosqichining vazifasi qilib, talabalarning 2 ta oraliq hamda yakuniy nazorat ishlari natijalarining tahlili belgilandi. Tajriba va nazorat guruhlarida ikkita oraliq nazorat va yakuniy nazorat ishlari amaliy topshiriqlar asosida tegishli oliygohlar o'quv rejasida belgilangan haftalarda o'tkazildi.

Tadqiqot mavzusi yuzasidan tajriba-sinov ishlarining talabalar bilim va ko'nikmalar darajasini tajriba va nazorat guruhlarida aniqlash hamda qiyosiy tahlil qilish bosqichi amaliyotchi o'qituvchilar bilan hamkorlikda tadqiqotchi tomonidan amalga oshirildi.

Oliy o'quv yurtlarilarida interaktiv 3D virtual dinamik modellashtirish asosida dars o'tkazilgan tajriba-sinov va nazorat guruhlaridan nazorat ishlari olindi. Tajriba so'nggida olingan yakuniy miqdor ko'rsatkichlari 2,3,4- jadvallarda keltirib o'tilgan.

Yuqoridagi jadvallardan ko'rinib turibdiki, tajriba guruhlarida nazorat guruhlariga nisbatan «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini o'qitishda interaktiv 3D virtual dinamik modellarni qo'llash metodikasini takomillashtirish mezonlarining barchasi bo'yicha sezilarli o'zgarishlar kuzatilgan (5-jadvalga qarang).

2-jadval

«Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanidan talabalarning ON va YaN

Mezonlar Tajriba guruhi (50 nafar respondent) Nazorat guruhi (50 nafar respondent)

A'lo Yaxshi Qoniqarli Qoniqarsiz A'lo Yaxshi Qoniqarli Qoniqarsiz

1-ON 25 17 8 0 14 20 16 0

2-ON 27 16 7 0 13 19 18 0

YaN 26 18 6 0 12 18 20 0

Umumiy o'rtacha 26 17 7 0 13 19 18 0

3-jadval

«Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanidan talabalarning ON va YaN

Mezonlar Tajriba guruhi (54 nafar respondent) Nazorat guruhi (51 nafar respondent)

A'lo Yaxshi Qoniqarli Qoniqarsiz A'lo Yaxshi Qoniqarli Qoniqarsiz

C AHOAT qH3MA* IH^HTH 1

1-ON 29 18 7 0 19 15 17 0

2-ON 27 16 11 0 11 19 21 0

YaN 25 20 9 0 15 20 16 0

Umumiy o'rtacha 27 18 9 0 15 18 18 0

4-jadval

«Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanidan talabalarning ON va YaN

Mezonlar Tajriba guruhi (50 nafar respondent) Nazorat guruhi (50 nafar respondent)

A'lo Yaxshi Qoni-qarli Qoni-qarsiz A'lo Yaxshi Qoni-qarli Qoni-qarsiz

1-ON 25 15 10 0 13 21 16 0

2-ON 27 15 8 0 15 20 15 0

YaN 23 18 9 0 14 19 17 0

Umumiy o'rtacha 25 16 9 0 14 20 16 0

5-jadval

«Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini o'qitishda interaktiv 3D virtual dinamik modellarni qo'llash metodikasini takomillashtirish bo'yicha tajriba va nazorat

Tajriba guruhi A'lo Yaxshi Qoniqarli Qoniqarsiz Jami

Namangan muhandislik-texnologiya instituti 26 17 7 0 50

Namangan muhandislik-qurulish instituti 27 18 9 0 54

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 25 16 9 0 50

Jami 78 51 25 0 154

Nazorat guruhi A'lo Yaxshi Qoniqarli Qoniqarsiz Jami

Namangan muhandislik-texnologiya instituti 13 19 18 0 50

Namangan muhandislik-qurulish instituti 15 18 18 0 51

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 14 20 16 0 50

Jami 42 57 52 0 151

Yuqoridagi jadvallar asosida nazorat va tajriba guruhlari talabalarining «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini o'qitishda interaktiv 3D virtual dinamik modellarni qo'llash metodikasini takomillashtirilganlik darajasi bo'yicha yakuniy bosqich natijalari keltirildi (6-jadval).

6-jadval

«Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini o'qitishda interaktiv 3D virtual dinamik modellarni qo'llash metodikasini takomillashganlik darajasining qiyosiy tahlili

son va foizlarda)

Guruhlar Talabalar soni O'zlashtirish natijalari (% da)

yuqori o'rtacha past

1 CAH( DAT HH3MAHH^ HTH l|

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Tajriba guruhlarida 154 78 ^^^ ^^^^ 51 51 33 25 16

Nazorat guruhlarida 151 42 ^^^ 28 57 38 52 34

Tajriba-sinov natijalari tahliliga ko'ra, tadqiqot jarayoniga jalb etilgan tajriba guruhi talabalarida nazorat guruhi talabalariga nisbatan bilim, ko'nikma va malakalar samarali shakllanganligi aniqlandi. Bu holatni ob'ektiv baholash uchun statistik tahlil amalga oshiriladi, aniqlashtirgan xulosagina tajriba-sinov ishlarining ilmiy, pedagogik, texnologik va metodik jihatdan to'g'ri samarali olib borilganini tasdiqlaydi. Ta'kidlovchi tajriba-sinov davrida ham statistik tahlilni amalga oshirish uchun Styudent va Pirson metodlari tanlandi. Mazkur metod ikki guruhda qayd etilgan ko'rsatkichlarni aniqlash va obektiv baholash imkoniga ega. Matematik statistik metodning mohiyatiga ko'ra dastlabki bosqichda tajriba va nazorat guruhlarida qayd etilgan statistik ko'rsatkichlarni tanlanmalar sifatida belgilanib, baho ko'rsatkichlari bo'yicha variatsion qatorlarni hosil qilish lozim bo'ldi. Bu diagrammada quyidagi ko'rinishni oldi (1-rasmga qarang).

100 80 60 40 20 0

I Yuqori

O'rtacha

Past

L

Tajriba guruhlari

78

51

25

Nazorat guruhlari

42

57

52

I Yuqori I O'rtacha I Past

1-rasm. «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini o'qitishda interaktiv 3D virtual dinamik modellarni qo'llash metodikasini takomillashganlik diagrammasi

Diagrammadan ko'rinib turibdiki, tajriba guruhi ko'rsatkichlari nazorat guruhi ko'rsatkichlaridan yuqori ekan.

Chizilgan diagrammalarning har biri statistik jadval normal taqsimotga ega bo'lgan bosh to'plamlardan olinganligi haqidagi faraz-gipotezani oldinga surish mumkin ekanligini ko'rsatadi. Ma'lumotlarini matematik statistik tahlil qilish natijasida tajriba guruhidagi o'zlashtirish nazorat guruhidagi o'rtacha o'zlashtirish (78,3 - 64,7) % =13,6 % ga yuqori ekanligi ma'lum bo'ldi.

Ushbu tadqiqot ishida biz «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini o'qitishda interaktiv 3D virtual dinamik modellarni qo'llash metodikasini takomillashtirish masalalarini ko'rib chiqdik. Tadqiqot natijalari, olingan natijalarning matematik statistik tahlili qo'yilgan ishchi ilmiy farazning to'g'riligini ko'rsatdi. Tadqiqot ishida o'tkazilgan oxirgi nazorat ishi natijalariga ko'ra tajriba guruhi talabalarining natijalari nazorat guruhi talabalarining natijalaridan 13,6 % yuqori ekanligi ma'lum bo'ldi. Demak, yuqorida olib borilgan tajriba-sinov ishlarining matematik-statistik tahlillaridan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fani mashg'ulotlari samaradorligini oshirishda qo'llanilgan tajriba-sinov ishlari uslubiyoti samarali bo'lib, talabalar o'zlashtirishiga ijobiy ta'sir etadi deb ayta olamiz.

ADABIYOTLAR

1. Xamraqulov A.K. Chizma geometriyani o'qitishda kompyuter texnologiyalarini qo'llash metodikasi ("Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" fani misolida). Diss....ped.fan.nom. - Namangan, 2009. - 143 b.

САНОАТ ЧИЗМАЧИЛИГИ

2. Shakirova Sh.T. Talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish va dasturiy nazorat asosida o'qitish samaradorligini oshirish: Dis. ... ped.fan.bo'yisha fal.do'k. - Andijon, 2009. -167 b.

3. Qahharov A.A. «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanini o'qitishda talabalar fazoviy tasavvurini multimediali kompyuter texnologiyalari asosida rivojlantirish. Diss_.ped.fan.nom. - Toshkent - 2020, - 139 b.

4. Nasritdinova U.A. Kompyuter grafikasi fanini o'qitishda uch o'lchamli modellashtirish vositasidan foydalanish metodikasi. Avtoreferat. Diss.... RhD.. - T., 2018. - 50 b.

5. Azimov S.S. Bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini kompyuter texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish // p.f.f.d.(RhD) dis.avtoreferati. -Qarshi 2021.- 50-b.

УДК 515.16: 744.32

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.