Научная статья на тему 'TALABALARNING MUSTAQIL FIKRLASH KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI'

TALABALARNING MUSTAQIL FIKRLASH KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

196
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
multimedia / muhandislik grafikasi / mulьtimedia texnologiyalari / kompьyuter grafikasi / mustaqil fikrlash / mustaqil taʼlim / mustaqil ish / fazoviy tasavvur. / мультимедиа / инженерная графика / мультимедийные технологии / компьютерная графика / самостоятельное мышление / самостоятельное обучение / самостоятельная работа / пространственное воображение.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abduraxmat Karimovich Xamrakulov

Ushbu maqolada mustaqil ta’limning kadrlar tayyorlashdagi o’rni va talabalar mustaqil fikrlashlarini rivojlantirishda multimedia texnologiyalaridan foydalanishdagi muammolari va yechimlari haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье речь идёт о роли самостоятельного обучения в подготовке кадров а также проблема и решения использования мультимедийных технологий в развитии самостоятельного мышления студентов

Текст научной работы на тему «TALABALARNING MUSTAQIL FIKRLASH KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

TALABALARNING MUSTAQIL FIKRLASH KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Abduraxmat Karimovich Xamrakulov

Namangan muhandislik-qurilish instituti dotsent, p.f.n.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mustaqil ta'limning kadrlar tayyorlashdagi o'rni va talabalar mustaqil fikrlashlarini rivojlantirishda multimedia texnologiyalaridan foydalanishdagi muammolari va yechimlari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: multimedia, muhandislik grafikasi, mulьtimedia texnologiyalari, kompbyuter grafikasi, mustaqil fikrlash, mustaqil ta'lim, mustaqil ish, fazoviy tasavvur.

АННОТАЦИЯ

В данной статье речь идёт о роли самостоятельного обучения в подготовке кадров а также проблема и решения использования мультимедийных технологий в развитии самостоятельного мышления студентов.

Ключевые слова: мультимедиа, инженерная графика, мультимедийные технологии, компьютерная графика, самостоятельное мышление, самостоятельное обучение, самостоятельная работа, пространственное воображение.

ABSTRACT

This article talks about the role of independent learning in training, as well as the problems and solutions of using multimedia technologies in the development of independent thinking of students.

Keywords: multimedia, engineering graphics, multimedia technologies, computer graphics, independent thinking, independent learning, independent work, spatial imagination.

Hozirgi kunda kadrlar tayyorlash sifatiga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Entsiklopedist, yoki «bilimdon»-hamma narsani biladi. «Mohir», yoki «Mohir qo'llar»-bu hamma narsani uddalaydi, muhandis esa-hamma narsani biladi, hamma narsani uddalaydi, yana hech

May 6

340

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

qachon bo'lmagan narsani ixtiro qiladi [5]. O'qitishning kredit modult tizimida mustaqil ta'limga alohida e'tibor qaratilgan. Ya'ni o'quv yuklamasining 50% i auditoriya soatlari va 50 % i mustaqil ta'lim tashkil etadi. Ushbu holat mavzuning dolzarbliligini asoslab beradi.

Mustaqil ta'lim ta'limni tashkil etishda talabaning mustaqil ishi (o'qituvchi rahbarligida bajariladigan) va talabaning ixtiyoridagi mustaqil ta'lim.

Mustaqil ta'limni tashkil etishda multimedia texnologiyalari va amaliy grafik dasturlardan foydalanish talabalarining mustaqil ravishda fanni o'zlashtirishlaridan muhim o'rin tutadi. Mustaqil ta'lim talabalarning mustaqil fikrlashlarini rivojlantirishga yordam beradi.

Tadqiqot doirasida ilmiy uslubiy adabiyotlar tahlili, suhbat, kuzatish metodlaridan foydalanildi.

Talabalarning mustaqil fikrlash (idrok)larini shakllantirish ishlari bilan ko'pgina didaktlar, psixolog va uslubchilar shug'ullanishgan. G.M.Anorqulova [1], A.Umarov[2]lar ilmiy maqolalarida, I.Ya.Lerner [6], N.V.Pan [9], N.A.Polovnikova [10], Q.Olimov[7], Q.Ishmatovlar[3, 4], ilmiy tadqiqot ishlarida mustaqil fikrlash daraja va ko'rsatkichlarini bir darajadan boshqa darajaga o'tish muammosini hal etish yo'llarini nazariy jihatdan ishlab chiqqanlar. G.I.SHukina fikrlashga qiziqish jarayonini tahlil qilib, mustaqil fikrlashni fikrlashga bo'lgan qiziqishini rivojlanishi darajasiga bog'liqligini o'rnatdi.

Talabalarning faolligi va mustaqil fikrlash muammolari amaliyotning didaktik ildizlaridan biridir. Agar o'quvchi va talabalar faol bo'lmasalar va fazoviy tasavvurlay olmasalar o'qituvchi faoliyati mazmunga ega bo'lmaydi [8]. Talabalarning mustaqil fikrlashlari uchun mustaqil ta'lim to'g'ri yo'lga qo'yiligan bo'lishi lozim. O'qitish usullarini rivojlantirish, birinchi navbatda talabalarni mustaqil fikrlashga va faol bo'lishlariga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Talabalarning erkin fikrlashga va fazoviy tasavvurlarini shakllantirishga kompyuter texnologiyalari samarali yordam bera oladi.

Yuqoridagi muammolarni hal etish uchun kompyuter texnologiyalari va kompyuter grafikasidan Chizma geometriyani o'qitishda foydalanish mumkin. Bu ikki fanning bir-biri bilan uzviy ravishda bog'lab o'tilishi, talabalarning kelgusi fanlarda kurs ishlari, kurs loyihalari va diplom loyihalarini kompyuter grafikasi yordamida bajarishlarini ta'minlaydi. Hozirgi davrga kelib yangi pedagogik texnologiyalardan, an'anaviy o'qitish metodikasidan

kompyuter texnologiyalaridan foydalanish proportsiyasi to'

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

tuzilganligi darsning muvafaqiyatli o'tishini kafolatlaydi. Ayrim olimlar kompyuter texnologiyasining kirib kelishi bilan ayrim fanlar (Chizma geometriya) o'zining o'rnini kompyuter grafikasiga bo'shatib beradi degan noto'g'ri fikrdalar. Chizma geometriya va muhandislik grafikasini o'rganmasdan kompyuter grafikasini o'rganish mumkin emas, chunki kompyuter grafikasining amaliy dasturlari Chizma geometriya qoidalari asosida ishlab chiqilgan va jahon standart talablariga javob beradi (Masalan: chiziq turlari, materiallarning kesimlarda belgilanishi va hokazolar). Chizma geometriya va muhandislik grafikasini o'qitishda kompyuter texnologiyalaridan (texnik o'qitishni zamonaviy vositasi sifatida) foydalanish va Chizma geometriya ishlarida kompyuter grafikasini masalaning fazoviy yechimini ko'rsatishda (sirtlarning o'zaro kesishuvini aniqlash va boshqalarda ob'ektni yaqqol tasvirini ko'rsatish) qo'llash mumkin. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish talabalarni fanni jadal ravishda o'zlashtirishlari uchun xizmat qilsa, kompyuter grafikasini qo'llash talabalarning olgan bilimlarini kompyuter yordamida amaliy ishlarini mustaqil bajarishga imkon beradi. Zamonaviy o'qitish jihozlaridan foydalanish respublikamizda juda keng yo'lga qo'yilib, oliy o'quv yurtlarining kasbiy ta'lim yo'nalishlarida Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanini o'qitishning zamonaviy masalalaridan birinchisi kompyuter texnologiyalaridan foydalanishdir. Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanini o'qitishda kompyuter texnologiyalari va kompyuter grafikasidan foydalanishda quyidagi muammolar mavjud:

> kompyuter grafikasi auditoriyalarining yetishmasligi;

> professor-o'qituvchilarni multimedia texnologiyalari va grafik dasturlarda ishlash b^yicha bo'yicha yetarlicha bilimga ega emasligi;

> mavjud elektron darslik va elektron uslubiy ko'rsatmalar didaktik talablarga yetarli javob bermasligi.

Kompyuter juda katta imkoniyatga ega bo'lganligi bois, uni har bir sohada, shuningdek pedagogik sohada o'qitish vositasi sifatida bemalol ishlatish mumkin. Hozirgi vaqtda an'anaviy usulda dars o'tish jarayoni talabalar uchun zerikarliroq bo'lib qolmoqda.

Chizma geometriya fanini o'qitishda kompyuter texnologiyalari asosida o'qitish texnologiyasi o'quvchi va talabalarda fanning o'rganishlari uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

— talabalarning fazoviy tasavvurlarini shaklantir

Oddiy ma'ruza yoki amaliy mashg'ulot o'tilganda o'qituvchi

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

xil ko'rgazmali qurollardan foydalanib talaba va o'quvchüarning fazoviy tassavurlarini shakllantirishga harakat qiladi. Bu jarayon ko'p vaqt talab etadi. Kompyuter texnologiyasi asosida tushuntirilganda tekislikning fazoviy ko'rinishlari, proektsiyalari va yaqqol tasvirining aylantirib yoki tasvir atrofida aylanib ko'rish mumkin bo'ladi. Bu talabalarning fanga bo'lgan qiziqishlarini ortishiga sabab bo'ladi;

— multimedia asosida yaratilgan ma'ruzalar matni, amaliy mashg'ulotlar uchun elektron uslubiy ko'rsatmalar talabalarda fanning o'rganishlari uchun juda ham qulay hisoblanadi;

— dinamik tasvirlar, primitivlarning ranglari masalaning berilishida, masalaning yechilishida, uning yechimiga mos bo'lishi talabalarning ishning bajarish tartibini tezda o'zlashtirib olishlarini osonlashtiradi;

— fannning nazariy qismini o'rganishda ko'rgazmali vositalar (rangli tasvirlar, ularning fazoviy ko'rinishlari, dinamik harakatlar) yordamida tushuntiriladi;

— nazariyaning berilish ketma-ketligi talabalarning tushunishini osonlashtiradi;

— masalalarning berilishi va uning yechilish davrida primitivlarning harakatlanishi talabalarda mustaqil ishlashga qiziqish uyg'otadi;

— masalaning yechish ketma-ketligi qadamma-qadam ko'rsatilishi va o'ziga berilgan topshiriqni kompyuterda bajarishi talabalarning mustaqil ishlashlariga olib keladi;

— mustaqil ishlash natijasida talaba o'qituvchi yordamiga ehtiyoj sezadi va o'qituvchi bilan muloqotini samimiylashtiradi.

Ijtimoiy sohada insonning mustaqil fikrga ega bo'lishi va faolligi uning faoliyati va tadbirkorligi bilan aniqlanadi. O'quvchilarning o'qish jarayonidagi faoligi o'quvchilar tomonidan belgilangan vaqt davomida qo'yilgan maqsadga yetishishiga aytiladi.

Faollik ikkita darajaga bo'linadi

— bajarish va ijodiy faollikka;

— reproduktiv va ijodiy faollikka

Ba'zi bir psixiologik-pedagogik tadqiqotlarda uchga bo'linadi.

— Reproduktiv faollik;

— qisman-ijodiy faollik;

ijodiy faollik.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

Talabalarning mustaqil fikrlashi deb aniq o'quv jarayonida o'zining qobiliyati bilan o'zgalar yordamisiz o'z oldiga qo'yilgan maqsadga erishish (o'qib-idrok etish masalasini yechish) faolligiga aytiladi [8].

Mustaqil fikrlash darajasi shu vaqtda idrok etish qobiliyatlariga mos ravishda talabalarning aqliy va jismoniy mehnat sig'imi (trudoyomkiy)ni mustaqil bajarish natijasida erishilgan natija (o'qib-idrok etish faolligi) samarali faoliyat deb yuritiladi.

Talabalarning umumlashgan (global) holda mustaqil fikrlash faoliyatini tizim sifatida ikkita asosiy komponentga bo'lish mumkin:

■ mazmunan (bilim, tushuncha yoki qabul qilish va taqdim etish);

■ tezkorlik (turli xil faoliyat); natijaviy tomoni (shaxsning yangi bilimlar, qaror qabul qilish usullari, yangi ijtimoiy tajriba, g'oya, qarashlar, qobiliyatlar va sifati). Multmedia texnologyalarini qo'llashda talabalarning mustaqil idrok etish faoliyati yo'nalishi ikki xil bo'ladi:

— talabalarga tayyor bilimlar, tayyor namunalarni to'g'ri, aniq, aqliy va amaliy faoliyati uchun ijodiy masalalar yechimi asosida berish;

— talabalarga mustaqil ishlashlari uchun o'zgacha va individual masalalarni

berish.

Tajriba guruhida yuqorida keltirilgan ma'lumotlar asosida mustaqil ta'lim tashkil etilganda talabalarda mustaqil fikrlash ko'nikma va malakalarini yig'ish Chizmalarini bo'yicha topshiriqlarini bajarishida ijobiy natijalarga erishganlar soni ko'p bo'ldi. Nazorat guruhlarida ijobiy natijalarga erishganlar soni tajriba sinov guruhinikiga qaraganda kam bo'ldi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, multimedia texnologiyalari va 3D grafik tasvirlar muhandislik grafikasini o'qitishda qo'llanilishi, talabalarning bilish qobiliyatlarini, bilishga bo'lgan motivatsiyalarini kuchaytiradi va ularning fazoviy tasavvurlash va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi.

REFERENCES

1.Аноркулова Г.М., Тошева М. Талаба шахсида мустакил фикрни шакллантиришда муаммоли вазиятлардан фойдаланиш. "Фан ва технологиялар тараккиёти" Илмий-техникавий журнал №2/2018.

2. Абдусалом УМАРОВ. Мустакил ишлай олиш талабани етукликка етаклайди. Янги Узбекистон. 23 апрел 2023 йил. https://yuz.uz/news/mustaqil-ishlay-olish-talabani-etuklikka-etaklaydi

May 6

344

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

3.Ишматов Педагогик максадларни белгилаш технологияси. «Педагогик технология» укув кулланма, Наманган мухдндислик-педагогика институти кичик босмахонаси, 2004 йил

4.Ишматов Таълим сифатини бахрлашнинг замонавий усуллари. Методик кулланма. Наманган-2006

5. Ищенко В., Сазонова З. Инженер: работа «на стыке» профессий. // Высшее образование в России. -М. 2006. -№4. С.106-107.

6. Лернер И.Я. Дидактические основы формирования познавательной самостоятельности учащихся при изучении гуманитарных дисциплин: Автореф. дисс. ... докт. пед. наук. - М., 1971. - 34 с.

7.Олимов Махсус фанлардан укув адабиётлари янги авлодини яратишнинг назарий-услубий асослари. Педагогика фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация Автореферати. Тошкент-2005 8.Орлов В.И. Активность и самостоятельность учахщихся в обучение // СПО. -М.2004. - №1. С. 43-47

9.Пан Н.В. Организация самостоятельной работы студентов // СПО.-М. 2005. -№3. С.19-23

10. Половникова Н. А., Исследование процесса формирования познавательной самостоятельности школьников в обучении: Автореф. дисс. доктора пед. наук. -Л., 1977. -С. 58.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.