UDK 37.02
Tursunova D.B.
"Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi Jizzax Politexnika Instituti
TALIM JARAYONIDA PEDAGOGIK MAHORAT
Annotatsiya: Bugungi kunda pedagogik mahoratga ega bo'lish talabi faqatgina o 'qituvchilarga emas, shu bilan birga jamoa bilan, ijtimoiy sub 'ektlar bilan ishlaydigan har qanday mutaxassislarga ham qo'yilmoqda. Maqolada talim- tarbiya jaroyonidapedagogik mahoratning ahamiyatiyoritilgan.
Kalit so^zlar: Pedagogik mahorat, kasbiy faoliyat, talimda innovatsiyalar, metodika, talim texnologiyalari, peadgogik qobiliyat.
Tursunova D.B. teacher
"Social Sciences" department Jizzakh Polytechnic Institute
PEDAGOGICAL SKILLS IN THE EDUCATIONAL PROCESS
Annotation: Today the requirement to have pedagogical skills is imposed not only on teachers, but also on any specialists who work with the team, with social subjects. The article covers the importance of pedagogical skills in educational and educational jargon.
Keywords: pedagogical skills, professional activity, innovations in training, methodology, educational technologies, pedagogical skills.
Har qanday jamiyat taraqqiyotida yoshlarning talim-tarbiyasi eng ustuvor masalalardan hisoblanadi. Talimning samaradorligi va jozibasi shu jarayonda faoliyat yuritayotgan pedagog hodimlarning ilmiy salohiyati, malakasi va mahorati bilan belgilanadi. Mahorat - muayyan ish, xatti-harakat yoki kasbiy faoliyatning ustalik, mohirlik bilan, san'atkorona tashkil etilishiga imkon beradigan bilim, ko'nikma va malakalar majmui. Pedagogik mahorat - pedagog tomonidan kasbiy faoliyatning ustalik, mohirlik bilan, san'atkorona tashkil etilishini ta'minlovchi bilim, ko'nikma va malakalar majmui. Pedagogik mahorat tushunchasiga turli adbiyotlarda turlicha tariflar berilgan. «Pedagogik ensiklopediyada» quyidayicha izohlandan: «Oz kasbining mohir ustasi bolgan, yuksak darajada madaniyatli, oz fanini chuqur biladigan, tarbiyalash va o'qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutahassis.» Ushbu tarifning mohiyatidan kelib chiqib, o'qituvchining pedagogik mahorati mazmunini shunday izohlash mumkin:
1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilindonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatgichi.
2. Oz faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.
3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatda foydalana olishi.
4. Oquv tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o'zaro bir- biri bilan bogliq bo'lgan asosiy kompanentlardan iborat:
1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo'ysunishi.
2. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilishi.
3. Pedagogik qobiliyatga ega bo'lish.
4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash. [1]
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini ta'minlash uchun muhim poydevor bo'ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. O'quvchilarda ijtimoiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko'p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash zarur. Bu pedagog kadrlarimiz oldida turgan eng muhim vazifadir.
Pedagogning ijodiy potensiali uning oz ijodkorlik sifatlarini shakllantirishga intilishida, pedagogik odobining namoyon bo'lishida, qobiliyati va kasbiy malakasini oshirishida, kutilmagan vaziyatlarda topqirlik qila olishida, o'quvchi va talabalarni komillik sari mohirlik bilan etaklay olishida ko'rinadi. [2]
Oqituvchining ijodkorligi nafaqat dars jarayonlarida qolaversa, darsdan tashqari mashg'ulotlarda, ijodiy to'garaklar faoliyatida, manaviy-marifiy tadbirlarda takomillashib boradi. Bu ayniqsa ijtimoiy- gumanitar fan sohasida faoliyat yuritayongan pedagoglarning mahoratida oz aksini topadi. Masalan, Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni o'tkazish - sinfdan tashqari ishlarning muhim tashkiliy shakli bo'lib, ularning asosiy vazifasida ilmiy ma'lumot berishdan tashqari harxil san'at vositalari (badiiy o'qish, musiqa, ashula, video rolik) yordamida o'quvchilarga ibratli tarixiy voqyealarlarning mazmuni, mohiyati va ahamiyatini tushuntirish va ulardan ibrat olishni uqtirishdan iborat. O'qituvchilik ishida muvaffaqiyatga erishish uchun har bir muallim pedagogik mahoratni egallashi zarur. Pedagogik mahorat egasi kam kuch sarf qilib, ulkan natijalarga erishadi, o'z ishining natijasi bilan mo''jizalar yaratadi, ijodkor bo'ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste'dodli kishidagina pedagogik mahorat bo'lishi mumkin.
Pedagogik mahoratni shakllanishi pedagogik yo'nalashdagi Oliy Talim muassasalari o'quv-ilmiy faoliyatidagi asosiy jihatlardan biridir. Bolajak pedagoglarni oz kasbiy mahoratlarini talabalik davridanoq rivojlantirib borishga yo'naltirish lozim. Zamonaviy oliy pedagogik ta'lim uchun eng muhim masalalardan biri - talabalarda pedagogik kompetensiyani shakllantirishdir. Shu munosabat bilan pedagogik kompetensiya nimadan iboratligini ilmiy nuqtayi nazardan o'rganish zarur. "Kompetentlik" (ingl. "competence" - "qobiliyat") -faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olishni anglatadi. Pedagogik kompetensiyaga nima tegishli ekanligini, uning tarkibiy qismi sifatida uning mohiyatini ochib berish.[3] Manbalardan birida "qobiliyat" tushunchasi shunday sharhlanadi: 1) shaxsning osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta'minlaydigan individual psixologik xususiyat; 2) narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilish layoqati.
Bugungi kunda pedagogik mahoratga ega bo'lish talabi faqatgina o'qituvchilarga emas, shu bilan birga jamoa bilan, ijtimoiy sub'ektlar bilan ishlaydigan har qanday mutaxassislarga ham qo'yilmoqda. Binobarin, tirik mavjud bo'lgan shaxslarga ta'sir ko'rsatish, ularni boshqarish oson kechmaydi. Bu esa oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak mutaxassislarning muayyan darajada pedagogik mahoratga ega bo'lishlari zarurligi taqozo etmoqda. [4]
Xulosa o'rnida shu takidlash joizki, ta'lim -tarbiya jarayonida faoliyat ko'rsatayotgan pedagog xodimlar oz ustida tinimsiz ishlashi, zomonaviy ilmfan va texnologiyalaridan samarali foydalana olishi va ularni dars jarayonlariga tadbiq eta olishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. Darslik. Toshkent 2011-yil.
2. Omonov H. T. Pedagogik texnologiyalar va pedagogi mahorat. Darslik. Toshkent 2009-yil.
3. Xoliqov I. Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida pedagogik kompetensiyani shakllantirish. Pedagogik mahorat. 1 -son (2022-yil, fevral)
4. Erkaboyeva N. Pedagogik mohorat. Oquv qo'llanma. Toshkent. 2020-yil.
5. Tajibayev, M. A., & Axmedov, J. T. (2022). Sinergetik yondashuv-yoshlarning yangi dunyoqarashini shakllantirishning asosiy jihatlaridan biri sifatida. Scientific progress, 3(3), 527-532.
6. Tajibaev, M. A., & Rashidova, B. Y. (2022). The concepts of sustainability and instability in synergetics are an important principle. Scientific progress, 3(3), 930-933.
7. Kholbekova, M. A. T. U. (2022). Applications and developments of synergetics. Scientific progress, 3(3), 942-945.
8. Tajibaev, M. A., & Rashidova, B. Y. (2022). Content of the concept of synergetics. Scientific progress, 3(3), 938-941.
9. Kulmatov, P. M., & Tajibaev, M. A. (2022). Synergetic aas a factor for the development of modern science. Scientific progress, 3(3), 925-929.
10. Tajibaev, M. A., & Kholbekova, M. U. (2022). Synergetic methodology serves humanity. Scientific progress, 3(3), 934-937.
11. Abdurashidovich, T. M. (2022). Yoshlarda sinergetik dunyoqarashni shakllantirish omillari. Integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 3(3), 203-207.
12. Abdurashidovich, T. M. (2022). Sinergetika-yoshlarning yangi dunyoqarashini shakllantiruvchi bilim sifatida. Fan, ta'lim, madaniyat va innovatsiya, 1(2), 69-73.
13. Azimova, S. Y., & Tojiboev, M. A. (2021). Improvement of spiritual and educational work it is our important task. Scientific progress, 2(5), 544-548.
14. Melikuziyevich, K. P., & Abdurashidovich, T. M. (2021). State and community management-as a priority task in the appeal. International journal of discourse on innovation, integration and education, 2(2), 133-136.
15. Quvanovich, R. Q. (2021). The Moral Importance of Humanity and Patriotism in Chistiya and Kubraviya. International Journal on Orange Technologies, 3(3), 98-103.
16. Ruziev, A. J. (2019). Изучение мировоззрения и деятельности мыслителей как исторического критерия. Theoretical & Applied Science, (11), 166-169.