Научная статья на тему 'SUV MUHITIDA WUFJEM MOLEKULALARINING NUKLEATSIYAOLDI JARAYONINI MODELLASHTIRISH'

SUV MUHITIDA WUFJEM MOLEKULALARINING NUKLEATSIYAOLDI JARAYONINI MODELLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Organik nanokristallar / yassi perilen / nukleatsiya / aromatik uglevodorod.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ollonazarov Sanjar, Ochilov J.V, Husanova D.X, Xalilov U.B

Organik nanokristallardan yanada kengroq foydalanish ularning ilk sintez mexanizmlarini chuqurroq tushunishni talab qiladi [1,2]. Olib borilgan ilmiy izlanishlarga qaramay, yadro hosil boʻlishining boshlanishi, nukleatsiyasi hali ham toʻliq tushunilmadi [3]. Shuning uchun, ushbu tadqiqot ishida reaktiv molekulyar dinamika (MD) modellashtirish usulidan foydalanib [4], suv muhitida yassi perilen molekulalari nukleatsiyaoldi klasterlarning hosil boʻlish jarayoni oʻrganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUV MUHITIDA WUFJEM MOLEKULALARINING NUKLEATSIYAOLDI JARAYONINI MODELLASHTIRISH»

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

SUV MUHITIDA WUFJEM MOLEKULALARINING NUKLEATSIYAOLDI JARAYONINI MODELLASHTIRISH

1Ollonazarov Sanjar, 2Ochilov J.V, 3Husanova D.X, 4Xalilov U.B

1DTPI talabasi, 2stajyor o'qituvchi, DTPI, 3kichik ilmiy xodim, IPLTI, 4katta ilmiy xodim, IPLTI

https://doi.org/10.5281/zenodo.11122357

Annotatsiya. Organik nanokristallardan yanada kengroq foydalanish ularning ilk sintez mexanizmlarini chuqurroq tushunishni talab qiladi [1,2]. Olib borilgan ilmiy izlanishlarga qaramay, yadro hosil bo'lishining boshlanishi, nukleatsiyasi hali ham to'liq tushunilmadi [3].

Shuning uchun, ushbu tadqiqot ishida reaktiv molekulyar dinamika (MD) modellashtirish usulidan foydalanib [4], suv muhitida yassi perilen molekulalari nukleatsiyaoldi klasterlarning hosil bo'lish jarayoni o'rganildi.

Kalit so'zlari: Organik nanokristallar, yassi perilen, nukleatsiya, aromatik uglevodorod.

Organik nanokristallar (ONK) farmatsevtika [5], biologik tizimlar [6], topokimyoviy polimerlashda [7] va boshqa istiqbolli sohalarda jadal sur'atlar bilan qo'llanilmoqda. Xususan, yassi perilen oilasiga kiruvchi molekulalar yuqori oksidlanish texnologiyasi orqali chiqindilar tarkibini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi [8]. So'nggi tadqiqotlar shunga dalolat qiladiki, organik molekulalarning yadrolanishi va natijada kristal sifatida o'sish mexanizmlarini chuqurroq tushunish ONKlarni muvaffaqiyatli tanlab sintez qilish uchun juda muhim [9]. Ushbu modellashtirish ishida, suv muhitida WUFJEM (C21H14O) molekulalaridan turli molekulali klasterlar hosil qildik.

WUFJEM molekulasi yassi perilen oilasiga mansub molekula bo'lib, ular aromatik uglevodorod sanaladi. Bu molekula perilen molekulasiga 1ta metoksi guruhni biriktirish orqali hosil qilingan. Yaratilgan ushbu struktura Cambridge strukturaviy bazasidan olingan.(1-rasm)

1-rasm. WUFJEMC21H14O) molekulasining tuzilishi

Klasterlanishning dastlabki bosqichlarida klasterdagi molekulalar "yuzma-yuz" joylashgan holda (parallel) dimer hosil qiladi [10]. 2-rasmdan shuni ko'rishimiz mumkinki, WUFJEM molekulasining klasterlanishi, vakuumda va suvda tubdan farq qiladi.

Vakuum sharoitida ular xuddi, tomchi modeliga o'xshash strukturalarni hosil qilsa, suvda bu holat kuzatilmaydi. Suvda ular xuddi baliq suyagiday strukturalarni hosil qiladi. Bunga sabab suvdagi hamda klasterlarda vodorod bog'larining o'zaro ta'sirlashishidan deb taxmin qilish mumkin.

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

2-rasm. Vakuumda WUFJEM(C21HmO) molekulalarining klaster hosil qilish evolyutsiyasi Ushbu tadqiqot zamonaviy nanotexnologiyada organik nanokristallarning o'sishini nazorat qilish jarayonini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

REFERENCES

1. L. Rongjin, et al., // Acc. Chem. 2010.Res. 43, 529-540

2. O. Ostroverkhova. // Chem. Rev. 2016. 116, 13279-13412

3. R.J. Davey, et al., // Angew. Chem. Int. Ed. 2013. 52, 2166-2179

4. M.P. Allen & J.D. Tildesley. // Computer simulation of liquids (Oxford University Press 2017, Second Edition), p. 1-626

5. Cox JR, Ferris LA, Thalladi VR, Angewandte Chemie 2007, 119(23):4411-4414.

6. Davey RJ, Schroeder SL, Ter Horst JH,Angewandte Chemie International Edition 2013, 52(8):2166-2179.

7. I. Takayuki et al., J. Photochem. Photobiol. A 183, 280-284 (2006).

8. Vijay B. Khajone & Pundlik R. Bhagat, Fuel, 279, 118390 (2020)

9. H. Matsuda, S. Okada, A. Masaki, H. Nakanishi, Y. Suda, K. Shigehara, and A. Yamada, in edited by G. Khanarian (San Diego, CA, 1990), p. 105.

10. U.Khalilov, et al., // Uzbek Journal of Physics, 23(3), 7-11

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.