Научная статья на тему 'N,N1-GEKSAMETILEN BIS-[(2,21AMINO-AZOTOLUOLIL)-MOCHEVINA] HOSILASI SINTEZI VA INGIBITORLIK XOSSASINI O‘RGANISH'

N,N1-GEKSAMETILEN BIS-[(2,21AMINO-AZOTOLUOLIL)-MOCHEVINA] HOSILASI SINTEZI VA INGIBITORLIK XOSSASINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rentgenofaza / 2 / 21-amino-azotoluolning / N / N1-geksametilen / diffrak-togramma / diazo-difenil / ingibitorlar / Debaya-Sherrera usuli / geksametilendiizosianat / konsentratsiya. / X-ray phase / 2 / 21-amino-azotoluene / N / N1-hexamethylene / diffractogram / diazo-diphenyl / inhibitors / Debaya-Scherre method / hexamethylene diisocyanate / concentration.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Xayitov Jonibek, Egamnazarova Fazilat

N,N1-geksametilen bis-[(2,21amino-azotoluolil)-mochevina] hosilalasini sintez qilib olish, fizik tahlillar asosida Rengen fazaviy tahlili, makromolyekulasi amorf va kristall strukturalarni isbotlash, IK-spektroskopiya usuli bilan hosil bo’lgan modda funksional gruppalarini isbotlandi. Bundan tashqari sintez qilib olingan birikmani ingibitorlik xossalari aniqlangan va Neft va gaz sanoati inshaotlarini karroziyadan himoyalash darajasi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDYING THE SYNTHESIS AND INHIBITORY PROPERTIES OF N,N1-HEXAMETHYLENE-BIS-[(2,21-AMINO-AZOTOLYL)-UREA] DERIVATIVE

Synthesis of N,N1-hexamethylene bis-[(2,21-amino-azotoluolyl)-urea] derivative, X-ray phase analysis based on physical analysis, macromolecule amorphous and crystal structure proof, IK-spectroscopy method Functional groups have been proven. In addition, the inhibitory properties of the synthesized compound were determined and the level of corrosion protection of oil and gas industry structures was analyzed.

Текст научной работы на тему «N,N1-GEKSAMETILEN BIS-[(2,21AMINO-AZOTOLUOLIL)-MOCHEVINA] HOSILASI SINTEZI VA INGIBITORLIK XOSSASINI O‘RGANISH»

UO'K: 547.495.2:654.3 " 10.5281/zenodo. 10811592

N,N1-GEKSAMETILEN BIS-[(2,21- AMINO-AZOTOLUOLIL)-MOCHEVINA] HOSILASI SINTEZI VA INGIBITORLIK XOSSASINI O'RGANISH

ы «

Xayitov Jonibek Egamnazarova Fazilat

(PhD) Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, (Assistent) Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institute,

Qarshi, O'zbekiston Qarshi, O'zbekiston

Annotatsiya. N,N1-geksametilen bis-[(2,21- amino-azotoluolil)-mochevina] hosilalasini sintez qilib olish, fizik tahlillar asosida Rengen fazaviy tahlili, makromolyekulasi amorf va kristall strukturalarni isbotlash, IK-spektroskopiya usuli bilan hosil bo 'lgan modda funksional gruppalarini isbotlandi. Bundan tashqari sintez qilib olingan birikmani ingibitorlik xossalari aniqlangan va Neft va gaz sanoati inshaotlarini karroziyadan himoyalash darajasi tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Rentgenofaza, 2,21-amino-azotoluolning, N,N1-geksametilen, diffrak-togramma, diazo-difenil, ingibitorlar, Debaya-Sherrera usuli, geksametilendiizosianat, konsentratsiya.

ИЗУЧЕНИЕ СИНТЕЗА И ИНГИБИРУЮЩИХ СВОЙСТВ ПРОИЗВОДНОГО ^^-ГЕКСАМЕТИЛЕН-БИС- [(2,21-АМИНО-АЗОТОЛИЛ)-МОБОЧЕВИНЫ]

Хаитов Джонибек Эгамназарова Фазилат

Каршинский инженерно-экономический институт, Карши, Каршинский инженерно-экономический институт, Карши, Узбекистан Узбекистан

Аннотация. Синтез производного NN1-гексаметилен-бис-[(2,21-амино-азотолуолил) мочевины, рентгенофазовый анализ на основе физического анализа, подтверждение аморфности и кристаллической структуры макромолекул, метод ИК-спектроскопии. доказано. Кроме того, определены ингибирующие свойства синтезированного соединения и проанализирован уровень коррозионной защиты конструкций нефтегазовой промышленности.

Ключевые слова: рентгеновская фаза, 2,21-аминоазотолуол, Ы,Ы1-гексаметилен, дифрактограмма, диазо-дифенил, ингибиторы, метод Дебая-Шерре, гексаметилендиизоцианат, концентрирование.

STUDYING THE SYNTHESIS AND INHIBITORY PROPERTIES OF N,N1-

HEXAMETHYLENE-BIS- [(2,21-AMINO-AZOTOLYL)-UREA] DERIVATIVE

SANOATDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR (E) ISSN: 3030-3214

ЦИФРОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ПРОМЫШЛЕННОСТИ Volume 2, № 1

DIGITAL TECHNOLOGIES IN INDUSTRY March 2024

Khaitov Jonibek Egamnazarova Fazilat

Karshi Engineering-Economics Institute, Karshi, Uzbekistan Karshi Engineering-Economics Institute, Karshi, Uzbekistan

Abstract. Synthesis of N,N1-hexamethylene bis-[(2,21-amino-azotoluolyl)-urea] derivative, X-ray phase analysis based on physical analysis, macromolecule amorphous and crystal structure proof, IK-spectroscopy method Functional groups have been proven. In addition, the inhibitory properties of the synthesized compound were determined and the level of corrosion protection of oil and gas industry structures was analyzed. Keywords: X-ray phase, 2,21-amino-azotoluene, N,N1-hexamethylene, diffractogram, diazo-diphenyl, inhibitors, Debaya-Scherre method, hexamethylene diisocyanate, concentration.

Kirish. Respublikamizda yangi turdagi moddalarni ishlab chiqarish, mahsulotlar turlarini ko'paytirish, mahalliy bozorni import o'rnini bosa oladigan kimyoviy noyob preparatlar bilan ta'minlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Raqobatbardosh tabiiy hamda ularning sintez mahsulotlari asosida noyob xos-salarga ega preparatlar yaratish borasida muhim natijalarga erishilmoqda

Diizosianatlarga azo-fenil, diazo-difenil ko'prikli bog'lanishlarning kiritilishi

turli xil fiziologik faolliklarning paydo bo'lishiga, metallar karroziyasi uchun ingibitorlar, galogen tutuvchi polimerli qoplamalar uchun stabilizatorlar, shu-ningdek, vulkanizatsiyasi kauchuklari uchun eskirishga qarshi qo'shimcha, tabiiy va kimyoviy tolalarning matolarini bo'yash hamda bosish jarayonlarini amalga oshi-rishda qo'llash mumkin. Ushbu turdagi birikmalarga difenil, azo-, bis-mochevina guruhlarini kiritishning yuqori aniqlikdagi yagona optimal usullarini aniqlash va N-H

1-jadval

N,N1-geksametilen bis-[(2,21- amino-azotoluolil)-mochevina]ningfizik-kimyoviy

kattaliklari

Nomlanishi Unum i % Tsuyq., 0C Rf Elemei N it analiz, i,%

Hisobl angan Topilgan

N,N1-geksametilen bis-[2,21-amino-azotoluolil)-mochevina] 91,0 158-160 0,60 18,10 18,04

funksional guruhlari bilan aralashishda harakatlanuvchi proton tufayli qo'llani-ladigan reaksiyalarga bog'liqligini o'rganish muhim.

Adabiyot tahlili va metodlar.

Izlanishlarimiz davomida, geksametilen-diizosianat bilan 2,21-amino-azotoluolning o'zaro ta'siri natijasida bis-mochevina hosilalarninig yangi birikmalari sintez qilib olindi.

Birinchi marta sintez qilingan mah-sulot: N,N1-geksametilen bis-[(2,21- amino-azotoluolil)-mochevina] qo'ng'ir rangli agregat holati kristall. Suvda kam eriydi va organik erituvchilarda (DMAc, DMSO, DMFA, piridin, HCOOH, CCl4 va bosh-qalar) oson eriydi. Sintez qilib olingan I-IV tozalik ko'rsatkichining I sistema (HCOOH: CHCb: CCl4=4:4:3) Rf qiymati aniqlandi.

Sintez qilingan bis-mochevina hosila-larining makromolyekulasi amorf va kristall strukturalarni hosil qiladi. Birikmalarning amorf va kristall strukturalarini o'rganish uchun rentgyenofazaviy tahlillar amalga oshirildi. Rentgenofazaviy tahlillardan olingan diffraktogrammalarni Debaya-Sherrera usulida tahlil qilindi. Debaya-Sherrera usuli

polikristallar va ularning aralashmalarini o'rganish uchun kukunli usulidir. N,N1-geksametilen bis-[(2,21-amino-azotoluolil)-mochevina] namunasining rentgen nurla-nishining difraksion tahlili shuni ko'rsatdiki, diffraktsiya spektlari kristall cho'qqilarni quyidagi graduslarda maksimal darajada burchaklari oralig'ida namoyon qiladi: 20=6.51°, 9.58o, 11.62o, 12.09o, 13.07o, 13.48o, 13.77o, 14.65o, 16.13o, 17.57°, 18.60°, 19.43o, 20.41o, 22.18o, 22.55o, 22.73o, 22.96o, 23.69o, 24.63o va 25.38°. 20=19.43° burchak qiymatida kuzatilgan eng intensiv maksimal, kristallografik spektrga (02-2) ishora qiladi, lekin tekislikda (122) mos keladigan 20=22,96° burchak qiy-matidagi kristall spektr pastroq intensivlikka ega (3.1-rasm va 2-ilovaga qarang) 20=19,43° ga nisbatan, bu kristallitlarning ma'lum bir yo'nalishda mukammalligi bilan bog'liq. Rentgen fazasi tahlili shuni ko'rsatdiki, N,N1-geksametilen bis-[(2,21-amino-azotoluolil)-mochevina] panjara pa-rametrlari bilan triklinik kristalli tizimga ega a=15.20 À, b=16.96 À, c=10.51 À, a=102.87°, ß =102.47° y =64.58°. N,N1-geksametilen bis-[(2,21- amino-azotoluolil)-

a

5 10 15 2017 25 30 35 40

1-rasm N,N1 geksametilendiizosianat bis-[(2,21- azotoluolil)-mochevina] rentgenofazaviy tahlil diffraktogrammasi

Namunalarining kristall panjara ko'rsatkichlari

2-jadval

№ namunalari kristall panjara

ko'rsatkichlari

1 a=6.312 Á

2 ¿=8.74 Á

3 c=8.714 Á

4 a=90°

5 P=96.22°

6 Y=90°

2-rasm. N,N1 geksametilen bis-[(1,11 aminoazotoluolil) mochevina]ning IQ-spektri

mochevina] namunasida Debaya-Sherrera usuli bilan hisoblangan kristalli o'lchamlari 20 nm dan 70 nm gacha, N,N1-geksametilen bis- [(1,11-amino-azobenzolil)-mochevina] uchun 3 nm dan 30 nm gacha bo'lgan qiymatni oladi.

Sintez qilib olingan N,N1-geksametilen bis-[(2,21- azotoluolil)-mochevina] hosilala-sining strukturasini isbotlash uchun IQ-spektroskopiya fizik tahlil usulidan foydalanildi.

N,N1-geksametilen bis-[(2,21-amino-

azotoluolil)-mochevina] IQ-spektroskopiya usuli yordamida olingan spektrlarini tahlil

qilganimizda H 0 1624 cm-1, H 3334 cm-1, (CH2> 770-736 cm-1 yutilish sohalarida namoyon bo'ldi.

Hozirgi vaqtda kimyoda turli kompyuter-kimyoviy dasturlardan foydalan-gan holda molekulalarni kvant-kimyoviy va molekulyar-dinamik hisob-kitoblar natijalari asosida har tomonlama tavfsiflash mumkin. Bunday natijalar asosida o'rganilayotgan

www.srt-iournal.uz

134

molekulalaming xossalari, reaksion qobili-yati, eng muhimi, reaksiya markazlarining xususiyatlarini oldindan taklif qilish mum-kin.

Kvant kimyosi usullari yordamida olin-gan natijalar o'rganilayotgan molekulalar-ning elektron zaryad zichligi, umumiy energiyasi, hosil bo'lish energiyasi, hosil bo'lish issiqligi, elektron energiyasi, yadro energiyasi va dipol momentining taqsim-lanishi haqida muhim ma'lumotlarni beradi.

Muhokama: Bis-aromatik mochevina hosilalarini metallar korroziyasiga ingibitor konsentratsiyasi, pH muhiti va temperaturaga ta'siri tadqiq qilindi. Tajriba natija-

lariga ko'ra, kislotali muhitning oshirilishi bilan korroziya tezligi oshib, himoyalanish darajasi pasayadi. Masalan, pH=5 bo'lgan muhitda Keyingi holatda 0,02-0,1 mass.% XJK-2 ingibitori ishtirokida pH=2 muhit bo'lganda korroziya tezliklari 0,42-0,84 g/m2s, himoyalanish darajalari 56,2-83,5% qiymatlariga ega bo'lishi ma'lum bo'ldi, XJK-2 (0,1%) ingibitori pH=5 bo'lgan muhitda korroziya tezligi 0,38 g/m2s, himoyalanish darajasi esa 86,4% ni tashkil etdi.

Tajriba sinovlari gravimetrik usulda pH 2 dan 11 gacha bo'lgan muhitda, 40oC haroratda olib borildi. Metallar korroziyasi

3.9-rasm N,N1-geksametilen bis-[(2,21-amino-azotoluolil)-mochevina]

a) 3D fazoviy strukturasi; b) elektron bulutlarning taqsimlanishi; c) molekulalarda

elektron zichligi taqsimoti

3-jadval

Metallar korroziya darajasi ingibitor konsentratsiyasini taqqoslash jadvali

№ Ingibitor nomi va mass. ulushi % pH muhit

2 5 9 11

KT g/m2s HD % KT g/m2s HD % KT g/m2s HD % KT g/m2s HD %

1 Namuna metall (ingibitorsiz) 1.8 - 1.8 - 1.89 - 1.09 -

2 XJK-2 (0,02%) 0.84 56.2 0.48 62.6 0.72 47.5 0.77 44.6

3 XJK-2 (0,05%) 0.56 77.4 0.36 79.3 0.43 79.8 0.45 76.3

4 XJK-2 (0,1%) 0.42 83.5 0.38 86.4 0.35 87.6 0.44 84.9

6 "Kvatramin-1001" 0.62 82.8 0.55 85.2 0.51 87.4 0.52 86.7

tezligini kamaytiruvchi ingibitor sifatida o'rganilib, tadqiqot tajribalari o'tkazildi.

St.3 markali po'latga sintez qilingan ingibitorlarning ta'siri turli pH muhitlarida, preparatning har xil kontentratsiyalarida 24 soat vaqt mobaynida amalga oshirildi. Sinovlar natijalariga ko'ra, o'rganilayotgan N,N1-geksametilen bis-[2,21-amino-azoto-luolil)-mochevina] preparatlari ishtirokidagi pH muhitni 2 dan 11 gacha ortishi bilan, kislotali va ishqoriy muhitda metallar korroziya darajasi ingibitor konsentrat-siyasining ortishi korroziya tezligini kamay-tirdi va himoya darajasini oshirdi.

Ushbu sinov tajriba ishlari "Sho'rtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi" mar-kaziy laboratoriyasi sharoitida amalga

oshirildi. Sinov natijalari asosida o'rganil-gan preparatlardan XJK-2 (N,N1-geksa-metilen bis- [2,21-amino-azotoluolil)-moche-vina]) nisbatan effektiv ingibitor ekanligi aniqlandi.

Xulosa. Sintez qilib olingan bis-mochevina hosilalari orasidan metallarning korroziyalanishiga qarshi samarali ingibi-torlik xossalari o'rganildi (I moddaning 0,1% eritmasi pH 2 muhitida KT-0,33 g/m2s gacha kamaytirdi, HD-85,7% gacha oshirdi, muhit pH=11 bo'lganda turli konsen-tratsiyalarda korroziya tezliklari 0,74-0,41 g/m2sga kamaytirdi, himoyalanish daraja-larini oshirdi) va import qilinib olinayotgan ingibitor o'rnini bosa olishi isbotlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Махсумов Абдулхамид Гафурович, Хайитов Жонибек Курбанович СИНТЕЗЫ, БИОЛОГИЧЕСКАЯ АКТИВНОСТЬ БИС-АРОМАТИЧЕСКИХ

ПРОИЗВОДНЫХ МОЧЕВИНА! // Universum: технические науки. 2022. №1-3

(94). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/sintezy-biologicheskaya-aktivnost-bis-aromaticheskih-proizvodnyh-mocheviny (дата обращения: 28.02.2024).

2. A.G.Mahsumov, J.Q.Xaitov, & Х.И.Неъматов. (2022). YANGI N2N3-GEKSAMETILIN BIS-[(4-AMINO-AZO-BENZOL)-MOCHEVINANI SINTEZ QILIB OLISH VA XOSSALARINI O'RGANISH. Journal of Integrated Education and Research, 1(5), 376-383. Retrieved from https ://ois.rmasav.com/index.php/oi s/article/view/515

3. Хаитов Жонибек Курбанович, Махсумов Абдухамид Гафурович, Абсалямова Гулноза Маматкуловна, Исмаилов Бобурбек Махмуджанович СИНТЕЗ N,N1-ГЕКСАМЕТИЛЕН-БИС-[(1,11-АМИНОНАФТАЛИН)-МОЧЕВИНА] И ЕГО СВОЙСТВА // Universum: химия и биология. 2023. №5-3 (107). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/sintez-n-n1-geksametilen-bis-1-11-aminona^alin-mochevina-i-ego-svoystva (дата обращения: 28.02.2024).

4. Egamnazarova, F. D. (2023). METALLARNI KORROZIYADAN HIMOYA QILISH: ZAMONAVIY QOPLAMA TEXNOLOGIYALARI. Innovative Development in Educational Activities, 2(11), 430-434.

5. Rizayev, S. A. (2022). POLIMER SORBENTLAR YORDAMIDA ERITMALARDAN ORGANIK REAGENTLARNI AJRATIB OLISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 978-983.

6. Raxmatov, E.A., Abdullayev, A. A., & Rizayev, S. A. (2022). AGRESSIV MUHITGA CHIDAMLI POLIFUNKSIONAL ORGANOMINERAL QOPLAMALAR XOSSALARI. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(14), 239-245.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.