Научная статья на тему 'VAKUUMDA WUFJEM MOLEKULALARINING NUKLEATSIYAOLDI JARAYONINI MODELLASHTIRISH'

VAKUUMDA WUFJEM MOLEKULALARINING NUKLEATSIYAOLDI JARAYONINI MODELLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Математика»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Organik nanokristallar / yassi perilen / nukleatsiya.

Аннотация научной статьи по математике, автор научной работы — Xurramov Ramziddin, Ochilov J.V, Husanova D.X, Xalilov U.B

Organik nanokristallardan yanada kengroq foydalanish ularning ilk sintez mexanizmlarini chuqurroq tushunishni talab qiladi [1,2]. Olib borilgan ilmiy izlanishlarga qaramay, yadro hosil boʻlishining boshlanishi, nukleatsiyasi hali ham toʻliq tushunilmadi [3]. Shuning uchun, ushbu tadqiqot ishida reaktiv molekulyar dinamika (MD) modellashtirish usulidan foydalanib [4], vakuumda yassi perilen molekulalari nukleatsiyaoldi klasterlarning hosil boʻlish jarayoni oʻrganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VAKUUMDA WUFJEM MOLEKULALARINING NUKLEATSIYAOLDI JARAYONINI MODELLASHTIRISH»

VAKUUMDA WUFJEM MOLEKULALARINING NUKLEATSIYAOLDI JARAYONINI MODELLASHTIRISH

1Xurramov Ramziddin, 2Ochilov J.V, 3Husanova D.X, 4Xalilov U.B

1DTPI talabasi, 2stajyor o'qituvchi, DTPI, 3kichik ilmiy xodim, IPLTI, 4katta ilmiy xodim, IPLTI

https://doi.org/10.5281/zenodo.11115562

Annotatsiya. Organik nanokristallardan yanada kengroq foydalanish ularning ilk sintez mexanizmlarini chuqurroq tushunishni talab qiladi [1,2]. Olib borilgan ilmiy izlanishlarga qaramay, yadro hosil bo'lishining boshlanishi, nukleatsiyasi hali ham to'liq tushunilmadi [3].

Shuning uchun, ushbu tadqiqot ishida reaktiv molekulyar dinamika (MD) modellashtirish usulidan foydalanib [4], vakuumda yassi perilen molekulalari nukleatsiyaoldi klasterlarning hosil bo'lishjarayoni o'rganildi.

Kalit so'zlari: Organik nanokristallar, yassi perilen, nukleatsiya.

Аннотация. Более широкое использование органических нанокристаллов требует более глубокого понимания механизмов их первоначального синтеза [1,2]. Несмотря на проведенные научные исследования, начало образования ядра, нуклеация до сих пор до конца не изучены [3].

Поэтому в данной работе с использованием метода реактивного молекулярно-динамического (МД) моделирования [4] изучен процесс формирования преднуклеационных кластеров плоских молекул перилена в вакууме.

Ключевые слова: Органические нанокристаллы, плоский перилен, зародышеобразование.

Abstract. Wider use of organic nanocrystals requires a deeper understanding of their initial synthesis mechanisms [1,2]. Despite the conducted scientific research, the beginning of nucleus formation, nucleation is still not fully understood [3].

Therefore, in this study, using the reactive molecular dynamics (MD) modeling method [4], the process of formation of pre-nucleation clusters of flat perylene molecules in vacuum was studied.

Keywords: Organic nanocrystals, flat perylene, nucleation.

Organik nanokristallar (ONK) farmatsevtika [5], biologik tizimlar [6], topokimyoviy polimerlashda [7] va boshqa istiqbolli sohalarda jadal sur'atlar bilan qo'llanilmoqda. Xususan, yassi perilen oilasiga kiruvchi molekulalar yuqori oksidlanish texnologiyasi orqali chiqindilar tarkibini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi [8]. So'nggi tadqiqotlar shunga dalolat qiladiki, organik molekulalarning yadrolanishi va natijada kristal sifatida o'sish mexanizmlarini chuqurroq tushunish ONKlarni muvaffaqiyatli tanlab sintez qilish uchun juda muhim [9]. Ushbu modellashtirish ishida, vakuumda WUFJEM (C21H14O) (1-rasm) molekulalaridan turli molekulali klasterlar hosil qildik.

1-rasm WUFJEMC21H14O) molekulasining tuzilishi

Klasterlanishning dastlabki bosqichlarida klasterdagi molekulalar "yuzma-yuz" joylashgan holda (parallel) dimer hosil qiladi [10]. Keyinchalik, elektrostatik induksiya, London dispersion va boshqa o'zaro ta'sirlar qo'shni molekulalar bilan kovalent bo'lmagan C-H aloqalarining shakllanishi tufayli, bunday zaif bog'lanmaydigan o'zaro ta'sirlar uchinchi molekulani dimerga parallel (yuzma-yuz) va yuzma-yon holatda joylashishiga imkon berib, tizimda trimer,tetramer va klaster hosil bo'lishiga olib keladi.(2-rasm)

Ushbu tadqiqot zamonaviy nanotexnologiyada organik nanokristallarning o'sishini nazorat qilish jarayonini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

2-rasm Vakuumda WUFJEMC21H14O) molekulalarining klaster hosil qilish evolyutsiyasi REFERENCES

1. L. Rongjin, et al., // Acc. Chem. 2010.Res. 43, 529-540

2. O. Ostroverkhova. // Chem. Rev. 2016. 116, 13279-13412

3. R.J. Davey, et al., // Angew. Chem. Int. Ed. 2013. 52, 2166-2179

4. M.P. Allen & J.D. Tildesley. // Computer simulation of liquids (Oxford University Press 2017, Second Edition), p. 1-626

5. Cox JR, Ferris LA, Thalladi VR, Angewandte Chemie 2007, 119(23):4411-4414.

6. Davey RJ, Schroeder SL, Ter Horst JH,Angewandte Chemie International Edition 2013, 52(8):2166-2179.

7. I. Takayuki et al., J. Photochem. Photobiol. A 183, 280-284 (2006).

8. Vijay B. Khajone & Pundlik R. Bhagat, Fuel, 279, 118390 (2020)

9. H. Matsuda, S. Okada, A. Masaki, H. Nakanishi, Y. Suda, K. Shigehara, and A. Yamada, in edited by G. Khanarian (San Diego, CA, 1990), p. 105.

10. U.Khalilov, et al., // Uzbek Journal of Physics, 23(3), 7-11

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.