Научная статья на тему 'SURXONDARYO VILOYATIDA KUZATILADIGAN CHANG BO‘RONLARINING INSONLAR VA ATROF-MUHITGA TA`SIRI'

SURXONDARYO VILOYATIDA KUZATILADIGAN CHANG BO‘RONLARINING INSONLAR VA ATROF-MUHITGA TA`SIRI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
"Afghan wind" in Surkhandarya region / dust rise / dust impact / climate change / strong winds / dust aerosols. / "Afghan wind" in Surkhandarya region / dust rise / dust impact / climate change / strong winds / dust aerosols.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Maxammadiyev A.Sh.

In the article, the environment of Surkhandarya region under the influence of "Afghan wind" is exposed to heavy pollution, the rise of dust during the "Afghan wind", the increase in the amount of dust in the southern districts of Surkhandarya region and the monitoring data are highlighted.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SURXONDARYO VILOYATIDA KUZATILADIGAN CHANG BO‘RONLARINING INSONLAR VA ATROF-MUHITGA TA`SIRI

In the article, the environment of Surkhandarya region under the influence of "Afghan wind" is exposed to heavy pollution, the rise of dust during the "Afghan wind", the increase in the amount of dust in the southern districts of Surkhandarya region and the monitoring data are highlighted.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VILOYATIDA KUZATILADIGAN CHANG BO‘RONLARINING INSONLAR VA ATROF-MUHITGA TA`SIRI»

Maxammadiyev A.Sh.

Termiz davlat universiteti

SURXONDARYO VILOYATIDA KUZATILADIGAN CHANG BO'RONLARINING INSONLAR VA ATROF-MUHITGA TASIRI

Abstract. In the article, the environment of Surkhandarya region under the influence of "Afghan wind" is exposed to heavy pollution, the rise of dust during the "Afghan wind", the increase in the amount of dust in the southern districts of Surkhandarya region and the monitoring data are highlighted.

Key words: "Afghan wind" in Surkhandarya region, dust rise, dust impact, climate change, strong winds, dust aerosols.

Bugungi kunda butun dunyoda kuzatilayotgan iqlim o'zgarishi tufayli turli xildagi ekologik o'zgarishlar sodir bo'lib bormoqda. Iqlim o'zgarishi markaziy Osiyo davlatlarini ham chetlab o'tmayapdi, xususan O'zbekiston Respublikasi hududlarida kuzatilayotgan salbiy oqibatlardan biri bu turli xildagi chang bo'ronlarining ortib borishi va atmosferada chang zarrachalarining ortib borishini aytishimiz mumkin. Surxondaryo viloyatining janubiy tumanlari Sherobod tumani, Muzrobod tumani, Angor tumani, Termiz tumani va Termiz shahrining iqlimida barcha fasllarda kuzatiladigan tabiiy hodisa bu - kuchli shamollar va chang hodisalari hisoblanib bu hodisa mahalliy tilda "Afg'on shamoli" tasirida yuzaga keladi deb qaraladi. Shamollar va chang to'zonlari asosan shimol va g'arb tomondan jumladan Eron, Turkmaniston va qo'shni Afg'oniston hududlaridan kirib keladi.

Chang har qanday modda va jismlarning havoda muallaq holatda turadigan qattiq mayda zarrachalaridir.

Havoda uchib yurgan changlar aerozol deb, yuzaga cho'kkani esa aerogellar deb ham ataladi.

Chang aerodinamik siste'ma bo'lib, dispersion muhitni havo, dispers fazani esa qattiq zarrachalar tashkil etadi. Chang inson organizmiga doim ta'sir etib turuvchi omillar turkumiga kiradi va ma'lum sharoitlarda organizmga ta'sir ko'rsatadi.

Surxondaryo viloyatida kuzatiladigan chang bo'ronlarida ham turli xil kattalikdagi chang zarrachalari uchraydi. Viloyatda kuzatiladigan chang bo'ronalari vaqtida havodagi chang miqdori ruxsat etilgan konsentratsiyada bir necha marotaba yuqori boTib ketishi esa viloyatning ekologik holatiga katta salbiy ta'sir ko'rasatadi. Surxondaryo viloyatida kiyingi kuzatilgan chang bo'ronlari 3 iyul 2023-yil kuniga to'g'ri kelib shu kuni kuzatilgan chang bo'roni Muzrobod tumani, Angor tumani, Termiz tumani, Jarqurg'on tumani va Termiz shahri havoning ifloslanishiga ta'sir qilib unda havodagi chang miqdori quyidagicha aks etgan.

№ Natija olingan vaqt Chang dispersli Ruxsat etilgan maksimal konsentratsiya mkg/m3 Natija olingandagi miqdori mkg/m3 Ruxsat etilgan maksimal konsentratsiya dan yuqoriligi Ko'rish uzoqligi metrda (m)

1 04:00 PM10 500 719 1,5 yaxshi

2 05:00 PM10 500 1600 3,2 yaxshi

3 06:00 PM10 500 2420 4,8 yaxshi

4 07:00 PM10 500 2820 5,6 yaxshi

5 08:00 PM10 500 4025 8 1100

6 09:00 PM10 500 7363 14,7 500

7 10:00 PM10 500 6065 12 700

1-diagramma

8000 7000 6000 5000 4000 3000 2000 1000 0

• Ruxsat etilgan maksimal konsentratsiya mkg/m3

Natija olingandagi miqdori mkg/m3

Ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan yuqoriligi

71

0 5

PM10 4:00

PM10 5:00

72RP

6065

4025

2820

1600

1100

500

700

0

Xususan 2023-yil 22 iyun kuni Termiz shahrida ob-havo sharoitlari tufayli chang bo'ron hodisasi kuzatildi. Monitoring qilish jarayonlariga ko'ra:

Soat 09:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 7192 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 14 baravar oshib ketdi. Shamol tezligi 5-7 m/s. Ko'rinish 500 metr.

Soat 10:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 6241 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 12 barobar oshib ketdi. Shamol tezligi 7-9 m/s. Ko'rish 700 metr.

Soat 11:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 5739 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 11 barobar oshib ketdi. Shamol tezligi 7-9 m/s. Ko'rish 700 metr.

Soat 12:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 4 542 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 9 marta oshib ketdi. Shamol tezligi 5-9 m/s. Ko'rish 1000 metr.

№ Natija olingan vaqt Chang dispersli Ruxsat etilgan maksimal konsentratsiya mkg/m3 Natija olingandagi miqdori mkg/m3 Ruxsat etilgan maksimal konsentratsiya dan yuqoriligi Ko'rish uzoqligi metrda (m)

1 09:00 PM10 500 7192 14 500

2 10:00 PM10 500 6241 12 700

3 11:00 PM10 500 5739 11 700

4 12:00 PM10 500 4542 9 1000

9000 8000 7000 6000 5000 4000 3000 2000 1000 0

PM10 PM10 PM10 PM10

9:00 10:00 11:00 12:00

■ Ruxsat etilgan maksimal konsentratsiya mkg/m3 ■ Natija olingandagi miqdori mkg/m3

■ Ruxsat etilgan maksimal konsentratsiya dan yuqoriligi ■ Ko'rish uzoqligi metrda (m)

Bu kabi chang ko'tarilishi kamida 12 soatdan 24 soatgacha ayrim vaqtlarda bundan xam ko'proq vaqt davom etishi oqibatida, odamlarning nafas olishi qiyinlashib, o'z navbatida issiq oqim (garmsel) kirib kelishiga sabab bo'ladi. Aholining salomatligi yomonlashuviga, ulaг oгasida tuñi kasalliklaг taгqalishiga olib kelmoqda. "Afg'on shamoli" kiгib kelishidan oldin va kirishi davomida yuгak ishemik kasalligi urtacha 2,5 barobarga, miokard infarkti 3 barobarga, bosh miya insultlari 2,8 barobarga oshganligi kuzatilgan. Ushbu kasaliklar asosan kislorod yetishmovchiligi oqibatida vujudga kelgan. Shuningdek, o'simlik va xayvonot dunyosiga jiddiy zaгaг yetadi. "Afgon shamoli" ta,siгida yuz beradigan chang bo'гonlaгi Teгmiz shahгi, Teimiz, Muzгobot, Angoг va Jaгquгg'on tumanlaridagi ko'p yillik daraxtlar yaproqlarini chang qoplashi, xosil pishgan vaqtlarda xosilning bevaqt to'kilishi va o'simlik kasalliklari kuzatilmoqda. Qishloq xo'jaligi ekinlari ekilgan yerlarda sho'rlanishlar kuchayib, xosildorlikka salbiy ta,siг ko'гsatadi, (qishlok xo'jaligi ekinlarining xosildorligi o'rtacha 5-10% pasaymoqda). Viloyat qishloq va suv xo'jaligi boshqarmasi tomonidan berilgan ma'lumotga ko'ra viloyatda boshoqli don ekinlarining o'rtacha xosildorligi 2009 yilda 56,1 s/ga. bo'lgan bo'lsa, 2018 yilga kelib bu ko'rsatkich 47,1 s/ga. to'g'ri kelgan, shuningdek paxtaning o'rtacha xosildorligi 2009 yilda 29,3 s/ga. bo'lgan bo'lib, 2018 yilda bu ko'rsatkich 19,4 s/ga. ni tashkil etgan bo'lsa bu jaгayonlaг 2023-yilda ham pasayishda davom etgan. Tuproq deflyatsiyasi, chigit va boshqa

qishloq xo'jaligi ekinlarini shamol uchirib ketishi, irrigatsiya tarmoqlari va dalalarni qum bosishi xolatlarini keltirib chiqaradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi statistik malumotlari.

2. Allaberdiyev R.X., Qo'chqorov N.Y, Karimova D.A., Allaberdiyev F.X.Kimyoviy ekologiya. O'quv qo'llanma. -T.: Vneshinvestprom, 2019.

3. Коротаев В.Н., Слюсар Н.Н., Жилинская Я.А., Илиных Г.В., Филкин Т.Г. Управление техногенными отходами. Издателство Пермского натсионалного исследователского политехнического университета 2016.

4. A.Alimova, A.A.Yadgarov, L.Sh. Egamberdieva, A.A.Kazakov, Ekologiya, Darslik, Toshkent, 2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.