Научная статья на тему 'SURXONDARYO VILOYATIDA KUZATILADIGAN CHANG BO‘RONLARINING SHAKLLANISHI VA TA`SIRI'

SURXONDARYO VILOYATIDA KUZATILADIGAN CHANG BO‘RONLARINING SHAKLLANISHI VA TA`SIRI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Atmosfera / chang kimyoviy birikmalar / inson / sanoat / transport / ekologik monitoring. / Atmosphere / dust chemical compounds / human / industry / transport / ecological monitoring.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Kuldasheva Sh.A., Maxammadiyev A.Sh.

Maqolada inson salomatligiga ta‘sir etuvchi chang va kimyoviy birikmalar, atmosfera havosini Surxondaryo hududida ifloslovchi manbalar va ularning salbiy oqibatlari va ularni aniqlash haqida ma‘lumotlar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION AND EFFECTS OF DUST STORMS OBSERVED IN SURKHANDARYA REGION

The article describes dust and chemical compounds that affect human health, sources of atmospheric air pollution in the Surkhandarya region, and information about their negative consequences and their detection.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VILOYATIDA KUZATILADIGAN CHANG BO‘RONLARINING SHAKLLANISHI VA TA`SIRI»

Kuldasheva Sh.A.

Umumiy va noorganik kimyo instituti katta ilmiy xodimi

k.f.d., prof.

Maxammadiyev A.Sh.

Termiz davlat universiteti

SURXONDARYO VILOYATIDA KUZATILADIGAN CHANG BO'RONLARINING SHAKLLANISHI VA TASIRI

Annotatsiya. Maqolada inson salomatligiga ta'sir etuvchi chang va kimyoviy birikmalar, atmosfera havosini Surxondaryo hududida ifloslovchi manbalar va ularning salbiy oqibatlari va ularni aniqlash haqida ma'lumotlar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Atmosfera, chang kimyoviy birikmalar, inson, sanoat, transport, ekologik monitoring.

Kuldasheva Sh.A., Ph.D.

professor senior researcher Institute of General and Inorganic Chemistry

Makhamdiyev A.Sh.

Termiz State University

FORMATION AND EFFECTS OF DUST STORMS OBSERVED IN

SURKHANDARYA REGION

Abstract. The article describes dust and chemical compounds that affect human health, sources of atmospheric air pollution in the Surkhandarya region, and information about their negative consequences and their detection.

Key words: Atmosphere, dust chemical compounds, human, industry, transport, ecological monitoring.

Dunyo bo'yicha atmosfera havosining qalinligi minglab km bo'lishiga qaramay, uning asosiy og'irligini Yer shariga yaqin bo'lgan yupqa trapasfera qatlamida joylashganligi ham ahamiyatlidir. Yer yuzi bo'yicha atmosfera havosi og'irligining taxminan 50-55 foizi yer yuzasidan 5-6 km balandlikda bo'lgan qatlamda, qolgan 45-50 foizi esa 25 -35 km balandlikda bo'lgan qatlamlarda joylashgan. Atmosfera havosini muhafaza qilish bo'yicha yurtimizda atrof muhitning ekologik holati va hududlarning ekologik muvozanatlari buzilishi ko'p jihatdan atmosfera havosi tarkibi hamda uning turli ishlab chiqarishlardagi zararli ta'siridagi salbiy o'zgarishlariga bog'liq bo'lib qolmoqda. Ushbu o'zgarishlar sayyoraviy, regional va mahalliy masshtabda ro'y berib kelayotganiligi yanada xavfli hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi hududining o'ziga xos tabiiy

holatlari uning ekologik xo'jalik rayonlariga ajralishga va har bir rayonning yer usti atmosfera havosi ifloslanishi potensialini aniqlashga imkon bermoqda. Atmosfera havosining ifloslanishi bunday ilmiy bashorat qilishda asosiy shamollarning takrorlanishi, qancha vaqt surunkali esishi, turbulentlik koeffitsiyenti va boshqa xil ko'rsatkichlardan foydalaniladi.

Atmosfera havosidagi radioaktiv moddalar aerozollari ayniqsa xavflidir. Inson faoliyati natijdasida kimyoviy, fotokimyoviy va biokimyoviy jarayonlar ta'siri ostida atrof muhitda parchalanishi qiyin bo'lgan bir qancha biosferada begona moddalar (ya'ni, ksenobiotiklar) paydo bo'ladi. SHunday qilib ifloslantiruvchi moddalar barcha odam organizmini o'rab turgan muhitda uchraydi va havo uzoq masofalarda ularning asosiy tashuvchisiga aylanadi.

Ma'lumki, ifloslantiruvchi moddalarning ta'siri havo oqimi orqali sodir bo'ladi, sokin va past havo harakati tezligi zararli moddalarning atmosferaga tarqalishi uchun eng xavfli hisoblanadi. Yil davomida shamol yo'nalishlarining barqarorligi uning tezligi bilan tavsiflanadi, uning takrorlanish birligi foizlar bilan o'lchanadi. Termiz shahrining shamol yo'nalishi o'zgarishi tasviri diagrammada ko'rsatilgan (1.1-rasm).

SHAMOL GULI

LLlMMOinMÍÍ

HíaHySwti

Rasm 1.1. Termiz shahrining "shamol guli" sxemasi.

Termiz shaxri va Termiz tumani janubiy g'arbiy tomondan Amudaryo bilan chegaralangan bo'lsada, boshqa tomonlari tekisliklar va asosan Katta Qum cho'l maskani bilan o'rab turilgani jihatidan ob-havoda bo'ladigan o'zgarishlar, shamollar, magnit to'lqinlari aholi salomatligi nojo'ya ta'sir etadi. Ayniqsa janubiy-g'arbiy tomondan ya'ni Afg'oniston Respublikasi tomonidan vaqti vaqti bilan esayotgan shamollar natijasida atmosfera havosiga uchma qum ko'tariladi. SHu bilan birgalikda atmosfera havosida Afg'oniston hududi tomonidan kelayotgan zararli moddalar changlari tarkibida ham har xil zararli moddalar shu jumladan chang aerollari uchraydi. Termiz shahrida esayotgan shamolning yo'nalishlari hamda "Afg'on shamoli"ni o'rganishda kosachali animometr,

shamol yo'nalishini ko'rsatuvchi moslama va Metioskop asboblaridan foydalanildi. Shamolning yo'nalishi va harakat tezligi, atmosfera havosining bosimi va harorati o'lchanib, shamol guli yo'nalishini aniqlash jadvali ishlab chiqildi (jad.1.1).

1.1 - jadval

Termiz shahriga ta'sir etadigan "Afg'on shamoli" shamol oqimining "shamol

guli" foizlarda aniqlangan holati

1. Tomonlar Shamol oqimi, %

2. Shimoliy 6,6

3. SHimoliy-sharqiy 14,9

4. Sharqiy 12,9

5. Janubiy-sharqiy 7,2

6. Janubiy 6,4

7. janubiy-g'arbiy 17,5

8. g'arbiy 29,1

9. shimoliy- g'arbiy 5,4

100,0

Atmosfera havosi tarkibida changlar miqdoriga qarab, xududlar to'rt ko'rsatkichga ajratib olish mumkin:

1. 0,1 -0,3 mg/m3 - ushbu ko'rsatkichli hududlar changdan toza xisoblanadi. Ushbu ko'rsatkichga asosan tog' oldi, qishloq joylari va sanoati bo'lmagan kichik shaharlar territoriyalarining atmosfera havosi kiritiladi.

2. 0,4-0,6 mg/m3 - ushbu ko'rsatkichga kam ifloslangan hududlar kiritiladi. Ushbu ko'rsatkichga asosan rivojlangan shaharlar aholisi yashaydigan xududlari atmosfera havosi kiritiladi. Bu joylarda sanoat qisman rivijlangan hisoblanadi.

3. 0,7-1,0 mg/m3 - ushbu ko'rsatkichli hududlarda kuchli ifloslangan hisoblanib. Ushbu ko'rsatkichga asosan sanoati rivojlangan shaharlarning industrial xududlari atmosfera havosining isloslanishiga sabab bo'luvchilar xisoblanadi.

4. 1,1-3,0 mg/m3 - ushbu ko'rsatkichli hududlarda changlar miqdori me'yoridan ortiq ifloslangan hududlar sanaladi. Ushbu ko'rsatkichlarga asosan ko'p miqdorda chang aerazol chiqindilari xosil qiluvchi sanoati korxonali xududlar kiradi. Bu hududlarda atmosfera havosida chang miqdori juda ko'p bo'lib salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Surxondaryo viloyatida sanoati korxonali ko'p bo'lmasada bu xududda kuzatiladigan chang bo'ronlari tufayli changlik darajasi yuqori hisoblanadi.

Surxondaryo viloyatida "Afg'on shamoli" (garmsel) ta'sirida changlarning xavoga ko'tarilishi oqibatida quyidagi tizimli muammolar vujudga kelmoqda. Jumladan: -xududning ekologik xolati buzilib, iqlim salbiy tomonga uzgarib bormoqda; Chang kutarilishi kamida 12 soatdan 24 soatgacha ayrim vaqtlarda bundan xam ko'proq vaqt davom etishi oqibatida, odamlarning nafas olishiga qiyinlashishi, o'z navbatida issiq oqim (garmsel) kirib kelishiga sabab buladi. Axolining salomatligi yomonlashuviga, ular orasida turli kasalliklar tarkalishiga

olib kelmoqda. "Afgon shamoli" kirib kelishidan oldin va kirishi davomida yurak ishemik kasalligi o'rtacha 2,5 barobarga, miokard infarkti 3 barobarga, bosh miya insultlari 2,8 barobarga oshganligi kuzatilgan. Ushbu kasaliklar asosan kislorod yetishmovchiligi oqibatida vujudga kelgan. Shuningdek, o'simlik va xayvonot dunyosiga jiddiy zarar yetmoqda. "Afg'on shamoli" ta'sirida Termiz shahri, Termiz, Muzrobot, Angor va Jarqo'rg'on tumanlaridagi ko'p yillik daraxtlar yaproqlariga chang to'plashi, xosil pishgan vaqtlarda xosilning bevaqt to'kilishi va o'simlik kasalliklari kuzatilmoqda. Qishloq xo'jaligi ekinlari ekilgan yerlar da sho'rlanishlar kuchayib, xosildorlikka salbiy ta'sir kilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Абдикддиров Ш.А., Сурхондарё вилояти атмосфера хдвосининг радон-222 билан зарарланишини радиоэкологик бахрлаш. (PhD) диссертвцияси.

2. Allaberdiyev R.X., Qo'chqorov N.Y, Karimova D.A., Allaberdiyev F.X.Kimyoviy ekologiya. O'quv qo'llanma. -T.: Vneshinvestprom, 2019.

3. Korotaev V.N., Slyusar N.N., Jilinskaya Ya.A., Шпых G.V., Filkin T.G. Upravlenie texnogennbimi otxodami. Izdatelstvo Permskogo natsionalnogo issledovatelskogo politexnicheskogo universiteta 2016.

4. A.Alimova, A.A.Yadgarov, L.Sh.Egamberdieva, A.A.Kazakov, Ekologiya, Darslik, Toshkent, 2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.