Научная статья на тему 'ISSUES OF USING AFGHANI WIND IN SURKHANDARYA REGION'

ISSUES OF USING AFGHANI WIND IN SURKHANDARYA REGION Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
28
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
AFGHAN WIND / DUST / GRANULAR SAND / SAXOPHONE / IKHOTA TREE PLANTATIONS / WIND POWER PLANTS (SHES)

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Abdimominov T.A., Hamrayeva D.Kh., Eshboyev A.Kh.

This article describes the Afghan wind that enters the territory of the Surkhandarya region from the territory of the Islamic Republic of Afghanistan, the causes of its origin, the impact of the Afghan wind on the environment and economic activities, and the issues of eliminating the Afghan wind.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ISSUES OF USING AFGHANI WIND IN SURKHANDARYA REGION»

DOI 10.46566/2225-1545_2023_1_106_7

Abdimo'minov T.A.

Termiz davlat pedagogika instituti Geografiya va uni o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi

Hamrayeva D.X.

Termiz davlat pedagogika instituti talabasi

Eshboyev A.X.

Termiz davlat universiteti talabasi

SURXONDARYO VILOYATIDA AFG'ON SHAMOLIDAN FOYDALANISH MASALALARI

Annotatsiya: Mazkur maqolada Surxondaryo viloyati hududiga Afg'oniston Islom Respublikasi hududidan kirib keladigan afg'on shamoli, uning kelib chiqishi sabablari, afg'on shamolining atrof muhit va xo'jalik faoliyatiga ta'siri hamda afg'on shamolini bartaraf etish masalalariyoritilgan.

Kalit so'zlar: Afg'on shamoli, chang, zarrali qum, saksovul, ixota daraxtzorlar, shamol elektrostansiyalar (SHES).

Abdimominov T.A.

teacher

Department of Geography and its Teaching Methodology

Termiz State Pedagogical Institute Hamrayeva D.Kh.

student

Termiz State Pedagogical Institute Eshboyev A.Kh. student

Termiz State University ISSUES OF USING AFGHANI WIND IN SURKHANDARYA REGION

Annotation: This article describes the Afghan wind that enters the territory of the Surkhandarya region from the territory of the Islamic Republic of Afghanistan, the causes of its origin, the impact of the Afghan wind on the environment and economic activities, and the issues of eliminating the Afghan wind.

Key words: Afghan wind, dust, granular sand, saxophone, ikhota tree plantations, wind power plants (SHES).

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-2019-yillarda "Irrigatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi to'g'risida", 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son

qarori ijrosini ta'minlash hamda sug'oriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xo'jaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish dasturlarini sifatli shakllantirish va o'z vaqtida amalga oshirishni ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan.

Shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yilning 5-maydagi PQ-3405-son qarori bilan tasdiqlangan, 2015-2019-yillarda "Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari" dasturi doirasida keyingi yillarda respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohasida energiya tejamkorligi ta'minlashga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Havoning tinch turgan vaqti juda kam bo'ladi. Yoz kunlarida ko'l va daryo bo'yida daraxtzor yoki dala chekkasida o'tirsangiz, shamol esayotganini, albatta sezasiz. Bu paytda havo bosimi yuqori bo'lib harakatlanadi. Havoning mana shunday gorizontal harakatiga shamol deyiladi. Shamol vujudga kelishning asosiy sababi Yer yuzasining turli joylaridagi havo bosimida farq bolishidir[1].

Meteorologik stansiyalarda shamollar tezligi va yo'nalishi aniqlanadi. Yengil shamol shabada, deyilsa, qattiqlari bo'ron kabi nomalanadi. Shamollar miqyosi turlicha: kichik miqyosli shamollardan tortib global darajagacha. Katta miqyosli atmosfera aylanishning asosiy sabablari ekvator va qutblar orasidagiharorat farqi va sayyoraaylanishi (Koriolis kuchi samarasi) dir. Qirg'oq hududlarda dengiz va okean shamolga sabab bo'lsa quruqlik ichkarisida tog', dara va cho'l tarafdagi havolar aylanishidan shamol eshishi mumkin. Shamol tabiiy kuchlardan biridir va tabiat hodisalarida katta ahamiyatga ega. Shamol atmosfera havosining yer sirtiga nisbatan gorizontal harakatidir. Inson shamol kuchidan qadimdan foydalanib kelgan. Oldiniga uning kuchidan faqat yelkanli qayiqlarda foydalanilgan bo'lsa, keyinchalik (mil av. 2-1 asr) Misr va Xitoyda shamol tegirmonlari paydo bo'lgan va shamol dvigatellari va qurilmalari yaratilgan. Shamol 2 asosiy ko'rsatkich bilan ifodalanadi; birinchi ko'rsatgich shamol harakatining yo'nalishi, ikkinchi ko 'rsatgich uning tezligidir.

O'zbekiston hududida shamollar yo'nalishi va harakati nihoyatda turli -tuman bo'lib, joyning past balandligiga (relyefga) bog'liq. Yilning katta qismida tekisliklarda shimoliy yo'nalishdagi shamollar ustivor bo'ladi, ya'ni qishda shimoliy va shimoliy-sharqiy, yozda esa shimoliy va shimoli g'arbiy yo'lishdagi shamollar ko'proq kuzatiladi. O'zbekistonning janubiy qismida esa ko'proq janubi-g'arbiy shamollar harakat qiladi. Ammo tekislik qizib ketganligi tufayli yog'in vujudga kelmaydi. Shamolning o'rtacha tezligi asosan 3-4m/s ni tashkil etadi. Lekin, ularning yo'lida tor oraliqlar uchrasa, ma'lum bir sharoitda shamolning kuchayishi dovul darajasiga etadi. Bunga misol qilib Farg'ona vodiysining g'arbga qaragan tor joydan chiqadigan "Ursativ" deb nomlangan

shamolnikeltirish mumkin. Yangiyer va Bekobod tumanlarida uning tezligi 40m/s gacha yetadi [4, 60-b].

Kuchli shamollar asosan ma'lum bir sinoptik jarayonlarda vujudga keladi. Hatto, ular o'z nomlariga ega, ya'ni bahorda ko'p uchraydigan tog' oldi kuchli G'arbiy yo'nalishdagi "Qo'qon", Afg'on shamollarishular jumlasidan [2].

Bekobod shamoli qishda Farg'ona vodiysidabosim yuqori,g'arb tomondan bosim past bo'lganda "Xo'jand" darvozasi orqali Mirzacho'l tomonga esadi, tezligi sekundiga 30-40 m/s ga, Qo'qon shamoli bahor va kuzda Farg'ona vodiysida bosim past bo'lganda g'arbdan vodiytomonga esib tezligi sekundiga 15-25 m/s ga yetadi.

O'zbekistonning janubidagi hududlar (Surxondaryo va Qashqadaryo)ga bostirib kiruvchi, janub-g'arbiyyo'nalishdagiissiq quruq afg'on shamoli juda ko'p chang-to'zon ko'tarib esadi. Bu shamol janubi-g'arbiy yo'nalishda Afg'onistontomondan esgani uchun mahalliyxalq uni "Afg'on shamoli", Afg'onistonda "kara-buran" ya'ni "qora bo'ron" deb ataladi va Amudaryo havzasining yuqori qismida kuzatiladi. Afg'on shamoli bir tomondan, janubi-g'arbdan siljibkeladiganva Hisor tog' tizmasi oralig'idasiqilib harakatlanadigan iliq havo massasining shimoli-g'arbdankeladigan sovuq havo frontining aerodinamiktezlashuvi oqibatida paydo bo'ladi va yiliga 30-70 kun esadi [3].

Afg'on shamoli o'ziga xos meterologik hodisalar bilan kuzatiladi. Afg'on shamoli esishidan 1-2 kun avval sharqdan esgan kuchsiz shamol natijasida dastlab siyrak chang paydo bo'lib, asta-sekin quyuqlashib boradi. Havo harorati ko'tariladi, nisbiynamlik esa keskin kamayadi. Atmosfera bosimi pasayadi. Havo frontining yaqinlashuvi bilan girdobva quyunlarhosil bo'ladi, so'ngra to'satdan15-20 m/s va undan ortiqtezlikda esadigan to'zonli bo'ron afg'on shamoli vujudga keladi. Afg'on shamoli aksariyat garmsel (fenga o'xshash quruq va issiq shamol) davrini yakunlaydi.

Surxondaryo viloyati hududida afg'on shamoli tez-tez takrorlanib turadi. Surxondaryoviloyatida Afg'on shamoli yetkazgan talofatlar anchagina bo'lib xalq xo'jaligiga katta zarar yetkazadi. Kuchli shamollar ba'zan ekinzorlarni qum bilan ko'mib tashlaydi yoki tuproqning unumli qatlamini uchirib ketadi. Shamol tarkibida mayda qum vachang zarralari mavjud bo'lib aholi salomatligigakatta ta'sir ko'rsatmoqda. Chang har qanday modda va jismlarning muallaq holatda turadiganqattiq mayda zarrachalardir. Changningasosiy ta'siri eng avvalo nafas olganda vujudga keladi. Changli havo bilan nafas olish asosan nafas organlariningzararlanishi; bronxit, prevmakoniz yoki umumiy zararlanish rivojlanishini vujudga keltirishi mumkin. Ba'zi changlar qo'shimcha kasalliklari keltirib chiqarish xususiyatiga ega. Bular yuqori nafas yo'llari, ko'zning shilliq qavati, teri qoplami kasalliklarikiradi. Changning o'pka yo'liga kirishi pnevmaniya sil o'pka rakining kelib chiqishiga sharoit yaratadi. Bu chang ayniqsa xomiladorlar, emizikli ayollar, qariyalar, allergiyasi borlar, surunkali bronxitlar va bolalar sog'ligi uchun juda xavfli. Har yili Afg'onistonda havo ifloslanishi bilan bog'liq kasalliklardan odamlar nobud bo'ladi. Afg'oniston

sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko'ra, 2020-yil shamol ta'sirida havoning ifloslanishi oqibatidavujudga keltiruvchi kasalliklarqatoridayurak va o'pka xastaliklaridan5000 ga yaqin odam vafot etgan. 2019-yil18-mart kuni Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlarida qum bo'roni kuzatildi. Termiz shahrida boshlangan afg'on shamoli Qarshi va Samarqand shahrida qum aralash chang-to'zon ko'rinishda davom etdi. Buxoro shahrida esa shamol tomlarni, reklama bannerlarni uchirib yuborgan ( 1 -rasm).

1-rasm. Afg'on shamoli kirib kelganda Termiz shahri ko'rinishi.

Afg'on shamoli Surxondaryo viloyatining xalq xo'jaligi va insonlar salomatligi uchun noqulayliklar tug'dirib kelmoqda. Afg'on shamolni bartaraf etish imkonsiz ammo undan samarali foydalanish mumkin. Buning uchun esa Amudaryoning chap va o'ng sohilida saksovulzorlashtirish yoki ihota daraxtlarini tashkil etish kerak deb hisoblaymiz. Saksovullar cho'llarni yopadi va cho'llardagima'lum changlar ko'tarilmaydi. Ihota daraxtzorlar asosan qurg'oqchilik, tuproq erroziyasidan saqlash va mikroiqlimni yaxshilash uchun barpo etiladi. Bundan tashqari Afg'on shamolining zararli ta'sirini ekinzorlarni sug'orish bilan ham kamaytirsa bo'ladi. Daraxtlar shamol ta'sirini kamaytiradi, shahar ekologiyasining muhitini mo'tadillashtiradi, aholi kasallanishining oldini oladi [5].

Saksovullarshunday o'simlikki, agar uni 7 qator olib ekilsa u 5-7 yilda 90% qumni ushlab qola oladigan darajada katta bo'ladi va u o'zidan ko'payish xususiyatiga ega. Bu saksovullarni ko'paytirishning birinchi xususiyatidir. Uning ikkinchi xususiyati-saksovul o'sgan hududda ekotizmmo'tadillashadi, oazis bo'ladi. Uchinchidan o'sha hududlarda bioxilma-xillik ko'payishga imkoniyat yaratiladi.

Bu afg'on shamoli bartaraf etishning birinchi usuli edi. Namuna va isbot sifatida Orolbo'yidagi tuzlarniuchishinioldini olish uchun ekilgan saksovullarni ko'rsatishimiz mumkin.

Ikkinchi usuli bu fontan usuli. Bu Amudaryo tublaridan tabiiy gidroelektrstansiyalarni qurish orqali tepaga 50 metrgacha bo'lgan favvora orqali. Bundasuv isrof bo'lmaydi. Sababi suv qaytib daryoga tushadi. Suv 50 metr tepaga ko'tarilgandasuv bilan changlarni olib tushadi. Namuna sifatida jahon tajribasida sinalgan Dubay fantanlarinimisol qilishimiz mumkin. Ushbu fantanlarini changli bo'ron bo'lganda qo'llashadi.

Afg'on shamoldan samarali foydalanishning yana bir yo'li, shamol kuchidan foydalanishdir. Markaziy Osiyo mintaqasida suv manbalari kamayib borayotgani inobatga olinsa, muqobil energiyadan foydalanishni yanada jadallashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekistondaqayta tiklanuvchi energiya manbalari orasida shamol elektr stansiyalari barpo qilishga jiddiy e'tibor berilyapti. Qolaversa SHES lar tomonidan ishlab chiqilayotgan elektr energiya narxi ham arzonlashyapti. Shularni inobatga olgan holda Termiz shahrida ham afg'on shamoli kuchidan unumlifoydalanish maqsadida shamolelektr stansiyasiniqurish, aholini arzon va sifatlielektr energiyasi bilan ta'minlash. O'zbekistonda ham qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinadiganenergiyaniboshqarish, saqlash hamda yagona energiya tizimi barqarorligini ta'minlash imkoni paydo bo'ladi.

Ta'kidlanishicha, O'zbekistondagi SHES larini qurish uchun aniqlanganyer maydonlaridagi shamol potensiali ko'rsatgichlari jahonda mavjud shamol elektr stansiyalarining o'rtacha ko'rsatgichlaridan yuqori hisoblanadi. Ya'ni, quvvatdan foydalanish koeffitsiyentlari taqqoslaganda,respublika ko'rsatkichlari jahondagi o'rtacha ko'rsatkichlardan 1.5 barovaryuqoriligi aniqlangan. Misol uchunbir yilda 8760 soat bo'lsa O'zbekistondabarpo qilinadigan shamol elektr stansiyalari taxminan 3900 soat to'liq ishlashi mumkin.

Afg'on shamoli kuchidansamarali foydalanish uchun Surxondaryo viloyatida mini elektrostansiyalarni barpo etish va aholinielektrtoki bilan ta'minlash maqsadida ushbu loyihaniishlab chiqish darkor.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. G'ulomov P., Qurbonniyazov R., Avezov M., Saidov N. "Geografiya", Toshkent "Mitti yulduz" -2020. 2.O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.: (2000-2005).

3. Petrov Yu. V., Egamberdiyev H.T., Alautdinov M., Xolmatjonov B.M. "Iqlimshunoslik". Toshkent, "Nashr" -2010.

4. Akbarov A., Nazaraliyev D., Jumabayeva G. "Iqlimshunoslik". Toshkent 2015.

5. Abdimo'Minov T.A., Bozorov S.O., & Raxmatov A.Yu. (2022). SUV OMBORLAR VA ULARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI (OQTEPA SUV OMBORI MISOLIDA). Экономика и социум, (12-1 (103)), 19-23.

6. Abdimo'Minov T.A., & Muhammadova S.Yo. (2022). AMU -BUXORO VA AMU-QORAKO'L KANALLARI SUVLARIDAN BUXORO VILOYATIDA SAMARALI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI. Экономика и социум, (12-1 (103)), 9-13.

7. Komilova N.K., & Latipov N.F. (2022). ANALYSIS OF EXISTING METHODOLOGICAL APPROACHES IN ASSESSING THE QUALITY OF THE ENVIRONMENTAL CONDITION OF CITIES. Экономика и социум, (12-1 (103)), 161-165.

8. Якубов, У. Ш., Исмаилова, К. Б., Аманбаев, Н. С., & Исабеков, Б. Д. НЕКОТОРЫЕ РЕГИОНАЛЬНЫЕ ЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ И ДЕМОГРАФИЧЕСКИЕ ПРОЦЕССЫ СРЕДНЕЙ АЗИИ. БИЛИМ ЖАНА ТАРБИЯ, 61.

9. Faxriddin o'g'li, L. N., & Erkaboevich, E. H. (2022). The process of urbanization and its relation to the environment. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(3), 188-196.

10. Kalonov, B. H., & Latipov, N. F. (2021). Characteristics Of Geographical Location Of The Population Of Navoi Region. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 25(2), 477-479.

11. Ugli, L. N. F. (2019). Geourbanistic's role in socio-economic geography. International scientific review, (LXV), 47-50.

12. Kalonov, B. H., Latipov, N. F., & Sh, S. M. (2021). Environmental Problems In The Navoi Region Cotton Field. Мировая наука, (4 (49)), 15-18.

13. Karshibaevna, K. N., Kahramonovna, Z. D., & Normurod Faxriddino'g'li, L. (2022). Some problems with creating a medical-geographical atlas map of Uzbekistan. International journal of early childhood special education, 58365840, 13.

14. Латипов, Н. Ф. (2017). Locality and factors affecting the population. Наука и мир, 1(11), 74-75.

15. Latipov, N. (2022). Urboecology-Interdisciplinary Synthesis of Geography and Ecology. Middle European Scientific Bulletin, 24, 16-20.

16. Latipov, N. (2022). Shaharlar va ularning ekologik muhit bilan bog'liqligi. Scienceweb academic papers collection.

17. Latipov, N. (2022). УРБОЭКОЛОГИЯ-ГЕОГРАФИЯ ВА ЭКОЛОГИЯНИНГ ФАНЛАРАРО СИНТЕЗИ. Scienceweb academic papers collection.

18. Комшова, Н., & Латiпов, Н. (2022). Класифшащя населених пунклв регюну Навой на 0CH0Bi еколопчно! ситуацп та факторiв впливу на здоров'я населення. BicnuK Харшвського нацюналъного ушверситету iMeni ВН Каразма, ceрiя «Гeологiя. Гeографiя. Екологiя», (56), 209-213.

19. Latipov N.F., & Komilova N.K. (2022). INDICATORS OF URBAN ENVIRONMENT ASSESSMENT AND CRITERIA FOR THEIR SELECTION. Экономика и социум, (11-1 (102)), 129-134.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.