DOI 10.46566/2225-1545_2022_1_103_19 УДК 911.3
Abdimo'minov T.A.
Termiz davlat pedagogika instituti o'qituvchisi
Bozorov S. O.
Raxmatov A. Yu.
Termiz davlat pedagogika instituti talabasi
SUV OMBORLAR VA ULARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI (OQTEPA SUV OMBORI MISOLIDA)
Annotatsiya: Mazkur maqolada suv omborlaridan samarali foydalanish istiqbollari Oqtepa suv ombori misolida keltirigan. Shuningdek mazkur suv ombori imkoniyatlaridan kelib chiqib, mazkur hududni ekoturistik maskanga aylantirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: suv omborlar, kanallar, suv taqsimlash inshoati, daryo rejimi, Oqtepa suv ombori, Amu Zang kanali.
Abdimominov T.A.
teacher
Termiz State Pedagogical Institute
Bozorov S.O. student Rakhmatov A. Yu.
student
Termiz State Pedagogical Institute
WATER RESERVOIRS AND PROSPECTS FOR THEIR USE (EXAMPLE OF OKTEPA WATER RESERVOIR)
Abstract: In this article, the prospects of effective use of water reservoirs are presented on the example of the Oktepa water reservoir. Also, based on the possibilities of this water reservoir, recommendations were developed to turn this area into an eco-tourism destination.
Key words: reservoirs, canals, water distribution facility, river regime, Oktepa reservoir, Amu Zang canal.
Inson hayotida suv har doim muhim omillardan biri bo'lib kelgan. Shu bois qadimdan odamlar asosan daryo qirg'oqlarida istiqomat qilishgan. Ular ichimlik manbayi sifatida suvdan ichishgan bo'lsa, ozuqa manbayi sifatida baliq ovlaganlar hamda o'zaro suv yo'llari sifatida ham foydalanib kelganlar.
Suv taqchilroq bo'lgan materiklarning ichki qismlarida yashaydigan xalqlar uchun asosiy suv manbayi daryo va yer osti suvlari ekanligini odamlar
qadimdanoq bilishgan [4]. Shu sababli ham suv manbaalaridan isamarali foydalanishga alohida e'tibor berilgan. Iqlimi qurg'oqchil bo'lgan o'ikalardan oqib o'tuvchi daryo suvlaridan unumli foydalanish maqsadida suv omborlari barpo qilingan.
Ko'llar kabi suv omborlari ham bir qancha belgilarga qarab tasniflangan. Suv omborlarini daryolar oqimini tartibga solish sharoitiga bog'liq holda suv omborlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: a) daryolar oqimini kun yoki hafta davomida tartibga solib turadigan suv ombolari; b) daryolar oqimini mavsumlararo tartibga solishga mo'ljallangan suv omborlari; v) daryolar oqimini yillararo tartibga solishga mo'ljallab qurilgan suv ombolari [1]. Bu turdagi suv ombolari ko'p suvli yillarda suvning bir qismini saqlab qolish va undan kam suvli yillarda foydalanish maqsadida quriladi.
Suv omborlari joylashish turiga ko'ra quyidagi ikki turga bo'linadi: 1) daryo vodiylariga qurilgan suv omborlari; 2) yer sirtidagi botiqlarda barpo etilgan suv omborlari. Birinchi turdagi suv ombolari daryo yoki soylar vodiylarida baland to'g'onlar qurib, suv oqimini bevosita to'sish yo'li bilan barpo etiladi. Ikkinchi turdagi suv ombolari esa daryo o'zanidan chetga joylashgan tabiiy chuqurliklar, botiqlarni suvga to'ldirish yo'li bilan barpo etiladi [2].
Yer yuzidagi dastlabki suv omborlari eramizdan oldingi III ming yillikda paydo bo'lgan. Eramizdan oldingi davrlarda qadimgi Messapotomiyada, Misrda, Xitoy va Hindistonda gidrotexnik inshootlar qurilgan. IV asrdayoq Misrliklar gidrotexnika ilmidan habardor bo'lib, Nil daryosi sathini ko'tarish maqsadida to'g'on qurishgan va suvni boshqarish imkoniga ega bo'lganlar. Ular hozirgi Asvon to'g'onidan 400 km yuqorida tog' qoyalarida suv sathini o'zgarishini belgilaganlar. Keyinroq esa quyi Nilda 30 ga yaqin gidrologik suv o'lchash postlari tashkil etilgan. Eramizdan oldingi III ming yillikda Xitoyliklar suv hajmlarini gidrotexnik inshootlar yordamida boshqarish to'g'risida ishlar olib borganlar va asosan suv kuchidan foydalanganlar.
O'rta Osiyoda xususan O'zbekistonda ham gidrologik ishlar va suv Xo'jaligini ishlatish tarixi 6 ming yilliklardan, neolit davrlariga xos. Bu davrlarda Yomg'ir suvini to'plab ishlatish orqali dehqonchilik olib borilgan. Xorazm vohasida sun'iy sug'orish tarmoqlari qurilgan. I-IV asrlarda Bo'zsuv, Salor, Eski Anhor, Tuyatortar kanallari qurilgan bo'lib, ular ma'lum bir qonun, qoidalar asosida ishlatilgan. Shuning uchun ham bu kanallar va ayrim inshootlar bizning davrgacha saqlanib qolgan, qayta-qayta tamirlanib hozirgacha ishlatib kelinmoqda.
O'rta Osiyoda ilk suv omborlarining yaratilish tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Arxeologiya taraqqiy etishi bilan mintaqadagi yuksak madaniyatdan dalolat beruvchi suv ombori to'g'onlarining irrigatsion tizimlari topildi. X-XII asrlarda tog' daralarida bahorgi sel oqimlarini ushlab qolish uchun qurilgan suv omborlari sug'orishning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo'lgan [3].
Ulardan biri Jizzax viloyati Forish tumani markazi yaqinida X asrda tog' darasiga qurilgan Xonbandi to'g'oni hisoblandi. Bu to'g'onning balandligi 15,25 m, uzunligi 50 m. Suv omborining sig'imi 1,5 mln m3 ni tashkil etgan. Bundan tashqari konstruksiyasi jixatidan kishini hayratga soluvchi Samarqand viloyati Nurota tumanidagi Aqchab qishlog'i yaqinidagi Abdullaxonbandi suv ombori hisoblanadi. Har ikkala suv ombori ham haqiqiy injenerlik inshootlaridir. Bugungi kunda O'zbekistonda 300 ga yaqin yirik gidrotexnik inshootlar, shu jumladan 20 mld.m3 suv sig'diradigan 55 ta suv ombori, 65 ga yaqin yirik gidrouzellar, minglab kichik gidrotexnik inshootlari bilan 27 ming km uzunlikdagi 60 magistral va xo'jaliklararo kanallardan foydalanib kelinmoqda.
Suv omborlariinson tomonidan barpo etilgan va boshqariladigan obyektlardir, lekin ularga kuchli tabiiy, ayniqsa gidrometeorologik omillar tasir qiladi. Shuning uchun suv omborlarini boshqarish va ishlatish tadqiqot ob'ekti "texnik" va "tabiiy" bilimlar orasida bo'lsa ham ko'proq tabiiy havzalarni eslatadi. Inson qo'li bilan barpo etilgan bo'lsada, suv omborlari tabiatning bir-bo'lagi bo'lib qolaveradi.Suv omborlarida ko'llar va daryolarda mavjud barcha turdagi o'simliklar va hayvonlar yashaydilar.
Respublikamizning eng janubida joylashgan Surxondaryo viloyatida bugungi kunda Janubiy Surxon, To'polon, Uchqizil, Oqtepa va Degriz suv omborlari barpo qilingan bo'lib, mazkur suv omborlarning 2 tasi (Janubiy Surxon-Surxondaryoda, To'polon-To'palangdaryoda) daryoda, 3 tasi (Uchqizil-Zang, Oqtepa-Amu Zang, Degriz-Hazarbog') kanallardan s uv oladi.
Shulardan biri Oqtepa suv ombori bo'lib, Bobotog' massivining janubi-sharqiy qismida barpo etilgan. Oqtepa suv ombori Sharof Rashidov tashabbusi bilan 1978-yilda qurilish ishlari boshlangan. Suv ombori Amu-Zang magistral kanali orqali Amudaryo suvi bilan to'ldiriladi. Undan kanal orqali oqib chiqadigan suvlar Janubiy Surxon suv omboriga borib quyiladi. Oq tepa suv ombori 1982 yil ishga tushirilgan. Bu suv omborining hajmi 120 mln m3 ni tashkil etadi. Suv omborining uzunligi 4.6 km, chuqurligi 25 m, dengiz sathidan 338 metr balandlikda joylashgan.Oqtepa suv ombori 191 km uzunlikdagi Dushanbe-Termiz M-41 avtomabil yo'li ustida joylashgan (1-rasm).
/
/
/
/
/
è
Oqtepa Suv Ombori
[ M411
fi __
/ V / ^
1-rasm. Ushbu surat Mapcarta saytidan olindi.
Mazkur suv omboridagi suv bilan Bobotog' kanali orqali Surxondaryo daryosining chap sohilida joylashgan ekin dallalari sug'oriladi. Mazkur suv ombor juda qulay geografik o'ringa ega. Mazkur suv omboridan bugungi kunda baliqchilik va bir qismidan o'rmonchilik maqsadida foydalanilmoqda.
Suv omborining joylashgan geografik o'rnidan kelib chiqib, hududda ekoturizmni rivojlantirish istiqbollari beqiyos ekanligi namayon bo'lmoqda. Mazkur hududdan respublika va xalqaro ahamiyatidagi avtomabil yo'lining o'tganligi, subtropik iqlimning mavjudligi, suv ombordan Jarqo'rg'on tumani va viloyat markazigacha bo'lgan masofa uzoq emasligi bu yerga keluvchi turistlar uchun qiyinchilik tug'dirmasligi aniq.
Hududni turistik zonaga aylantirish uchun ba'zi infrastrukrura obyektlarini barpo etish maqsadga muvofiq bo'lardi. Masalan, mehmonxonalar yoki mehmon uylarini tashkil qilish, maishiy xizmat ko'rsatish sohalari (umumiy ovqatlanish, sartaroshxona, hojatxona va boshqalar)ni barpo etish, turistlar uchun yozgi oromgohlar barpo etish, avtoturargohlar va avtomabillarga xizmat ko'rsatish sohalarini barpo qilish, aloqa xizmati shahobchalarini barpo qilish, qishloq xo'jaligi va sanoat mahsulotlari bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlarini joriy qilish kabi masalalar o'z yechimini topsa, hududning nafaqat iqtisodiy rivojlanishiga, balki aholining ma'lum bir qatlamining ish bilan ta'minlanishiga ham erishish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Gapparov F.A., Nazaraliev D.V., Mansurov S.R. Suv omborlaridan foydalanish. Toshkent-2019.
2.G aniev Sh.R. Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik. O'quv-uslubiy majmua. Samarqand-2019.
3. Shermatov M.SH. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari. T., 2005.
4. T. A. Abdimo'Minov. "SURXONDARYO VILOYATI MINERAL BULOQLARINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI" Academic research in educational sciences, vol. 3, no. 3, 2022, pp. 810-814.
5. Комилова, Нилуфар, and Ойхумор Рузикулова. "REGIONAL ASPECTS OF MATERNAL AND CHILD HEALTH IN UZBEKISTAN." Pedagogika: 74.
6. Kalonov, B. H., & Latipov, N. F. (2021). Characteristics Of Geographical Location Of The Population Of Navoi Region. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 25(2), 477-479.
7. Kalonov, B. H., Latipov, N. F., & Shirinova, M. S. (2021). ENVIRONMENTAL PROBLEMS IN THE NAVOI REGION COTTON FIELD. Мировая наука, (4), 15-18.
8. Ugli, L. N. F. (2019). Geourbanistic's role in socio-economic geography. International scientific review, (LXV), 47-50.
9. Karshibaevna, K. N., Kahramonovna, Z. D., & Normurod Faxriddino'g'H, L. (2022). Some problems with creating a medical-geographical atlas map of Uzbekistan. International journal of early childhood special education, 58365840.
10. LATIPOV, N. FACTORS INFLUENCING THE TERRITORIAL DISTRIBUTION OF THE POPULATION. ЭКОНОМИКА, (9), 105-108.
11. Латипов, Н. Ф. (2017). LOCALITY AND FACTORS AFFECTING THE POPULATION. Наука и мир, 1(11), 74-75.
12. Latipov, N. (2022). Urboecology-Interdisciplinary Synthesis of Geography and Ecology. Middle European Scientific Bulletin, 24, 16-20.
13. Faxriddin o'g'li, L. N., & Erkaboevich, E. H. (2022). THE PROCESS OF URBANIZATION AND ITS RELATION TO THE ENVIRONMENT. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(3), 188-196.
14. Комшова, Н., & Латшов, Н. (2022). Класифшащя населених пунклв регюну Навой на основi еколопчно! ситуаци та факторiв впливу на здоров'я населення. BicnuK Харшвсъкого нацюналъного ушверситету iMeni В. Н. Каразма, cерiя «Геологiя. Географiя. Екологiя», (56), 209-213. https://doi.org/10.26565/2410-7360-2022-56-15
15. Latipov, N. (2022). INNOVATIVE AREAS OF SOLVING PROBLEMS OF SCIENCE AND PRACTICE Proceedings of the VII International Scientific and Practical Conference Oslo, Norway November 08 - 11, 2022.