Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISH SABABLARI VA UNING SALBIY OQIBATLARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISH SABABLARI VA UNING SALBIY OQIBATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Atmosfera / antropogen omillar / turg‘un manbalar / uglerod oksidi / uglevodorodlar / azot oksidi / og‘ir metallar / vodorod sulfide / qattiq zarrachalar / ruxsat etilgan kontsentratsiya.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sherimbetov V.X., Kamiljanova Sh.A, To‘Rayev J.T, Kenjayeva Sh.A.

Ushbu maqolada respublikamizning yirik shaharlarda vujudga kelayotgan atmosfera havosining ifloslanish sabablari va uning salbiy oqibatlari hamda sanoat tarmoqlaridan atmosfera havosiga chiqarilayotgant chiqindilar monitoringi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISH SABABLARI VA UNING SALBIY OQIBATLARI»

O'ZBEKISTONRESPUBLIKASIDA ATMOSFERA HAVOSININGIFLOSLANISH SABABLARI VA UNING SALBIY OQIBA TLARI

1Sherimbetov V.X., 1Kamiljanova Sh.A., 1To'rayev J.T., 2Kenjayeva Sh.A.

1O'zbekiston Milliy universiteti, 2Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 32-maktab https://doi.org/10.5281/zenodo.11502436

Annotatsiya: Ushbu maqolada respublikamizning yirik shaharlarda vujudga kelayotgan atmosfera havosining ifloslanish sabablari va uning salbiy oqibatlari hamda sanoat tarmoqlaridan atmosfera havosiga chiqarilayotgant chiqindilar monitoringi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Аннотация: В данной статье представлена информация о причинах загрязнения воздуха в крупных городах нашей республики и его негативных последствиях, а также информация по мониторингу выбросов промышленных предприятий.

Abstract: This article provides information on the causes of air pollution in large cities of our republic and its negative consequences, as well as information on the monitoring of emissions from industrial sectors.

Kalit so'zlar: Atmosfera, antropogen omillar, turg'un manbalar, uglerod oksidi, uglevodorodlar, azot oksidi, og'ir metallar, vodorod sulfide, qattiq zarrachalar, ruxsat etilgan kontsentratsiya.

Ключевые слова: Атмосфера, антропогенные факторы, стационарные источники, оксид углерода, углеводороды, оксиды азота, тяжелые металлы, сероводород, твердые частицы, допустимые концентрации.

Key words: Atmosphere, anthropogenic factors, stationary sources, carbon monoxide, hydrocarbons, nitrogen oxide, heavy metals, hydrogen sulfide, solid particles, permissible concentration.

Atmosfera havosining ifloslanishi global ekologik muammolarning asosiy qismi bo'lib, davlatlarning istiqboliy taraqqiyotiga xavf soluvchi omil sifatida qaraladi. Atmosfera havosining ifloslanish darajasi va ko'lamiga bog'liq holda bir qancha muammoli jarayonlar rivojlanishi mumkin. Bular qatoriga ishlab chiqarish tizimining iqtisodiy samaradorligining pasayishi hamda inson salomatligi va atrof-muhit komponentlarining havfli o'zgarishlariga uchrashi kiradi. Fan va texnologiyalar taraqqiyotining to'rtinchi dunyo inqilobi nazariyasiga ko'ra kelajakda ishlab chiqarish jarayoni chiqindilarsiz ishlab chiqarishga o'tishi haqida aytib o'tilgan. Biroq, ishlab chiqarishning dunyo bo'ylab jadal rivojlanishi atmosfera havosiga asosiy havfli ifloslantiruvchi chiqindilar chiqaruvchi korxonalarning rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan mamlakatlariga ko'chirilishini oqlashmoqda. Bugungi kunda vujudga keltirilgan butun dunyo sanoat siklida qoloq va rivojlanayotgan mamlakatlar zimmasiga ishlab chiqarishning bu bosqichini o'tashi qonuniyat qilib qo'yilgan [1].

O'zbekiston Markaziy Osiyoning qurg'oqchil iqlimi, uzoq quruq va yozi issiq va beqaror qishi bo'lgan qurg'oqchil zonasida joylashgan. Respublika hududi atmosferada ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi uchun noqulay iqlim sharoitlari bilan tavsiflanadi. Yog'ingarchiliksiz uzoq vaqt, yengil shamollar, harorat inversiyalari atmosfera havosining turg'unligiga hissa qo'shadi va ifloslantiruvchi moddalarning to'planishi uchun sharoit yaratadi. Meteorologik sharoitlar va antropogen tasirlar kombinatsiyasi havoning yuqori darajada ifloslanishiga olib

keladi. Aholi zichligi yuqori bo'lgan yirik shaharlarning joylashuvi, transport oqimlari va ekologik xavfsizligi ta'minlanmagan ishlab chiqarish sanoatlar atmosferada ifloslantiruvchi moddalarning to'planishiga yordam beradi.

Atmosfera havosining ifloslanishi noqulay iqlim sharoiti bilan bog'liq xolda ham kuchayib boradi. O'zbekiston qurg'oqchil va qurg'oqchilikka moyil iqlim sharoitiga xos bo'lganligi sababli havoning ifloslanishi muntazam ravishda sodir bo'ladi. Atmosferada sodir bo'ladigan termal inversiya holatlari ifloslantiruvchi moddalarni yer yuzasiga yaqin joylashgan xolatda ushlab turadi va havo sifatining yomonlashishiga olib keladi. Mamlakatimiz yirik shaharlarda vujudga kelayotgan atmosfera havosining ifloslanishi bilan bog'liq muammolar nafaqat qonunchilik va ijtimoiy islohotlarni talab qiladi, balki mavjud holatni chuqur ilmiy asoslash hamda ilmiy asoslangan tadbirlar rejasi va ularning ketma-ketligini ishlab chiqishni talab etadi. Buning uchun ekologik nuqtayi nazardan atmosferada sodir bo'layotgan jarayonlarni zamonaviy monitoring tizimi, yaxshi o'ylangan tashkiliy va texnologik bazaga shuningdek, ilmiy jihatdan asoslangan usullar zarur.

Atmosfera havosi antropogen faoliyat tasiri natijasida turg'un va ko'chma manbalarning ifloslantiruvchi moddalari yani chiqindilari xisobiga ifloslanadi. Turg'un manbalardan ifloslantiruvchi moddalar emissiyasi barcha tshkil etilgan va tshkil etilmagan manbalardan atmosfera havosiga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarning umumiy miqdori sifatida tavsiflanadi. O'zbekiston bo'yicha rasmiy statistik hisobotlarni tahlili asosida, atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy tarmoqlar sifatida energetika, neft-gaz, metallurgiya, kimyo, qurilish sanoatlarini ajratib ko'rsatish mumkin.

Respublikamizda atmosfera xavosini ifloslanishi turg'un manbalar bo'yicha asosan quyidagi tarmoqlarga bog'liq: energetika, neft-gaz sanoati, metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish sanoati va kommunal xizmatlar. Turg'un manbalardan atmosfera havosining ifloslanish darajasi 2012-2017 yillar oralig'ida yuqori darajada bo'lgan, ammo so'nggi bir necha yil ichida bu ko'rsatkich barqarorlashgan, ko'chma (mobil) manbalardan ifloslanish esa 2018 yilda eng yuqori darajaga ko'tarilgan va bu jarayon hozirgi kunda ham davom etmoqda. Respublikamizda 20122021 yillar mobaynida uglerod oksidi emissiyasi yiliga 90,7 ming tonnadan 71,0 ming tonnagacha va uglevodorodlar yiliga 260,6 ming tonnadan 191,8 ming tonnagacha kamaygan. Shu bilan birga, azot oksidi chiqindilarining yiliga 10,3 dan 21,2 ming tonnagacha ko'payishi kuzatilgan bo'lib, bundan tashqari qattiq zarrachalar konsentratsiyasining yiliga 154,9 dan 176,7 ming tonnagacha o'sishi kuzatilgan [2].

2018-2022 yillarda atmosfera havosini monitoring qilish tarmog'ining turg'un kuzatuv postlari natijalari shuni ko'rsatadiki, sanoati rivojlangan shaharlarimizning aksariyatida asosiy ifloslantiruvchi moddalarning o'rtacha yillik kontsentratsiyasi ruxsat etilgan konsentratsiyadan (REK) past bo'lib, shu bilan birga, asosiy ifloslantiruvchi moddalarning konsentratsiyasi Toshkent, Toshkent viloyati, Navoiiy, Buxoro va boshqa viloyatlarning yirik shaharlarda umumiy qattiq zarrachalar miqdori va azot dioksidi, shuningdek sanoat shaharlaridagi o'ziga xos ifloslantiruvchi moddalarning kontsentratsiyasi REK dan oshganligi kuzatilgan. Atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi SanPin 0293-11 Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan o'rnatilgan ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyalar (REM) bilan taqqoslanadi.

2022 yilda turg'un manbalardan atmosfera havosiga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar emissiyasi 874,0 ming tonnani tashkil etgan. Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarining dinamikasi to'g'ridan-to'g'ri mamlakat sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga bog'liq va ularning

ko'rsatkichlari hududiy birliklar bo'yicha teng taqsimlanmagan. Ba'zi korxonalarda hali ham yetarlicha samarali va mos tozalash uskunalari mavjud emas, ammo mavjud bo'lgan uskunalar manan eskirgan va uzoq vaqt davomida modernizatsiya qilinmagan. Shuningdek, bunday uskunalarga tegishli texnik xizmat ko'rsatilmaydi, masalan, filtrlarni o'z vaqtida tozalash yoki almashtirish va boshqalar. Respublikamiz sanoat korxonalaridan chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini kamaytirish uchun 270 ta korxonada mavjud 1071 ta filtrni modernizatsiya qilish va yangilash zarur [2].

Ifloslantiruvchi moddalarning asosiy hajmi Toshkent (430,0 ming tonna), Qashqadaryo (128,1 ming tonna), Sirdaryo (71,8 ming tonna), Samarqand (52,7 ming tonna) viloyatlarida tashkil etilgan. Bu ushbu hududlarda sanoat korxonalarining rivojlanganligi va ko'pligi bilan bog'liq. Chiqindilarning eng katta miqdori Toshkent viloyatiga to'g'ri keladi, u yerda yirik kon-boyitish sanoati ob'ektlari, issiqlik elektr stansiyalari, kimyo sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarish jamlangan. Bu hududda so'nggi 10 yil ichida chiqindilarning 1,5 baravar ko'payishi kuzatildi. Sanoat ishlab chiqarishining yanada rivojlanishi mamlakatning boshqa mintaqalarida, masalan, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida chiqindilarning sezilarli darajada ko'payishiga ta'sir ko'rsatgan.

Korxonalar faoliyatining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, chiqindilar bo'yicha ustuvor moddalar belgilanadi: azot oksidi (NO), azot dioksidi (NO2), oltingugurt dioksidi (SO2), uglerod oksidi (CO), havodagi muallaq zarralar, o'ziga xos ifloslantiruvchi moddalar - ammiak, fenol, og'ir metallar, vodorod sulfidi, uglevodorodlar va boshqa chiqindilarni ayniqsa bugungi kunda atrof-muhit va inson salomatligiga eng salbiy ta'sir ko'rsatadigan sement sanoati korxonalari chiqindilarni kuzatishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Respublika bo'yicha 18 ta shaharda 29 ta kuzatuv punktida chang bo'yicha kuzatuvlar olib boriladi. Atmosfera havosining qattiq muallaq zarrachalar (chang) bilan ifloslanishining shakllanishida geografik joylashuvi, tuproq tarkibi, ob-havo sharoiti (shamol, shtil, yuqori harorat omillari, qurg'oqchilik), shuningdek, qurilish ishlari hajmining oshishi, yashil maydonlarni qisqartirish (ko'p yillik qattiq daraxtlarni kesish) daraxtlar) muhim rol o'ynaydi [3].

Bunday korxonalarning asosiy ifloslantiruvchi modalari mayda dispersiyali chang xisoblanadi. Atmosferaning ifloslanish manbalarini kuzatish davrida asosiy ifloslantiruvchi moddalar noorganik chang, azot oksidi va oltingugurt dioksidi hisoblanadi. Atmosfera havosini sanoat changlari, azot oksidlari va oltingugurt dioksidi bilan ifloslantiruvchi asosiy manbalar Toshkent, Navoiy, Buxoro, Farg'ona viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasidagi sanoat korxonalari hisoblanadi. Aholi, sanoat va transport yuqori darajada to'plangan Toshkent va Farg'ona iqtisodiy rayonlari, metallurgiya, kimyo va mashinasozlik markazlari bo'lgan Olmaliq, Toshkent, Farg'ona, Bekobod, Andijon, Chirchiq, Navoiy shaharlarida havoning ifloslanish darajasi ancha yuqori. Andijon, Buxoro, Qoqon, Navoiy, Samarqand, Farg'ona viloyatlari va Toshkent viloyatining Olmaliq, Ohangaron, Chirchiq kabi sanoatlashgan shaharlarida ftoridlar, qo'rg'oshin, benz(a)pirin, oltingugurt qo'sh oksidi, uglerod va azot oksidlari, xlor va ftorli vodorodlar, azot qo'sh oksidi, ammiak va chang miqdori ruxsat etilgan chegaraviy miqdordan yuqoriligicha saqlanib turmoqda. Insonlar va o'simliklar uchun bunday gazlar va chang yanada zararlidir. Havodagi CO, ni o'simliklar uchun toksiklik darajasi insonlar uchun ko'zda tutilgan me'yordan (0,5 mg/m3) 25 marta yuqori.

Havo gaz tarkibining o'zgarishi gigiyenik nuqtai-nazardan organizmlar uchun xavfli hisoblanadi. Havoda qandaydir noxush hid sezilsa va u nafas yo'llari orqali organizmga ko'proq

kirib borsa, natijada organizmlarda kasalliklar yuzaga keladi. Atmosferaga chiqarilayotgan shunday gazlar ham borki, ularni hidi bo'lmaydi. Bu gazzlar organizmlar uchun o'ta zaharli va zararli ta'sir korsatadi. Jumladan, is gazini inson seza olmaydi, bu gazdan zaxarlanish oqibatida insonlar nobud bo'lishi mumkin. Ko'pincha atmosfera havosiga sanoat korxonalari juda ko'p turdagi xar - xil xususiyatli hidli va hidsiz gaz aralashmalarni chiqariladi. Katta industrial shaharlarga kirib borish bilanoq sahar havosining musaffoligi buzilganligini sezish mumkin. Masalan, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy va boshqa shaharlar havosining tarkibida o'n va undan ziyod turli xildagi zararli va zaxarli gazlar mavjud. Ular sanoat korxonalaridan va avtotransport vositalaridan atmosferaga chiqariladi. Havo tarkibidagi zararli gazlar tarkibidagi konserogen moddalar to'g'ridan-to'g'ri nafas yo'llariga kirib, o'pka orqali qonga so'riladi, natijada turli xil kasalliklarni rivojlanishiga olib keladi.

O'zbekistonda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari shuni tasdiqlaydiki, zaharli gazlar ko'pincha yoshi o'tgan kishilarga, shuningdek, yosh bolalarga ancha keskin ta'sir etadi, ularda kasalliklar juda og'ir kechadi. Ma'lumotlar shahar aholisi o'rtasida nafas yo'llari kasalliklarining tarqalishi bilan atmosfera havosining ifloslanishi orasida uzviy bog'liqlik mavjudligini ko'rsatadi. Sanoat korxonalari joylashgan shaharlar aholisi o'rtasida turli kasalliklar ko'plab uchraydi. Shuni taakidlab o'tish joyizki, havo tarkibida zaharli moddalar kam bo'lsa-da, lekin surunkali kasalliklarga chalingan be'morlarda qo'shimcha turli xil xastaliklarni yuzaga keltirishga sabab bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya markazi bergan ma'lumotlarga qaraganda, Olmaliq va Farg'ona, shuningdek, Navoiy va Qo'qon shaharlari havosining zararli moddalar bilan ifloslanishi bo'yicha eng iflos havoli shaharlar guruhiga kiradi.

Respublikamizda turg'un manbalardan havoga chiqariladigan chiqindilar miqdori 1,3 mln. tonnadan oshgan. Jumladan, sulfat angidridi 535,8 ming, uglevodorod 427 ming, azot oksidi 94,1 ming, qattiq zarrachalar 317,4 ming tonnani tashkil etgan. Shu moddalar sababli shaharlarimizda umumiy kasalliklar 1,5 barobarga, bronxial astma esa 20 foizga ortgan [4].

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, atmosfera havosining turli xildagi zararli va zaxarli gazlar, qurum va mayda dispersiyali changlar bilan ifloslanishi, organizmlarga shu jumladan, insonlar organizmiga ham asoratli ta'sir ko'rsatmasdan qolmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Рустамова Н., Шабанов А. Совещание Координатсионной группы ВЕКСА и Селевой группы по технико-экономическим вопросам Конвенсии о трансграничном загрязнении воздуха на болшие расстояния // 19-20 сентября 2018 года, г. Санкт-Петербург, Российская Федератсия. 7 с.

2. Национальный доклад о состоянии окружающей среды: Узбекистан. Декабрь 2023 г. 155 с.

3. https://hydromet.uz/uz/node/3677 (Respublikada atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi bo'yicha ma'lumot.)

4. Buriyev S.S., Maxkamova D.A., Sherimbetov V.X. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi. O'quv qollanma. Toshkent. 2020 .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.