Научная статья на тему 'SURXONDARYO VILOYATIDA ETNOTURIZMNI TASHKIL ETISHNING IMKONIYATLARI'

SURXONDARYO VILOYATIDA ETNOTURIZMNI TASHKIL ETISHNING IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shaxsning ma’naviy ehtiyojlari / ishlab chiqarish sohalari / madaniyat / etnografiya / baxshichilik festivallari / dostonchilik / etnoturizm / milliy kiyimlar / kashtachilik / xalq o’yinlari.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xolbekova Ogiloy

Mazkur maqolada yurtimizning etnografiyasi shakllanishida juda ko`plab davrlarni bosib o’tganligi, madaniy meros qadryatlarimiz, naqadar ulug’ligini ularni asrab avaylab kelajak avlodlarga ham yetkazish, bizning oldimizdagi burchimizligini, ayniqsa Surxondaryo viloyati misolida ko’rsatilgan. Vohada etnoturizmni tashkil etish masalalari va imkoniyatlari to’g’risida qisqacha ma’lumot va fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VILOYATIDA ETNOTURIZMNI TASHKIL ETISHNING IMKONIYATLARI»

SURXONDARYO VILOYATIDA ETNOTURIZMNI TASHKIL ETISHNING

IMKONIYATLARI

Xolbekova O'g'iloy Turayevna

Samarqand shahar Xalq talimiga qarashli 3-sonli maktabining

geografya o'qituvchisi

Annotatsiya: Mazkur maqolada yurtimizning etnografiyasi shakllanishida juda ko'plab davrlarni bosib o'tganligi, madaniy meros qadryatlarimiz, naqadar ulug'ligini ularni asrab avaylab kelajak avlodlarga ham yetkazish, bizning oldimizdagi burchimizligini, ayniqsa Surxondaryo viloyati misolida ko'rsatilgan. Vohada etnoturizmni tashkil etish masalalari va imkoniyatlari to'g'risida qisqacha ma'lumot va fikrlar bayon etilgan.

Kalit so'zlari: Shaxsning ma'naviy ehtiyojlari, ishlab chiqarish sohalari, madaniyat, etnografiya,baxshichilik festivallari, dostonchilik, etnoturizm,milliy kiyimlar, kashtachilik, xalq o'yinlari.

Insoniyat XXI asrga qadam qo'yar ekan moddiy ishlab chiqarish sohalaridan ko'proq shaxsning ma'naviy ehtiyojlari rivojlanishiga hizmat ko'rsatuvchi sohalariga alohida e'tibor bera boshladi. Fan ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sport, turizm va boshqa tarmoqlar. Mana shu sohalar bugungi kunning eng serdaromad sohalaridir. Aholining turmush darajasi yaxshilanib boravergan sari turizmga bo'lgan e'tibor kuchaydi. Insonlar borgan sari o'zlarining bo'sh vaqtlarini samarali o'tkazishga, dam olishga, sog'liqni tiklashga dunyo xalqlarining urf odat, qadriyatlarini bilishga intilmoqda. Dunyoda millat borki, uning o'tmishi etnografik kelib chiqishi, tarqalishi va o'zlariga yarasha marosim,qadriyat, urf-odatlari mavjud bo'ladi. Ularni bilishga, tushunishga doim intilib keladi. Bu esa bugungi kunimizning eng yosh sohalaridan biri bo'lgan etnoturizmni rivojlanishi va shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq ko'p yillardan buyon sarqitga chiqarilgan xalqimizning milliy bayramlari, xalq o'yinlari va

qo'shiqlari, qadriyatlar, urf - odatlar,etnografiyamizni chuqurroq o'rganishga, tiklashga qaratilgan edi. Milliy istiqlol bergan ulug' imkoniyatlar tarixiy qadryatlarimizni tiklash, xalqimizning yuksak moddiy va madaniyatni qadrlash hamda uni sayqal topdirib borishga zamin yaratdi. Xalqimizning tarixi, yuksak moddiy va ma'naviy madaniyati cheksiz ummon, ushbu ummoning har bir qatrasida millat ruhi aks etib turadi. Xalqimizning uzoq asrlar davomida shakllangan udumlari, an'ana va qadryatlari davr sinovlariga bardosh berib, bugungi kungacha yetib keldi. Yetib kelganda ham, sayqal topib, boyib yuksalib yetib keldi, chunki bu qadim yurt uzoq davrlik tarixiy taraqqiyot jarayonida mintaqadagi ilk odamzot ajdodlariga beshik, dastlabki o'troq dehqonchilik shakllangan zamin dastlabki davlatchilik asoslari qaror topgan yurt, yuksak axloqiy, falsafiy va dinniy qadriyatlarga asos bo'lgan o'lka sifatida asrlar mobaynida vohada shakllangan ilk etnik birikmalar tarixiy taraqiyot jarayonida katta etnik jarayonlarni boshidan kechirdi. Qadim Surxon vohasi aholisi ham o'zining uzoq davrlik tarixiy taraqqiyoti mobaynida nihoyatda katta etnik tarixni bosib o'tish bilan bir qatorda, juda ulkan madaniyat va ma'naviyatni shakllantirgan.

Voha aholisining etnik tarixi uning ijtimoiy tarixi bilan birga rivojlanib bordi, albatta har bir xalqning qay darajada ulug'ligi va barkamolligi o'sha xalq tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy madaniyat mezonlari bilan o'lchanadi. O'zbekiston hududidan topib o'rganilgan Selung'ur, Obirahmat, Machay, Zarautsoy kabi yodgorliklar, Surxon vohasidagi ilk o'troq dehqonchilik manzilgohlari hamda ilk shahar alomatlari kuzatilgan Sopollitepa, Jarqo'rg'on manzilgohlari fikrimizni tasdiqlaydi. Surxon vohasidagi etnik guruhlarning yuzaga kelish tarixi etnik shakllanishi uzoq davom etgan murakkab jarayondir.Tarixiy taraqqiyot davomida vohada etnik birliklar tarkib topdi va ular o'ziga xos turmush tarzi, xo'jalik mashg'uloti va urf-odatlarni yuzaga keltirdi. Yig'ilgan materiallar shuni ko'rsatadiki, vohada bugungi kundagi qo'ng'irot etnik guruhining qadimgi ajdodlari vohaning shimoliy-g'arbiy qismlari bo'ylab keng ko'lamda joylashganlar hamda ular vohaning dastlabki chorvador urug'larini tashkil etishgan. Ulargacha va ulardan keyingi etnik guruhlarning aksariyati qo'ng'irot madaniyatiga moslashganlar. Surxon vohasi etnik

guruhlari o'rtasida etnomadaniy bog'liqlikning o'rni katta. Ular xo'jalikning turli ko'rinishlari orqali bir-birlari bilan chambarchas aloqada bo'lib kelganlar va o'ziga xos etno toponimik qatlamlar yuzaga keltirganlar. Bizga hozirgi davrda ma'lum bo'lgan qarluq, turk, barlos, chig'atoy, mang'it, kaltatoy, qo'ng'irot, qatag'on, qovchin, yuz, do'rmon kabi etnik guruhlar o'z nomlarini saqlab qolish bilan birgalikda joy nomlarida ham o'z izlarini qoldirganlar. Yuzlar (juzlar) esa Sho'rchi, Denov va Sariosiyo tumanida, do'rmonlar esa Sariosiyo, Denov, Sho'rchi, Termiz, Sariosiyo tumanlarida, turklarning vakillari Denov, Sariosiyo tumanlarida, qisman Machay qishlog'i (Boysun tumani) va Boysun shahrida, qarluqlar nisbatan ozroq bo'lib, Sho'rchi va Sariosiyo tumanlarida (Toxchiyon, Boyqishloq, Sarimozor, Qarluq qishloqlarida), Barloslar (bular ham son jixatdan oz) esa Sariosiyo, Denov tumanlarining ayrim qishloqlarida yashaydilar.

Albatta ushbu mintaqada yashab turgan mahalliy aholining etnik tarkibi bir xilda emas. Aholining bir qismini eroniy til tizimiga kiruvchi xalqlar tashkil etadi. Tojik tilli etnoslar Boysun tumanidagi Sayrob, Panjob, Darband, Passurxi, Avlod, Sariosiyo, Qo'rg'oncha qishloqlarida, Bulardan tashqari, Boysun tumanidagi Sho'rsoy, Omontepa, Mirqorako'z qishloqlarida, Sherobod tumanida esa Zarabog', Poshxurt, Vandob, Sherjon, Shalqon qishloqlarida, Denov tumanidagi Sina qishlog'ida, Sariosiyo tumanida Sangardak qishlog'ida esa o'zbek va tojik tillarida baravar gaplashuvchi aholi yashaydi. Bu xududlarda yashovchi aholiga ikki tillilik qadimdan xosdir. Shuningdek, turkmanlar ham mintaqaning o'troq aholisi bilan tig'iz etnik-madaniy munosabatda bo'lib, uzoq asrlar davomida tarixiy taqdirlari ushbu mintaqa bilan bog'liqdir. Viloyatda bugungi kunda eng ko'p uchratish mumkin bo'lgan tub aholidan tashqari tojiklar, turkmanlar, ruslar, arablar, eroniylar, lo'lilar hamda yahudiylardir. Vohaning o'troq aholisi turli tarixiy davrlarda ko'chib kelgan urug' va qabilalarning mushtarak etnik birligini tashkil etsada o'zining kelib chiqishi, urf-odatlari va ayrim milliy an'analarini saqlab qolganligi bilan bir-biridan ajralib turadi. Yuqorida aytib o'tilgan etnik guruhlarning xo'jalik faoliyatlari bir-biridan deyarli farq qilmagan. Bir so'z bilan aytganda bu etnik guruhlar Surxon vohasi etnografiyasini yuzaga keltirgan. Yana shuni qo'shimcha qilib aytib o'tishim

mumkunki voha qadimdan Buyuk Ipak yo lining ustida joylashgan hamda 3 ta qo'shni chegaradosh dalatlarning ham etnografiyasining turli tuman bo'lishiga, mamlakatiminig boshqa hududlaridan ancha farq qilib turushida ta'siri katta deb o'ylaymiz. Suxon vohasi boshqa hududlardan farq qilib madaniyati va urf odatlari o'yinlari,milliy kiyimlari kuy,raqslari bilan alohida ajraib turadi.

Surxon vohasi aholishi an'anaviy kiyimlarida o'ziga xos mintaqaiy va etnik ko'rinishlarni saqlab qolgan.Bu o'ziga xoslik an'anaviy kiyimlarning bichimida, tikilishida, matolarni tanlanishida o'z aksini topgan. Kiyimlarning rangi asosan kishilarning yoshiga qarab tanlangan. Yoshi ulug'va keksa kishilar ko'proq oq ko'lrang, yoshlar qizil va sariq rangdagi kiyimlarni kiyishgan. Xotin qizlar ham o'sha davrda ijtimoiy iqtisodiy sharoitga moslashgan holda kiyinganlar. Ayolarning liboslari yoshlariga qarab bichilgan rangi mato turiga qarab ularni yosh yoki Yoshi ulug'ligini bilishgan. Xotin qizlaring hayotida kashtachilik ham muhum ahamiyat kasb etgan. Voha aholisining kiyimlari avloddan avlodga o'tib kelayotgan matolar: bo'z, xonatlas, qalami, banoras, shoyi, beqasam, adras va boshqa matolardan tikilgan. Bu keyimlar bugungi kunda xalqimizning noyob yodgorliklari sifatida asrab avaylanadi, qolaversa chet ellik turistlarda ham katta qiziqishlar uyg'otdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Shuning uchun Surxon vohasi etnoturizm o'choqlaridan biri hisoblanada. Ayniqsa muhtaram prezdentizmning farmonlari, viloyatga qaratgan e'tiborlari va qiziqishlari natijasida etno turizmni rivojlantirish imkoniyatlari juda yuksaldi. Gapimizning yorqin dalili sifatida 2018-yil 1-noyabrdagi qarorlariga binoan ilk marotaba Termiz shahrida Xalq baxshichilik Sa'nati festivali bo'lib o'tdi. Yo'qolib borayotgan xalq og'zaki ijodiga qaratilgan e'tibor baxshichilik san'atining qayta jonlanishiga turtki bo'ldi. O'zbek Xalq dostonlari ajdodlarimizning uzoq o'tmish, madaniy hayoti va milliy qadriyatlarini o'zida mujasamlashtirgan bo'lib, u o'lmas nomoddiy madaniy meros sifatida yuksak qadrlanmoqda. Doston- xalq og'zaki ijodining eng yirik janri bo'lib, u qahramonlik, ishqiy sarguzasht, fantastic mavzuga ega bo'lgan voqealarni bayon qiluvchi asar. Surxondaryo dostonchiligining ildizlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Markaziy Osiyo hududida, ilk madaniy o'chog'i bo'lmiz bu deyorda dostonchilik an'analari millodan avvalgi VI-V-

asrlardayoq keng taraqiy topganligiga oid ayrim ma'lumotlar mavjud. Baxshichilik san'atining serjilo ejro namunalari tinglovchiga katta zavq-shavq bag'ishlashi bilan birga kishilani yaxshilikka chorlovchi, marifat tarqatuvchi, yosh avlod qalbida ezgu fazilatni uyg'otuvchi ma'naviy targ'Ibot manbai vazifasini o'tab kelayapdi. Xalqimiz "Alpomish" "G'o'ro'g'li" "Kuntug'mish" kabi xalq dostonlarini tinglab uning tarbiyaviy ruhida bahrlanib kelishgan. Bu dostonlar vohaning qon qoniga shunchalar singib ketgan hattoki aholi o'rtasida Alpomish va Barchinoy ismlarining juda ko'plab uchratishimiz mumkun. Endilikda bu festival xar ikki yilda bo'lib o'tmoqda,jahoning juda o'plab davlatlaridan qolaversa qo'shni respublikalar ( Tojikiston, Afg'oniston, Turkmaniston) dan ham mehmonlar tashrish buyurishmoqda. Festival doirasida vohaning qadimgi o'yinlaridan tortib ko'pkari va kurash musobaqalari tashkil etiladi. Bu qilingan ishlardan ko'zlangan maqsad yurtimizning boy madaniy merosini jahonga tanitish,yoyish va turizm salohiyatini kengaytirish, turistlar sonini ko'paytirishga qaratilgan Bu esa Etno turizmni keng rivojlantirsh istiqbolari mavjudligini bildiradi. Yildan yilga viloyatga tashrif buyuradigan turistlarning soni oshmoqda, ayniqsa qo'shni respublikalarning salmog'i ancha yuqori.

Foydanilgan adabiyotlar:

1. S. Tursunov, T.Pardayev, N.Maxmadiyorova "Surxondaryo etnografik makon" Toshkent <<akademnash>> 2012 yil.

2. S. Tursunov, T. Pardayev A. Qurbonov, N. Tursunov." O'zbekiston tarixi va madaniyati- Surxondaryo etnografiyasi" Toshkent 2006 yil.

3.Tog'ayev G'anisher Xasanovich "Surxon vohasida etnik tarixidan" Samarqand 2012- yil.

4. Tursunov S.N Surxondaryo iloyati tarixini o'rganish Toshkent 1990-yil.. 5.Internet saytlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.