Научная статья на тему 'JANUBIY O‘ZBEKSITON AHOLISINING AN’ANAVIY KIYIM-KECHAKLARI'

JANUBIY O‘ZBEKSITON AHOLISINING AN’ANAVIY KIYIM-KECHAKLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
392
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbek xalqi / moddiy madaniyat / Surxon vohasi / mato to‘qish / xalaji / charx / jun taroq / urchuq / o‘rmak / kiftak / kulta / kasava. / узбекский народ / материальная культура / Сурханский оазис / суконное ткачество / халаджи / чарх / шерстяной гребень / урчуч / ормак / кифтак / культа / маниок.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — M. M. Nabiyev

Ushbu maqolada, Janubiy O‘zbekiston aholisining an’anaviy moddiy madaniyatining ajralmas bo‘lagi bo‘lgan kiyim-kechaklarning o‘rganilishi, o‘ziga xos jihatlari, millliy xususiyati, turlari, homashyosi, tayyorlanishi haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ТРАДИЦИОННАЯ ОДЕЖДА НАРОДА ЮЖНОГО УЗБЕКИСТАНА

В данной статье даны сведения об изучении одежды, являющейся неотъемлемой частью традиционной материальной культуры народов Южного Узбекистана, ее специфических аспектах, национальных особенностях, видах, сырье, способах изготовления

Текст научной работы на тему «JANUBIY O‘ZBEKSITON AHOLISINING AN’ANAVIY KIYIM-KECHAKLARI»

Oriental Journal of Social Sciences SJIF for 2022: 5.908

ORIENTAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES

journal homepage: https://www.suppQrtscience.uz/index.php/oiss

JANUBIY O'ZBEKSITON AHOLISINING AN'ANAVIY KIYIM-KECHAKLARI

M. M. Nabiyev

magistrant,

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Elektronpochta manzili: [email protected]

Kalit so'zlar: O'zbek xalqi, Annotatsiya: Ushbu maqolada, Janubiy O'zbekiston

moddiy madaniyat, Surxon aholisining an'anaviy moddiy madaniyatining ajralmas

vohasi, mato to'qish, xalaji, bo'lagi bo'lgan kiyim-kechaklarning o'rganilishi, o'ziga xos

charx, jun taroq, urchuq, jihatlari, millliy xususiyati, turlari, homashyosi, tayyorlanishi

o'rmak, kiftak, kulta, kasava. haqida ma'lumotlar berilgan._

TRADITIONAL CLOTHES OF THE PEOPLE OF SOUTH UZBEKISTAN

M.M. Nabiyev

master student,

Tashkent State University of Oriental Studies Email address: [email protected]

Key words: Uzbek people, material culture, Surkhan oasis, cloth weaving, khalaji, charkh, wool comb, urchuch, ormak, kiftak, kulta, cassava.

Abstract: In this article, information is given about the study of clothes, which are an integral part of the traditional material culture of the people of South Uzbekistan, their specific aspects, national characteristics, types, raw materials, and preparation.

ТРАДИЦИОННАЯ ОДЕЖДА НАРОДА ЮЖНОГО УЗБЕКИСТАНА

М.М. Набиев

Магистрант,

Ташкентского государственного университета востоковедения Адрес электронной почты: [email protected]

Ключевые слова: Аннотация: В данной статье даны сведения об

узбекский народ, изучении одежды, являющейся неотъемлемой частью

материальная культура, традиционной материальной культуры народов Южного

Сурханский оазис, суконное Узбекистана, ее специфических аспектах, национальных

ткачество, халаджи, чарх, особенностях, видах, сырье, способах изготовления. шерстяной гребень, урчуч, ормак, кифтак, культа,

маниок._

O'zbek xalqining an'anaviy kiyimlari moddiy madaniyatning bir qismini tashkil etib, o'zbek xalqining milliy xususiyatlari, urf odatlari hamda estetik didini namoyon etgan. O'zbek xalqining an'anaviy kiyimlari boshqa millat kiyimlaridan o'ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Boshqa xalq kiyimlari singari o'zbek xalq an'anaviy kiyimlari uzoq tarixiy jarayonlar davomida, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda urf-odat, marosim, an'analar ta'sirida davrlar o'tishi davomida o'ziga xos xususiyatda shakllanib, rivojlanib kelgan. Elshunos olim O.A.Suxareva ta'biri bilan aytganda: "Kiyimning yuzaga kelishi va turlarining ko'payishida kishilarning yashash tarzi, mehnati va iqlim sharoitidan tashqari ularning madaniy rivojlanishi, estetik didlarining o'sishi ham asosiy omillardandir"1. Kiyimning asosiy vazifasi badanni har qanday havf-xatar, issiq, sovuqdan himoya qilishdir. Shuningdek, insonlarni jismoniy va jinsiy ayirish hamda estetik bezak berish kabi vazifalarni bajargan. Kiyimlar davrlar o'tishi bilan, ijtimoiy siyosiy rivojlanish jarayonida o'ziga xos tarzda rivojlanib boradi. Bu esa etnograf olimlardan kiyimlar tarixini o'rganish va uni yoritishda ma'suliyat talab etadi. Chunki xalqlarning etnik tarkibini o'rganishda hamda ilmiy asoslanishda kiyimlarning davrlar o'tishiga qaramasdan o'z milliyligini saqlab qolganligi o'ziga xos o'ringa ega.

Xususan, XVI asr miniatura san'atida tasvirlangan O'rta Osiyo xalqlari kiyimlarida o'tgan asr oxiri (ya'ni XIX asr oxiri)gacha tojik va o'zbek kiyimlariga o'xshashligi bilan tavsiflanadi2

Yuqorida ta'kidlaganimizdek uzoq ijtimoiy-siyosiy, tarixiy davrlar o'tishi bilan kiyimlar o'zgargan bo'lsada biroq kiyimlardagi bichish va tikish uslublari o'ziga xos darajada o'zgarmagan. Yana shuni ta'kidlash joizki, kiyimlar tabiiy iqlim sharoitiga qarab turlicha bo'lgan. Masalan, tog'li hudud bilan cho'l mintaqalarida ayrim tomonlari farq qilgan. An'anaviy xalq kiyimlari asrlar osha takomillashib, shakllanib kelgan. Mato tayyorlash usullari O'zbekiston hududi, qolaversa Surxon vohasida asosan uy sharoitida tayyorlangan.

Vaho aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan ko'proq mashg'ul bo'lganligi uchun matolar paxta va jundan, ma'lum miqdorda esa pilladan tayyorlangan3. Denov markazi, Vaxshivor, Sangardak, Xonjiza, Sina, Sho'rchi, Qorliq kabi hududlarda teriga ishlov berib, bosh, ustki va oyoq kiyimlar hamda shu kabi boshqa kiyimlar ishlab chiqarish o'ziga xos tarzda rivojlangan. Markaziy Osiyo xususan, O'zbekistonda uy sharoitida mato to'qish va uning texnologiyasi haqida A.D.Grebenkin4, S.M. Mahkamova5, R.G. Muqminova6, O.A. Suxareva7, B.X.Karmisheva8, N.G.Borozna9, H.I. Ismoilov10, M.V. Sazonova 11, M.A.Bekjonova12, K.Sh.

1 Сухарева О.А. Бухара XIX - начала ХХ в. (Позднефеодалный город и его население). - М.: Наука, 1966. -С. 64

2 Турсунов С.Н. Сурхондарё этнографияси. -Тошкент., 2006 -Б. 24

3 Турсунов С.Н ва бошкалар Сурхондарё тарихи. Т., «Шарк» 2004. -Б. 37

4 Гребенкин А.Д. Узбеки // Русский Туркестан. Сборник, изданный по поводу политехнической выставки. -М., 1872;

5 Махкамова С.М. Узбекские абровые ткани. -Ташкент, 1963;

6 Мукминова Р.Г. Очерки по истории ремесла в Самарканде и Бухаре в XVI веке. -Ташкент, 1976;

7 Сухарева О.А. О ткацких ремеслах в Самарканде // История и этнография народов Средней Азии. -Душанбе, 1981. -С. 25-37; Сухарева О.А.Опыт анализа покроя традиционной «туникообразной» среднеазиатской одежды в плане их истории и эволюции // Костюмы народов Средней Азии. -М., 1979; Уша муаллиф. История среднеазиатского костюма Самарканда (вторая половина XIX - начало ХХ в.). -М., 1982;

8 Кармышева Б.Х. Узбеки локайцы южного Таджикистана // Труды АН ТаджССР. Т. XXVIII. Сталинабад, 1954; Уша муаллиф. Ткачество и прядение у народов южных районов Таджикистана и Узбекистана (ХХХ -начало ХХ в.) // Проблемы типологии и этнографии. -М., 1979;

9 Борозна Н.Г. Особенности комплексов ювелирных украшений населения некоторых районов Узбекистана // Итоги полевых работ института этнографии в 1970 г. -М., 1972; Уша муаллиф. Материальная культура узбеков Бабатага и долины Кофирнигана // Материальная культура народов Средней Азии и Казахстана. -М., 1966. -С. 91-120;

Shoniyozov13 kabi elshunos olimlar tomonidan ko'pgina ilmiy ishlar yaratilgan. Surxon vohasi aholisining qorluq, qatog'on, turk, qipchoq, mog'yoni, urguti va boshqa urug' aholisi paxtadan turli xildagi matolar to'qigan. Denov, Qorluq, Mirshodi, Batosh, Jindibuloq, Karsagan, Sariosiyo kabi hududlarda paxta yetishtirilgan. Shuningdek, paxtani Sherobod bozoriga Buxorodan kelgan savdo karvonlaridan sotib olganlar. XX asrning boshlarida Sariosiyo tumani sug'oriladigan yerlarning 8%ga, Denov tumani esa 13,3%ga paxta yetishtirilgan. Chorvachilik bilan shug'ullangan do'rmon, yuz, qo'ng'irot va shu kabi boshqa voha urug' aholisi ko'proq jundan mato to'qiganlar.14

Paxta va jundan mato to'qishda vohaning tog'li hududlari bo'lgan Poshxurd, Zarobog', Bobotepa, Xitoy , Novbog', Darband , Sayrob , Gilambob, Tallimoron, Muzrobot, Jobi, Qorliq, Vaxshivor, Sangardak, Sina, Xonjiza kabi qishloqlari hamda Denov, Yurchi, Qorluq, Mirshodi, Sariosiyoda ancha taraqqiy etgan. Chunki bu jarayon Surxon vohasining hamma hududida bir xil tartibda emas edi. Surxon vohasining Denov, Yurchi hamda Sariosiyo bozorlari tumanlar o'rtasida katta ahamiyatga ega bo'lib, dehqonlar va chorvadorlar iste'moldan ortiqcha bo'lgan bir qator mahsulotlari kabi paxta, jun hamda mol terilarini bozorlarda sotganlar.

Yuqorida ta'kidlab o'tilgan tog'li hudud aholisi paxtani asosan shu bozorlarda xarid qilganlar. Sariosiyo va Uzun tumanlari hududida joylashgan Debodom, Desurx, Xo'jaasmin, Chosh, Pastikalon, Por, Pushtivaraq, Xufar, Xur Vatan, Maland, Kishtut kabi tog' qishloq aholisi tog' orqali yo'l bilan Shaxrisabz va Samarqand bozorlaridan kiyim-kechak hamda boshqa mahsulotlarni harid qilganlar.

Hudud aholisi paxtani "xalaji15" yordamida chigitdan ajratganlar. Xalaji uy sharoitida faqat ayollar tomonidan ishlatilib, bir xaftada bir kishi xalaji yordamida ikki pud16ga yaqin paxtani chigitdan ajratgan. Chigitdan ajratilgan paxtadan 10 kg toza paxta va 21 kg chigit olingan. Qish mavsumida vohadagi ayrim xonadonlar bo'sh vaqtlarida paxtani qo'l bilan chigitdan ajratishgan. Tozalangan paxta gilam, xo'rjin, chakmon, qora uylar uchun arqon ayil17 kabi buyumlar uchun urchuqdan, mato to'qilish uchun esa charxdan foydalanishgan. Charx qadimdan ishlatilib kelingan bo'lib, Yaponiya hamda Hindistondagi charx shakllari bilan bir xil bo'lgan. Vohada jundan mato tayyorlashga ham katta e'tibor berilib, jundan foydalanishda, avval maxsus jun taroqda jun taralgan, so'ngra urchuq yordamida yigirilib ip xolatiga keltirilgan. Vohada jundan mato to'qishda "o'rmak"dan keng foydalanilgan. Jundan kigiz, gilam shuningdek, xurjin, qop, chakmon, cholvir(sholvar) hamda turli xildagi arqon iplar tayyorlangan18.

Mol terisidan ishlov berib, bosh va oyoq kiyim-choriq tikishgan. Bu nafaqat Surxon vohasi yoki Markaziy Osiyo hududida, chunonchi Kavkaz orti va boshqa hududlarda ham mavjud bo'lgan19.

10 Исмоилов Д. Анъанавий узбек кийимлари (XIX асрнинг охири - ХХ асрнинг бошлари). -Тошкент, 1979; Уша муаллиф. Традиционная одежда арабов Кашкадарьинской области // Костюм народов Средней Азии. -М., 1979. -С. 228-239;

11 Сазонова М.В. Украшение узбеков Хорезма // Традиционная культура народов Передней и Средней Азии. -Л., 1979. -С. 119-142;

12 Бикжанова М.А. Ювелирное искусство // Народное декоративное искусство советского Узбекистана. -М., 1955. -С.152-164; Уша муаллиф. Одежда узбечек Ташкента XIX - начала XX в. // Костюм народов Средней Азии. -М., 1979. -С. 133-151;

13 Шаниязов К. Узбеки-карлуки. -Ташкент, 1964; Уша муаллиф. К этнической истории узбекского народа. -Ташкент, 1974.

14 Tursunov S.N. va boshqalar. Surxondaryo etnografik makon. -Termiz, 2012. -B. 84

15 Yog'ochdan yasalgan paxtadan chiqgitni ajratuvchi moslama.

16 1 pud=16,380 kg

17 Ayil - ot, eshak, xachirning egar-jabdug'ini maqkam tutib turadigan tasma.

18 Dala tadqiqotlari, Boysun bahori, 7-8-may, 2022 yil.

19 Исмоилов Д. Анъанавий узбек кийимлари (XIX асрнинг охири - XX асрнинг бошлари). -Тошкент, 1979 -

Б. 36

An'anaviy kiyimlar har bir xalq moddiy madaniyatining ajralmas qismi sifatida mazkur xalqning kelib chiqishi, turmush tarzi, estetik didi hamda milliy xususiyatlarini to'laroq anglab olishga yordam beradi. Shuningdek, an'anaviy kiyimlar xalqning moddiy farovonligini aks ettiruvchi vositalardan biri sanaladi. Kiyimlar xalq tarixini chuqur o'rganishda qimmatli ma'lumotlardan biri bo'lib xizmat qiladi. Surxon vohasi aholisi o'z an'anaviy kiyimlarida o'zlariga xos mintaqaviy va etnik ko'rinishlarni saqab qolgan. Bu o'ziga xoslik an'anaviy kiyimlarning bichilishida, tikilishida, matolarning tanlanishida o'z aksini topgan. Masalan, tadqiqotlar jarayonida olingan ma'lumotlarga qaraganda bichikchilar matolarni qaychi bilan kesishmagan, balki qo'l bilan yirtib ayrim qiyiq joylarni pichoq bilan kesishgan. Kesishlar asosan bo'y, yeng va yon qiyiqlardan iborat bo'lib, aksariyat qo'lda tikilgan. Bichikchi va tikuvchilar u yoki bu kiyimlik matodan iloji boricha qiyqim chiqarmaslikka harakat qilishgan. Chunki qadimgi matolarning eni shuni taqozo etgan. Shu bilan birga qadimgi urf-odatlarga ko'ra kiyim bichishda yoki uning qiyqimlariga yomon ko'zli yoki "nazari bor" kishilarning nigohi tushsa o'sha kiyimni kiygan kishi kasallanadi, degan e'tiqodlar bo'lgan.20

Kiyim-kechaklar qishlik va yozlik qilib tikilgan. Yozlik kiyimlar asosan bir qavat, astarsiz va paxtasiz, qishlik kiyimlar esa aksincha astarli va paxtali bo'ladi. Kiyimlar uni kiyadigan kishilarning yoshiga, oila ham jamiyatda tutgan o'rniga qarab turli matodan har xil qilib tikilgan. Shuningdek, kiyim uchun tanlangan matoning rangi ham katta ahamiyat kasb etgan. Masalan, suvli qishloqlar aholisi (chig'atoylar, toqchilar asli turklar) ko'proq paxtadan, dasht qishloqlari aholisi (asosan yarim o'troq o'zbek urug'lari) jundan, shaharlar aholisi esa (asosan boyroq xonadonlar) shoyi va ipakdan tayyorlangan matolardan kiyim-bosh tayyorlashgan.

Keksa chevarlarning aytishlaricha, kiyimlar rangi to'y-tantanalarga, quvnoqlik (ko'prok qizil) va ta'ziya liboslari xafachilik(oq, qora, ko'k), ramzlari sifatida namoyon bo'lgan.

Kiyimlarning rangi asosan kishilarning jinsiga va yoshiga qarab tanlangan. Yoshlarni katta va ulug' keksa kishilar ko'proq oq, kulrang, yoshlar qizil va sariq rangdagi kiyimlarni kiyishgan. O'zbekistonning barcha xududlari kabi Boysun vohasida ham milliy o'zbek kiyimi deyarli shakllanib bo'lgan, hududidagi shahar va qishloqlar erkak aholisi deyarli bir nusxadagi ("bir kiyimlik") to'n, ko'ylak, chorik yaktak, ishton, do'ppi, salla, telpak, qovush-maxsi, etik chorik va turli xildagi yordamchi kiyimlar kiyishadigan bo'lishgan. Shuningdek yuqoridagilardan tashqari chorvador aholii ko'proq chakmon ( chakmonlarning bakoti, bosma, qoqma va boshqa turlari bo'lgan) kebanak, po'stin kabi ustki kiyimlar kiyishgan21.

O'rganilayotgan xudud xotin-qizlari ham o'sha davr ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga moslashgan holda kiyinganlar. Lekin xotin-qizlar kiyimlari ham yoshlariga qarab bichilishi, tikilishi, rangi mato turiga qarab farqlangan. Erkaklar kiyimlari ko'proq bo'z, qalami, olacha (bu matolarni mahalliy kosiblar to'qishgan) yo'l-yo'l tik, beqasam (bu matolarni bozorlarga boshqa xududlardan kelgan savdogarlardan sotib olishgan) kabi matolardan tikilsa, xotin-qizlar kiyimlari ko'proq shoyi, zarbof, adras, chit satin kabi matolardan tayyorlangan. Xotin-qizlar kiyimlaridan eng asosiysi ko'ylak-ishton hisoblangan.

Xotin-qizlar ko'ylagi uch tipga bo'lingan. Masalan, qizlik davrida kiygan yoqasi ochiqroq ko'ylak "kiftak", kelinlik payti kiygan ko'ylakni "bog'ichi" ko'ylak deb yuritganlar. An'anaga ko'ra qizlar turmushga chiqqanlarida nikoh kunlari va to'ydan so'ng uchinchi kuni qizlik ko'ylaklarini xotinlik ko'ylaklariga almashtirgan. Mazkur ko'ylak kelinning endilikda xotinlar qatoriga o'tganligini bildiradi. Xotin-qizlarning eng muhim an'anaviy kiyimlaridan yana biri ularning lozim (ishton) lari sanalgan. Xotin-qizlar lozimi ikki yoki uch xil matodan tikilgan. Buning sababi quyidagicha: hamma xotin-qizlar ham kiyim kechak sotib olish uchun qurbi yetavermagan. Shuning uchun lozimning ko'zga tashlanadigan qismi, ya'ni poychalari, yangi matodan ko'zga ko'rinmaydigan qismi lippasiga eski matodan g'ishtdagi rangli matodan tikilgan. Odatda yosh qiz-juvonlarga tikiladigan lozimlar uchun ochiq rangli matolardan katta yoshdagi ayollarga hamda qariyalarga esa oddiyroq rangli matolardan foydalanilgan.

20 Dala tadqiqotlari, Boysun bahori, 7-8-may, 2022 yil.

21 Dala tadqiqotlari, Boysun bahori, 7-may, 2022 yil.

Kundalik kiyiladigan ko'ylak va lozimlar ko'prok mahalliy, oddiy matolardan, to'y-tantanalarda kiyiladiganlari esa iloji boricha shoyi atlas kabi ipakli qimmatbaxo matolardan tikilgan. Lozimlarning tepa qismi ishtonbog' bilan bog'langan bo'lib, poychalariga jiyaklar qadalgan, jiyak kovush ustiga tushib turgan22

Xudud xotin-qizlari kiyim kechaklaridagi o'ziga xoslik ayniqsa ularning bosh kiyimlarida yaqqol ko'zga tashlangan. Bosh kiyim deganda eng avvalo do'ppi, ko'zda tutiladi, albatta. Ammo xotin-qizlarning hammasi ham do'ppi kiyavermaydi. Do'ppini asosan turmushga chiqmagan yosh qizlar, ayrim hollardagina yosh kelin va yosh xotinlar kiyishgan. Bu xududda asosan aylana, cheka popugi to'q qizil boysuniy to'rtburchak iroqi do'ppilar kiyish udum bo'lgan.

O'rta va katta yoshdagi ayollar "kulta" deb ataladigan bosh kiyimi kiyishgan. Kultaning bosh qismi aylana, boshga kiyiladigan joyi dumaloq, orqasiga tushib turadigan soch qolipi bo'lgan. Ayrim joylarda uni "kiygich" ham deb atashgan.

Kiygichni ko'proq dasht chorvador qishloqlar ayollari kiyishgan bo'lsa, suvli o'troq qishloqlar ayollari "kasava" kiyishgan, u paxta yoki jun qotishmasi hamda bir necha xil matodan chambarak shaklida tayyorlangan va o'rta qismi ochiq qoldirilgan. Xudud xotin- qizlarining o'ziga xos bosh kiyimlaridan yana biri "bosh" yoki "salla" deb ataladi. Bu bosh kiyimni asosan farzand ko'rgan qo'ng'irot ayollari (yarim o'troq o'zbek urug'i) kiyishgan. Ayollar boshlariga avval yarim do'ppi shaklidagi kiygichni kiyib uning ustidan besh-etti metrlik salla o'rashgan. Bu bosh kiyimning xuddi shu qismi bosh deb atalib, uning ustidan yettitadan, to'qqiztaga, to'qqiztadan o'n bittagacha (goho o'n yettigacha) turli rangdagi va nomdagi matolardan tayyorlangan uch burchakli yoki to'rt burchakli qiyiqlar rangi aniq ko'rinadigan qilib o'ralgan. Shuning uchun ham mazkur bosh kiyim salla deb yuritilgan. Bu bosh kiyim Chambarshox deb atalgan. U ko'proq boy xotinlarga mansub bo'lgan. Bosh yoki sallaning orasi, ustki qismi ochiq qoldirilgan, unga nina, ip, kalit, pul, ro'molcha, gugurt, qurut va xokazolar solingan.

Mazkur bosh kiyim ustidan uchburchak qilib katta ro'mol olingan. Bosh salla ba'zan "takiya" deb atalmish bu bosh kiyimlarning yana bir o'ziga xosligi shundaki, ular oilalarning iqtisodiy ahvolini ham aks ettirgan. Shu boisdan bosh kiyimlar "Boybosh" va "Kambag'albosh" deb ajratib kelingan. Boyboshga nihoyatda katta va xilma xil ro'mollar o'ralgan. Kambag'alboshga o'ralgan ro'mollar esa juda oddiy va kamsonli bo'lgan. Bosh kiyimlar ustidan yopinib yuriladigan yopinchiqlar bo'lgan. Surxon vohasi hududida xotin-qizlar shariatga ko'ra doimo boshlariga biror narsa: jelak, jegda tashlab yurishgan. Shunisi qiziqki, bu xududda paranji yopinish taomili uchramaydi, lekin qo'ng'irot xotin-qizlarida boshga yopinib yuriladigan, aksariyat qizil yoki to'q-qizil duxobadan tikilgan paranji nusxa yopinchiq ko'rtaqur va ko'rtaquroq deb nomlangan. U qizlarga kelin bo'lganlarida yopintirilib, umrining oxirigacha saqlangan.

Uzoq dasht qishloqlarida yashovchi chorvadorlarning ayollari ko'p hollarda yopinchiqsiz, yuzi ochiq yurgan. Qizlar bilan turmushga chiqqan yosh kelinlarning soch o'rishlari va tutishlarida katta farq bo'lgan. Qizlar sochlarini bir, ikki, to'rt, olti, sakkiz, o'n ikki, qirq va undan ham ko'p mayda qilib o'rib yurishgan. Kelinlar esa sochini ikkita qilib o'rib, faqatgina to'g'ri ochib bosh kiyim ostiga yashirib yurgan23.

Xulosa qilib aytganda, Surxon vohasi aholisining an'anaviy kiyim-kechaklari o'zining xilma-xilligi bilan boshqa hududlardan farq qiladi. Bundan tashqari, vohaning o'zida ham turli geografik shart-sharoitlardan kelib chiqib, tog'li hududlar va tekisliklarda yashovchilar kiyim-kechaklari, shuningdek, shug'ullanadigan xo'jalik mashg'ulotiga qarab ham kiyim-kechaklar va ularga ishlatiladigan xom ashyolar farq qiladi. Bu holat o'z navbatida, o'zbeklarning moddiy madaniy me'rosini juda boyitadi. Ular haqida ma'lumotlar yig'ilar ekan moddiy madaniyatning belgisi bo'lgan kiyim-kechaklar xalqlarning dunyoqarashi, jamiyatdagi mavqeyini, oila-nikoh

22 Tursunov S.N. va boshqalar. Surxondaryo etnografik makon. -Termiz, 2012. -B. 86

23 O'sha joyda. -B. 87

munosabatlarini o'zida aks ettiradi deb aytish mumkin. Yuqorida keltirilganlarga qarab kiyim-kechaklarni xalqlar madaniyati ko'zgusi desak ham mubolag'a qilmagan bo'lamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.