SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
MILLIY LIBOSLARDA KO'YLAK VA UNING TURLARI HAQIDA
MA'LUMOT
Isaqova Gulmira Ilhomidinovna
Andijon viloyati, Buloqboshi tumani 9 - umumiy o'rta ta'lim maktabining Texnologiya fani o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada milliy liboslarda ko 'ylak va uning turlari haqida ma 'lumotlar, shuningdek kiyimlar va ularning kelib chiqishi haqida batafsil ma 'lumot beriladi.
Kalit so'zlar: kiyim, ishlab chiqarish, tur, milliy liboslar, kashta, yengil sanoat.
ABSTRACT
This article provides information about the dress and its types in national costumes, as well as detailed information about clothes and their origin.
Key words: clothing, production, type, national costumes, embroidery, light industry.
KIRISH
Kiyim-kechaklar inson hayotining ajralmas bo'lagidir. Biroq uning turlari va kelib chiqishi haqida hamma ham yetarlicha ma'lumotga ega emas. Shu sababli mazkur maqola orqali bular haqida qisqacha ma'lumot berib o'tmoqchimiz. Kiyim, kiyim-kechak deb badanni yopib turuvchi har qanday mato parchasiga aytiladi. Kiyimlar tikiladi, to'qiladi, yoki boshqa usullar bilan tayyorlanadi. Kiyim kiyishdan maqsad, avvalo, tanani atrof-muhit ta'siri: issiq-sovuq, shamol, chang-to'zon, quyosh nurlari, yog'in va hokazodan asrashdir. Bundan tashqari kiyim ijtimoiy sabablarga ko'ra ham kiyiladi. Xuddi shu ijtimoiy va psixologik sabablarga ko'ra kiyim-kechak ko'rimli, chiroyli qilib tayyorlanadi (masalan, boshqa odamlarni jalb qilish, ularga yoqish uchun).
Kiyim inson tanasini tashqi muhit (iqlim, ob-havo o'zgarishlari, quyosh nuri va boshqalar) ta'siri va turli mexanik ta'sirlardan asraydigan vositalar to'plami; estetik vazifani bajaradi hamda jins, yosh, milliylik va boshqa xususiyatlarni o'zida aks ettiradi. Keng ma'noda "Kiyim" tushunchasi bosh kiyimlar, oyoq kiyimlar (poyabzal), qo'lqop va boshqalarni ham o'z ichiga oladi. Kiyim turiga ko'ra ichki kiyim, ustki kiyim, bosh kiyimlar, oyoq kiyimlar (poyabzal); vazifasiga ko 'ra kundalik, uyda, dam olish paytida, bayram va to'y marosimlarida kiyiladigan (kishilik) kiyimlar, ish kiyim (jomakor), sport kiyim, rasmiy kiyimlar, maxsus kiyimlarga bo'linadi; ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlariga ajratiladi [1].
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1), Jan., 2023
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yengil sanoat, xususan, to'qimachilik sanoatining jadal rivojlanishi kishilar didining tinimsiz o'sib borishi, xalqlar orasidagi aloqalarning kuchayishi kiyim modasining tez-tez o'zgarib turishiga olib keladi; hayot ham shuni taqozo qiladi. Ayniqsa, ayollar kiyimlari modasi tez-tez o'zgarib turadi. Hozir kiyim inson tanasini tashqi ta'sirlardan asraydigan vosita bo'lish bilan birga o'ziga va atrofdagilarga estetik zavq bag'ishlaydigan badiiy san'at asariga ham aylanib bormoqda.
Kiyim tikishda turli-tuman bezak materiallardan, kashtalardan foydalaniladi. Kiyim inson yaratgan turar joy kabi eng qadimgi ixtirolardan so 'nggi paleolit davridayoq mavjud bo'lgan.
Kiyim geografik muhit, xo'jalik shakli, ijtimoiy munosabatlar, madaniyat, etnik qatlamlar va boshqalarga bog'liq holda taraqqiy etgan.
Paleolit davri yodgorliklari orasida terini ishlaydigan tosh va tikadigan suyak ignalar topilgan.
Kiyim uchun matodan tashqari barglar, o'tlar, daraxt po'stloqlari ham xom ashyo vazifasini o'tagan.
Estetik xususiyatlarga ega dastlabki kiyim Qadimgi Misr kiyimlaridir. Qadimgi Misrda erkaklar (bellariga mato yoki teri bog'lagan) va ayollar (bog'chli to'g'ri ko'ylak) kiyimlarida burma (drapirovka)lar qo'llanilgan; keyinroq nozik mato ishlab chiqarishga erishilgach, plissirovka keng tarqalgan. Turli rangdagi nozik matodan tayyorlanib kashtalar bilan bezatilgan kiyimlarni, odatda, hukmron tabaqa vakillari kiygan, qullar dag'al mato yoki teridan tayyorlangan kiyim kiygan. Qadimgi ossuriyaliklarda uzun ko'ylak va hoshiya bezakli yopinchiq rasm bo'lgan. Yunonlar xiton (yengsiz ko'ylak), tunika (kalta yengli ko'ylak), gimatiy (yopinchiq) kiyishgan, bu kiyimlar inson qiyofasiga ulug'vor soddalik baxsh etgan, inson tanasining egiluvchanligini ko'rsatgan (ular, asosan, oq jun va kanop matolardan tayyorlangan), to'g'nog'ich, belbog' va boshqalar bilan boyitilgan. Oyoq kiyim vazifasini boldirni o'rab turadigan tasmali shippaklar bajargan [3].
Qadimgi Rim kiyimi ham yunonlarniki kabi burmali bo'lgan. XIV-XVI asrlarda G'arbiy Yevropada chizmachilik ilmining taraqqiyoti hozirga qadar mavjud bo'lgan andazalarning barcha turlarini yaratilishini ta'minladi, matolarning nafisligi, iplarining joylashishi bichishni mukammallashtirdi. Bu yutuqlar kiyimni aniq loyihalash va qomatga mos nafis kiyimning paydo bo'lishida muhim ahamiyatga ega
bo'ldi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Shunday qilib, o'zbek milliy ko'ylaklarni ko'rib chiqanimizda, u o'zining sipoligi, ko'rkamligi qulayligi va hammabopligi bilan ajralib turadi. Milliy ko'ylaklar zamonaviy modaga muvofiq tarzda rivojlanib bormoqda. Etagi yaxlit, yuqori qismi koketkali ko'ylak milliylik ramzi bo'lgani uchungina emas, balki, asosan iqlim xususiyatlariga, tevarak-atrofdagi tabiatga va turmush tarziga to'g'ri keladigan ratsional shakllar, bichimlar bir necha asrlardan beri saralanib kelgani uchun saqlanib qoldi.
1-rasm. Milliy liboslarda ko'ylak va uning turlari
Ayollar ko'ylagidagi yorqin ranglar mutanosibligi o'lkamiz tabiatiga monand tushgan bo'lib, shaklining erkinligi va bemalol tushib turishi jazirama quruq iqlim sharoitiga mos keladi, chunki bunda kiyim tagi qatlamida havoning tabiiy ventilyatsiyasi mavjud bo'ladi. Shu bilan birga o'zbekcha milliy ko'ylaklarning badanga bevosita tegib turadigan qismi -koketkaning astari (toqisi) odatda ip gazlamalardan tikiladi, bu esa ko'ylakni sun'iy gazlamalardan ham tikish imkoniyatini beradi.
Koketkalarning uzunligi va shakli (oval, to'g'ri to'rtburchak, burchakli, murakkab), ko'ylak uzunligi va shakli (to'g'ri to'rtburchak va trapetsiyasimon), shakl hosil qilish usullari (burmalar, taxlamalar, plisse, gofre, qiya bichiq, klyosh, qiyiq bo'laklar), yeng uzunligi, shakli va bichimi (o'tqazma, reglan, yaxlit bichilgan) o'zgarib bormoqda. Yoqa turlari (inglizcha klassik, sholsimon, tik, qaytarma, yaxlit bichilgan va hokazo) va yoqa o'mizining shakllari nihoyatda ko'p xilma-xil [2].
Ko'ylakning bo'yi, ya'ni koketkadan pastki qismi to'g'ri enlardan tikilishi
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
sababli gazlamaning gullari ko'ylakda butunligicha saqlanadi va ko'ylak chiroyli chiqadi. Ko'krak burmali to'g'ri ko'ylak to'la xotin-qizlarga ham, ozg'in va nozik gavdali xotin-qizlarga ham yarashadi. Ishlatiladigan dekorativ bezak turlari ham turli-tuman: kashta, qo'yma burma, kant va boshqalar (2-rasm).
Xonatlasdan tikilgan liboslarning ustida o'tkazilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha, undagi rapportning kattaligi, rasmlarning aniq-ravshanligi va qat'iyligi bu kiyimni ko'p bo'laklardan tikishga imkon bermaydi, uning shakli aniq, to'g'ri to'rtburchakka yaqin bo'lishi kerak.
2-rasm. Zamonaviy o'zbekcha ko'ylak modellari.
Milliy ko'ylaklarda kashta, qo'yma burma, kant, mag'iz, biser va boshqa ko'pgina bezak turlaridan foydalaniladi. Ishlatiladigan materiallari turi, naqshlar yechimi moda yo'nalishiga bog'liq bo'ladi, lekin an'anaviy xonatlas har doim bir xilda keng ishlatiladi. Хonatlas ko'ylaklarni bichishda uning rasmi to'g'ri tushishiga e'tibor berilishi kerak.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Hozirgi paytda ayollarning milliy o'zbekcha ko'ylagida ma'lum o'zgarishlar bo'lmoqda. Ko'ylak gavda qismining silueti, hajmi va uzunligi qisqarmoqda. Koketka, yoqa, yenglarning katta-kichikligi va shakliga ko'pgina omillar, shu jumladan, moda ta'sir etmoqda. Hozirgi o'zbekcha ko'ylakda turli bezaklar, qo'yma burmalar, aylana burmalar, plisse va h.k. ishlatiladi (3-rasm).
3-rasm. Hozirgi o'zbekcha ko'ylaklar turlari
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, kundalik hayotimizda ishlatiladigan har bir narsa-buyumning, jumladan, kiyimlarning ham o'z yaratilish texnologiyasi bor. Shunday ekan, bu haqida bilib qo'yish foydadan holi bo'lmaydi.
REFERENCES
1. Otamurodov Otaxon Berdiyevich (2022). Kiyim turlari va ularning kelib chiqishi haqida. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1 (13), 164-166.
2. Bichish tikish asoslari S.M.Rahimova, M.M.Karimova Toshkent "DAVR PRES" 2008.
3. Kasbiy fanlar metodikasi. Ma'naviy-marifiy, ilmiy nashr. 2018-yil aprel 4-son.