Научная статья на тему 'KIYIM TURLARI VA ULARNING KELIB CHIQISHI HAQIDA'

KIYIM TURLARI VA ULARNING KELIB CHIQISHI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6091
251
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kiyim / bosh kiyim / to‘qimachilik / bichish / tikish / ishlab chiqarish / tur / sabab / kashta / munchoq / yengil sanoat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Otamurodov Otaxon Berdiyevich

Mazkur maqolada kiyimlar, ularning turlari va kelib chiqishi haqida batafsil ma’lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KIYIM TURLARI VA ULARNING KELIB CHIQISHI HAQIDA»

KIYIM TURLARI VA ULARNING KELIB CHIQISHI HAQIDA

Otamurodov Otaxon Berdiyevich

Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi 13-son maktabning texnologiya fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7397949

Annatatsiya: Mazkur maqolada kiyimlar, ularning turlari va kelib chiqishi haqida batafsil ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: kiyim, bosh kiyim, to'qimachilik, bichish, tikish, ishlab chiqarish, tur, sabab, kashta, munchoq, yengil sanoat.

Kiyim-kechaklar inson hayotining ajralmas bo'lagidir. Biroq uning turlari va kelib chiqishi haqida hamma ham yetarlicha ma'lumotga ega emas. Shu sababli mazkur maqola orqali bular haqida qisqacha ma'lumot berib o'tmoqchimiz. Kiyim, kiyim-kechak deb badanni yopib turuvchi har qanday mato parchasiga aytiladi. Kiyimlar tikiladi, to'qiladi, yoki boshqa usullar bilan tayyorlanadi. Kiyim kiyishdan maqsad, avvalo, tanani atrof-muhit ta'siri: issiq-sovuq, shamol, chang-to'zon, quyosh nurlari, yog'in va hokazodan asrashdir. Bundan tashqari kiyim ijtimoiy sabablarga ko'ra ham kiyiladi. Xuddi shu ijtimoiy va psixologik sabablarga ko'ra kiyim-kechak ko'rimli, chiroyli qilib tayyorlanadi (masalan, boshqa odamlarni jalb qilish, ularga yoqish uchun).

Kiyim inson tanasini tashqi muhit (iqlim, ob-havo o'zgarishlari, quyosh nuri va boshqalar) ta'siri va turli mexanik ta'sirlardan asraydigan vositalar to'plami; estetik vazifani bajaradi hamda jins, yosh, milliylik va boshqa xususiyatlarni o'zida aks ettiradi. Keng ma'noda "Kiyim" tushunchasi bosh kiyimlar, oyoq kiyimlar (poyabzal), qo'lqop va boshqalarni ham o'z ichiga oladi. Kiyim turiga ko'ra ichki kiyim, ustki kiyim, bosh kiyimlar, oyoq kiyimlar (poyabzal); vazifasiga ko'ra kundalik, uyda, dam olish paytida, bayram va to'y marosimlarida kiyiladigan (kishilik) kiyimlar, ish kiyim (jomakor), sport kiyim, rasmiy kiyimlar, maxsus kiyimlarga bo'linadi; ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlariga ajratiladi.

Kundalik kiyim, odatda, xalqning madaniyati, kishining didiga mos bo'lib, turli modada, turli xil matolardan tikiladi; unda kasb, etnik va ijtimoiy guruhga mansublik o'z ifodasini topadi. Dam olish paytida kiyiladigan kiyim yumshoq va mayin matodan, erkin harakat uchun qulay qilib tikiladi. Bayram, marosim (kishilik) kiyimlari milliy uslubda, qimmatbaho matolardan tayyorlanadi, turli bezaklar (kashta, munchoq va boshqalar.) bilan boyitiladi. Ish kiyimi (jomakor) oddiy matolardan mehnat jarayoniga mos qilib tikiladi

Kiyim ixcham, iqlim va faslga, jins, yoshga moslashtirilgan, eng muhimi qulay bo'lishi, kishiga yarashib turishi lozim. Kiyimni bichish va tikish katta san'at. Kiyim tikish uchun oldin tabiiy (paxta, jun, jut, ipak) yoki sun'iy (sintetik) matolardan tanlanadi, tikuvchilar uyda, atelyelar va fabrikalarda kiyim tikishadi. Buning uchun avval matoni bichib olish kerak. Bu ishni bichiqchi bajaradi. Unga modelyer rassom kiyim rasmi (modeli)ni chizib beradi. Xullas, kiyim bitib magazinga tushguncha bir necha kishi mehnat qiladi.

Yengil sanoat, xususan, to'qimachilik sanoatining jadal rivojlanishi kishilar didining tinimsiz o'sib borishi, xalqlar orasidagi aloqalarning kuchayishi kiyim modasining tez-tez o'zgarib turishiga olib keladi; hayot ham shuni taqozo qiladi. Ayniqsa, ayollar kiyimlari modasi tez-tez o'zgarib turadi. Hozir kiyim inson tanasini tashqi ta'sirlardan asraydigan vosita bo'lish bilan birga o'ziga va atrofdagilarga estetik zavq bag'ishlaydigan badiiy san'at asariga ham aylanib bormoqda.

Kiyim tikishda turli-tuman bezak materiallardan, kashtalardan foydalaniladi. Kiyim inson yaratgan turar joy kabi eng qadimgi ixtirolardan so'nggi paleolit davridayoq mavjud bo'lgan.

Kiyim geografik muhit, xo'jalik shakli, ijtimoiy munosabatlar, madaniyat, etnik qatlamlar va boshqalarga bog'liq holda taraqqiy etgan.

Paleolit davri yodgorliklari orasida terini ishlaydigan tosh va tikadigan suyak ignalar topilgan.

Kiyim uchun matodan tashqari barglar, o'tlar, daraxt po'stloqlari ham xom ashyo vazifasini o'tagan.

Estetik xususiyatlarga ega dastlabki kiyim Qadimgi Misr kiyimlaridir. Qadimgi Misrda erkaklar (bellariga mato yoki teri bog'lagan) va ayollar (bog'chli to'g'ri ko'ylak) kiyimlarida burma (drapirovka)lar qo'llanilgan; keyinroq nozik mato ishlab chiqarishga erishilgach, plissirovka keng tarqalgan. Turli rangdagi nozik matodan tayyorlanib kashtalar bilan bezatilgan kiyimlarni, odatda, hukmron tabaqa vakillari kiygan, qullar dag'al mato yoki teridan tayyorlangan kiyim kiygan. Qadimgi ossuriyaliklarda uzun ko'ylak va hoshiya bezakli yopinchiq rasm bo'lgan. Yunonlar xiton (yengsiz ko'ylak), tunika (kalta yengli ko'ylak), gimatiy (yopinchiq) kiyishgan, bu kiyimlar inson qiyofasiga ulug'vor soddalik baxsh etgan, inson tanasining egiluvchanligini ko'rsatgan (ular, asosan, oq jun va kanop matolardan tayyorlangan), to'g'nog'ich, belbog' va boshqalar bilan boyitilgan. Oyoq kiyim vazifasini boldirni o'rab turadigan tasmali shippaklar bajargan.

Qadimgi Rim kiyimi ham yunonlarniki kabi burmali bo'lgan. XIV-XVI asrlarda G'arbiy Yevropada chizmachilik ilmining taraqqiyoti hozirga qadar mavjud bo'lgan andazalarning barcha turlarini yaratilishini ta'minladi, matolarning nafisligi, iplarining joylashishi bichishni mukammallashtirdi. Bu yutuqlar kiyimni

aniq loyihalash va qomatga mos nafis kiyimning paydo bo'lishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, kundalik hayotimizda ishlatiladigan har bir narsa-buyumning, jumladan, kiyimlarning ham o'z yaratilish texnologiyasi bor. Shunday ekan, bu haqida bilib qo'yish foydadan holi bo'lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sodiqova N. L. O'zbek kiyimlari. T.,2002.

2. Abdullayev T. A. , Xasanova S. A., Odejda uzbekov. T., 1978.

3. www.ziyo.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.