SURXON VOHASINING QADIMIY GAZARAK QISHLOG'I ZIYORATGOHLARI VA ULAR BILAN BOG'LIQ E'TIQODIY
QARASHLAR XUSUSIDA
BOBOMURODOV Foziljon Komiljon o'g'li,
Termiz Davlat Universitetining Magistratura bo'limi, Etnografiya, Etnologiya va Antropologiya yo 'nalishi
II-bosqich magistranti.
Tel:+998993799164
foziljon2020y@,gmail. com
ANNOTATSIYA
Maqolada Shimoliy Surxon vohasidagi , xususan Sariosiyo tumani Gazarak qishlog'idagi ziyoratgohlar va ular bilan bog'liq e 'tiqodiy qarashlar, hamda qishloq tarixiga bevosita aloqador bo 'lgan boshqa ma 'lumotlar ham keltiriladi.
Kalit so 'zlar: Sariosiyo tumani, Gazarak qishlog 'i, Shohusan eshon, Shofozil eshon, ziyorat, G'oyib bo'lgan azizlar, Chilon azizlar, Begijonni shahidi, Sulton Parranda, tuyatosh, sallatosh, Qal'a tepa, Kuloltepa, Murodtepa, Hoshtepa, Hisortepa.
The article presents the shrines and beliefs related to them in the village of Sariosia in the Northern Surkhan oasis, Gazarak district, as well as other information directly related to the history of the village.
Key words: Sariasia district, Gazarak village, Shohusan Eshon, Shofozil Eshon, pilgrimage, G'oyib bo'lgan azizlar, Chilon azizlar, Begijonni shahidi, Sultan Parranda, tuyatash, sallatash, Kala tepa, Kuloltepa, Muradtepa , Hoshtepa, Hisartepa.
Jannatmakon yurtimizning har bir go'shasiga qadam bosgan kishi uning go'zalligi-yu tarovatidan o'zgacha surur va hayrat hissini tuyadi. Shu bilan birga bu go'shalrning sof havosi va beqiyos manzaralari har qanday insonga ma'naviy xordiq baxsh etadi.
O'zbekistonning janubiy gavhari hisoblangan Surxon vohasida bu kabi manzil-makonlarni talaygina uchratish mumkin. Ularning har birida qanchadan - qancha moddiy va nomoddiy madaniyatlarni, gavjum ziyoratgohlarga aylangan avliyolarning qadamjoylari-yu qabrlarini, hamda, asrlar davomida ko'hna tarixdan guvohlik berib turuvchi qal'a yoki saroy qoldiqlarini topish mumkin.
ABSTRACT
KIRISH
147
www.birunijournal .uz
Biz so'z yurutmoqchi bo'lgan ziyoratgohlar joylashgan Gazarak qishlog'i ham ana shunday sir-sinoatlarga boy manzillardandir. Sariosiyo tumanidagi qishloqlardan bo'lgan Gazarak juda qadimiy manzillardan biri bo'lib, u haqida ko'plab rivoyatlar va afsonalar og'zaki tarix sifatida bugungi kungacha saqlanib qolgan. Bundan tashqari Ne'matulla Xoksorov (1947 - 2024-yil 14-fevral) o'z qo'li bilan yozgan o'nga yaqin kitoblarida bu qishloq tarixi, tarixiy geografiyasi, qadimiy joylari va aholisining etnik tarixiga oid ko'plab ma'lumotlarni topish mumkin.
Gazarak nomining kelib chiqishi haqida turli manbalarda turlicha ma'nolarda keltirilgan:
- gaza tog' qirrasi, Gazarak esa "gaza-rah" - tog' qirrasidan o'tadigan yo'l bo'lishi mumkin1.
-GAZARAK Sariosiyo t. qishloq. 0'zbek xalqi tarkibidagi hazora (hazara/gazara) urug'i vakillarining qishlog'i. Hazorak (-k mavjudlik, kichiklik qo'shimchasi) kichik Hazora qishlog'i2.
-«Joy nomlari» kitobida yozilishicha, gazarak so'zi "guzar", ya'ni "O'tish joyi" ma'nosidan kelib chiqqan bo'lib, "karvon to'xtab o'tadigan joy", ya'ni manzil ma'nosini bildirar ekan. Keksalarimizning rivoyat qilishlariga qaraganda, to Oktyabr' to'ntarishigacha Afg'oniston, Baljuvon va Hisor orqali Samarqandga qat-novchi karvonlar Gazarak qishlog'ida to'xtab o'tar ekan3.
Mashhur rus etnografi B.X.Karmisheva o'z tadqiqotlarida davomida bu qishloqni o'rgangan va quyidagi ma'lumootlarni yozib qoldirgan: Hisor tizmasining janubiy etaklaridagi adirlar orasida, kichik tog' soyi bo'yida joylashgan va uzumzorlari bilan mashhur bo'lgan G'azarak qishlog'i. Bu yerda o'zbekzabon chag'atoylar yashagan. Ilgari 400 ta xonadon bor edi. G'azarak besh kvartalga bo'lingan: Kal'aguzar, Yuqori guzar, O'rtaguzar, Yangiqishloq va Qalliqguzar. Uning aholisining asosiy qismi o'zlarini chig'atoylar, bundan 400 yil avval to'qaylar orasida qo'nim topgan qirqta jasur o'g'rining (qirq gazar) avlodlari deb hisoblardi4.
Gazarak qishlog'ida "G'oyib bo'lgan azizlar" , "Chilon azizlar" , "Begijonning shayiti" kabi bir qancha ziyoratgohlarmavjud bo'lib, ular turli davrlarga oid hisoblanadi5. Bundan tashqari Gazarak zamini o'tmishda yashab o'tgan sohibkaromat
1 Suyun Qorayev. O'zbekiston viloyatlari toponimlari.-T: O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat nashriyoti, 2005.-B.127.
2 To'ra Nafasov, Vazira Nafasova. O'zbek tili toponimlarining izohli lug'ati.- T: Yangi asr avlodi, 2007.-B.23.
3 Ne'matulla Xoksorov. Gazaragim-gavharim.-T:Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashiryoti,
4 Кармышева Б.Х. Очерки этнической истории южных районов Таджикистана и Узбекистана. - Москва: НАУКА, 1976.-С.126.
5 Dala tadqiqoti yozuvlari. Sariosiyo tumani Gazarak qishlog'i, 21.06. 2024 yil
2008.-B.5.
148
www.birunijournal .uz
avliyolari, Shayx Said Amir Hamadoniy avlodlaridan bo'lgan aka-uka Shohusan va Shofozil eshonlar bilan ham Hisor vodiysida mahhur bo'lgan.
Aytishlaricha, Shohusan To'ra tug'ilgan kuni g'oyibdan bir beshik paydo bo'ladi. U kishi mana shu muqaddas beshikda ulg'aygan ekan.
Keksalarimizning guvohlik berishicha, Shohusan to'ra kecha qorong'usida ko'chadan ketayotgan bo'lsa, oldidan ikki saf, orqasidan ikki saf farishtalar qo'riqlab yurar ekan. Bu kishi ana shunday yaratganning nazari tushgan kishi bo'lgan.
Bir kuni o'n ikki nafar qishloq yigitlari tanasiga quloch yetmas katta bir terakni kesib, bog'dan qishloqqa olib kelmoqchi bo'ladilar. Uzunligi o'n qadamdan ortiq ho'l yog'ochni olti joyidan shatak bog'lab yarim yo'lgacha olib kelishadi. Dam olib o'tirishganlarida, Shohusan to'ra kelib qoladi.
- Hormanglar, bolalarim, og'ir yog'och qurg'ur sizlarni ancha qiynab qo'yibdi -ku. Yigitlik paytim bo'lganida sizlarga yordam bergan bo'lardim, — deydi tabbasum bilan.
-Eshonbobojon, undan ko'ra karomatingizni bir ko'rsating. Bu yog'ochni qiynalmay qishloqqa olib boraylik, — deydi yigitlardan biri hazillashib. Eshonbobo ichida bir kalimani o'qib, yog'ochga dam soladi-da, qo'lidagi hassa bilan uning ikki uchi va o'rtasiga sekin-sekin uradi. Ikki baquvvat yigitga qarab:- Qani, polvonlar, yog'ochning ikki tomonidan ko'taringlarchi, kuchlaring yetarmikan, — deydi. Ikki yigit hayron bo'lganlaricha ishonar-ishonmas o'n ikki kishi bazo'r ko'tarib kelayotgan yog'ochni dast ko'tarib yelkalariga oladilarda, hech qiynalmay qishloqqa ravona bo'ladilar. Bu mo'jizani ko'rgan boshqa yigitlar hayron-u lol bo'lib qolishadi.
Shohusan to'raning ajoyib xislatlaridan yana biri shu edik, ba'zi kunlari bomdod nomozidan keyin xizmatkor va shogirdlarini to'plab: hammalaringiz hovli-haramlarni tartibga keltirib, Supurib-sidiringlar. Hovuz bo'yidagi supalar ustiga suvlarni qalin sepib, joy hozirlanglar. Bugun ziyoratimizga uzoqdan mehmonlar kelyapti. Qo'shni qassobni ham aytib qo'yinglar, uzoqqa ketib qolmasin. Mehmonlar keltirayotgan jallig'lar (qo'y-echkilar)ni so'yib, ularning hurmatlarini joyiga qo'yishimiz lozim, — deb keluvchilarning nechtasi otliq, nechtasi eshakda, nechtasi erkagu-nechtasi ayol ekanligigacha va hatto keltirayotgan «nazr»larigacha barchasini bexato aytib berar ekanlar. Keltirilgan barcha nazru-niyozlarni esa qishloqdagi yetimu-esir, bevayu-bechoralarga va kambag'al oilalarga tarqatib berar ekanlar. -Bizning rizqimizni Allohning o'zi beradi, — deb biror narsani ham olib qolmagan. O'zi ekib, parvarishlagan bog'laridan kelgan daromad hisobidan tirikchiliklarini o'tkazar ekan.
1927 yili 80 yoshida oqsuyak saidlar avlodidan bo'lgan Shohusan to'ra yoniga kuyovi Eshonjonni hamroh qilib olib, muqaddas haj safariga jo'naydi. Safar o ldidan
149
www.birunijournal .uz
butun qishloq ahlini to'plab, ziyofat beradi. Ulardan oq fotiha olib, ularga ham duo beradi va qishloq ahli bilan xayrlashadi. Xalq ham ko'zlarida yosh bilan u kishini kuzatib qoladi. Necha oylar davomida ne-ne mashaqqatlar bilan muqaddas Makkai mukarrama shahriga yetib keladilar. Bir necha kun ziyoratga kelgan hojilar bilan haj ahkomlarini bajarib, hamma uyga qaytish taraddudini ko'rayotganda, Shohusan to'ra vafot etadi.
Shohusan to'raning ukasi bo'lgan Shofozil eshon tabiatan ochiq ko'ngil va xoksor, qalbi keng va pokdil, dunyoning hoyu havaslaridan parhez qilib, haq yo'lini tanlab, faqirona yashashni ixtiyor qilgan mashrabnamo bir kishi bo'lgan. Bu kishining karomatlari, hayotidagi ba'zi latifanoma qiziqarli voqealar hanuzgacha xalqimiz orasida gapirib yuriladi.
Bir kuni qishloqning hazilkash yigitlaridan biri eshonni sinash uchun kechasi bog' hovlisida bog'log'li turgan otining egar- abzallarini yechib oladi-da, xashak ostiga yashirib qo'yadi. Ertalab Shofozil eshon yigitning darvozasini taqillatib chaqirib kelib, hazillashaman desang boshqa kishi qurib qolganmi, nega kechasi otimning egar-abzallarini olib kelding? - deydi.
Otingizning abzallarini men olganim yo'q, - deydi ko'zlarini uqalab uydan chiqib kelgan yigit kulimsirab. Shundan so'ng egar- abzallar berkitilgan hovli chetidagi xashak to'dasini ko'rsatadi eshonbobo. Yigit qancha tavba - tazarrular bilan egar-abzallarni eshonning uyiga olib borib beradi.
O'ttizinchi yillardagi qatag'onchilik siyosati Shofozil eshonni ham chetda qolmaydi. Uni ham «xalq dushmani»san deb, qo'llariga kishan solib, tuman markazidagi NKVD (ichki ishlar xalq komisarligi)ning qamoqxonasiga haydab ketadi.
To'lib qolgan turmani bo'shatish uchun har xaftada bir marta mahbuslar «etap» qilinib, poezd bilan viloyat markazi Termiz shahriga jo'natilar edi. Jo'nashga tayyor turgan poezdning bir vagonida mahbuslar bilan birga Shofozil to'ra ham bir burchakda o'tirardi. Zang chalinib, poezdning jo'nashiga ruxsat berildi. Lekin poezd o'rnidan bir qadam ham jilmadi.
Shunda kimdir mahbuslar orasida ulug' eshon borligini, poyezd yurmayotganligiga shu kishi sabab bo'lishi mumkinligini aytib qoladi. Darhol vagondan Shofozil to'rani tushirishgan edi, poezd ravon yurib ketdi. Qaytarib chiqarishganda, yana to'xtab qoldi. Bu hol uch marta takrorlandi. Uch marta ham poyezd o'rnidan qo'zg'almadi.Noiloj qolgan NKVD xodimlari hazratni yana qaytarib Sariosiyo turmasiga keltirishdi.
150
www.birunijournal .uz
Keyinchalik turma boshlig'ini ikki yildan beri oyoq-qo'li ishlamay yotgan xotinini davolagani uchun eshonboboni ozod qilib yuboradi6.
Gazarak nafaqat ilmli va ma'rifatli ko'plab kishilar yashab o'tgan makon, shu bilan bir qatorda Qal'a tepaligi, Kuloltepa, Murodtepa, Hoshtepa, Hisortepa kabi tarixiy joylari mavjud ko'hna qishloqlardan sanaladi. Bu tarixiy manzillar haqida bir qancha rivoyatlar bor. Ularning birida Hisortepa qadimda hukmdorning qo'rg'oni bo'lganligi, uning yaqinida joylashgan Hoshtepa bilan bog'lovchi yer osti yo'li xususida gap ketadi7.
G'oyib bo'lgan azizlar ziyoratgohi Gazarak qishlog'ining quyosh chiqar tarafida, adirlikning tugash qismida, qishloq ichidan oqib o'tadigan daryodan 10-12 metr uzoqlikda joylashgan. Atrofi sim to'r bilan o'ralgan va ziyoratgohning shimolida umumiy maydonidan ajratib qo'yilgan qabr mavjud. Ziyoratchilar uchun kerakli sharoitlar qilingan. Bunda dam olish uchun supa va karavot, hamda taom tayyorlashga qozon-o'choq, idish-tovoqlarni ko'rish mumkin8.
G'oyib bo'lgan azizlar ziyoratgohi, 21.06. 2024 yil. G'oyib bo'lgan azizlar ziyoratgohi xususida xalq orasida ko'plab rivoyatlarni uchratish mumkin. Rivoyat qilishlaricha, dushmanlar ta'qibiga uchrab, qochib kelayotgan ikki aka-uka tong otar payti qishloq etagidagi soy bo'yiga yetib kelishadi. Tuyalarini shu yerga cho'ktirishib, ozroq dam olishadi. Namoz vaqti yaqinlashgani
6 Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Gazarak qishlog'i, Ne'matulla Xoksorov axboroti. 14.10/2023 yil.
7 Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Chilonzor mahallasi,Bobojonov Abdujabbor aka axboroti, 28.10.2023yil.
8 Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Gazarak qishlog'i, G'oyib bo'lgan azizlar ziyoratgohi, 21.06. 2024 yil.
151
sababli, boshlaridagi salMarini marza ustiga qo'yib, o'zlari tahorat qilish uchun suv buyiga tushadilar. Tahorat olib bo'lishgach, soydan chiqib ko'radilarki, quvib kelayotgan dushmanlar juda ham yaqinlashib qolibdi. Jo'nashga ulgurolmagan xojalar qo'llarini duoga ochib, yuzlarini qiblaga qaratib dushmanlaridan xalos qilishini tilab xudoga iltijo qiladilar va shu yerdagi adirlik bag'ridagi g'orga kirib, g'oyib bo'ladilar. Cho'ktirib qo'yilgan tuyalari va marza ustidaga sallalari toshga aylanib qoladi. Hanuzgacha xalqimiz, yonma- yon cho'zilib yotgan ikki katta xarsang toshni "tuyatosh", dastordek aylana toshni esa, "sallatosh" deb ataydi.
Aytishlaricha, bu kishilar g'oyib bo'lgan g'or ustida bir zamonlar gumbazli maqbara ham o'rnatilgan bo'lib, bu ziyoratgoh "G'oyib bo'lgan azizlar", deb atalgan. Keyinchalik bu kalima asrlar o'tishi bilan qisqara borib, bugungi kunlarda "G'oyvozla" shakliga kelib qolgan.O'tmishdagi qattiq zilzilalardan birida adir surilib, maqbara bilan birgalikda pastga qulab tushgan. Maqbara qulab tushgan joy toshqaloq qilib ko'tarilib, ziyoratgohga aylantirilgan9.
G'oyib bo'lgan azizlarziyoratgohidagi "tuyatosh", 21.06. 2024yil
9 Ne'matulla Xoksorov. Gazaragim-gavharim.-T:Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashiryoti, 2008.-B.56-57./ Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Gazarak qishlog'i, Mingqulov Jo'raqul bobo axboroti, 21.06.2024 yil.
152
G'oyib bo'lgan azizlarziyoratgohidagi "sallatosh", 21.06. 2024yil
G'oyib bo'lgan azizlar ziyoratgohi qadimdan xalq orasida mashhur va xalqni unga hurmati juda baland bo'lgan. Ota- bobolarimizning so'zlariga qaraganda amirliklar davrida bu ziyoratoghning to'g'risidan o'tayotga har qanday yo'lovchi agar ulovda bo'lsa, ulovidab tushib piyoda o'tib ketar ekanlar10.
Ziyoratgohga odamlar turli maqsadlarda tashrif buyuradilar. Har xil teri kasalliklari, so'gallardan shifo istab, hamda farzand talabida ziyorat qiladilar. Ziyoratchilar tuproqdan shifo uchun foydalanadilar, daraxtga latta bog'lashadi, chiroq ham yoqishadi. Olis yaqindan ixlos bilan ko'plab aholi ziyorat uchun tashrif buyuratdilar va ayrim kunlari ziyoratchilar ko'pligidan ziyoratgoh hududiga sig'may ham qoladilar11.
Chilon azizlar ziyoratgohi Gazarak qishlog'ining shimolida joylashgan. Ziyoratogoh tevarak atrofi aholining bog'lari bilan o'ralgan bo'lib, o'rtacha kattalikdagi qabrdan iborat. Qabr atrofida chilon daraxtlar mavjud va ular 20-25 sotiq maydonni egallaganligini ko'rishimiz mumkin12.
10 Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Toqchi qishlog'i, Qoraboyev Mirzomurod bobo axboroti, 10.07.2024 yil.
11 Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Gazarak qishlog'i, Mingqulov Jo'raqul bobo axboroti, 21.06.2024 yil.
12 Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Gazarak qishlog'i, Chilon azizlar ziyoratgohi, 21.06. 2024 yil.
153
Chilon azizlar ziyoratgohi, 21.06. 2024 yil. Rivoyat qilishlaricha, qadim o'tgan zamonda Gazarak qishlog'ida ulug' bir
avliyo yashagan ekan. Xalq orasida u kishi Sulton parranda (uchuvchi sulton) nomi bilan mashhur ekan. Bu nomga musharraf bo'lishlariga sabab "Avliyoning oldida ikki dunyo bir qadam" deganlaridek, bu kishi shom namozini Gazarakda o'qisa, xufton namozini Makkai Mukarramada o'qir ekan. Yoki xufton namozini uyda o'qisa, bomdod namozini Makkai Mukarramada o'qib kelar ekan. U kishining Qoraxon ismli zukko shogirdi shariat va tariqat ilmlarini mukammal egallab, ustozining mehru muhabbatiga musharraf bo'lgan edi. Kunlardan bir kun, xufton namozidan so'ng, shogird ustozidan o'zi bilan Makkai Mukarramaga olib borishini va Xonai Ka'bani ziyorat qilish istagi borligini aytib yolvoribdi. Ustoz Sulton Parranda rozi bo'libdi va bomdod namozini Makkada o'qiymiz debdi.
Ustoz tik turganicha, yuzini qiblaga burib, shogirdiga: - Ko'zingizni mahkam yumib, belimdan quchoqlab oling. Qo'lingizni zinhor bo'shatmang, deydi va qo'llarini duoga ochib, muqaddas bir oyatni o'qiydi. Ustozu shogird kiprik qoqqanchalik vaqt o'tmasdan fazoga ko'tarilib, g'oyib bo'lib ketadilar. Hazrati Sultoni Parranda bir zumda Makkai Mukarramada hozir bo'ladi. Ko'z ochib qarasa, shogirdi yo'lda tushib qolibdi. Bomdod namozini o'qib iziga qaytadi. Yo'lda ko'rsaki, Qoraxon bir podshohning saroyi hovlisidagi yosh tut daraxtiga bog'loqlik turibdi. Ma'lum bo'lishicha, shu yerga yetib kelganda, Qoraxonning qo'llari karaxt
154
bo'lib, ozgina bo'shashgan va ustozdan ajralib ketib, podshoning saroyiga kelib tushgan. Podshoning yasovullari esa u kishini o'g'ri gumon qilib, saroy hovlisidagi daraxtga bog'lab, podshoning ertalabki qabulga chiqishini kutib turishgan ekan. Hazrati Sultoni Parranda karomati bilan darhol Qoraxon bog'lab qo'yilgan tut daraxtini ildiz bilan sug'urib, qo'ltig'iga oladida, yo'liga ravona bo'ladi. Dam o'tmay, hozirgi Denov tumanida joylashgan Qoraxon qishlog'i o'rniga kelib tushadilar. Qoraxonni tutdan yechib olib, daraxtni shu yerga ekadi. "Siz endi shu yerda yashab, kishilarni ilmu-ma'rifat nuridan bahramand qilib, hidoyatga boshlaysiz", - deb Qoraxonga oq fotiha berib, o'zi Gazarakka qaytadi. Umrining oxirigacha Gazarakda yashab, shu yerda vafot etadi. Asli kelib chiqishi uzoq tog'li qishloqlarning biridan bo'lgan Sultoni Parrandaning qarindoshlari marhumning jasadini tog'dagi o'z qishloqlariga olib ketmoqchi bo'lishadi. Gazarak xalqi esa shu yerda dafn qilamiz deb, qabr tayyorlashadi. Ikki o'rtadagi mojaro janjalga aylanib, qoziga borishadi. Qozi ishni ko'rib chiqib, tog'lik qarindoshlar foydasiga hal qiladi. Ular mayitni olib toqqa jo'nashadi. Hozirgi Hisorak qishlog'iga yaqinlashgach, juda ham qorong'i tushib, yo'l yurishning iloji bo'lmay qoladi. Marhumni olib ketayotgan kishilar shu yerda to'xtashga majbur bo'lishadi. Charchagan kishilar tobut atrofiga joylashib, uxlab qolishadi. Tong payti uyg'onib qarashsaki, tobut turgan yerda yangi bir qabr paydo bo'libdi. Marhum jasadi solingan tobut esa bo'm- bo'sh emish. Hayron bo'lib qolgan kishilar tog' qishlog'iga ham, Gazarak qishlog'iga ham chopar yuborishibdi. Qaytib kelgan choparlar ikki tomonda ham qazib qo'yilgan qabrlarning shu kechasi ko'milib qolganligini xabar qilishibdi. Marhum qaysi qabrda ekanligini aniqlash uchun ochib ko'rishni esa ulamolar rad qilishibdi. Chinor daraxtidan yasalgan tobutning ikki cho'pini shu yerga ko'mib qo'yibdilar. Hanuzgacha bu ikki chinor cho'pidan ko'kargan daraxtlar To'palang daryosi bo'yida barq urib o'sib turibdi. O'shandan beri uch joydagi bu uch qabr ham muqaddas qadamjoy sanalib, xalqning ziyoratgohiga aylanib qolgan ekan13.
Chilon azizlar ziyoratgohiga Gazarakning o'zidan ham, boshqa uzoq hududlardan ham ziyoratchilar keladi. Boshqa joylardan keluvchilar har yili oilaviy ziyorat qilib ketishadi14.
Ziyoratgohdagi qabr yaqinida ikkita yapaloq tosh aholi tomonidan qo'yilgan bo'lib, uning ustidagi moy va paxta kuli qoldiqlaridan esa bu yerda sham yoqish amali bajarilganligini ko'rishimiz mumkin. Ziyoratgoh yaqinidagi chilon daraxtlarga har xil mato bo'laklari ham bog'langan. Bundan tashqari qabrning bir tarafida
13 Ne'matulla Xoksorov. Gazaragim-gavharim.-T:Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashiryoti, 2008.-B.57-58.
14 Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Gazarak qishlog'i, Ismatov Dilmurod axboroti, 21.06.2024 yil.
155
kichikroq chuqur paydo bo'lgan. Bu chuqur ziyotchilar tuproqdan shifo maqsadida foydalanganliklaridan darak beradi15.
Begijonning shahidi ziyoratgohi Gazarak qishlog'ining sharqiy tomonidagi adirlikda qishloqdan bir kilometrdan ortiqroq masofada joylashgan. Aholi chorva mollari va xo'jalik transporti uchun foydalanadigan yo'lning yoqasidadir. Transport va chorvaning muntazam o'tib qaytishi natijasida yo'l ancha pastlab, ziyotargoh qabri biroz balandlikka chiqib qolgan.16
K *
Begijonni shahidi ziyoratgohi. 21.06. 2024 yil.
Buxoro amirligi tugatilib, butun mamlakat sho'rolar hokimiyati ixtiyoriga o'tgach, shahar va qishloqlarda qatag'on boshlanadi. Kishlog'imizdan ham ko'plab boylar va yer egalari, ziyoli va ilm sohiblari, mulla va eshonlar, juvozu tegirmoni, do'konu dast gohi, yer haydash uchun qo'shu omochi bor kishilar, hatto yetim qolgan, hech kimi yo'q sag'ir bolalarni savob uchun boqib olgan kishilarni ham xizmatkor saqlagan boy deb hibsga olishib, turmalarga tashlashadi. Quloq qilib, butun oilalari bilan uzoq o'lkalarga surgun qilishadi. Ayniqsa, beklik va podshoh
15 Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Gazarak qishlog'i, Chilon azizlar ziyoratgohi, 21.06. 2024 yil.
16 Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Gazarak qishlog'i, Begijonning shahidi ziyoratgohi, 21.06. 2024 yil.
156
oilalariga aloqador deb gumon qilinganlar "xalq dushmani" sifatida beayov qatl qilinadi.
Shunday kishilardan biri Hisor bekligining xat tashuvchisi, chopari Karimbekdir. U vaqti-vaqti bilan Hisor bekligidan chopar bo'lib Buxoroga borar, bekning xat-xabarlarini amirga, amir farmonlarini zudlik bilan bekka keltirib turar edi. Shuning uchun ham xalq bu kishini bekning xat tashuvchi chopari-jonsizi, ya'ni Begijon deb atashar edi. Sho'rolar hokimiyati o'rnatilib, qishloqqa qizil askarlar kirib kelishi bilan, ig'vogar kimsalardan biri o'zini yaxshi ko'rsatish uchun Begijonni sotib qo'yadi. Tintuv vaqtida uning uyidan po'lat shamshir topiladi. Qizil askarlardan biri esa tablada boylog'liq turgan uloqchi tulpor otni yetaklab chiqadi. Davlatining boshi, uzoq yo'llardagi yo'ldoshi, poygalardagi qanoti, jonidan ortiq ko'rgan uloqchi otini kelgindi-begonalar qo'lida ko'rib, ko'zlariga kun ham qorong'u bo'lib, yugurib borib otining jilovidan tutadi. Jahl bilan: Uy-joyimni ag'dar-to'ntar qilib tashladinglar. Bu ham yetmagandek, uchar qanotim bo'lgan otimni ham tortib olyapsanlar,-deb baqiradi. Jahl ustida aytib yuborilgan bu gaplarni tarjimoni orqali bilib olgan qizil komandirning jahldan ko'zlari chaqnab, Begijonning ustiga ot bostirib keladi. -Hoy sen, Amir va beklarning dumi va ayg'oqchisi, sho'rolarga qarshi xalq dushmani, birgina otingni bizlarga berishdan qizg'onasanmi, xoyin, -deb qamchi bilan savalay ketadi. Qizil askarlar komandirning buyrug'i bilan Begijonning qo'llarini orqasiga bog'lab hovlidan haydab chiqa boshlaydilar. Qishloq oralab haydab borishar ekan, butun xalq Begijonni ko'zda yosh bilan kuzatib qoladi. Dovyurakroq yigitlar esa ularni kuzatib borishaveradi. Qishloqning kunchiqar tomonidagi adirliklarga yetib borishgach, askarlar Begijonni yo'l yoqasidagi kichkina bir tekislikka tik turg'azib qo'yib, o'zlari uning atrofini o'rab olishadi. Komandirning buyrug'i bilan hamma qizil askarlar qilichlarini qinlaridan sug'urishib, boshlari uzra yuqori ko'tarishadi. Shu fursatda qizil komandir mag'rur turgan Begijonga qilich soladi. Zarb bilan yelkaga urilgan qilich o'ng qo'lini cho'rt urib tushiradi. Shuni kutib turgan qizil askarlar ham qiyqirishgancha xuddi mashq bajarayotgandek navbat bilan ot surib kelib, yelkasidan sharqirab qon oqayotgan yigitning mag'rur turgan gavdasiga qilich ura boshlaydi. Hozirgina qaddini g'oz tutib turgan begunoh inson, o'nlab qilichlar zarbasi bilan tuproqqa qorilib qoladi.
Egasining qiymalanayotgan jasadini ko'rib turgan vafodor tulpori yetovda ushlab turgan qizil askarni oti bilan ag'darib yuboradi. Banddan bo'shalgan ot sarosimaga tushib qolgan askarlarni hayratda qoldirib, shamoldek uchganicha, qirlar orasiga kirib, ko'zdan g'oyib bo'ladi.
157
www.birunijournal .uz
Otdan umidlarini uzgan askarlar jo'nab ketishi bilan, jasad atrofini qishloq odamlari o'rab olishadi. Husanboy bobo boshchiligidagi qishloq ahli yo'l chetidan qabr qazib, janoza o'qib, dafn qilishadi17.
Begijonni shahidi ziyoratgohiga odamlar asosan, turli xil so'gallar, temratki va hatto tanadagi oq dog'lardan shifo istab tashrif buyuradilar. Ular ziyoratgoh tuprog'ini suv bilan qorib kerakli joylariga surtadilar. Qur'on tilovati bilan duolar qilib xudodan shifo so'rash Begijonni shahidi ziyoratgohida bajariladigan eng asosiy amallardan hisoblanadi18.
Xulosa o'rinda shuni bemalol aytish mumkinki, Gazarak qishlog'i qulay geografik joylashuvi va xo'jalik yuritish uchun barcha sharoitning mavjudligi sabab, qadim-qadimdan aholi yashash manzillaridan biriga aylangan. Undagi ziyoratgohlar, qo'rg'on yoki qal'alarning mavjudligi esa, bu qishloq davlat boshqaruvida katta ahamiyatga ega bo'lganligidan darak beradi.
Gazarak qishlog'i ziyoratgohlarida bajariladigan amallar, yoki ular bilan bog'liq e'tiqodiy qarashlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, Sariosiyoning boshqa hududi bilan deyarli farq qilmaydi. Umuman olganda aholi biror ehtiyoj tug'ilganda yoki boshiga mushkul ish tushganda hamda, har yilda bir marta ziyorat qilish an'anasi yuzasidan ziyoratgohlarga tashrif buyuradilar.
FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR.
1. Dala tadqiqoti yozuvlari. Sariosiyo tumani Gazarak qishlog'i, 21.06. 2024 yil
2. Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Gazarak qishlog'i, Begijonning shahidi ziyoratgohi, 21.06. 2024 yil.
3. Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Gazarak qishlog'i, Chilon azizlar ziyoratgohi, 21.06. 2024 yil.
4. Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Gazarak qishlog'i, G'oyib bo'lgan azizlar ziyoratgohi, 21.06. 2024 yil.
5. Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Gazarak qishlog'i, Ismatov Dilmurod axboroti, 21.06.2024 yil.
6. Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Gazarak qishlog'i, Ne'matulla Xoksorov axboroti. 14.10/2023 yil.
7. Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Gazarak qishlog'i, Mingqulov Jo'raqul bobo axboroti, 21.06.2024 yil.
8. Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Chilonzor mahallasi, Bobojonov Abdujabbor aka axboroti, 28.10.2023yil.
17 Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Gazarak qishlog'i, Ne'matulla Xoksorov axboroti. 14.10/2023 yil.
18 Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Toqchi qishlog'i, Imomov Baxtiyor bobo axboroti, 12.07.2024 yil
158
9. Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Toqchi qishlog'i, Imomov Baxtiyor bobo axboroti, 12.07.2024 yil
10. Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Toqchi qishlog'i, Qoraboyev Mirzomurod bobo axboroti, 10.07.2024 yil.
11. Ne'matulla Xoksorov. Gazaragim-gavharim.-T:Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashiryoti, 2008.-B.156.
12. Suyun Qorayev. O'zbekiston viloyatlari toponimlari.-T: O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat nashriyoti, 2005.-B.240.
13. To'ra Nafasov, Vazira Nafasova. O'zbek tili toponimlarining izohli lug'ati.- T: Yangi asr avlodi, 2007.-B.88.
14. Кармышева Б.Х. Очерки этнической истории южных районов Таджикистана и Узбекистана. - Москва: НАУКА, 1976.-С.324.
159
www.birunijournal .uz