Научная статья на тему 'XALQ ORASIDA DAVOM ETIB KELAYOTGAN AZBAROYILLOH MAROSIMINING FUNKSIYAVIY TAHLILI (SURXON VOHASI MATERIALLARI ASOSIDA)'

XALQ ORASIDA DAVOM ETIB KELAYOTGAN AZBAROYILLOH MAROSIMINING FUNKSIYAVIY TAHLILI (SURXON VOHASI MATERIALLARI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
24
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Marosim / Sariosiyo tumani / qishloq / taom / dasturxon / jonliq / mol so’yish / oqsoqol / duo / urf-odatlar. / Ceremony / Sariosia district / village / food / table / life / cattle slaughter / elder / prayer / customs.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Bobomurodov, Foziljon

Maqolada Surxon vohasining shimoliy tumanlaridan biri, Sariosiyo qishloqlari aholisining e’tiqodiy qarashlari bilan bog’liq bo’lgan Azbaroyilloh marosimining funksiyaviy vazifalari xususida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FUNCTIONAL ANALYSIS OF THE CONTINUING AZBAROILLAH CEREMONY AMONG THE PEOPLE (BASED ON SURKHAN OASIS MATERIALS)

The article talks about the functional tasks of the Azbarayillah ceremony, which is related to the religious views of the inhabitants of the villages of Sariosia, one of the northern districts of the Surkhan oasis.

Текст научной работы на тему «XALQ ORASIDA DAVOM ETIB KELAYOTGAN AZBAROYILLOH MAROSIMINING FUNKSIYAVIY TAHLILI (SURXON VOHASI MATERIALLARI ASOSIDA)»

XALQ ORASIDA DAVOM ETIB KELAYOTGAN AZBAROYILLOH MAROSIMINING FUNKSIYAVIY TAHLILI (SURXON VOHASI MATERIALLARI ASOSIDA)

BOBOMURODOV Foziljon

Termiz Davlat Universitetining Etnografiya, Etnologiya va Antropologiya yo 'nalishi I bosqich magistranti

Tel:+998993799164 foziljon2020y@gmail.com

ANNOTATSIYA

Maqolada Surxon vohasining shimoliy tumanlaridan biri, Sariosiyo qishloqlari aholisining e'tiqodiy qarashlari bilan bog'liq bo'lgan Azbaroyilloh marosimining funksiyaviy vazifalari xususida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Marosim, Sariosiyo tumani, qishloq, taom, dasturxon, jonliq, mol so 'yish,oqsoqol, duo,urf-odatlar.

ABSTRACT

The article talks about the functional tasks of the Azbarayillah ceremony, which is related to the religious views of the inhabitants of the villages of Sariosia, one of the northern districts of the Surkhan oasis.

Key words: Ceremony, Sariosia district, village, food, table, life, cattle slaughter, elder, prayer, customs.

KIRISH (INTRODUCTION)

O'z navbatida moddiy madaniyat uchta komponentdan iborat. Ya'ni turar joy, kiyim -kechaklar va oziq-ovqatlar kiradi. Funksionalizm nazariyasining asoschisi Bronislav Malinovskiy uzoq yillik tadqiqotlari jarayonida etnografiya olamida madaniyat moddiy va ma'naviy madaniyatga bo'lindi. Olimning nazariyasiga ko'ra, "Madaniyatda hech qanday tasodifiy hodisalar sodir bo'lmaydi. Madaniyatdagi barcha hodisalar ma'lum bir funksiyani bajaradi. Ya'ni agar unday bo'lmaganida edi, allaqachon iste'moldan chiqib ketgan bo'lar edi",deb o'z fikrini bildiradi. Xususan, funksionalizm nazariyasiga ko'ra qaysi bir urf-odat bir jarayonda qo'llanilar ekan, demak u nimagadir zarur hisoblanadi.

Darhaqiqat insonlar kundalik turmush tarzidagi turli xil ehtiyojlarini qondirish uchun ma'lum bir urf-odat va marosimlar bajariladi. Surxon vohasi bo'ylab dala tadqiqotlari jarayonida ko'pni ko'rgan madaniyat sohasida ko'p yillar faoliyat yuritgan ilm egalarining aytishicha, moddiy madaniy meros bo'ladimi yoki nomoddiy

153

madaniy meros bo'ladimi, agar xalqqa ,jamiyatga natija berayotgan bo'lsa, uni saqlab qolish va ochilmagan qirralarini ochish mumkin1.

Fikrimizning isboti sifatida voha aholisi orasida o'tkaziladigan bir marosim haqida so'z yuritmoqchimiz. Bu marosim aholining kundalik turmush tarzida bugungi kungacha saqlanib qolayotgan va ko'p uchraydigan marosimlardan biri bo'lib, Surxon vohasining shimoliy tumanlaridan biri Sariosiyo qishloqlarida muntazam o'tkazilib kelinmoqda. Azbaroyilloh2 Islom dini bilan bog'liq marosim bo'lib, uni iqtisodiy jihatdan qurbi yetgan har bir oila yoki xo'jalik a'zolari bajarishga harakat qiladi. Shuningdek bu marosim Surxon vohasi aholisi orasida qon chiqarish deb ham atalib,ehson sadaqa shaklini olgan. Ya'ni Azbaroyilloh o'tkazish uchun albatta jonliq so'yish kerak bo'ladi. Shuning uchun qon chiqarish deb ham nom olgan3.

Dastlab Azbaroyillohning asosiy birlamchi amali bo'lgan jonliq so'yish masalasi haqida: jonliqqa Islom dini halol sanagan hayvonlardan tanlanadi. Albatta, har kim o'zining moliyaviy holatidan kelib chiqib jonliqni tanlaydi yoki so'yadi. Bunda qora mol, qo'y, echki so'yilishi mumkin4.

Marosim o'kaziladigan uyda kun tanlanadi, ya'ni marosimni qachon o'kazish haqida maslahatlashiladi. Maslahatlashish jarayonida albatta yoshi ulug' oila a'zolari so'zlariga e'tibor qaratilib, ularning maslahatlari inobatga olinib, marosim kuni belgilanadi. Odatda bir hafta oldin kelishib olinadi. So'ngra kamida ikki kun qolganda marosimga kerakli zarur mahsulotlarni xarid qilish uchun bozorga chiqiladi. Tog'da yashovchi aholi sal avvalroq ham bozorchilik qilib qo'yishi mumkin. Chunki tog'li aholi ob-havo yoki transport masalalarini o'ylab ham shunday qiladi. Hamma zarur mahsulotlar keltirilgandan so'ng, aksariyat hollarda xonadon bekalari tomonidan uyda pishiriqlar yoki boshqa yeguliklar (kulcha,patir,somsa,turli gazaklar va boshqalar... )ham tayyorlanadi.

Bu tashkiliy ishlar bilan bir qatorda marosimga bir kun qolganda Azbaroyillohning asosiy amallaridan bo'lgan jonliq so'yiladi5. Buning sababi marosim kuni chaqiriladigan odamlar soniga, tayyorlanadigan taomlar yoki uydagi sharoitga bog'liq. Jonliq so'yilayotganida e'tibor qaratiladigan narsa, agar marosim o'tkazayotgan kishi chorvador bo'lsa, o'sha chorvasi ichidan tanlab olinadi. Agar xo'jaligida so'yiladigan mol bo'lmasa unda mol bozordan sotib oladi. Chiroyli, semiz va asosiysi sog'lom bo'lishi kerak. Har bir xonadon erkagi mol so'yishni biladi.

1 Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Chilonzor mahallasi,Bobojonov Abdujabbor aka so'zlari, 28.10.2023yil.

2 *Azbaroyilloh- Alloh uchun/(ma'lum bir ishni o'z ixtiyori faqat Alloh uchun bajarish).

3 Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani,Toqchi qishlog'i,Qulmatov Shaxzod ma'lumoti. 21.11.2023yil.

4 Dala yozuvlari. Termiz shahri, Ziyodullayev Nodir ma'lumoti(Sariosiyolik). 21.11.2023yil.

5 Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani,Chilonzor mahallasi,Ismatov Dilmurod ma'lumoti. 21.11.2023yil.

154

Aksariyat hallarda jonliqni har doim bajarib yurgan oila a'zosi so'yishi mumkin. Ayrim hollardagina qassob chaqiriladi. Jonliqning qoni oyoq ostiga yoyilib ketishining oldini olish maqsadida avvaldan tayyorlangan maxsus tozalangan joyga kichikroq chuqur kavlanadi. So'ngra jonliq yerga yotqizilib, to'rtala oyoqlari ham bog'lanadi. Bu jarayonda jonliqni qibla6 tarafga qaratib so'yishga alohida e'tibor beriladi. Chunki Islom dinida ko'plab amallar qiblaga qarab bajarilishi belgilangan. Shu bilan bir qatorda so'yishda bo'g'ziga pichoq tortishdan oldin "Bismillahi Allohu Akbar" deb aytish har bir musulmon uchun shart. "Bismillahir Rohmanir Rohim"deb so'yishdan qaytarilgan.

Jonliq so'yilib go'shtini miqdori aniq bo'lgach, shunga qarab mehmonga taklif qilinadiganlar ko'proq yoki kamroq bo'lishi mumkin. Azbaroyilloh marosimi agar tushgacha o'tkaziladigan bo'lsa, odamlar bir kun avval aytib qo'yiladi. Agar tushlikda yoki tushdan keyin o'tkaziladigan bo'lsa , o'sha kuni erta sahardan aytib chiqiladi7.

Taklif etiladiganlar avvalo, eng yaqin qarindosh-urug', qo'ni-qo'shnilar so'ngra imkoniyatga qarab tanish —bilishlar aytilishi mumkin. Bunda ko'pincha yoshi ulug' oqsoqollarga e'tibor qaratiladi. Chunki bu marosim aholining e'tiqodiy qarashlari bilan bog'liq bo'lgani uchun ham shunday qilinadi. Azbaroyilloh marosimiga taklif qilinadiganlar ichida albatta Qur'on8 tilovat qilishni, suralarni tajvid bilan o'qishni biladigan qori9, eshon yoki mulla bo'lishi shart va marosim oxirida asosiy amallardan birini shu kishi bajaradi.

Azbaroyilloh marosimi o'tkaziladigan kun erta sahardan dasturxon tuzash va ovqat tayyorlash boshlanadi. Dasturxon tuzashda diniy va milliy qadriyatlarga rioya qilinadi. Marosim dasturxonida Sariosiyo tumani qishloqlarida, xususan o'zbek va tojik aholisi uy xo'jaliklarida qatpatir va sutli kulcha bo'lishi odat tusiga aylangan.

Azbaroyilloh marosimi taomlariga aksariyat hollarda qaynatma sho'rva, osh-palov hamda cho'poncha (cho'pon kabob) yoki yumshoq go'sht bo'lishi mumkin. Bularning ichida eng urfga kirgani qaynatma sho'rvadir. Qaynatma sho'rva yuqorida tilga olganimiz qatpatir bilan iste'mol qilish aholiga juda xush yoqadi. Qaynatma sho'rva tayyorlash uchun qozonga avval sovuq suv, so'ng maydalangan go'sht,

6 *Qibla- Hijriy 2-yili (624) Makkadagi Ka'ba (Baytulloh) Qur'on oyati ila (2; 144) barcha musulmonlar uchun Qibla qilib belgilangan. Islomda Qibla muqaddas hisoblanadi/Islom ensiklopediyasi.Zuhriddin Husniddinov tahriri ostida,Taqrizchi: akademik Ne'matulla Ibrohimov,«O'zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2004y,237-b.

7 Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani,Toqchi qishlog'i,Qulmatov Shaxzod ma'lumoti. 21.11.2023yil.

8 * QUR'ON(arab. - o'qimoq, qiroat qilmoq jamlash) - musulmonlarning asosiy muqaddas Kitobi/ Islom ensiklopediyasi.Zuhriddin Husniddinov tahriri ostida,Taqrizchi: akademik Ne'matulla Ibrohimov,«O'zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2004y.242-b.

9 * QORI(arab. - o'quvchi) - Qur'onning barcha suralarini yod olgan va qiroat bilan o'qiydigan kishi/ Islom ensiklopediyasi.Zuhriddin Husniddinov tahriri ostida,Taqrizchi: akademik Ne'matulla Ibrohimov,«O'zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2004y.240-b.

155

kartoshka, sabzi, to'g'ralgan piyoz,no'xat va ziravorlar solinib, past olovda uch yarim to'rt soat qaynatiladi. Kartoshka,sabzi va no'xat rangsiz nafis toza matoga bog'lanib qozonga solinadi. Bu ish ovqat ko'rinishida,tiniq bo'lishida katta ahamiyat kasb etadi. Ovqatni suzishdan oldin qozondan chiqarilib olinib, sabzavotlar idishlarga teng taqsimlab qo'yiladi va suzish jarayonini bir muncha osonlashishiga olib keladi.

Marosimga taklif qilinganlarning barchasi kelgach, yoki marosim belgilangan vaqtdan yarim soat o'tib dasturxonga taom tortiladi. Bu orada yaqin oradagi qo'ni-qo'shni hamda qavmi-qarndoshlardan marosimga kela olmagan keksa, bemor yoki uzrli kishilarga ham tayyor bo'lgan ovqatdan ulashiladi. Taom tortish uyning eng to'rida o'tirgan yoshi ulug', ziyolilardan boshlanadi va uy egalari oxirida o'zlari bilan olib kelib o'tirishadi10. Shu tariqa ovqatdan so'ng, meva-cheva, poliz mahsulotlari (qovun-tarvuz) va shirinliklardan iste'mol qilib bo'lingach, duo11 bosqichiga o'tiladi. Duo bir nechta bosqichga bo'linishi mumkin. Birinchi bosqichda dasturxon duosi qilinadi va bunda uy egasi haqiga, yurt tinchligi bardavomligi haqiga duo qilinadi. Ikkinchi boshqichda dasturxonda agar tarvuz-qovun tortilgan bo'lsa, tarvuz-qovunni ekkandan boshlab uni olib kelganning haqqiga alohida duo qilinadi. Uchinchi bosqich Qur'on tilovati bo'lib,tilovatdan hosil bo'lgan savobi-samarasini payg'ambarlar, sahobalar,aziz-avliyolar,uy egalarining o'tgan yaqin qarindoshlari va shu manzil-makondan o'tgan barcha mo'min - musulmonlarni ruhiga bag'ishlanadi. Shuning bilan Azbaroyilloh marosimi tugallanib, hamma kelganlarga uy egasi rahmat aytib,minnatdorchilik bildirib kuzatib qo'yadi.

Azbaroyilloh marosimi funksiyaviy tahliliga ko'ra vazifasi bir necha turga bo'linadi. E'tiqodiy qarashlardan kelib chiqib himoyalovchi vazifasi bu-shu marosim o'tkazilgandan so'ng, marosimni o'tkazgan xo'jalik a'zolarini samoviy balolardan, ya'ni har xil yomon voqealar sodir bo'lishidan asrovchi, himoyalovchi sifatida to'liq ishoniladi. Bunda asos qilib xalq orasida "sadaqa raddi balo" maqolini olishadi.

Poklovchi vazifasiga ko'ra, agar Azbaroyilloh marosimini chorvador xo'jalik o'tkazsa, shu marosim tufayli chorva hayvonlari poklandi deb ishoniladi. Ya'n i shu qilingan ehson tufayli chorva hayvonlaridagi har xil kasallik va nuqsonlardan poklandi, tozalandi deb tushuniladi. Shu sabablardan ham chorvadorlar ko'p hollarda bahorda va kuzda bu marosimni o'tkazadilar. Bahorda chorva yaylovga yo'l oladi va yaylov yo'li chorva uchun mashaqqatli hamda xavfli bo'lishi mumkin. Kuzda esa qishdan sog'-salomat chiqish va chorvalarining ko'payishi vaqtida o'lim hollari

10 Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani,Chilonzor mahallasi,Ismatov Dilmurod ma'lumoti. 21.11.2023yil.

11 * DUO(arab. - iltijo, chaqirish, so'rash) - Qur'on sura va oyatlaridan o'qib, so'ngra Alloh taolodan o'zi yoki boshqalar uchun tilak tilash, iltijo qilish/ Islom ensiklopediyasi.Zuhriddin Husniddinov tahriri ostida,Taqrizchi: akademik Ne'matulla Ibrohimov,«O'zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2004y.73-b.

156

kamroq bo'lishi istab ham shunday qilishadi. Bog'dorchilikda ham shunga o'xshash vazifa bajariladi degan e'tiqod bor.

Yuqoridagi vazifalaridan kelib chiqib, yana bir muhim vazifa -taskin beruvchi vazifasi ham vujudga keladi. Himoyalovchi va poklovchi vazifalari bajarildi deb e'tiqod qilgan insonning ko'ngli taskin topadi, qalbida orom paydo bo'ladi.

Marosimning birlashtiruvchi vazifasi ham insonlar orasida ijobiy ta'siri bilan ajralib turadi. Bunga misol tariqasida shuni keltirish mumkinki, marosim sababli bir uyda yig'ilgan odamlar aholining har xil tabaqasidan, har xil millat va har xil manzildan bo'lishi mumkin. Lekin shu marosim sababli bir uyda, bir dasturxon atrofida yig'ilishadilar. Marosimda insonlarning belgilangan vaqtda, belgilangan manzilda jam bo'lishidan Azbaroyillohning birlashtiruvchi vazifasi shundoq ko'rinib turadi.

Yaxshi munosabatlarni o'rnatuvchi vazifasiga quyidagicha ta'rif berish mumkin. Ikki inson avval biror marotaba bir birovini uyiga bormagan bo'lsayu, marosimga taklif qilinsa, shu marosim tufayli o'rtada bordi keldi yo'lga qo'yiladi va do'stlik,birodarlik rishtalari paydo bo'ladi.

Qo'ni-qo'shnichilik va qarindosh - urug'chilikni mustahkamlovchi sifatida ham alohida vazifaga ega deb bemalol aytish mumkin. Chunki marosimga bir qarindosh aytilsa, kelajakda u inson ham albatta aytgan odamni taklif qilishga harakat qiladi, natijada oradagi munosabat mustahkamlanadi. Bunga misollarni ko'plab keltirish mumkin. Masalan, ikki qarindosh-urug'ni o'rtasida ozgina gina -kudurad bor bo'lsayu, agar, shu marosimga taklif qilinib, ozgina izzat -ikrom ko'rsatilsa oradagi gina-kudurad ko'tarilib, munosabatlar mustahkamlanishiga olib keladi hamda,shu orqali o'tmishda bo'lib o'tgan dilxiralilar unutiladi va hatto dushmanlik munosabatlariga ham chek qo'yiladi.

Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, demak xalq orasida Azbaroyilloh marosimining muntazam bajarilib kelinayotganligining sababi bu marosim himoyalovchi, poklovchi, taskin beruvchi, yaxshi munosabatlar o'rnatuvchi, qo'ni-qo'shnichilik va qarindosh-urug'chilikni mustahkamlovchi kabi ko'plab ijobiy vazifalarni bajaradi.

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Islom ensiklopediyasi. Zuhriddin Husniddinov tahriri ostida,Taqrizchi: akademik Ne'matulla Ibrohimov, «O'zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2004yil.

2. Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani Chilonzor mahallasi, Bobojonov Abdujabbor aka so'zlari, 28.10.2023yil.

157

www.birunijournal .uz

3. Dala yozuvlari. Termiz shahri, Ziyodullayev Nodir ma'lumoti(Sariosiyolik). 21.11.2023yil.

4. Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani, Chilonzor mahallasi, Ismatov Dilmurod ma'lumoti. 21.11.2023yil.

5. Dala yozuvlari. Sariosiyo tumani, Toqchi qishlog'i, Qulmatov Shaxzod ma'lumoti. 21.11.2023yil.

158

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.