Научная статья на тему 'NAMANGAN VILOYATIDAGI MUQADDAS QADAMJLAR VA ZIYORATGOHLAR'

NAMANGAN VILOYATIDAGI MUQADDAS QADAMJLAR VA ZIYORATGOHLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
“Bibi ona” yodgorligi / Halifa chaqqon chillaxonasi / Bibi Naima / Mulla Bozor Ohund / O’n bir Ahmad ziyoratgohi / Hazrati Bob Farg‘oniy ziyoratgohi.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — N M. Xolbo’tayeva

Maqolada Namangan viloyatida joylashgan muqaddas ziyoratgohlar va maqbaralar, ularning paydo bo’lish tarixi,bugungi kunda ushbu ziyoratgohlarga bo’layotgan munosabat va bu ziyoiratgohlarni viloyatda ziyorat turizmini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAMANGAN VILOYATIDAGI MUQADDAS QADAMJLAR VA ZIYORATGOHLAR»

NAMANGAN VILOYATIDAGI MUQADDAS QADAMJLAR VA

ZIYORATGOHLAR

N.M. Xolbo'tayeva

tarbiyachi 3-sonli DMTT, O'zbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani,

https://orcid.org/0009-0008-7189-0836 https://doi.org/10.5281/zenodo.13895572

Annotatsiya. Maqolada Namangan viloyatida joylashgan muqaddas ziyoratgohlar va maqbaralar, ularning paydo bo'lish tarixi,bugungi kunda ushbu ziyoratgohlarga bo'layotgan munosabat va bu ziyoiratgohlarni viloyatda ziyorat turizmini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: "Bibi ona" yodgorligi, Halifa chaqqon chillaxonasi, Bibi Naima,Mulla Bozor Ohund,O 'n bir Ahmadziyoratgohi, Hazrati Bob Farg'oniy ziyoratgohi.

Аннотация. В статье представлены сведения о священных местах паломничества и мавзолеях расположенных на территории Наманганской области. Освещается история их появления, отношении к этим святыням в наши дни, а также значении этих святынь в развитии паломнического туризма в регионе.

Ключевые слова: памятник «Биби она», чиллахона Чаккан Халифа, Биби Наима, Мулла Базар Охунд, паломничество к Одиннадцати Ахмадам, паломничество к Хазрат Баб Фергани.

Abstract. The article provides information about sacred places of pilgrimage and mausoleums located in the Namangan region.The history of their appearance, the attitude towards these shrines today, as well as the significance of these shrines in the development of pilgrimage tourism in the region are covered.

Keywords: «Bibi ona» monument, chillahona Chakkan Khalifa, Bibi Naima, Mulla Bazar Okhund, pilgrimage to the Eleven Ahmads, pilgrimage to Hazrat Bab Fergani.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimizda ziyorat turizmini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan muhim o'zgarishlar tahsinga sazovordir [4]. Namangan shahri ham barcha viloyatlar markazlar kabi viloyatning ham iqtisodiy ham madaniy markazi bo'lib hizmat qilib kelmoqda. Shahar aholisi qadimdan ilmga chanqoq bo'lib shahar aholisi orasidan ko'plab mashhur allomalar yetishib chiqqan.

Namangan shahrida joylashgan maqbaralar va ziyoratgohlarni o'rganish jarayonida ularni deyarli katta qismi bugungi kunda davlat ro'yxatiga olinganligi shu bilan bir qatorda davlat ro'yxatiga va muhofazasiga olinmaganlari ham mavjud. Namangan viloyati, qadimdan o'zining boy tarixi va muqaddas ziyoratgohlari bilan mashhurdir [2].

«Bibi ona» yodgorligi, bu yerdagi barcha ziyoratgohlarning debochasi hisoblanadi. Bu yerda, kech bronza davriga tegishli bo'lgan «Bibionamozor» arxeologik yodgorligi joylashgan. Yodgorlik Chust tumanida joylashgan bo'lib, 4,5 gektar maydonni egallaydi. Qadimiy yodgorlik hududida, «Bibi Ona-qaynar buloq» muqaddas bulog'i joylashgan. Buloq yonida, yodgorlikning qadimiy tarixini tasdiqlovchi ko'plab topilmalar topilgan.

Namangan shahridagi qadimiy ziyoratgohlardan biri Yangiqo'rg'on ko'chasida joylashgan Halifa chaqqon chillaxonasi bo'lib bu tarixiy ziyoratgohning paydo bo'lish tarixi XVII asrga borib taqaladi. Bu chillaxona tarixiga oid ma'lumotlar juda kam saqlangan. Bu chillaxona

madaniy meros obyektlari ro'yxatiga olinmagan. XVII asrga oid yana bir ziyoratgoh Ho'jamin maqbarasi bo'lib u Namangan shahrining Ko'zagarlik ko'chasida joylashgan

Yana bir ziyoratgoh - «Bibi Naima Ona» Chortoq tumanida joylashgan. Bu yerda tiniq suvli hovuz joylashgan bo'lib uning suvining tiniqligidan tubidagi qum donalarini ham ko'rish mumkin. Hovuz shaklida yirik qo'l ko'rinishini payqash mumkin deyishadi. Hovuz, Avliyo Sulton Uvays qaroniyning onasi - Bibi Naima Ona maqbarasining quyi qismida joylashgan. Ushbu tarixiy yodgorlik, XII-XIII - asrlarda barpo etilgan. Yaqinda, ziyoratgoh hududida ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Ziyoratgoh hududi obodonlashtirildi va ziyorat marosimlarini amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Tasavvuf alloamalaridan Mulla Bozor Ohund,shayh va olim Mavlaviy Mulla Xo'ja Eshon,Sulaymon to'ra Ulug'xo To'ra o'gli Nodim Namangoniy kabi ulug' hamyurtlarimiz so'zimizga misol bo'ladi. Namangan shahrida joylashgan maqbaralardan yana biri Namangan shahrining qadimiy dahalaridan biri Labbay tog'a dahasida joylashgan Mulla Bozor Oxund maqbarasidir. Mulla Bozor Oxund o'shadavrda Turkistonning ilm ma'rifat markazi bo'lgan Buxoro shahriga boradi.Bu shaharda o'z davrining donishmand olimlaridan Mirzo Bahodir Buxoriydan ta'lim olib ta'lim yakunida ustozidan " Irshod xati" ( Pirning yorlig'i) oladi. Keyinchalik Qashqarning Ho'tan,Yorkent kabi shaharlarda bo'lib asli kosonlik Sulton Sayyid Jaloluddinning avlodlaridan bo'lgan mashur pir Hidoyatulloh Ofoq Xo'ja bilan tanishib bir qancha vaqt uning huzurida bo'ladi. Qashqardan Buxoroga keyin Qo'qonga va ona shahari Namanganga qaytgan Mulla Bozor Oxund Labbay to'ga mavzesidagi madrasada mudarrislik va masjidda imomlik qiladi.Mulla Bozor Ohund fiqh,hadisshunoslik, faroiz , tarix ,ruhshunosllik ilmlarini yaxshi egallagan yirik olim edi [3].

«O'n bir Ahmad» ziyoratgohi-Namamangan shahri G'irvon MFY hududida joylashgan ziyoratgoh bo'lib 1990 yilda mahalliy aholi tamonidan hashar yo'li bilan bunyod qilingan [1]. Bu ziyoratgohning bunday atalishi islom olamining turli hududlarida turli yillarda yashab o'tgan o'n bir nafar Ahmad ismi bilan atalgan tasavvuf ilmining yirik vakillari bilan bog'liq.Bu allomalar: Ahmad Mursal,Ahmad Hanbal,Ahmadi Hayrun Nassaj,Ahmadi Arkan, Ahmadi Xizraviya,Ahmadiiya Rovanda, Ahmadi Muxtor, Ahmadi Jomiy, Ahmad Yassaviy, Ahmadi Qabr, Ahmadi Sigarlardir. Ziyoratgoh hizmatchilari bergan ma'lumotda aytilishicha ziyoratgohda mavjud bo'lgan qabrga ana shu o'n bir shayxning ta'limotlarini targ'ib qilgan shayx dafn qilingan.

Hazrati Bob Farg'oniy ziyoratgohi — Namangan shahar Pop tumanida joylashgan ziyoratgoh hisoblanadi.Hazrati Bob Farg'oniy qadimiy Farg'onaning mashhur shayxlaridan bo'lib, „Bob" taxallusi bilan nom qozongan.Pop tumani bilan Chinor qishlog'i o'rtasida Olmossoy bo'yida Hazrati Bob nomli qabriston mavjud.

Namangan shahrining Chorsu hududi yaqinida me'moriy yodgorlik -Xo'ja Amin maqbarasi joylashgan [5]. Maqbara XVIII asrning ikkinchi yarmida, Namangan Farg'ona vodiysining yirik shaharlaridan biriga aylangan vaqti qurilgan. Yodgorlikka qarab, milliy hunarmandlarning o'lmas san'atiga tasanno aytasiz. Maqbara binosini bezatishda o'yma naqshlardan foydalanilgan. Samarqandning XIV-XV asrlarga tegishli yodgorliklari, Buxoroning XVI-XVII asrlarga tegishli binolari rangli qoplamalardan ishlangan ajoyib naqshlari bilan yaraqlaydi, biroq o'yma naqshlarni ko'rmaysiz. Lekin, XVIII asrning ikkinchi yarmida Namangan maqbarasida o'yma naqsh ishlatilgani hayratlanarli. Maqbaraga kiraverishda bo'rtma harflarda "Abduraim o'g'li usta Muhammad Ibrohimning asari", deb yodgorlikni qurgan ustaning ismi yozilgan.

Binoning old tomoni nayzasimon ark shaklida, burchaklarida guldasta naqshli baland peshtoq bor. Portal arki tepasiga P shaklida hoshiya bilan ishlov berilgan, ular ingichka va qalin tasmalar almashinuvida ishlangan bo'lib, guldasta hamda geometrik naqshlar bilan bezatilgan.

Qalin hoshiyalar o'yilgan chinni terrakota tasmalari bilan bezatilgan, ingichkalari esa alebastr ustiga ikki qavatli o'yma uslubida bajarilgan. Ma'lumki, binoning pastki qismi avvallari qizil rangga bo'yalgan bo'lib, ochiq oq rangli o'yma uchun fon o'rnida bo'lgan. Hozirgi vaqtga kelib ikkala qavati ham bir xil rangda va o'yma terrakota chinnidan, deyarli farqi yo'q.

Xo'ja Amin maqbarasining badiiy bezagi yuqori did bilan mohirona bajarilgan. Alohida bo'laklarida butun kompozitsiyasi kabi badiiy hissiyotlar, marom va mutanosiblik ruhi kuzatiladi. Shu bilan birga butuni va bo'laklari bir butun uslubda birlashgan.

Garchi, o'yma yozuv va naqshlari gul va geometrik shakllarda bajarilgan bo'lsa-da, naqsh madaniyati boyligi va turli xilligi bilan kishini lol qoldiradi. Rassom didi va mahirona ijrosi orqali nafis bejirimlik namunasini yaratgan.

Xulosa qilib aytganda bugungi kunda Namangan shahrida mavjud bo'lgan maqbaralar va ziyoratgohlar xalqimizning ko'hna tarixining ajralmas qismi sifatida bugungi ma'naviy hayotimizda ham muhim o'rin tutib kelmoqda .Bu muqaddas maskanlarni yosh avlodni buyuk ajdodlar ruhiga hurmat ruhida tarbiyalashda ahamiyati juda katta. Bunda albatta hukumatimiz tamonidan ziyorat turizmini rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning tutgan o'rni beqiyos.Ana shunday maqbaralar va ziyoratgohlarni tarixini o'rganish va qo'lga kiritilgan natijalardan yosh avlodni ma'naviyati yetuk avlod sifatida tarbiyalashda unumli foydalanish kerak.Bu tarbiyani biz maktabgacha ta'limdan boshlashimiz zarur. Hali davlat ro'yxatiga va muhofazasiga olinmagan maqbaralar va ziyoratgohlarni davlat ro'yxatiga olish,hududlarini obodonlashtirish,ularni yana xalqimizning ma'naviyat tarqatuvchi maskanlariga aylantirish oldimizda turgan muhim vazifalardan biri qilib olishimiz zarur.

REFERENCES

1. Ahmadaliyeva L. Namangan viloyati ziyoratgohlari.Namangan: - 2015 (b) . - b. 49 - 50

2. Qosimov Yo. Namangan tarixidan lavhala. Namangan: - 1995 (b). - b. 96 - 97

3. Yusupov I., Mirzaaliyev E. Namangan viloyati me'moriy obidalar sirlari. Namangan: - 2008 (b). b. 13 - 15

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" 2018 -yil 19-dekabrdagi PQ -4068-sonli qarori . "Lex UZ" huquqiy axborot portali.

5. Xoji Amin maqbarasi/ https://meros.uz/obiect/xoji-amin-maqbarasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.