SUN'IY INTELLEKT YORDAMIDA TIL O'RGANISHNING AFZALLIKLARI VA UNING MADANIYATIGA TA'SIRI
Abdug'affarova Arofat Shamsiddinovna
arofatabdugaffarova9071 @gmail.com
Annotatsiya: Sun'iy intellekt texnologiyalarini til o'rganishda qo'llanilishi kata afzalliklarga ega, jumladan til o'rganuvchilari xohlagan vaqtida va istalgan joyida tilni o'rganishi hamda baholana olishlari mumkin. Bundan tashqari o'rganuvchilarning til o'rganish qobiliyatiga qarab sun'iy intellekt dasturlar tuzib beradi. Lekin ushbu jarayonning ham ba'zi bir salbiy tomonlari ham bor. Xususan, SI texnologiyalari madaniy meros, til va an'analar bilan bog'liq nozik masalalarga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ayniqsa, SI vositalaridan foydalangan holda til o'rganish jarayoni milliy madaniyatning so'nib borishiga, tilning standartlashuviga va madaniy xilma-xillikning kamayishiga olib keladi.
Kalit so'zlar: interaktiv o'qitish, moslashuvchanlik, individual yondashuv, tilning standardlashuvi, madaniy tasavvur, sterotip, til va madaniyatni tijoratlashuvi, madaniy nuanslar.
Kundan-kunga rivojlanib borayotgan axborot zamonida texnologiyalar hayotimizning har bir nuqtasiga kirib bordi. Jumladan, Sun'iy intellekt barcha tashkilotlarga kirib bordi, xususan ta'lim ham bundan mustasno emas. Uning foydali xususiyatlari bilan bir qatorda cheklovlarini ham rad etib bo'lmaydi. Hozirgi texnologiyalar rivojlangan davrda til o'rganish jarayoni ham o'zgarib bormoqda. An'anaviy usullardan farqli o'laroq, sun'iy intellekt (SI) texnologiyalari yordamida til o'rganish yanada samarali va individual yondashuvli bo'lishi mumkin. Sun'iy intellekt yordamida ishlab chiqilgan til o'rganish ilovalari foydalanuvchining bilim darajasi va ehtiyojlariga moslashib, individual yondashuvni taqdim etadi. SI foydalanuvchining yutuqlari va xatolarini tahlil qilib, darslarni shunga mos ravishda o'zgartiradi. Bu yondashuv orqali har bir o'quvchi o'z tezligida o'rganishi va tilni
mustahkam o'zlashtirishi mumkin. Masalan, zaifraq bo'lgan jihatlaг bo'yicha ko'pгoq mashqlar taklif qilinishi, o'quvchi uchun individual rivojlanish yo'li taqdim etilishi mumkin. An'anaviy til o'qituvchilaridan farqli o'laгoq, sun'iy intellekt asosidagi daste^ haг doim mavjud. O^ganayotgan shaxs o'zi xohlagan vaqtda, xohlagan joyda o'гganishi mumkin. Bu imkoniyat ayniqsa band bo'lgan kishilaг yoki o'qish uchun qatnov muammosi bo^gan^ uchun katta qulaylik yaгatadi. Foydalanuvchilar o'z vaqt jadvaliga moslab, o^ganishni гejalashtiгishi va haг qanday qulay vaqtda mashq qilishi mumkin. Sun'iy intellekt yoráamida ishlab chiqilgan o'quv dasturiari inteгaktiv mashqlaг, simulyatsiyalaг va muloqot o^ali o'гganish imkonini beradi. Bu jaгayonda o'quvchilaг so'z boyligini kengaytirish, talaffuzni yaxshilash va real hayotda uchraydigan vaziyatlaráa muloqot qilishni o'гganisЫaгi mumkin. Sun'iy intellekt yoráamida ovozli tanish tizimlari foydalanuvchining talaffuzini tahlil qilishi va to'g'гilash uchun ta^if^ berishi mumkin, bu esa tilni aniq va to'g'ri talaffuz qilishga yoгdam beгadi. Sun'iy intellekt yoráamida til o'гganish ilovalaгi turii xil o'quv mateгiallaгini taqdim etadi: matn, ovozli va video materials, turii mashqlaг va inteгaktiv o'yinlar Bu xilma-xil usullar o'quvchilaгga tilni chuquiroq va qiziqaгli taгzda o^ganish imkonini beгadi. Buning natijasida o^ganish jaгayoni monotonlikdan uzoq bo'lib, o^uvchilai uchun qiziqaгli va samaгali bo'ladi. Sun'iy intellekt texnologiyalari foydalanuvchilaming talaffuzini tahlil qilib, noto'g'ri talaffuz qilingan so'zlami aniqlashi va ulami qanday to'g'rilash keгakligi haqida ko'гsatmalaг berishi mumkin. Bu esa til o^ganayotganlaTga tilni to'g'ri va ravon talaffuz qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, tinglash ko'nikmalarini гivojlantiгish uchun sun'iy intellekt turii daгajadagi tinglash vazifalarini, гeal hayotiy suhbatlarni va ovozli materiallarni taklif qiladi, bu esa tinglash va tushunishni yaxshilashga yoráam beradi. Sun'iy intellekt asosida ishlab chiqilgan chat-botlar va ovozli yordamchilar foydalanuvchilar bilan real vaqtda muloqot qilishi mumkin. Bu jarayonda til o^ganayotgan shaxs o'z bilimini amalda sinovdan o'tkazishi va muloqot qilish ko'nikmasini rivojlantirishi mumkin. Sun'iy intellekt foydalanuvchiga turli mavzular haqida savollar berishi va uning javoblarini baholashi, muloqotni yanada rivojlantirishi uchun tavsiyalar berishi mumkin. Ushbu texnologiyalar
yordamida ishlab chiqilgan ilovalar gamifikatsiya elementlarini, ya'ni o'yin elementlarini o'z ichiga olishi mumkin. Masalan, muvaffaqiyat uchun ballar berish, darajalarni oshirish, mukofotlar olish va maqsadlarga erishish orqali foydalanuvchilarni til o'rganishga qiziqtirish mumkin. Bu o'quvchilarning motivatsiyasini oshiradi va ularni muntazam ravishda mashg'ulot qilishga undaydi. Bundan tashqari sun'iy intellekt foydalanuvchilarga haqiqiy hayotda tilni qanday ishlatish kerakligini o'rgatishga qaratilgan mashqlarni taqdim etadi. Misol uchun, kundalik vaziyatlarda ishlatiladigan iboralar, haqiqiy muloqotlarda uchraydigan misollar orqali o'rgatadi. Bu esa o'quvchilarga tilni real hayotda qo'llash qobiliyatini tezroq shakllantirish imkonini beradi va o'rganilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq qilishni osonlashtiradi. Sun'iy intellekt yordamida til o'rganish jarayoni individual yondashuv, muloqot imkoniyatlari va zamonaviy texnologiyalar orqali samarali va qiziqarli bo'lishi mumkin. Bu texnologiyalar yordamida til o'rganayotganlar o'z vaqt jadvaliga mos ravishda o'rganish, talaffuzni yaxshilash va real hayotiy vaziyatlarda muloqot qilish imkoniga ega bo'ladilar. Sun'iy intellekt til o'rganishni nafaqat qulay va tezroq, balki ancha samarali va qiziqarli qilishga yordam beradi.
SI tomonidan o'rgatilayotgan tillar ko'pincha asosoiy mantiqiy va Grammatik tuzilmalarga tayanadi, ammo milliy madaniyatga xos bo'lgan nuanslar e'tibordan chetda qolishi mumkin. Masalan quyida bir necha jihatlarni ko'rib chiqish mumkin:
Ideoma va frazeologizmlar xalq orasida keng tarqalgan va ma'nosi so'zlarning to'g'ridan to'g'ri tarjimasidan farqli bo'lgan iboralarni tushunish va to'g'ri qo'llash uchun o'sha millatning madaniy kontekstini yaxshi tushunishi kerak. Bundan tashqari ma'lum bir madaniyatdagina tushuniladigan hazil va satiralar mavjud bo'lib sun'iy intellekt bunday nozik jihalarini to'gri tushunmay noto'g'ri talqin qilishi yoki kontekstdan uzib yuborishi mumkin. Har bir madaniyatda o'ziga xos bo'lgan muloqot uslubi va odobi bor. Misol uchun o'zbek madaniyatida muloqotni boshlashdan oldin salomlashish va hol ahvol so'rash kerak, yana boshqalarda to'g'ridan to'g'ri gapirish odatiy hol. SI bunday muloqot odoblarini o'zlashtirmagan yoki noto'g'ri qabul qilishi mumkin. Madaniy belgilar va ramzlar ham so'zlar yoki iboralar ma'lum madaniyatlarda maxsus begilar yoki ramziy ma'noga ega bo'lishi mumkin. Bu
nuanslar SI tomonidan to'g'ri tushunilmasa, noto'g'ri kontekstda ishlatilishi mumkin va bu milliy madaniyatga xos ramziy ma'nolarni to'g'ri anglashga to'sqinlik qilishi mumkin. Madaniyatning yana bir muhim jihati tarixiy va ijtimoiy kontekst bo'lib, har bir madaniyatning o'z tarixiy va ijtimoiy konteksti bor. Masalan, muayyan voqealarga yoki tarixiy shaxslarga ishora qiluvchi so'zlar yoki iboralar ko'pincha milliy madaniyatning bir qismidir. SI bu tarixiy kontekstlarni to'liq tushuna olmasa, bu nuanslarni noto'g'ri talqin qilishi yoki matndan tushirib qolishi mumkin. Natijada bu tilni to'la qonli o'rganishda to'siqlar qo'yishi mumkin.
Tilning standartlashuvi bu tilning o'ziga xos, jonli shakllarining asta-sekin yo'qolib, tilni rasmiy, standart, adabiy yoki "kitobiy" shaklga yaqinlashishi jarayonidir. Sun'iy intellekt til o'rganishda qo'llanilganda, bu jarayon quyidagi yo'llar bilan madaniyatga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Ulardan biri mintaqaviy lahjalar va dialektlarning yo'qolishi bo'lib, Sun'iy intellekt dasturlari odatda biror tilning rasmiy, adabiy shakliga asoslanadi, va u mintaqaviy lahjalar yoki dialektlarni e'tiborga olmaydi. Bu jarayonda mahalliy tilda gaplashuvchi insonlar SI vositalarida bu lahjalarni topa olmay, rasmiy shaklda gaplashishga majbur bo'ladilar. Natijada, mintaqaviy dialektlar sekin-asta yo'qolib boradi. Bundan tashqari ko'plab talaffuz va ifoda shakllarining chetlab qolinishimumnik. Har bir tilning mintaqaviy xilma-xilligi bor. Sun'iy intellekt ko'p hollarda faqat standart talaffuz va ifoda shakllarini o'rgatadi, bu esa turli hududlarda yashovchi odamlarning o'z tilida mavjud bo'lgan rang-barang talaffuzlarini chetda qoldiradi. Shu sababli, tilning boyligi va xilma-xilligi yo'qolishi mumkin. SIning tilning standardlashuviga olib keladigan jihatlaridan biri bu madaniy xilma-xillikning kamayishi ya'ni dialektlar, lahjalar va mahalliy ifodalar madaniy xilma-xillikning muhim qismi hisoblanadi. Sun'iy intellekt faqat rasmiy til shaklini targ'ib qilganda, bunday xilma-xillik asta-sekin yo'qoladi. Natijada, madaniyat o'ziga xos ifoda vositalaridan mahrum bo'ladi va standart, umumiy til asosiy o'rinni egallab boradi. Bu jarayon milliy madaniyatning boyligini kamaytiradi va tilni bir xil, "yupqa" ifoda shakliga aylantiradi. Yana bir jihatlaridan tilga o'zgarish kiritish qobiliyatining cheklanishi bo'lib, tillar doimiy o'zgaruvchan hodisalardir; odamlar ularga yangi so'zlar, iboralar va ifoda shakllarini qo'shib,
ularni boyitib boradi. Biroq, sun'iy intellekt asosan mavjud standart qoidalar va lug'atlar asosida ishlagani uchun, yangi so'z va ifodalarni yetarlicha tez o'zlashtira olmaydi. Bu esa tilning tabiiy rivojlanish jarayonini cheklashi va madaniy muhitda yangi, ijodiy ifodalarni shakllantirish imkoniyatini kamaytirishi mumkin. Tilning standartlashuvi sun'iy intellekt yordamida o'rganish jarayonida tilning rasmiy va umumiy shakliga qaratilgan e'tibor natijasida yuzaga keladi. Bu esa jonli, boy va xilma-xil til va madaniy ifoda vositalarini asta-sekin yo'qotib, madaniy o'ziga xoslikni zaiflashtiradi.
Madaniy tasavvurlar va sterotiplar.Til o'rganishda sun'iy intellektning madaniyatga salbiy ta'sirida "madaniy tasavvurlar va stereotiplar" deganda, sun'iy intellekt modellarida ma'lum millat yoki madaniyat haqida noto'g'ri, yuzaki yoki umumlashgan fikrlar shakllanishi va shu stereotiplar til o'rganayotganlarga yetkazilishi tushuniladi. Bu salbiy ta'sir quyidagi shakllarda namoyon bo'lishi mumkin. Avvalo madaniy tasavvurlarni noto'g'ri talqin qilish bunda sun'iy intellekt modellarini o'rgatishda ular katta hajmdagi ma'lumotlarga asoslanadi, bu ma'lumotlar esa ko'pincha biror millat yoki madaniyatga nisbatan noto'g'ri yoki noto'liq tasavvurlarni o'z ichiga olishi mumkin. Misol uchun, ma'lumotlar ba'zida ma'lum bir millatga tegishli noto'g'ri umumlashmalarni o'z ichiga oladi yoki ularning madaniyatini yuzaki tarzda talqin qiladi. Natijada, til o'rganayotgan shaxslar bu madaniyat haqida haqiqiy tasavvurga ega bo'lmay, sun'iy intellekt tomonidan yetkazilgan noto'g'ri yoki umumiylashtirilgan tasavvurlar bilan cheklanib qolishi mumkin. Sun'iy intellekt algoritmlari insonlar tomonidan ishlab chiqilgan va ularning o'qitilishi uchun ishlatiladigan ma'lumotlar to'plamiga tayanadi. Agar bu ma'lumotlar millat yoki madaniyatga oid stereotiplarni o'z ichiga olsa, SI modeli ham bu stereotiplarni qayta-qayta ishlab chiqishi va tarqatishi mumkin. Masalan, biror millatga doir "ishchan" yoki "tanbal" degan kabi noto'g'ri stereotiplar, sun'iy intellekt tomonidan turli vaziyatlarda qayta foydalanilishi mumkin, bu esa noto'g'ri tasavvurlarni yanada mustahkamlashga olib keladi. Bundan tashqari sun'iy intellekt madaniy xilma-xillikni yo'qotishi mumkin. Stereotiplar odatda madaniyatni murakkab va rang-barangligi bilan emas, balki bir xil va cheklangan tasavvurlar
orqali talqin qiladi. Sun'iy intellekt madaniyatni o'rgatish jarayonida bu xilma-xillikdan ko'ra, mavjud umumlashmalarni taqdim etishi mumkin. Bu esa til o'rganayotganlarga madaniyatni boy va turli jihatlarini anglash imkoniyatini kamaytiradi. Madaniy kontekstlarning o'rniga stereotiplar berilganda, madaniyatning haqiqiy mohiyati tushunilmay qolishi mumkin. Madaniy nozik jihatlarni tushunmaslik ham ma'lum bir jamiyatni madaniyatini tushunishda anglashilmovchilik tug'dirishi mumkin. Stereotiplar ko'pincha madaniy nozik jihatlarni e'tibordan chetda qoldiradi. Har bir millat o'ziga xos odatlar, qadriyatlar va axloq qoidalariga ega. Sun'iy intellekt tomonidan ma'lum madaniyatga doir ma'lumotlar noto'g'ri yoki yuzaki talqin qilinsa, til o'rganayotgan shaxslar bu madaniy nozikliklarni tushunmaydi va ba'zan o'zlarining tushunmovchiliklari tufayli noto'g'ri munosabatlarga olib kelishi mumkin. Madaniy tasavvurlar va stereotiplar orqali biror millatning barcha a'zolari haqida bir xil fikr shakllanishi mumkin bu esa noto'g'ri madaniy umumlashmalar hisoblanadi. Misol uchun, "italiyaliklar faqat pastani yaxshi ko'radi" yoki "yaponlar juda xushmuomala" kabi umumlashmalar hamma uchun to'g'ri bo'lmaydi, lekin sun'iy intellekt tomonidan o'qitilgan ma'lumotlarda bunday stereotiplar bo'lsa, ularni til o'rganayotgan insonlar ham qabul qilib olishlari mumkin. Shu sababli, sun'iy intellektning til o'rganishda qo'llanilishi jarayonida ma'lumotlar to'plamlarining tanlanishi va ishlatilishi juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim. Bu jarayonda stereotiplar va noto'g'ri madaniy tasavvurlardan qochish, madaniyatning boy va murakkab jihatlarini to'g'ri yetkazish madaniy xilma-xillikni saqlab qolish uchun muhim hisoblanadi.
Til va madaniyatni tijoratlashuvi deganda sun'iy intellekt yordamida til va madaniyatning yengil, tijoratga yo'naltirilgan ko'rinishda taqdim etilishi nazarda tutiladi. Bu jarayonda madaniyat va tilning murakkab, chuqur jihatlari emas, balki tijorat maqsadlariga moslashgan, oson o'zlashtiriladigan qismi ta'kidlanadi. Bu salbiy ta'sirlar quyidagi yo'llar bilan namoyon bo'lishi mumkin. Avvalo Madaniyatni soddalashtirishni misol qilib olsak bo'ladi. Sun'iy intellekt yordamida ishlab chiqilgan til o'rganish platformalari ko'pincha foydalanuvchilarga eng oson va tez o'rganiladigan materiallarni taqdim etishga harakat qiladi. Bunday yondashuvda
madaniyatning boy, chuqur va nozik jihatlari chetda qolishi mumkin, chunki ularni tushunish va o'rganish ko'proq vaqt va e'tibor talab etadi. Natijada, madaniyat faqat asosiy, yuzaki jihatlar bilan tanishtiriladi, bu esa uning chuqur tarixiy va ijtimoiy jihatlaridan uzoqlashtiradi. Yana bir salbiy ta'siridan biri bu madaniyatni tijorat maqsadlariga moslashtirish bo'lib, sun'iy intellekt asosida ishlab chiqilgan til o'rganish vositalari tijorat maqsadlari bilan ishlab chiqilgani sababli, ular ko'pincha til va madaniyatni kengroq auditoriyaga yoqadigan shaklda taqdim etishga intiladi. Bu esa madaniyatning tijorat jihatdan jozibador tomonlarini ta'kidlashga, masalan, sayyohlik uchun muhim bo'lgan madaniy elementlarga ko'proq e'tibor qaratishga olib keladi. Natijada, til o'rganuvchilar uchun o'sha madaniyat faqat tijorat nuqtai nazaridan ahamiyatli bo'lgan jihatlar bilan cheklanib qoladi. Sun'iy intellekt vositalari ko'p hollarda biror madaniyatga yagona, oddiy va jozibador ko'rinish orqali yondashadi. Bu jarayonda madaniyatning turlicha yondashuvlari, muqobil qarashlari va o'ziga xos tafakkur shakllari yetarlicha aks ettirilmaydi. Madaniyatning murakkab, ko'p qatlamli tabiati tijorat maqsadlariga moslashtirilgan yondashuvda yo'qoladi, bu esa madaniyat haqida bir xil, soddalashtirilgan tasavvur hosil qiladi. Tijorat maqsadlariga xizmat qiluvchi til o'rganish dasturlari o'rganilayotgan madaniyatni qiziqarli va oson qabul qilinadigan shaklda taqdim etishga harakat qiladi. Bu jarayonda ba'zi muhim, lekin murakkab madaniy elementlar, masalan, diniy urf-odatlar, tarixiy mojarolar yoki ijtimoiy masalalar kamroq e'tiborga olinadi. Natijada, til o'rganuvchilar haqiqiy madaniyatning to'liq ko'rinishini tushuna olmay, faqat tijorat maqsadlari uchun taqdim etilgan qismlarini o'zlashtiradilar. Madaniyatni tijoratlashuv jarayonida u iste'molga moslashtirilgan shaklga keltiriladi, ya'ni o'rganuvchilar uchun qulay va ko'proq foyda keltiradigan jihatlari ta'kidlanadi. Bunday jarayonda madaniyat o'zining asl mohiyatidan uzoqlashadi va tijorat mahsuliga aylanadi. Bu esa madaniyatni boy va xilma-xil qiluvchi elementlarning chetda qolishiga va o'rganilmasligiga olib keladi. Til va madaniyatning tijoratlashuvi sun'iy intellekt yordamida til o'rganishda madaniyatning murakkab, chuqur va qimmatli jihatlari o'rniga uni soddalashtirilgan va tijoratga moslashgan shaklda taqdim etilishiga sabab bo'ladi. Natijada, madaniyatning boyligi va turli xilligi
yo'qolishi mumkin, bu esa til o'rganayotganlarga o'sha madaniyatni chuqur anglash imkoniyatini bermaydi. Sun'iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiquvchilar til va madaniyatni tijorat maqsadlariga moslashtirmasdan, uning haqiqiy, to'liq va murakkab jihatlarini o'rgatishga intilishlari zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Crompton, H. & Burke, D. (2023). Artificial intelligence in higher education: The state of the field. International Journal of Educational Technology in Higher Education, 20, 22 (2023). https://doi.org/10.1186/s41239-023-00392-8
2. Dizon, G. & Gayed, J. M. (2021). Examining the impact of Grammarly on the quality of mobile L2 writing. JALT CALL Journal, 17(2), 74-92. https://doi.org/10.29140/jaltcall.v17n2.336
3. Dizon, G. & Tang, D. (2020). Intelligent personal assistants for autonomous second language learning: An investigation of Alexa. JALT CALL
Journal, 16(2), 107-120. https://doi.org/10.29140/ jaltcall.v16n2.273
4. Chubb J., Reed D. and Cowling P., 'Expert views about missing AI narratives: is there an AI story crisis?', AI & Society, 2022.
5. Barth F., 'Some Technical Details and Challenges of Project: ''The Voice of Art - IBM | Watson'' ', 2017.
6. Boucher Ph., Artificial intelligence: How does it work, why does it matter, and what can we do about it study, Scientific Foresight Unit (STOA), EPRS, European Parliament, June 2020.
7. 'Opportunities and challenges of artificial intelligence technologies for the cultural and creative sectors', Collective work, European Commission, February 2022.