Научная статья на тему 'MADANIYATLARARO MULOQOT YUTUQLARI VA ISTIQBOLLARI.'

MADANIYATLARARO MULOQOT YUTUQLARI VA ISTIQBOLLARI. Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
This article presents ideas about the integration of cultures of people and nations in teaching foreign languages. Language is used as a means of communication and a unit of culture. In the field of the foreign language teaching system / there are two opposing views on the relationship between language and culture: the first point of view emphasizes that language and culture are inextricably linked. This idea is taken from a 2003 article by Biram and Grandy. "However / the second view is that

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umida Yusupova Inomovna

Ushbu maqola chet tillarni o`qitishda xalqlar va millatlar madaniyati integratsiyasi haqida fikrlar ilgari surilgan. Til aloqa vositasi va madaniyat birligi sifatida qo’llaniladi. Xorijiy tili o’qitish tizimi sohasida til va madaniyat o’rtasidagi munosabatlarga oid ikki qaramaqarshi nuqtai nazar mavjud: birinchi qarashda til va madaniyat uzviy bog’liqligita’kidlanadi. Ushbu fikr Biram va Grandi tomonidan 2003–yildagi maqolasidan olingan. “Biroq ikkinchi nuqtai nazarga ko’ra, ingliz tilini o’qitish madaniy kontekstlaridan individual ravishda o’rganish kerak”, deb ta’kidlanadi Sardining 2002yildagi kitobida. Ushbu mashhur munozaralar til va madaniyat tushunchalari birbiriga bog’langan yoki bog’lanmaganligini ko’rib chiqadi. Til va madaniyat ajralmas tushunchalar tog`risidagi xulosalar,taklif va tavsiyalar ishlab chiqilganini ko`rish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYATLARARO MULOQOT YUTUQLARI VA ISTIQBOLLARI.»

MADANIYATLARARO MULOQOT YUTUQLARI VA ISTIQBOLLARI.

Umida Yusupova Inomovna

Namangan davlat universiteti Jahon tillari fakulteti Ijtimoiy-gumanitar yo'nalishlar bo'yicha chet tillar kafedrasi o'qituvchisi e-mail:umidayusupova222@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10820713

Annotatsiya. Ushbu maqola chet tillarni o'qitishda xalqlar va millatlar madaniyati integratsiyasi haqida fikrlar ilgari surilgan. Til aloqa vositasi va madaniyat birligi sifatida qo'llaniladi. Xorijiy tili o 'qitish tizimi sohasida til va madaniyat o'rtasidagi munosabatlarga oid ikki qaramaqarshi nuqtai nazar mavjud: birinchi qarashda til va madaniyat uzviy bog'liqligita'kidlanadi. Ushbu fikr Biram va Grandi tomonidan 2003-yildagi maqolasidan olingan. "Biroq ikkinchi nuqtai nazarga ko'ra, ingliz tilini o'qitish madaniy kontekstlaridan individual ravishda o'rganish kerak", - deb ta 'kidlanadi Sardining 2002-yildagi kitobida. Ushbu mashhur munozaralar til va madaniyat tushunchalari bir- biriga bog'langan yoki bog'lanmaganligini ko'rib chiqadi. Til va madaniyat ajralmas tushunchalar togrisidagi xulosalar,taklif va tavsiyalar ishlab chiqilganini ko'rish mumkin.

Abstract. This article presents ideas about the integration of cultures ofpeople and nations in teaching foreign languages. Language is used as a means of communication and a unit of culture. In the field of the foreign language teaching system, there are two opposing views on the relationship between language and culture: the first point of view emphasizes that language and culture are inextricably linked. This idea is taken from a 2003 article by Biram and Grandy. "However, the second view is that English language teaching should be individualized from cultural contexts," Sardi's 2002 book notes. This popular debate examines whether or not the concepts of language and culture are connected. It can be seen that conclusions, suggestions and recommendations about the inseparable concepts of language and culture have been developed.

Keywords: integration, nation, culture , language, concepts, emphasize

Kirish. Til o'rganish nafaqat alifbo, lug'at va grammatikani o'z ichiga olgan murakkab jarayon bo'lib, matn mazmunini, masalan, xulq-atvor va madaniy me'yorlarini o'rganishni o'z ichiga qamrab olishi zarur. Yangi axborot texnologiyalari tufayli ish jarayonlari, kundalik hayot tarzi, ta'lim va kundalik muloqot jarayonlarida madaniyatlararo o'zaro ta'sirning barcha xususiyatlari ko'z o'ngimizda o'zgarib bormoqda. Masalan, talabalar qandaydir yangi tilni o'rganayotganlarida yangi til mazmuni haqida va bu tilni o'rganish jarayonida ushbu til xususiyatlari bilan birgalikda madaniyat bilan ham bevosita muloqot qilish qobiliyatiga ega bo'ladilar. Har qanday tilni o'rganish uchun ular nafaqat tilni, balki u bilan bog'liq barcha xususiyatlarni: joy, makon, tarix va madaniyatni o'rganish jarayonidan o'tadilar.

Muhokama va tahlillar. Shunday qilib, ular tilda gaplashish orqali o'sha til madaniyatiga, ya'ni til va madaniyat o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik kuchi va mohiyatiga avtomatik ravishda singib ketishlari mumkin. Shuning uchun Gao, Tang va Xu kabi tilshunoslar ["Madaniyat va til"- 2009. 101-129 ] "Til - bu madaniyat va bu ikki atama bir-biri bilan chambarchas bog'liq" degan qat'iy fikr bildirgan edi. Brok va Nagasaka ["Til o'qitish asoslari" - 2005. 12-23] kabi boshqa mutaxassislar til o'rganishning barcha bosqichlarida madaniyatlararo yoki pragmatik kompetensiyani hisobga olish kerakligini ta'kidlaydilar. Ushbu dastur o'rganilayotgan xorijiy til o'rganuvchilarni ijtimoiy ko'nikmalarga ega qila oladi, chunki o'quvchilar bu ko'nikmalar orqali

ijtimoiy aloqa o'rnata oladilar va bu borada muvaffaqiyatga erisha oladilar. Madaniyat tushunchasini o'quv dasturining asosiy mavzusi sifatida tushunmaslik kerakligi haqida berilgan eng so'nggi bahs 2003-yilda Bennet va boshqalar tomonidan taqdim etilgan. Ushbu olimlar madaniyat tushunchasini til o'qitish jarayonidan chetlatish uchun bir nechta noto'g'ri fikrlarni sanab o'tishgan. Birinchidan, ular til o'quv dasturlari allaqachon ishlab chiqilgani va uni butunlay o'zgartirib bo'lmasligini aytishadi. Shunday ekan, xorijiy til o'quv dasturiga madaniyat tushunchasini kiritish uchun o'quv dasturida qo'shimcha joy yo'q deb hisoblashadi. Ikkinchidan, ko'pgina o'qituvchilar uchun biror bir xalqning madaniyatini o'rgatish til o'rgatishdan ko'ra qiyin tuyuladi. O'qituvchilar odatda madaniyatlararo kompetensiyani o'rgatishga tayyor emasliklarini his qiladilar, shu tufayli madaniyat bilan bog'liq holatda o'qitish tajribasi deyarli yo'q. "Ular tajribaga ega bo'lgan taqdirda ham madaniyat tushunchasi va u haqidagi fikrlar o'zgarib turadi", -deya fikr yuritadi Korbet [2003-54/64]. Uchinchidan, ba'zi oliy ta'lim muassasalari ham madaniyat va tilni chambarchas holda o'qitishni ma'qul ko'rishmaydi va ular ko'pincha talabalarni universal yoki milliy testlarda yuqori ball olishga tayyorlash kabi ta'limga oid ko'nikmalarni rivojlantirish bilan shug'ullanadilar va shu sababli talabalar o'rtasida madaniyat haqida yetarlicha ko'nikma hosil bo'lmaydi. Shuni ta'kidlash lozimki, yuqoridagi ma'lumotlar Bennet tomonidan emas, balki boshqa o'qituvchilar va amaliyotchilar tomonidan ham aytilgan dalillarga asoslangan. Til va madaniyat doirasida tildan tashqari, real dunyoda mavjud bo'lgan madaniy voqelikda qo'llaniladigan lingvistik shakllar emas, balki boshqa ramziy tizimlar mavjuddir: biz madaniyat deb ataydigan odatlar, e'tiqodlar, yodgorliklar va madaniy hodisalar shular jumlasidandir. Madaniyatga aylanish uchun tildagi har bir tarkibiy qism ma'noga ega bo'lishi kerak. Bu xuddi biz kundalik turmushimizda hayotimiz uchun zarur bo'lgan narsalarga e'tibor qaratganimizdek gap", - deb munozara qiladi Kramsh.

Til o'rganish orqali talabalar bir vaqtning o'zida kamida ikkita til va shu til tizimida madaniyat bilan hamohang tarzda ishlashni o'rganadilar. Xorijiy til o'rganish jarayonlariga ijtimoiy- madaniy yondashuv o'quvchilarning amaliyotda o'zlarining tajribalari, ishtiroklari, vositachiliklaridan foydalanishlariga yordam beradi. Ijtimoiy-madaniy nuqtai nazar o'quvchilarning o'quv muassasalarida yangi akademik "madaniyatlar" (harakat qilish, o'zaro ta'sir o'tkazish, tilni, obyektlar va jarayonlarni baholash va ulardan foydalanishning yangi usullari)ni o'rganish jarayonida ta'sir qiladi. [Ji, 2008: 100]. Madaniyat va til o'qitish-fikrlash doirasini o'zgartirish. Til foydalanuvchining muloqot qilish qobiliyati va barcha ijtimoiy kompetensiyalari tomonidan shakllantiriladi, shuning uchun bularning barchasi kommunikativ kompetensiyaning aspektlari sifatida qaralishi mumkin. Umumiy kompetensiyalarga deklarativ bilimlar (zamonaviy texnologiyalarni qo'llay olish mahorati, ijtimoiy madaniy bilimlar va madaniyatlararo xabardorlik), ko'nikma va nou-xau, amaliy va madaniyatlararo ko'nikma, ekzistensial kompetensiya va o'rganish qobiliyati (tilni bilish va muloqotga kirishish, umumiy fonetik tushuncha va ko'nikmalar, o'rganish qobiliyatlari va ijodkorlik qobiliyatlari) kiradi.

Kommunikativ til kompetensiyalariga lingvistik kompetensiyalar (leksik, grammatik, semantik, fonologik, orfografik va orfoepik), sotsiolingvistik kompetensiyalar (ijtimoiy munosabatlarning lingvistik belgilari, xushmuomalalik qoidalari, xalq donoligi ifodalari, farqlarni qayd etish, dialekt va urg'u) va pragmatik kompetensiyalar kiradi [CEFR 2002: 101-130]. Xorijiy til o'qituvchilari va tadqiqotchilari yuqorida sanab o'tilgan barcha toifalarda u yoki bu tarzda mavjud bo'lgan boshqa bir kompetensiyaga, ya'ni madaniy qobiliyat mavjudligiga butunlay ishonishadi. Masalan, Bardos Kanal va Sveyn [1980: 23-32] tomonidan ishlab chiqilgan modelga

beshinchi kompetensiya sifatida madaniyat tushunchasi qo'shildi. Ularning fikricha, madaniyat boshqa barcha kompetensiyalarda mavjud va uning ajralmas bir qismidir. Xorijiy til o'rgatish jarayonidagi madaniyat maqomi, ahamiyati va mazmuniga oid yana bir qancha mulohazalar va qarashlar shakllantirilib, bu masalaning qay darajada murakkab ekanligini ko'rsatadi.

Ushbu keltirilgan talqinlar Rivers [1981:78], Biram [1989: 98] va Silay [1993: 67] ga tegishlidir. Riversning so'zlariga ko'ra, "Biz o'quvchilarga dars mazmunini o'zlashtirishga yordam beradigan mos rejaga ham, ijodkorlik qobiliyatiga ham e'tibor qaratishimiz kerak. Jarayonlar o'quvchilarni til muhitidan tashqariga chiqishga undashi kerak, shunda ular so'zlovchilarning madaniyat darajalarini chuqurroq idrok eta boshlaydilar. Bu jarayon hal qiluvchi ahamiyatga ega, chunki u o'quvchilarning o'rganilayotgan chet tilida turli xil oldingi tajribasi va malakalarini hamda o'quvchilarning muayyan tilda ona tili sifatida so'zlashishlari yoki munosabatlarini ko'rsatadi. Talabalarning til o'rganish jarayonida har xil darajada bo'lishlari ularning o'rganish uslublari har xil ekanligini anglatadi. Shunday qilib, tillarni o'rganish bo'yicha pedagogikani ishlab chiqishda o'qituvchilar o'rganish uslublari va talabalarning qobiliyatlarini, shuningdek, eng muhimi, til va madaniy xilma-xillikni hisobga olishlari kerak" [1981. 314]. "Chet tilini o'rgatish ta'lim sifatida mening o'quvchi va o'qituvchi sifatidagi tajribamda ham, pedagogik falsafamda ham o'z milliy yashash muhiti va madaniyati chegarasidan xalos bo'lishdir" [Byram 1989: 8]. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, o'rganilayotgan xorijiy tildan ona tilida so'zlashuvchi sifatida foydalanadigan odamlarning madaniyatini til o'rgatishda e'tibordan chetda qoldirib bo'lmaydi

Til o'rganish va o'qitishning dasturlari boy pedagogik tajribalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak:

• muloqotga kirishuvchi sifatida orttirilgan tajribasi; Lug'atlar, til egasi bo'lgan xalq ogzaki ijodiga bogliq namunalar

• o'quv jarayonida vositachilik qobiliyati; Axborort kommunikatsiya vositalari

o'quvchilarning ma'lumot qabul qilish jarayoni yoxud o'quvchining o'quv uslubini aniqlash; Amaliy mashg'ulotlar

til va madaniyatni o'qitish jarayonida texnologiyalardan foydalanish; Metodlar va uslublar

• sinfda turli xil faol jamoalar tashkil etish; Guruhlar ustida ishlash

• ta'lim va madaniyat o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganish; Madaniyatlar uyg'unligi va ayro ozgacha xususiyatlar: o'xshashlik hamda farq

Xulosa. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ushbu maqola til va madaniyat o'rtasidagi munosabatlarga e'tibor qaratishga urinish,nega madaniyatni o'qitish chet tili o'quv dasturining ajralmas qismi bo'lishi kerakligini tushunish haqida ma'lumot beradi. Adabiyotlarni chuqur tahlil qilish madaniyat va uning chet tillarini o'rganish jarayonidagi ahamiyatli jihatlarni yaxshiroq tushunishga hissa qo'shishga qaratilgan edi. Til o'rganish yoki o'qitish talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, u faqat o'rganilayotgan chet tilining grammatik, leksik va fonologik xususiyatlarini bilish va tushunish bilan cheklanib qolmasligi, balki o'sha til madaniyatini o'rganish yoki o'rgatish bilan ham shug'ullanishi kerak.Politzer va Brusk kabi ba'zi olimlarning fikricha, "Til va madaniyat bir xil tushunchalardir". O'qituvchilar nafaqat o'z o'quvchilariga madaniyatlararo muloqot qanday sodir bo'lishini taqdim etishlari va tavsiflashlari kerak, balki madaniyatlararo muloqotda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan o'yinlar yoki simulyatsiyalar kabi amaliy vositalarni ham qo'llashlari zarur.

Madaniyatlararo va shaxslararo (o'zaro) samarali muloqotni ular haqida yetarlicha tushunchaga ega bo'lmasdan amalga oshirish mumkin emas. Xorijiy tilni madaniyat bilan birgalikda o'rganishdan maqsad- muloqot masalalarini asosan til va madaniyatga e'tibor bergan holda tahlil qilishdan,farqli madaniyatlar orasidagi kommunikatsiyani osonlashtirish va to'qnashuvlarni oldini olishdan iborat.

REFERENCES

1. Bardos Canale va Swain"Language".1980 54-55-b

2. Brock &Nagasaka . Pragmatic Content in Global and Local Textbooks. 2005;

3. 34-40-b // ["Til o'qitish asoslari" - 2005. 12-23]

4. Byram & Gerundy. Context and Culture in Language Teaching and Learning. 2003// GAO, 2006// Jiang, 2000// Malmaud, 2015// Tang, 2009// Xu, 2009; 210-b

5. Byram & Gerundy. Context and Culture in Language Teaching and Learning. Cefr, "Diskuss kompetensiyasi va fuksional kompetentsiya"-2002- 101-130-b

6. E.Sheyn"Til" // " Madaniy elementlarni e'tiborsiz qoldirishga moyil bo'lgan til o'rgatish muammosi". 2004-32-76

7. Gee. Discover Book. 2008; 100- b

8. Kramsch. Language and Culture. 2006.- 101-b

9. Yusupova, U. (2022). TILSHUNOSLIK, ADABIYOTSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI: TILSHUNOSLIK, ADABIYOTSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI. Журнал иностранных языков и лингвистики, 4(4). извлечено от https://fll.jdpu.uz/index.php/fll/article/view/7079

10. Khoshimjanovna, N. N. (2023). THE ISSUE OF TEACHER COMPETENCE IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES. American Journal of Pedagogical and Educational Research, 12, 195-198.

11. Kadirjanovna, A. D., Muhammadzhonovna, K. N., Sharopovna, B. R., Qizi, S. M. A., & Maxammadjonovna, S. D. (2020). The role of technology in pedagogical design in improving the quality of education. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(8), 17861789.

12. Malikovna, K. Y. (2023). CHARACTERISTICS OF CREATIVITY DEVELOPMENT IN PRESCHOOL AGE AND ITS CHARACTERISTICS. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(5), 569-572.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.