Научная статья на тему 'SULTON JALOLIDDIN MANGUBERDI ERKIN SAMANDARNING “SULTON JALOLIDDIN MANGUBERDI” TARIXIY ROMANI MISOLIDA'

SULTON JALOLIDDIN MANGUBERDI ERKIN SAMANDARNING “SULTON JALOLIDDIN MANGUBERDI” TARIXIY ROMANI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
7
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Qarg‘ish»Kubroviya / tariqat / Asar / ruboiy / Ot / xalq og‘zaki ijodi / Adabiyot / o‘rta bo‘yli / «Curse»from Kubroviya sect / Rubai in the work / Horse in folklore / historical themes in literary art.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Allanazarova Z.B.

Maqolada Erkin Samandarning tarixiy mavzudagi “Sulton Jaloliddin Manguberdi” romani tahlilga tortilgan. Tahlil davomida asardagi to‘qima obrazlarning tarixiy faktga mutanosibligi, ijodkorning badiiy to‘qima mahorati, shuningdek Jaloliddin Manguberdi ruboiy bitganligi haqida fikrlar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SULTAN JALOLIDDIN MANGUBERDI IN THE EXAMPLE OF ERKIN SAMANDAR'S HISTORICAL NOVEL «SULTAN JALOLIDDIN MANGUBERDI»

The article analyzes Erkin Samandar's historical novel «Sultan Jaloliddin Manguberdi». During the analysis, opinions were expressed about the proportionality of the textile images in the work to the historical fact, the artist's artistic weaving skills, as well as the finished rubai of Jalaluddin Manguberdi.

Текст научной работы на тему «SULTON JALOLIDDIN MANGUBERDI ERKIN SAMANDARNING “SULTON JALOLIDDIN MANGUBERDI” TARIXIY ROMANI MISOLIDA»

Allanazarova Z.B. Urganch davlatpedagogika instituti o 'qituvchisi

SULTON JALOLIDDIN MANGUBERDI ERKIN SAMANDARNING "SULTON JALOLIDDIN MANGUBERDI" TARIXIY ROMANI

MISOLIDA

Annotatsiya. Maqolada Erkin Samandarning tarixiy mavzudagi "Sulton Jaloliddin Manguberdi" romani tahlilga tortilgan. Tahlil davomida asardagi to'qima obrazlarning tarixiy faktga mutanosibligi, ijodkorning badiiy to'qima mahorati, shuningdek Jaloliddin Manguberdi ruboiy bitganligi haqida fikrlar yuritilgan.

Kalit so'zlar: "Qarg'ish»Kubroviya, tariqat, Asar, ruboiy, Ot, xalq og'zaki ijodi, Adabiyot, o 'rta bo 'yli,

Allanazarova Z.B.

teacher

Urganch State Pedagogical Institute

SULTAN JALOLIDDIN MANGUBERDI IN THE EXAMPLE OF ERKIN SAMANDAR'S HISTORICAL NOVEL «SULTAN JALOLIDDIN

MANGUBERDI»

Abstract. The article analyzes Erkin Samandar's historical novel «Sultan Jaloliddin Manguberdi». During the analysis, opinions were expressed about the proportionality of the textile images in the work to the historical fact, the artist's artistic weaving skills, as well as the finished rubai of Jalaluddin Manguberdi.

Key words: «Curse»from Kubroviya sect, Rubai in the work, Horse in folklore, historical themes in literary art.

Sulton Jaloliddin Bug'doyrang va o'rta bo'yli. Butun qiyofasiga ko'ra tom bir turkiy. Turkiycha so'zlashar. Forsiychani ham bilar. U sokin tabiatli bo'lib, biron-bir kishini so'kib haqoratlamasdiJiddiy va viqorli. Kulmas, kulumsirar. Oz gapirar, Shihobiddin Muhammad an-NasaviyQarg'ish tufayli Xorazm davlatining qulaganligini o'zbek xalq og'zaki ijodida uchratish mumkin, ba'zida tarixiy fakt darajasida baho beradiganlar ham kuzatiladi. Yozuvchi Erkin Samandarmana shu rivoyatni yanada badiiylashtirib, romanning birinchi mavzusiga ko'targan. Asarning birinchi qismi shuning uchun ham "Qarg'ish»deb nomlanib, butun voqealar mana shu syujet asosida o'sib boradi. Erkin Samandar tomonidan Manguberdi haqidagi asarlarning boshqa shu mavzudagi asarlardan o'ziga xos bo'lgan yutuqlaridan biri.

Asarda ruboiy Yigit Malik ismli to'qima obraz tomonidan keltiriladi. Iqtiboslikka manba sifatida esa yozuvchi Eronlik alloma Rizoqulixon

Hidoyatning (1800-1871) "Majma al-fusaho»tazkirasidan olingandeya tarixiy fakt keltiriladiki, bu Jaloliddin Manguberdi obraziga yanada teranroq ilmiy ishlar olib borilishi lozimliligini bildiradi. Izlanishlarimiz davomida bu asarning asl nusxasi topilib, aynan birinchi manbadan iqtibos olishga harakat qilindi va natijada Tehron nusxasi 32-tartib raqamidan quyidagi ma'lumotlar topildi. Ko'rinadiki, manbada Sultonning nafaqat ruboiy yozgani balki, bugungi kunimizda muhokamaga sabab bo'layotgan mo'g'ullar va tatarlarni birlashgan xalq sifatida keltirgan. Bu yana bir bora mo'g'ullarning turkiy xalqlardan ekanligiga dalil bo'lishi mumkin.O'zbek adabiyotida yuqoridagi ruboiyning quyidagi tarjima varianti ko'p uchraydiJangda xuddi temirdek, bazmda misli mummiz, Do'stga marhamatli g'animga esa shummiz,Ulug'vorligimizdin shomga isnsof eltarlar, Haybatimiz dastidin rumga zunnor eltarlar!

Ammo bir jihat sharq xalqlarida keng tarqalgan ruboiy (arab. -to'rtlik) janri o'z qofiyalanish tartibiga ega. Ruboiylarning birinchi, ikkinchi, to'rtinchi misralari o'zaro(a-a-b-a shaklida) qofiyalanadi. Ikkinchi holatda misralarning to'rtala misrasi ham (a-a-a-a shaklida) qofiyalandi. Lekin biz tahlilga tortgan so'nggi (tarjima nazarda tutilmoqda) ruboiy janr qonun-qoidalariga mos emas. Ya'ni misralar a-a, b-b shaklida qofiyalangan holda asl nusxada bunday juz'iy kamchilik kuzatilmaydi.Agar ruboiy qofiyalanish tartibiga javob bermasa u to'rtlik sifatida baholanadi.Demak, biz ruboiyni tarjima qilish jarayonida to'rtlikdarajasiga tushirib yubormasligimiz lozimJaloliddin Manguberdi sulton farzandi va valiahd o'laroq Najmiddin Kubroningsuyuklishogirdihamediki, Kubroviyatariqatidanta'lim-tarbiya olganligi tarixdan ma'lum. Demak, Jaloliddin Manguberdi ruboiy yozganligi haqiqatga juda yaqin. Ruboiyning nazm qoidalariga mukammal javob berishi esa Manguberdining bundan ham boshqa ijodiy namunalari mavjudligidan dalolat beradi. Axir tariximiz ne-ne shoh va shoirlarni bizga taqdim qilgan. Masalan, biz ko'proq shoh va shoir deb ta'kidlaydigan Temuriylar avlodi,Boburiylar imperiyasiningasoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur, (Boburning so'z mulkining sultoni Alisher Navoiyga ixlosi baland edi va uni o'z ustozi deya bilgan) Shayboniylar sulolasining asoschisi Muhammad Shayboniyxon,(Shoybonixon esa Buxoroda o'z davrining allomalaridan ta'lim olgan) Xiva xoni Feruz. Muhammad Rahimxon II (Ogahiy Feruzga ustozlik qilgan, unga she'riyat sirlarini o'rgatgan. Demakki, nafaqat tarixiy fakt balki buturkiy hukmdorlar an'analaridan biridir. Agar bu borada ilmiy-nazariy ishlar amaliy jihatdan ko'rib borilsa, Jaloliddin Manguberdi obrazi shoh va shoirlikka yaqinlashish ehtimoli katta. Jaloliddin Manguberdi turkiy tilda so'zlashganva forsiy tilda baytlar bitgan o'z davrining bilimdoni hamdir. Bir ruboiyning Sulton Jaloliddin qalamiga borib taqalishi bilan Manguberdi shaxsini shoir sifatida ulug'lash (uning ulug'ligi o'z davri va o'zga davrlar uchun ham yetarli) yoki tarixiy shaxsni ideallashtirish maqsadidan yiroq bo'lgan holda, Sulton Jaloliddin ruboiy yozgani Xorazmlik emas, Eronlik alloma tomonidan keltirilishi ilmiy-faktologik izlanishni talab qiladi. Ya'ni, agar Xorazm tarixchilari yozganida «bu yozuvchi o'z ajdodini ulug'labdi»deyishga asos bo'lolardi, ammo

Eronlik olimning bu faktni yozib qoldirishi (eng qizig'i o'zini Chingiziylar avlodi deb bilmish Xiva xonligi davrida) yana bir bora tadabbur qilinishni talab qiladi.

Asarda ko'tarilgan yana bir epizodlardan biri bu Qorabayir nomli Jaloliddining ot obrazidir. Ot xalq og'zaki ijodida, ayniqsa dostonlarda yarim bahodirlik deya ulug'lanadi va insonning eng yaqin do'sti hamdir. Ot nafaqat "Alpomish»kabi xalq og'zaki ijodi namunalari qahramoni, balki tarixiy shaxs hisoblanmish Manguberdi hayotiy faoliyatida, hatto Xorazm qo'shiniga(1221-yil Jaloliddin mo'g'ullarning mohir sarkardasi Shixi Qutuxuning 45 minglik qo'shini tor-mor keltiriladi va yengilmas deya nom olgan Chingizxon qo'shini haqidagi afsonalar yo'qqa chiqadi, lekin bir arabi oti uchun tortishib qolgan Jaloliddinning sarkardalari bo'linib ketadi, bu bo'linish... Sulton qo'shinining Sind daryosidagi mag'lubiyatiga asos bo'ladi), hududiy nomlanishiga (tarixchi, tilshunos va toponimist olimlar (Ya. G'ulomov, S.P.Tolstov, F.Abdullayev, O. Madrahimov va boshqalar)ning ta'kidlashicha, „Hazorasp»qad. xorazmiy tilida ming ot (hazor-ming,asp-ot) yoki ming otliq diyori ma'nosini bildiradi) ham ta'sir ko'rsatganligini kuzatish mumkin. Sind daryosidagi Sulton va ot qahramonligi esa so'nggi xorazmshoh haqidagi deyarli barcha asarlarda alohida epizod sifatida yuqori cho'qqida tasvirlanadi.Tahlilni asarga qaratadigan bo'lsak, Qarshibek Abdul Mahakning qizi Qambarnisonisevadi,

buepizodorqaliyozuvchiasargaromantikruhiyatni singdirgan va asarning o'quvchanligini oshirgan. Bunga o'xshash romantik tasvir endi o'n beshga kirgan Xonsulton va Kubroviya tariqatining yulduzi Majdiddin Bag'dodiy voqeasida ham keltiriladi.Qarshibek -qurolsoz, qurolsozAbdul Mahakning eng yaqin shogirdi.Ammo to'qima obraz hisoblangan Qarshibek nomi noto'g'ri tanlangan, chunki, qarshi nomining kelib chiqishi mo'g'ulcha bo'lib shahar degan ma'noni anglatadi. Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asaridaqarshi so'zining mo'g'ul tilidan olinganligi va shahar, saroy degan ma'noni anglatishini yozib qoldirgan. Zahiriddin Muhammad Bobur hozirgi Qashqadaryo viloyatining poytaxti Qarshi shahrini mo'g'ul xonlaridan hisoblanmish Kebekxon qurdirganligini ham ta'kidlagan. Eng qizig'i 1220-yillarda hali mo'g'ullar Xorazmnibosibolmaganvabundaynomlaryerlikaholiismlariga ko ' chib

ulgurmaganligi aniq. Bu ism keyinchalik mo'g'ullar butun Xorazm davlatini zabt etib, o'troqlasha boshlagandan keyin Qarshibek ya'ni yarmi mo'g'ulcha yarmi turkcha nomlarga qo'shilib, qarshi-shahar, saroy bek-beklar avlodidan, hukmdor ma'nolarini biriktiradi va shahar begi degan ma'noni anglatadi. Muallif bu yerda mana shu xususiyatlarini inobatga olmagan. Qarshi shahri nomiga to'xtalsak bu nom mazkur hududga XIV asrda berilganundanoldin Naxshab, Navkata, Nasafkabinomlarbilanatalgan, demakqarshi nomi berilgan davrning o'ziyoq uning mo'g'ullar bilan bog'liqligini ko'ramiz. Nasriy-memuarvatarixiy-ilmiy asar hisoblanmish "Boburnoma" da Z. Muhammad Bobur qarshi shahri haqida shunday ma'lumot keltiradi: "Yana qarshi viloyatidurkim, Nasaf va Naxshab ham derlar, Qarshi mo'g'ilcha ottur, go'rxonani mo'g'il tili bila qarshi derlar. G'olibo bu ot Chingizxon tasallutidin so'ng bo'lg'ondir. Kam obroq yerdur, bahori xub

bo'lur, ekini va qovuni yaxshi bo'lur". Ko'rinadiki qarshi nomi Chingizxon bosqinidan keyin hudud nomiga qo'yilgan. To'g'ri, har bir asar yozuvchi o'z ruhiy kechinmalariva badiiy tafakkuri mahsuli hisoblanadi. Ammo, o'quvchi va tinglovchi uni o'zining nazariyasiga solishga haqli. Asarni o'qish esa o'quvchining adabiy qarashlariga mos ijodiy jarayonga aylanib boradi. "Negaki, badiiyat hodisasi asarning o'z-o'zicha namoyon bo'luvchi obyektiv xossasi emas, balki o'quvchi ongi-yuqalbida kechuvchi ma'naviy-ruhiy jarayondir. Shu bois ham u o'qish jarayonidagina va hamisha "yozuvchi-asr-o'quvchi" birligida namoyon bo'ladi". Adabiyot san'atida tarixiy mavzulardagi romonlarga urg'u berilishidan maqsad moziyning xulosa chiqariladigan zomonlaridan, ya'ni kechagi kun orqali bugunning, kelajakning qahramonlarini yuksaltirmoqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.E. Samandar.Sulton Jaloliddin. -T.: G'ovurG'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007.- B.23.

2.Eronlik alloma Rizoqulixon Hidoyatning (1800-1871) "Majma al-fusaho»tazkirasi, "She'r bitgan hukmdorlar" 32-t.r.

3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Bosh_Sahifa

4.D. Quranov. Adabiyot nazariyasiasoslari. -T.: Navoiy universiteti, 2018. -B.119.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.