Научная статья на тему 'SUG’ORILADIGAN TIPIK BO’Z TUPROQLAR FOSFAT REJIMI SHAKLLANISHIGA O’G’ITLARNING TA’SIRI'

SUG’ORILADIGAN TIPIK BO’Z TUPROQLAR FOSFAT REJIMI SHAKLLANISHIGA O’G’ITLARNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
31
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sug’oriladigan tipik bo’z / tuproq fosfat rejimi / fosforli o`g`itlar / harkatchan fosfor / fraktsion ta’rkib / o’zlashtirish koeffistenti / hosildorlik / iqtisodiy samaradorlik

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Xayitov Mamadiyar Allayarovich, Miyzamov Dostonbek Jorabek Ogli, Abdullayeva Sitora Faxriddin Qizi

Maqolada sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlar fosfor saqlovchi o`g`itlarni oqbosh karamdan yuqori va sifatli hosili olishni ta`minlaydigan fosfor saqlovchi o’g’itning me’yori o’rganilgan. Tadqiqot natijasida NKFU o`g`itini N200K90 fonida 100 kg/ga P2O5 me`yorda tavsiya qilingan. Bu me`yor oqbosh karam yetishtirishda iqtiodiy samaradorlikni taminlaydi, tuproqda fosfat rejimini yaxshilanishiga olib keladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUG’ORILADIGAN TIPIK BO’Z TUPROQLAR FOSFAT REJIMI SHAKLLANISHIGA O’G’ITLARNING TA’SIRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

SUG'ORILADIGAN TIPIK BO'Z TUPROQLAR FOSFAT REJIMI SHAKLLANISHIGA

O'G'ITLARNING TA'SIRI 1Xayitov Mamadiyar Allayarovich, 2Miyzamov Dostonbek Jo'rabek o'gTi, 3Abdullayeva

Sitora Faxriddin qizi

1Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat

xavfsizligi institute, q.x.f.n., dosent 2'3Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-

ovqat xavfsizligi institute, magistrant https://doi.org/10.5281/zenodo.8007240

Annotasiya. Maqolada sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlar fosfor saqlovchi ogitlarni oqbosh karamdan yuqori va sifatli hosili olishni ta'minlaydigan fosfor saqlovchi o'g'itning me'yori o'rganilgan. Tadqiqot natijasida NKFU o g itini N200K90 fonida 100 kg/ga P2O5 me 'yorda tavsiya qilingan. Bu meyor oqbosh karam yetishtirishda iqtiodiy samaradorlikni taminlaydi, tuproqda fosfat rejimini yaxshilanishiga olib keladi.

Kalit so^zlar: Sug'oriladigan tipik bo'z, tuproq fosfat rejimi, fosforli ogitlar, harkatchanfosfor, fraktsion ta'rkib, o'zlashtirish koeffistenti, hosildorlik, iqtisodiy samaradorlik.

Kirish. Oziq - ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirishning asosiy omillaridan biri - qishloq xo'jaligida qo'llaniladigan mineral o'g'itlardan samarali foydalanishdir. Bunda ishlab chiqarilayotgan mineral o'g'itlar turlarini kengaytirish, xom-ashyo zahiralaridan samarali foydalanish orqali mahsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy tejamkor va ekologik samarador texnologiyalarini yaratish, ishlab chiqarishga tadbiq etish muhim masalalardan biridir.[6; 19-21 b. 7; 90 b.]

Hozirgi paytda qishloq xo'jaligida ishlatilayotgan mineral o'g'itlarning, ayniqsa qo'llanilayotgan fosfor saqlovchi o'g'itlardan oziqa moddalarining foydalanish koeffisiyenti juda past. Bu holat karbonatli sho'rlangan tuproqlar sharoitida keskin kuzatiladi. Bunday sho'rlangan tuproqlarni fosfat rejimini o'rganish, tuproq fosforining fraksion tarkibini, fosforli o'g'itlarning bunday tuproqlar uchun maqbul turi va me'yorini belgilash talab etiladi. Karbonatli sho'rlangan tuproqlar sharoitida qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori va sifati hosil olish, hamda tuproqning fosfat rejimi yaxshilash, retrogradasiya jarayonini kamaytirish maqsadida ilmiy ishlar olib borish dolzarb masalalardan hisoblanadi.[8; 48 b. 9; 222-225 b.]

Bugugi kunda O'zbekiston dexqonchilida bo'z tuproqlarda ertagi va kechki karam yetishtirish uchun gektariga 20-30 tonna go'ng, 150-200 kg azot, 100-130 kg fosfor va 75-100 kg kaliy, o'tloq tuproklarda esa 120-150 kg azot, 120-150 kg fosfor va 60-100 kg kaliy beriladi. Go'ng to'lik, fosforning 70-75 foizi, kaliyning esa 50 foizi yerni haydashda solinadi. Fosforning qolgan 25-30 foizi ko'chat o'tqazish vaktida, azotning 40 foizi ko'chat tutgach birinchi oziklantirishda, qolgan 60 foiz azotli va 50 foiz kaliy o'g'itlari karambosh o'ray boshlaganda beriladi.

Turli tuproqlarda fosfor transformasiyasi tuproqi tipi, o'g'it turi va shakliga bog'liq. Chimli podzol, och tusli kulrang o'rmon tuproqlarida umumiy fosforning tegishlicha 84 - 81 foizi mineral fosfatlar hissasiga to'g'ri keladi. Ginzburg - Lebedeva usuli bo'yicha aniqlanganda tuproq faol rezerv fosfor fondi (I - IV fraksiya) chimli podzol tuproqlarda 60 % ni va och tusli kulrang tuproqlarda - 31 % ini tashkil etadi. Mineral fosfatlarning asosiy qismi V - fraksiya

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

hissasiga to'g'ri keladi. O'simliklar uchun oson o'zlashtiriladigan fraksiya (Ca-Pi + Ca-Pii) tuproq tiplari bo'yicha tegishlicha 13,4 % bo'lishi aniqlangan [10; 11 - 12 b.].

Tadqiqot usublari. Samarqand viloyati tipik tuproqlari sharoitida fosfor saqlovchi o'g'itlarning sabzavot almashlab ekish tizimida oqbosh karam ekini uchun rasional o'g'itlash me'yorlarini tuproq fosfat intensivligi va potensialiga ta'sirini aniqlash bo'yicha ilmiy tadqiqotlar Samarqand viloyati karbonatli tipik - bo'z tuproqlar sharoitida o'tkazildi.

Tajribada besh variant to'rt takrorlikda olib borildi. Bitta paykalning maydoni 56 m2, hisobga olinadigan maydon esa 28 m2.

Tajriba obyekti - Tadqiqot obyekti sifatida fosfor saqlovchi o'g'itlardan ammofos NKFU (Pnkfu) 6-8 % N, 16 % P2O5, azotli o'g'it sifatida NH4NO3 va kaliyli o'g'it sifatida KCl (K2O -60 %) ishlatildi. Samarqand viloyati Bulung'ur tumani karbonatli tipik - bo'z tuproqlari.

Tajribalar umumqabul qilingan "Биологический контроль в сельском хозяйстве" [3; 44 - 48 b.], «Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar otkazish metodikasi» [1; 224 b.], « Методика полевого опыта в овощеводстве » [4; 650 b], « asosida olib borildi. Olingan ma'lumotlar B.A.Dospexov [2; 351 b] bo'yicha dispersion, korrelyasion, resression va V.G.Mineyev [5; 710 - 714 b.] bo'yicha bioenergetik samaradorlik tahlil qilindi.

Olingan natijalari va ularning muhokamasi.

Tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha, barcha variantlarda o'g'itlashdan oldin tuproqning 0-30 sm qatlamida harakatchan fosfor miqdori nisbatan bir xil, ya'ni 26,5-28,3 mg/kg ni tashkil etdi. O'g'itsiz nazorat variantida o'suv davri boshida 20,1 mg/kg ni tashkil etgan bo'lsa, o'suv davri oxiriga kelib 16,1 mg/kg ga kamayishi kuzatildi.

O'g'itsiz - nazorat variantida o'g'itlashdan ilgari tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor miqdori 26,5 mg/kg ni tashkil etgan bo'lsa, ko'chatni dalaga o'tqazish fazasida, karam boshlari o'ray boshlash fazasida, karam boshlarining texnik yetilishi va vegetasiya oxirida mos ravishda 25,8; 24,4; 23,5 va 23,1 mg/kg bo'lganlini aniqlandi .

Shuni ta'kidlash lozimki, nazorat variantida oqbosh karam qisqa vegetasiya davri bo'lishiga qaramasdan, harakatchan fosforning dastlabki miqdoridan o'suv davri oxiriga kelib, 3,4 mg/kg P2O5 ga kamayishi kuzatildi. Bu jarayon o'simlikning tuproqdan fosforni olib chiqishi hamda ildiz tizimining murakkab fiziologik jarayonlari bilan bog'liqdir.

NKFU o'g'itining oshib boruvchi me'yorlarida karamning dastlabki o'sish fazalarida harakatchan fosforning miqdori 32,6 mg/kg dan 39,9 mg/kg gacha oshib borishi kuzatildi.

Vegetasiya oxiriga kelib, NKFU me'yorining 60 kg dan 180 kg gacha oshirilishi tuproqda 26,5 mg/kg dan 30,4 mg/kg gacha harakatchan fosfor miqdori hosil qilishi kuzatildi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, tuproqdagi tabiiy fosfat darajasini dastlabki miqdordan 1 mg/kg ga oshirilishi o'g'itni gektariga 140 va undan yuqori me'yorlarda qo'llanilgandakuzatildi. Tajribada tuproq fosfat darajasining oshishi olingan ko'plabma'lumotlar bilan mos keladi.

Sabzavot ekinlarining o'sib rivojlanishi va hosilning shakllanishi tuproq tarkibidagi harakatchan fosforning miqdori bilan bevosita bog'liq. Karbonatli tuproqlarning qulay fosforli oziqlanish rejimi shakllanishiga fosfor saqlovchi NKFU o'g'itining oshib borauvchi 60, 100, 140, 180 kg/ga P2O5 me'yorlarining ta'sirini o'rganish hamda tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori bilan o'g'it me'yorlarining bog'liqligi chiziqli xarakterga ega bo'lib, regressiya tenglamasi y=ax + b tenglamaga bo'ysinadi, korrelyasiya koeffisiyenti r = 0,98 - 0,99 ga teng ekanligi aniqlandi. Ya'ni tuproqdagi harakatchan fosfor bilan ta'minlanish bevosita qo'llanilgan o'g'it me'yorlariga bog'liq ekan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

1-jadval.

Fosfor saqlovchi o'g'itlarni tuproq tarkibidagi harakatchan fosformiqdoriga ta'siri,

mg/kg P2O5 ( oqbosh karam)

№ Variantlar Umumiy qand miqdori, % «C» vitamin mg % Nitratlar, mg/kg oqbosh karam

1 O'g'itsiz - nazorat 6,3 22,3 194 270,5

2 N200K90 - fon 10,4 33,1 268 438,6

3 Fon + P60 (NKFU) 10,2 34,0 249 449,6

4 Fon + P100 (NKFU) 10,6 34,3 252 473,5

5 Fon + P140 (NKFU) 10,3 34,6 249 480,7

6 Fon + P180 (NKFU) 10,4 34,7 256 486,6

2-jadval.

Oqbosh karamning fosfor saqlovchi o'g'itlardan fosfor o'zlashtirishi, foydalanish

koeffisiyenti va fosfor balansi

№ Tajriba variantlari O'g'itlashd anoldin Ko'chat o'tqazish fazasi Karam boshlari o'ray boshlashi Texnik yetilishi Vegetasiya oxiri

1 O'g'itsiz - nazorat 26,5 25,8 24,4 23,5 23,1

2 N200K90 - fon 27,1 26,2 23,1 22,4 21,6

3 Fon + P60 (NKFU) 27,7 32,6 29,1 28,1 26,5

4 Fon + P100 (NKFU) 28,3 35,1 31,6 29,5 27,9

5 Fon + P140 (NKFU) 27,7 37,2 34,3 31,9 29,1

6 Fon + P180 (NKFU) 27,1 39,7 36,1 33,2 30,4

3-jadval.

Turli fosfor saqlovchi o'g'itlarning oqbosh karamning hosili va sifatiga ta'siri

№ Variantlar Fosfor o'zlashtirilishi kg/ga O'g'itdan fosforning foydalanish koeffisenti, % Fosfor balansi kg ga

tuproq + o'g'itdan o'g'itdan

851

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

1 O'g'itsiz - nazorat 17,6 0 0

2 N200K90 - fon 28,5 0 0

3 Fon + P60 (NKFU) 29,2 11,6 19,4 30,8

4 Fon + P100 (NKFU) 31,7 14,1 14,1 68,3

5 Fon + P140 (NKFU) 32,2 14,6 10,4 107,8

6 Fon + P180 (NKFU) 54,3 10,6 8,8 125,7

Tipik bo'z tuproqlar sharoitida oqbosh karamning «Sevirina F1» duragayi hosildorligiga Qizilqum fosforitlari asosida olingan fosfor saqlovchi o'g'itlarning yillik me'yorlari oshirib borilgan hamda turli shaklda qo'llanilganda ta'siri turlicha bo'lganligi aniqlandi (3- jadval).

O'g'itsiz - nazorat variantida oqbosh karamning hosildorligi gektaridan 270,5 s/ga olingan bo'lsa, azot 200 va kaliy 90 kg qo'llanilgan variantda nazoratga nisbatan 168,1 s/ga qo'shimcha hosil olindi. NKFU o'g'itini gektariga 60 kg dan 180 kg/ga qo'llash nazorat variantiga nisbatan 179,1 - 216,1 s/ga qo'shimcha hosil olish imkonini berdi. Eng ko'p hosildorlik NKFU 180 kg/ga qo'llanilgan variantda kuzatilgani holda, ishonarli qo'shimcha hosil NKFU 100 kg/ga qo'llanilgan variantida olindi.

Sabzavot ekinlarining hosili shakllanishida qo'llanilgan o'g'itlar me'yorlarining hissasi o'g'it me'yori ekin turiga bog'liqekan. Hosildorlik va o'g'it me'yori orasidagi bog'liqlik chiziqli xarakterga ega bo'lib, uning tig'izligining eng yuqori ko'rsatkichi kuzatilib, oqbosh karam (r =

0.93. da bo'lishi kuzatildi.Karbonatli sho'rlangan tipik bo'z tuproqlar sharoitida fosforli o'g'itlar samaradorligini aniqlash bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatadiki, iqtisodiy samaradorlik o'g'it turiga va me'yoriga bog'liq bular ekan.

Xulosa: Xulosa qilib aytganda, hosildorlik va o'g'it me'yori orasidagi bog'liqlik chiziqli xarakterga ega bo'lib, uning tig'izligining eng yuqori ko'rsatkichi kuzatilib, oqbosh karam

(r = 0,93) da bo'lishi kuzatildi sabzavot almashlab ekish tizimida Qizilqum fosforitlari asosida olingan fosfor saqlovchi o'g'itlar qo'llashda hosildorlik 486,6 s/ga va yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin ekan.

REFERENCES

1. Азимов Б.Ж., Азимов Б.Б. Сабзавотчилик, полизчилик ва картошкачиликда тажрибалар утказиш методикаси. - Тошкент. 2002. - 224 б

2. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. М., Агропромиздат. 1985. - 351 с.5

3. Куперман Ф .М. Биологический контроль в сельском хо зяйстве. М:. 1962. - С. 44-48.8

4. Литвинов С.С. Методика полевого опыта в овощеводстве. М:. Россельхозакадемия, 2011. - 650 с.

5. Минеев В.Г. Агрохимия. М.: МГУ, 2004. - С 710-714.

6. Хайитов М., Давирова М. Окбош карам х,осилдорлиги ва х,осил сифатига фосфорли угитлар таъсири // ^ишлок хужалигида яратилаётган инновацион ишланмалар. Катта илмий ходим-изланувчилар ва ёш олимлар илмий - амалий конференцияси туплами. Сам^ХИ. 22-23 апрел. Самарканд2015. - Б. 19-21.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

7. Хайитов М., Машрабов М. Зарафшон дарёси урта окими карбонатли тупроклари шароитида ^изилкум фосфоритлари асосида олинган угитларни рационал куллаш меъёрларини урганиш. Амалий лойихд х,исоботи. Самарканд, 2015. - 90 б.

8. Хайитов М., Машрабов М. Фосфор сакловчи угитларни самарали куллаш меъёрлари // Узбекистон кишлок хужалиги. - Тошкент, 2017. - № 1. - Б 48.

9. Хайитов М.А. Машрабов М.И., Нурвафоева Д. Типик буз тупроклар фосфат режими ва фосфорли угитлар самарадорлиги. «Тупрокшунослик - мамлакат экологик ва озик-овкат хавфсизлиги хизматида» мавзусидаги Республика илмий-амалий анжумани маколалар туплами. 2017 йил 6-7 сентябрь. - Тошкент. 2017 йил. - Б 222-225

10. Якутина О.П. Фонд минеральных фосфатов почв Присалаирья и эффективность фосфорных удобрений // Автореф. дисс. ...к. с.х. наук. Новосибирск. - 2004. -18 с271.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.